Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
120 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash148 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish139 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
YANUVIYA
JANUVIA
Preparatning savdo nomi: YANUVIYA
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sitagliptin
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: sitagliptin fosfati monogidrati shaklida 100 mg sitagliptin;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, maydalanmagan suvsiz kalsiy fosfat digidrati, natriy kroskarmelloza, magniy stearati, natriy stearilfumarati.
tabletka qobig‘i (Opadray® II: To‘q sariq 85 F 17438) polivinil spirti, titan dioksidi (Ye171), makrogol (polietilenglikol) 3350, talk, temir II oksidi (Ye172), temir III oksidi (Ye172) saqlaydi.
Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomoni qavariq, to‘qsariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “277” gravirovkali va boshqa tomoni silliq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: gipoglikemik vosita – dipeptidilpeptidaza 4 ingibitori.
ATX kodi: A10VN01.
Farmakologik xususiyatlari
Ta‘sir mexanizmi
YANUVIYA (sitagliptin) dipeptidilpeptidaza 4 (DPP-4) ingibitorlari deb nomlanuvchi peroral antigiperglikemik vositalar sinfiga kiradi, ular 2 tip qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda faol inkretin gormonlar darajasini oshirish orqali glikemik nazoratni yaxshilaydi. Inkretinlar oilasi gormonlari, shu jumladan glyukagonga-o‘xshash peptid-1 (GO‘P-1) va glyukozaga qaram insulinotrop polipeptid (GIP), kun davomida ichakda ishlab chiqariladi, ularning darajasi esa ovqat qabul qilishga javoban oshadi. Inkretinlar glyukoza gomeostazini fiziologik boshqarilishida ishtirok etuvchi endogen tizimning bir qismi hisoblanadi. Qondagi glyukozaning darajasi normal yoki yuqori bo‘lganida GO‘P-1 va GIP siklik AMF bilan assosiasiyalangan xujayra ichki signal mexanizmlari hisobiga insulinning sintezini, shuningdek uni me‘da osti bezi beta-xujayralaridan ajralib chiqishini kuchaytiradi. Hayvonlardagi 2 tip qandli diabet modellarida GO‘P-1 yoki DPP-4 ingibitorlari bilan davolash, beta-xujayralarni glyukozaga sezuvchanligini yaxshilanishini va insulinning biosintezini va sekresiyasini rag‘batlantirilishini namoyish qilgan. Insulinning yuqori darajalarida to‘qima tomonidan glyukozaning yutilishi oshadi. Bundan tashqari, GO‘P-1 me‘da osti bezining alfa-xujayralari tomonidan glyukagonning sekresiyasini pasaytiradi. Insulinning darajasini oshishi fonida glyukagonning konsentrasiyasini pasayishi, jigar tomonidan glyukozaning ishlab chiqarilishini kamayishini chaqiradi, bu oqibatda qonda glyukozaning darajasini pasayishiga olib keladi. GO‘P-1 va GIP ning sanab o‘tilgan samaralari glyukozaga qaram hisoblanadi, ya‘ni qonda glyukozaning past konsentrasiyasida insulinning ajralib chiqishini rag‘batlantirilishi va glyukagon GO‘P-1 sekresiyasini pasayishi kuzatilmaydi. GO‘P-1 uchun ham, GIP uchun ham, agarda glyukozaning darajasi normal konsentrasiyadan yuqori bo‘lsa, unda insulinni ajralib chiqishi kuchayadi. Bundan tashqari, gipoglikemiyaga javoban GO‘P-1 glyukagonning normal ajralib chiqishiga ta‘sir qilmaydi. GO‘P-1 va GIP ning faolligi DPP-4 bilan cheklanadi, u inkretinlarni faol bo‘lmagan mahsulotlar hosil bo‘lishi bilan tez gidrolizga uchratadi. Sitagliptin DPP-4 fermenti tomonidan inkertinlarning gidrolizini oldini oladi, shu bilan GO‘P-1 va GIP ning faol shakllarining plazmadagi konsentrasiyalarini oshiradi. Inkretinlar darajasini oshirib sitagliptin insulinning glyukozaga qaram ajralib chiqishini kuchaytiradi va glyukagonning sekresiyasini kamayishiga yordam beradi. 2 tip qandli diabeti bo‘lgan giperglikemiyali pasientlarda insulin va glyukagonning darajalarining bu o‘zgarishlari glikolizasiyalangan gemoglobinni A1s (HbA1c) pasayishiga va nahorga va ovqat qabul qilgandan keyin glyukozaning konsentrasiyalarini kamayishiga olib kelishi mumkin. Sitagliptinning glyukozaga qaram ta‘sir mexanizmi, sulfonilmochevini hosilalarining ta‘sir mexanizmidan farq qiladi, ular xatto glyukozaning past darajasida ham insulinning sekresiyasini kuchaytiradilar va 2 tip qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda va sog‘lom odamlarda gipoglikemiyaga olib kelishlari mumkin. Sitagliptin DPP-4 fermentning kuchli ta‘sir qiluvchi va selektiv ingibitori hisoblanadi va terapevtik konsentrasiyalarda unga yaqin DPP-8 yoki DPP-9 fermentlarini ingibisiya qilmaydi.
Farmakokinetikasi
Sitagliptinning farmakokinetikasi sog‘lom shaxslarda va 2 tip qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda xar tomonlama o‘rganilgan. Sog‘lom shaxslarda 100 mg sitagliptin peroral qo‘llanganidan keyin, preparat qabul qilinganidan keyin 1-4 soat o‘tgach maksimal plazma konsentrasiyalariga (mediana Tmax) erishish bilan preparatning tez so‘rilishi aniqlanadi. Sitagliptinning qon plazmasidagi AUC qiymati dozaga proporsional ravishda oshadi. Preparat 100 mg dozada bir marta peroral qabul qilinganidan keyin sog‘lom odamlarda qon plazmasida sitagliptinning AUC 8,52 mkmol x soatni tashkil qilgan. Smax 950 nmol ni tashkil qilgan, yakuniy yarim chiqarilish davri (t1/2) 12,4 ni tashkil qilgan. 100 mg doza qabul qilgandan keyin muvozanat holatida, birinchi doza bilan solishtirganda qon plazmasidagi sitagliptinning AUC taxminin 14% ga oshgan. Sitagliptin AUC ning intra- va intersub‘ekt koeffisientlarining o‘zgaruvchanligi ahamiyatsiz bo‘lgan (5,8% va 15,1%). Sitagliptinning farmakokinetikasi, umuman, sog‘lom shaxslarda va 2 tip qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda o‘xshash.
So‘rilishi
Sitagliptinning mutloq biokiraolishligi taxminan 87% ni tashkil qiladi. YANUVIYA preparati va yog‘larni katta miqdorda saqlovchi ovqatni bir vaqtda qabul qilish, preparatning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi, YANUVIYA preparatini ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.
Taqsimlanishi
Sitagliptin 100 mg dozada bir marta vena ichiga yuborilganidan keyin muvozanat holatida taqsimlanishining o‘rtacha xajmi sog‘lom odamlarda taxminan 198 l ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan qaytuvchan bog‘langan sitagliptinning fraksiyasi ozgina (38%).
Metabolizmi
Sitagliptin asosan o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi, metabolizmi esa ahamiyatli emas. Sitagliptinning taxminan 79% o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.
[14C] sitagliptin peroral qabul qilinganidan keyin radiofaol preparatning taxminan 16% sitagliptinning metabolitlari ko‘rinishida chiqarilgan. 6 metabolitlarining izlari darajasi aniqlangan, ular kutilishicha, plazmada sitagliptinning DPP-4 ingibitorlik faolligiga ega emas. In vitro sharoitdagi tekshirishlarda sitagliptinning cheklangan metabolizmiga javob beruvchi asosiy ferment CYP2C8 ishtirokidagi CYP3A4 ekanligi aniqlangan.
Chiqarilishi
Sog‘lom odamlar tomonidan [14C] sitagliptin peroral qabul qilinganidan keyin taxminan 100% qabul qilingan radiofaol preparat, preparat qabul qilinganidan keyin bir hafta davomida axlat (13%) va siydik (87%) bilan chiqarilgan. Sitagliptin 100 mg dozada peroral qo‘llanganidan keyin yarim chiqarilishining yakuniy davri taxminan 12,4 soatni tashkil qiladi; buyrak klirensi taxminan minutiga 350 ml ni tashkil qiladi.
Sitagliptinni chiqarilishi asosan faol naychalar sekresiyasi mexanizmi orqali buyraklardan chiqarilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sitagliptin uchinchi tur (hOAT-3) odam organik anionlarning olib o‘tuvchisi uchun substrat hisoblanadi, u sitagliptinning buyrak orqali chiqarilish jarayoniga jalb qilingan bo‘lishi mumkin. Sitagliptinni tashilishida (hOAT-3) ning klinik ahamiyati aniqlanmagan. Sitagliptin, shuningdek r-glikoproteinning substrati hisoblanadi, u ham sitagliptinning buyrak orqali chiqarilish jarayonida ishtirok etishi mumkin. Lekin, r-glikoproteinning ingibitori bo‘lgan siklosporin, sitagliptinning buyrak klirensini pasaytirmagan.
Alohida guruh pasientlaridagi farmakokinetikasi
Buyrak yetishmovchiligi. Bir martalik dozani qo‘llash bilan ochiq tadqiqot sog‘lom ko‘ngillilar nazorat guruhi bilan solishtirganda og‘irligi turli darajali surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, YANUVIYA preparatining (50 mg) farmakokinetikasini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan. Tadqiqotga kreatinin klirensi ko‘rsatgichi bo‘yicha yengil (minutiga 50 dan 80 ml gacha), o‘rtacha (minutiga 30 dan 50 ml gacha) va og‘ir (minutiga 30 ml dan kam) buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar, shuningdek dializ o‘tkazilayotgan buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichidagi pasientlar kiritilgan. Kreatinin klirensi sutka davomidagi kreatininning buyrak klirensi ko‘rsatgichi bo‘yicha yoki Kokroft-Golt formulasi bo‘yicha qon zardobidagi kreatininning konsentrasiyasining qiymatlarini ishlatish bilan aniqlangan.
[140 – yosh (yillarda)] tana vazni (kg da) x0,85 ayollar uchun
KK= ———————————————————————————-
[72 x qon zardobidan kreatinin (mg/dl)]
Buyrak yetishmovchiligining yengil shakli bo‘lgan pasientlarda sog‘lom ko‘ngillilar nazorat guruhi bilan solishtirganda qon plazmasida sitagliptinning konsentrasiyasini klinik ahamiyatli oshishi aniqlanmagan. Sog‘lom ko‘ngillilar nazorat guruhi bilan solishtirganda qon plazmasida sitagliptinning AUC ni taxminan 2 marta oshishi o‘rtacha og‘irlikdagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda kuzatilgan va og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar, shuningdek gemodializ o‘tkazilayotgan og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qon plazmasida sitagliptinning AUC ni taxminan 4 marta oshishi aniqlangan. Sitagliptin gemodializda kuchsiz darajada chiqariladi (preparat qabul qilinganidan keyin 4 soat o‘tgach boshlangan 3-4 soatli dializ seansida 13,5%). Preparat buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlar qon plazmasidagi sitagliptinning o‘xshash konsentrasiyalariga erishish uchun kerakli dozada ishlab chiqarilmasligi tufayli, YANUVIYA buyrak yetishmovchiligining o‘rtacha va og‘ir shakli bo‘lgan pasientlar yoki gemodializ o‘tkazilayotgan buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi bo‘lgan pasientlar uchun tavsiya etilmaydi.
Jigar yetishmovchiligi. O‘rtacha og‘irlikdagi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7-9 ballar) jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda sitagliptinning AUC va Smax o‘rtacha qiymatlari YANUVIYA preparati 100 mg dozada bir marta qabul qilinganidan keyin sog‘lom ko‘ngillilar nazorat guruhi bilan solishtirganda, muvofiq taxminan 21% va 13% ga oshgan. Bunday farqlar klinik ahamiyatli sifatida qaralmaydi. Yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritishning xojati yo‘q.
Buyrak yetishmovchiligining og‘ir shakli (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 balldan yuqori) bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llashning klinik tajribasi yo‘q. Lekin, sitagliptin asosan buyrak orqali chiqarilishi oqibatida, jigar yetishmovchiligining og‘ir shaklida sitagliptinning farmakokinetikasiga ahamiyatli ta‘siri kutilmaydi.
Keksa yoshdagi pasientlar. Yoshga qarab preparatning dozasiga tuzatish kiritishning zarurati yo‘q. Faza I va Faza II ma‘lumotlarini populyasion farmakokinetik tahlili asosida, sitagliptinning farmakokinetikasiga pasientlarning yoshi klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Keksa yoshdagi pasientlarda (65-80) qon plazmasidagi sitagliptinning konsentrasiyasi yoshroq pasientlardagiga qaraganda taxminan 19% ga yuqori bo‘lgan.
Bolalar. YANUVIYA preparatini bolalarda qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Jins. Jinsga qarab preparatning dozasiga tuzatish kiritishning zarurati yo‘q. Faza I ma‘lumotlarining majmuaviy farmakokinetik tahlili va Faza I va Faza II ma‘lumotlarini populyasion farmakokinetik tahlili asosida jins sitaglipninning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Irq. Irqqa mansubligiga qarab preparatning dozasiga tuzatish kiritishning zarurati yo‘q.
Faza I ma‘lumotlarining majmuaviy farmakokinetik tahlili va Faza I va Faza II ma‘lumotlarini populyasion farmakokinetik tahlili asosida, shu jumladan oq tanli, lotin amerikalik, qora tanli, osiyo irqi, shuningdek boshqa irq guruhlari pasentlari, irqi sitaglipninning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Tana vaznining indeksi (TVI). TVI ga qarab preparatning dozasiga tuzatish kiritishning zarurati yo‘q. Faza I ma‘lumotlarining majmuaviy farmakokinetik tahlili va Faza I va Faza II ma‘lumotlarini populyasion farmakokinetik tahlili asosida tana vaznining indeksi sitaglipninning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.
2 tip qandli diabet. 2 tip qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda sitagliptinning farmakokinetikasi, umuman olganda, sog‘lom odamlar farmakokinetikasiga o‘xshash.
Qo‘llanilishi
Monoterapiya
YANUVIYA preparati 2 tip qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda glikemiyaning nazoratini yaxshilash uchun parhez va jismoniy yuklamalarga qo‘shimcha sifatida ko‘rsatilgan.
Metformin bilan majmuada
YANUVIYA preparati shuningdek 2 tip qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda glikemiyaning nazoratini yaxshilash uchun metformin bilan majmuada boshlang‘ich davolash sifatida yoki faqat bir preparat bilan parhez va jismoniy yuklama bilan birga glikemiyani adekvat nazorati ta‘minlanmaganida davolash uchun ko‘rsatilgan.
Sulfonilmochevina hosilalari bilan majmuada
YANUVIYA preparati 2 tip qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda glikemiyaning nazoratini yaxshilash uchun sulfonilmochevina preparatlari bilan majmuada faqat bir preparat bilan parhez va jismoniy yuklama bilan birga glikemiyani adekvat nazorati ta‘minlanmaganida davolash uchun ko‘rsatilgan.
PPARγ agonistlari bilan majmuada
YANUVIYA preparati 2 tip qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda glikemiyaning nazoratini yaxshilash uchun PPARγ agonistlari (ya‘ni tiazolidindion) bilan majmuada boshlang‘ich davolash sifatida yoki faqat bir preparat bilan parhez va jismoniy yuklama bilan birga glikemiyani adekvat nazorati ta‘minlanmaganida davolash uchun ko‘rsatilgan.
Metformin va sulfonilmochevina hosilalari bilan majmuada
YANUVIYA preparati 2 tip qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda glikemiyaning nazoratini yaxshilash uchun metformin va sulfonilmochevina hosilalari bilan majmuada bu preparatlar, parhez va jismoniy yuklama bilan ikki tomonlama davolash glikemiyani adekvat nazorati ta‘minlanmaganida davolash uchun ko‘rsatilgan.
Metformin va PPARγ agonistlari bilan majmuada
YANUVIYA preparati 2 tip qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda glikemiyaning nazoratini yaxshilash uchun metformin va PPARγ agonistlari (ya‘ni tiazolidindion) bilan majmuada bu ikkala preparatlar, parhez va jismoniy yuklama bilan davolash glikemiyani adekvat nazorati ta‘minlanmaganida davolash uchun ko‘rsatilgan
Insulin bilan majmuada
YANUVIYA preparati 2 tip qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda glikemiyaning nazoratini yaxshilash uchun insulin bilan majmuada (metformin bilan yoki usiz) parhez va jismoniy yuklamaga qo‘shimcha sifatida ko‘rsatilgan.
Qo‘llash usuli va dozalari
YANUVIYA preparatining tavsiya etilgan dozasi monoterapiyada yoki metformin, sulfonilmochevina hosilalari, insulin (metformin bilan yoki usiz), PPARγ agonistlari (ya‘ni tiazolidindion), metformin plyus sulfonilmochevina hosilalari, yoki metformin plyus PPARγ agonisti bilan majmuada sutkada bir marta 100 mg ni tashkil qiladi. YANUVIYA preparatini ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.
YANUVIYA preparati sulfonilmochevina hosilalari yoki insulin bilan majmuada qo‘llanganida, sulfonilmochevina hosilalari yoki insulinning dozasini pasaytirish, sulfonilmochevina hosilalari yoki insulin induksiyalagan gipoglikemiya paydo bo‘lishi xavfini pasayishiga olib kelishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar, Sulfonilmochevina hosilalari yoki insulin bilan majmuadagi gipoglikemiya” bo‘limlariga qarang).
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar
Buyrak yetishmovchiligining yengil shakli (kreatinin klirensi (KK) ≥50 ml/min, taxminan zardobda erkaklarda kreatininning ≤1,7 mg/dl va ayollarda ≤1,5 mg/dl darajaga to‘g‘ri keluvchi) bo‘lgan pasientlar uchun YANUVIYA preparatining dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
YANUVIYA preparati muvofiq dozada ishlab chiqarilmasligi tufayli, bu preparat buyrak yetishmovchiligining o‘rtacha yoki og‘ir (KK <50 ml/min, taxminan zardobda erkaklarda kreatininning >1,7 mg/dl va ayollarda >1,5 mg/dl darajaga to‘g‘ri keluvchi) shakli bo‘lgan pasientlar uchun yoki gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkazish zarurati bo‘lgan buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichidagi pasientlar uchun tavsiya etilmaydi. YANUVIYA preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin va keyinchalik vaqti-vaqti bilan buyrak faoliyatini baholash tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Xavfsizlik profilini qisqacha ta‘rifi
Jiddiy nojo‘ya reaksiyalar, shu jumladan pankreatit va o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini, haqida xabar berilgan.
Preparat sulfonilmochevina (4,7%-13,8%) va insulin (9,6%) bilan bir vaqtda qo‘llanganida gipoglikemiya haqida xabar berilgan. Davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan 11 katta klinik tadqiqotlarda taxminan 3 200 pasientlar YANUVIYA preparati bilan sutkada 100 mg dozada monoterapiya yoki metformin, sulfonilmochevina (metformin bilan/usiz), insulin (metformin bilan/usiz) yoki PPARγ agonisti (metformin bilan/usiz) bilan majmuada davolanganlar. Bu tadqiqotlardan 9 tasining birlashtirilgan tahlilida, agar preparat sutkada 100 mg qo‘llangan bo‘lsa nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lishi sababli preparatni bekor qilish ko‘rsatgichi 0,8% ni va davolashning boshqa tartiblarida 1,5% ni tashkil qilgan.
Nojo‘ya reaksiyalar ro‘yxati
Quyida a‘zolar tizimi sinfi va tez-tezligi bo‘yicha nojo‘ya reaksiyalar (1-jadval) keltirilgan. Tez-tezligi quyidagicha belgilangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000) va noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas).
1–jadval. Plasebo-nazoratli klinik tadqiqotlarda va postmarketing qo‘llash davrida kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar tez-tezligi.
Nojo‘ya reaksiya | Davolash tartibiga qarab nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi | |||||||||
sitaglip-
tin bi- lan mono- terapiya |
sitaglip-
tin va metfor- min |
sitagip-
tin va sulfo- nilmoche- vina |
sitagip-
tin va sulfo- nilmoche- vina va metfor- min |
sitagip-
tin va PPARγ agonisti (piogli- tazon)
|
sitagip-
tin va PPARγ agonisti (piogli- tazon) va met- formin
|
sita-gip-tin va
insu- lin (+/-) met- for- min |
||||
Vaqt | 24 hafta | 24 hafta | 24 hafta | 24 hafta | 24 hafta | 26 hafta | 24 hafta | |||
Infeksiyalar va invaziyalar | ||||||||||
gripp | tez-tez | |||||||||
Nafas yo‘llari yuqori bo‘limi infek- siyalari | tez-tez* | |||||||||
nazofa-
ringit |
tez-tez* | |||||||||
Immun tizimi tomonidan buzilishlar | ||||||||||
o‘ta yuqori
sezuvchan- lik reak- siyalari, shu jumla-dan anafi- laktik reaksiyalar†‡ |
tez-tezligi noma‘lum |
|||||||||
Metabolizm va oziqlanishni buzilishi | ||||||||||
gipogli-
kemiya‡ |
tez-tez | tez-tez | tez-tez | juda
tez-tez |
tez-tez | tez-tez | tez-tez | |||
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar | ||||||||||
bosh og‘rig‘i | tez-tez | tez-tez | ||||||||
uyquchan-
lik |
tez-tez
emas |
|||||||||
bosh ay-
lanishi |
tez-tez
emas |
|||||||||
Nafas yo‘llari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar | ||||||||||
O‘pkaning inter-
stisial kasalligi† |
tez-tezligi noma‘lum |
|||||||||
MIY tomonidan buzilishlar | ||||||||||
diareya | tez-tez
emas |
|||||||||
og‘izni
qurishi |
tez-tez
emas |
|||||||||
ko‘ngil
aynishi |
tez-tez | |||||||||
meteorizm | tez-tez | tez-tez | ||||||||
qabziyat | tez-tez
emas |
tez-tez
emas |
tez-tez | tez-tez
emas |
||||||
qorinning
yuqori qismi-da og‘riq |
tez-tez
emas |
|||||||||
Qusish | tez-tezli-
gi noma‘- lum† |
tez-tez | tez-tez-
ligi noma‘- lum† |
tez-tezli-
gi noma‘- lum† |
tez-tez-
ligi noma‘- lum† |
tez-tez-
ligi noma‘- lum† |
tez-tez
ligi noma‘- lum† |
|||
o‘tkir pan-kreatit†,‡ |
tez-tezligi noma‘lum |
|||||||||
fatal va no-fatal gemor-ragik va nek-rotik pan-kreatit†,‡ |
tez-tezligi noma‘lum |
|||||||||
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar | ||||||||||
angionevro-tik shish†,‡ |
tez-tezligi noma‘lum |
|||||||||
toshma†,‡ | tez-tezligi noma‘lum | |||||||||
eshakemi†,‡ | tez-tezligi noma‘lum | |||||||||
vaskulitning
teri shakli†,‡ |
tez-tezligi noma‘lum |
|||||||||
Terining
eks-foliativ kasalliklari, shu jumla-dan Stivens- Djonson sindromi†,‡ |
tez-tezligi noma‘lum |
|||||||||
qichish | tez-tezligi noma‘lum | |||||||||
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar | ||||||||||
osteo-
artrit |
tez-tez* | |||||||||
oyoq-qo‘l-
larda og‘riq |
tez-tez* | tez-tezli-gi no-ma‘lum† | tez-tez-
ligi no-ma‘lum† |
tez-tez-
ligi no-ma‘lum† |
tez-tez-
ligi no-ma‘lum† |
tez-tez-
ligi no-ma‘lum† |
tez-tez
ligi noma‘- lum† |
|||
artralgiya† | tez-tezligi noma‘lum | |||||||||
mialgiya† | tez-tezligi noma‘lum | |||||||||
belda og‘riq† | tez-tezligi noma‘lum | |||||||||
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar | ||||||||||
buyraklar faoliyatini
yomonlashishi† |
tez-tezligi noma‘lum |
|||||||||
o‘tkir buyrak
etishmovchi-ligi† |
tez-tezligi noma‘lum |
|||||||||
Umumiy holatning va qo‘llash usuli bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlar | ||||||||||
periferik shish | tez-tez | tez-tez | ||||||||
Tekshirish | ||||||||||
qondagi glyu-koza daraja-sini pasayishi |
tez-tez emas |
tez-tez |
||||||||
* tez-tezligidan kelib chiqib, o‘zaro aloqasi sababidan qat‘iy nazar.
† postmarketing kuzatuv davomida identifikasiya qilingan nojo‘ya reaksiyalar.
‡ “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang.
Klinik tadqiqotlarda leykositlar miqdorini neytrofillarning miqdorini oshishi hisobiga biroz oshishi kuzatilgan (leykositlar miqdoridagi farq – dastlabki miqdori bilan solishtirganda taxminan 200 xujayra/mkl; leykositlarning o‘rtacha dastlabki miqdori – taxminan 6 600 xujayra/mkl). Bunday o‘zgarishlar ko‘pchilik tadqiqotlarda kuzatilgan, lekin xammasida ham emas.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
YANUVIYA preparatini, preparatning tarkibiga kiruvchi har qanday komponentga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas (“Maxsus ko‘rsatmalar va Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘sirini tadqiqotlarida sitagliptin quyidagi preparatlarning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta‘sir namoyish qilmagan: metformin, roziglitazon, gliburid, simvastatin, varfarin va peroral kontraseptivlar. Bu ma‘lumotlarga asoslanib, sitagliptin CYP-izofermentlarini ingibisiya qilmaydi: CYP3A4, 2C8 yoki 2C9. In vitro sharoitda olingan ma‘lumotlardan kelib chiqib, sitagliptinni CYP2D6, 1A2, 2C19 yoki 2B6 ni ingibisiya qilish yoki CYP3A4 ni induksiya qilishi ham kutilmaydi.
Ko‘p marta sutkada 2 marta metforminni sitagliptin bilan bir vaqtda qo‘llash 2 tip qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda sitagliptinning farmakokinetikasini ahamiyatli tarzda o‘zgartirmagan.
2 tip qandli diabeti bo‘lgan pasientlar ishtirokida populyasion farmakokinetik tahlillar o‘tkazilgan. Yondosh preparatlar sitagliptinning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmagan. Ko‘proq 2 tip qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda qo‘llanadigan preparatlar baxolangan, shu jumladan: xolesterinning darajasini pasaytiruvchi preparatlar (statinlar, fibratlar, ezetimib), antiagregant vositalar (klopidogrel), antigipertenziv (AAF ingibitorlari, angiotenzin reseptorlarining blokatorlari, beta-adrenoblokatorlar, kalsiy kanallarining blokatorlari, gidroxlortiazid), analgetiklar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (naproksen, diklofenak, selekoksib), antidepressantlar (bupropion, fluoksetin, sertralin), antigistaminlar (setirizin), proton pompasi ingibitorlari (omeprazol, lansoprazol) va erektil disfunksiyani davolash uchun preparatlar (sildenafil).
Sitagliptin bilan bir vaqtda qo‘llanganda digoksinning “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydonini (AUC, 11%) va maksimal konsentrasiyasining (Cmax, 18%) o‘rtacha qiymatini biroz oshishi kuzatilgan. Bunday oshishlar klinik ahamiyatli sifatida qaralmagan. Digoksin qabul qilayotgan pasientlar, muvofiq kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. YANUVIYA preparati va digoksinning dozasiga tuzatish kiritishning zarurati yo‘q.
YANUVIYA preparatining 100 mg bir martalik peroral dozasi va r-glikoproteinning kuchli ingibitori siklosporinning 600 mg bir martalik peroral dozasi bir vaqtda qo‘llanganida, pasientlarda sitagliptinning AUC va Cmax qiymatlarini muvofiq taxminan 29% va 68% ga oshishi aniqlangan. Sitagliptinning farmakokinetikasida kuzatilgan o‘zgarishlar klinik ahamiyatli sifatida ko‘rilmaydi. Siklosporin yoki r-glikoproteinning boshqa ingibitorlari (masalan, ketokonazol) bilan bir vaqtda buyurilganida, YANUVIYA preparatining dozasiga tuzatish kiritishni o‘tkazish tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Umumiy. YANUVIYA preparatini 1 tip qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda yoki diabetik ketoasidozni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
Pankreatit. Postmarketiing kuzatuvlar davomida sitagliptin qabul qilgan pasientlarda, o‘tkir pankreatit, shu jumladan fatal va nofatal gemorragik yoki nekrotik pankereatit, hollari haqida xabarlar olingan. (“Nojo‘ya ta‘sirlari, Postmarketing tajriba” bo‘limlariga qarang). Bu xabarlar noaniq o‘lchamli populyasiyaga nisbatan erkin yuborilganligi tufayli, umuman olganda, tez-tezligi yoki preparatni qo‘llash bilan sabab-oqibat o‘zaro aloqasini ishonchli baxolash mumkin emas. Pasientlarni o‘tkir pankereatitning xarakterli simptomlari: qorinda doimiy jadal og‘riq haqida xabardor qilish kerak. Sitagliptin bekor qilinganidan keyin pankreatitning yo‘qolishi kuzatilgan. Agar pankreatitga gumon bo‘lsa, YANUVIYA preparatini va boshqa potensial gumon qilinayotgan preparatlarni bekor qilish kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi. YANUVIYA preparati buyrak orqali chiqariladi. YANUVIYA preparatining buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlar qon plazmasidagi konsentrasiyasiga o‘xshash konsentrasiyalarga erishish uchun, buyrak yetishmovchiligining o‘rtacha yoki og‘ir shakli, shuningdek gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkazishni talab qiluvchi buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi bo‘lgan pasientlar uchun pastroq dozalar tavsiya etiladi (“Qo‘llash usuli va dozalari, Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar” bo‘limlariga qarang).
Sulfonilmochevina hosilalari yoki insulin bilan majmuadagi gipoglikemiya. YANUVIYA preparatining monoterapiya yoki gipoglikemiya rivojlanishiga olib keluvchi preparatlar (ya‘ni metformin yoki PPARγ agonistlari (tiazolidindion)) bilan majmuaviy davolash qismi sifatidagi klinik tadqiqotlarda, YANUVIYA preparati qo‘llanganidagi gipoglikemiya darajasi, plasebo qabul qilgan pasientlardagi darajaga o‘xshash bo‘lgan. Boshqa antigiperglikemik vositalarni qo‘llashdagi kabi, YANUVIYA preparati insulin yoki sulfonilmochevina bilan majmuada qo‘llanganida gipoglikemiya kuzatilgan (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang). Shuning uchun, sulfonilmochevina yoki insulin bilan induksiyalangan gipoglikemiya rivojlanishini oldini olish uchun, bu preparatlarning dozasini kamaytirish masalasini ko‘rib chiqish mumkin (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari. Postmarketing kuzatuvlar davomida YANUVIYA preparati bilan davolangan pasientlarda o‘ta yuqori sezuvchanlikning jiddiy reaksiyalari haqida xabarlar olingan. Bu reaksiyalar quyidagilar: anafilaksiya, angionevrotik shish va terining eksfoliativ holatlari, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi. Bu xabarlar noaniq o‘lchamli populyasiyaga nisbatan erkin yuborilganligi tufayli, umuman olganda, tez-tezligi yoki preparatni qo‘llash bilan sabab-oqibat aloqasini ishonchli baxolash mumkin emas. Bu reaksiyalar YANUVIYA preparati bilan davolash boshlanganidan keyingi birinchi 3 oylar davomida, ayrim hollarda esa – preparatning birinchi dozasidan keyinoq paydo bo‘lgan. Agar o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasiga gumon qilinsa, YANUVIYA preparatini bekor qilish, reaksiyaning mumkin bo‘lgan sabablarini baxolash va diabetni davolash uchun muqobil preparatni buyurish kerak (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar va Nojo‘ya samaralari, Postmarketing tajriba” bo‘limlariga qarang).
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik. Sitagliptin organogenez vaqtida 250 mg/kg dozalargacha peroral yuborilganida kalamushlarda yoki 125 mg/kg gacha dozalarda yuborilganida quyonlarda preparat teratogen emas (kattalar uchun tavsiya etilgan 100 mg sutkalik dozadan kelib chiqib, odamdagi ekspozisiyadan muvofiq 32 va 22 marta yuqori). Kalamushlarda sutkalik 1000 mg/kg peroral doza (sutkada 100 mg tavsiya qilingan sutkalik doza qabul qilganda odamdagi ekspozisiyadan taxminan 100 marta yuqori) yuborilganida homilada qovurg‘alar malformasiyasining rivojlanish tez-tezligini oshishi kuzatilgan. Sutkada 1000 mg/kg peroral doza yuborilgan kalamushlarning avlodida ikkala jinsda emizikli davrida tana vaznini o‘rtacha o‘sishini biroz kamayishi va emizikli davridan keyin erkaklarda tana vaznini oshishi kuzatilgan. Lekin hayvonlardagi reproduksiyanining tadqiqotlari hamma vaqt ham odam organizmining reaksiyasiga nisbatan prognostik hisoblanmaydi. Kalamushlar avlodida preparatni funksionallik yoki hatti-harakatga toksik ta‘siri kuzatilmagan.
Urg‘ochi homilador kalamushlarda sitagliptin sutkada 1000 mg/kg peroral dozada yuborilganida yo‘ldosh orqali o‘tish ko‘rsatgichi doza yuborilganidan keyin 2 soat o‘tgach taxminan 43-46% ni va 24 soat o‘tgach 80% ni tashkil qilgan. Quyonlarda sitagliptin
125 mg/kg dozada peroral yuborilganida yo‘ldosh orqali o‘tish ko‘rsatgichi doza qabul qilinganidan keyin 2 soat o‘tgach taxminan 66% ni va 24 soat o‘tgach 30% ni tashkil qilgan.
Homilador ayollarda yaxshi nazoratlangan tadqiqotlar o‘tkazilmagan; shuning uchun YANUVIYA preparatini homilador ayollarda qo‘llashning xavfsizligi noma‘lum. YANUVIYA preparati, boshqa antigiperglikemik vositalar kabi homiladorlik davrida qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi.
Emizish. Sitagliptin laktasiya davridagi kalamushlar sutiga o‘tadi. Sitagliptinning odam sutiga chiqarilishi noma‘lum. Shuning uchun emizikli ayollar YANUVIYA preparatini qo‘llamasliklari kerak.
Bolalarda qo‘llanishi
YANUVIYA preparatini 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Keksa yoshdagi pasientlarda qo‘llanishi
Klinik tadqiqotlarda YANUVIYA preparatini keksa odamlarda (≥65 yosh) qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi yoshroq (<65 yosh) pasientlardagi bilan bir xil. Yoshga qarab dozaga tuzatish kiritishning zarurati yo‘q. Keksa pasientlarda buyrak faoliyatining buzilishlari mavjudligini ehtimoli ko‘proq; boshqa pasientlar xolidagi kabi, buyrak faoliyatining yaqqol buzilishida preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin (“Qo‘llash usuli va dozalari, Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar” bo‘limlariga qarang).
Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
YANUVIYA preparatini transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shunga qaramasdan, YANUVIYA preparatini avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta‘siri kutilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Nazoratlangan klinik tadqiqotlar vaqtida sog‘lom ishtirokchilarda YANUVIYA preparatini 800 mg gacha bir martalik dozalari, umuman olganda, yaxshi o‘zlashtirilgan. Klinik ahamiyatli sifatida ko‘rilmaydigan QT intervalini uzayishi, YANUVIYA 800 mg dozada qabul qilingan bir tadqiqotda kuzatilgan. Klinik tadqiqotlarda sutkada 800 mg dan yuqori dozalarni qo‘llash tajribasi yo‘q. Faza I tekshirishlarda preparat ko‘p marta qo‘llanganida YANUVIYA preparati 10 kungacha davr davomida sutkada 600 mg gacha dozalarda va 28 kungacha davr davomida sutkada 400 mg gacha dozalarda qabul qilinganida, dozaga bog‘liq klinik nojo‘ya reaksiyalar aniqlanmagan.
Doza oshirib yuborilgan holda, so‘rilmagan preparatni me‘da-ichak yo‘llaridan yo‘qotish, klinik monitoringni amalga oshirish (shu jumladan EKG), shuningdek, agar talab qilinsa, samarani bir maromda saqlab turuvchi davolashni buyurish kabi standart choralarni o‘tkazish kerak.
Sitaglipti kuchsiz dializ yordamida chiqariladi. 3-4 soatlik dializ seansi davomida organizmdan faqat dozaning 13,5% chiqariladi. Klinik zarurat bo‘lgan holda davomli dializ o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish mumkin. Peritoneal dializ o‘tkazilishida sitagliptinning chiqarilishi noma‘lum.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 100 mg.
14 tabletkadan PVDX/Al blisterda. 1, 2, 4, 6 yoki 7 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.