×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SIOFOR 500 tabletkalari 500mg N60

Kategoriya:
- Qandli diabetga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
ATX kodi:
- A10ВA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DIAFORMIN tabletkalari 500mg N60 Фармак, ПАО Ukraina
39 000 s`om dan
SIOFOR 850 tabletkalari 850mg N60 Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH Germaniya
INSULATARD suspenziya 10ml 100ME/ml ООО «Ново Нордиск» Daniya
36 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SIOFOR 500 tabletkalari 500mg N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT

SIOFOR® 1000

Plyonka qobiq bilan qoplangan 1000 mg li tabletkalar

10 yoshdan katta bolalar va kattalarda qo‘llash uchun.

Metformin gidroxloridi

 

Ushbu dori preparatini qo‘llashdan oldin ilova-varaqani diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol u Sizga yana kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
  • Ushbu dori preparati faqat Siz uchun buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Hatto agar ulardagi kasallik simptomlari huddi Siznikidek bo‘lsa ham, bu ularga zarar yetkazishi mumkin.
  • Biron-bir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida, shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering. Bu har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmaganlarga ham tegishli. 4-bo‘limga qarang.

Ushbu ilova-varaqaning mazmuni

  1. Siofor®1000 o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi
  2. Siofor®1000 preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak.
  3. Siofor®1000 qanday qabul qilish kerak.
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari.
  5. Siofor®1000 preparatini saqlash sharoitlari
  6. O‘ram ichidagisi va qo‘shimcha ma‘lumotlar.

  1. Siofor®1000 o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi

Siofor®1000 o‘zi nima

Siofor®1000 qandli diabetni davolash uchun dori vositasi – metformin saqlaydi. Metformin biguanidlar deb nomlanuvchi dori moddalari guruhiga kiradi.

Insulin – me‘da osti bezi ishlab chiqaradigan gormon va u Sizning organizmingizning hujayralari tomonidan qondagi glyukoza (qandni)ni ushlab qolinishini ta‘minlaydi. Sizning organizmingiz glyukozani energiya olish uchun ishlatadi yoki kelajakda undan foydalanish uchun saqlab turadi.

Agar Siz qandli diabet bilan xastalangan bo‘lsangiz, bu Sizda me‘da osti bezining insulinni yetarli miqdorda ishlab chiqara olmayotganligini yoki Sizning organizmingiz u ishlab chiqarayotgan insulindan tegishli ravishda foydalana olmayotganligini bildiradi. Natijada Sizda qonda glyukoza miqdori oshadi. Siofor®1000 qonda glyukoza miqdorini maksimal darajada normagacha kamayishiga yordam beradi.

Agar Sizning vazningiz yuqori bo‘lsa, Siofor®1000 ni uzoq vaqt qo‘llash qandli diabet bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar rivojlanishi xavfini kamaytiradi. Siofor®1000 preparatini qabul qilganda vazn o‘zgarishi kuzatilmaydi, yoki birmuncha kamayishi kuzatiladi.

Siofor®1000 preparati nima uchun qo‘llaniladi

Siofor®1000, qonda qand miqdorini nazorati uchun faqat parhez va jismoniy mashqlar yetarli bo‘lmagan pasientlarda, qandli diabetning 2 tipini (“insulinga bog‘liq bo‘lmagan” qandli diabet deb ham nomlanuvchi) davolash uchun qo‘llaniladi. Ayniqsa, u ortiqcha tana vazni bo‘lgan pasientlarda keng qo‘llaniladi.

Kattalar Siofor®1000 ni o‘zini qabul qilishlari yoki qandli diabetni davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada (ichga qabul qilish uchun yoki insulin bilan birga) qo‘llashlari mumkin.

10 yosh va undan katta bolalar, shuningdek qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan o‘smirlar Siofor®1000 ni o‘zini yoki insulin bilan majmuada qo‘llashlari mumkin.

  1. Siofor®1000 preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak

Siofor®1000 preparatini quyidagilarda qo‘llash mumkin emas:

  • Agar Sizda metformin gidroxloridiga yoki ushbu dori preparatining biron bir boshqa komponentiga allergiya bo‘lsa (6-bo‘limda keltirilgan).
  • Agar Sizda buyrak yoki jigar kasalliklari bo‘lsa.
  • Agar Sizda nazorat qilib bo‘lmaydigan qandli diabet bo‘lsa, masalan, og‘ir giperglikemiya (qonda glyukoza miqdori yuqori), ko‘ngil aynishi, qusish, suvsizlanish, tana vaznini tez kamayishi yoki ketoasidoz bilan kechayotgan bo‘lsa. Ketoasidoz – bu qonda “keton tanachalari” deb nomlanuvchi moddalarni to‘planishi bilan kechuvchi holat va diabetik komadan oldingi holatga olib kelishi mumkin. Ketoasidoz simptomlari qorinda og‘riq, tez-tez va chuqur nafas olish, uyquchanlik va og‘izdan odatda kuzatilmaydigan meva hidi kelishi hisoblanadi
  • Agar Siz juda ko‘p suyuqlik yo‘qotgan bo‘lsangiz (suvsizlangan), masalan, uzoq davom etadigan yoki og‘ir ich ketishi natijasida yoki ko‘p marta takrorlanadigan qusish natijasida. Suvsizlanish buyrak funksiyasi buzilishini chaqirishi mumkin, bunda laktasidoz rivojlanish xavfi oshadi (quyida “Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari”ga qarang).
  • Agar Sizda og‘ir infeksiyalar bo‘lsa, masalan, o‘pka, nafas yo‘llari yoki buyrak infeksiyalari. Og‘ir infeksiyalar buyrak funksiyasi buzilishini chaqirishi mumkin, bunda laktasidozni rivojlanish xavfi oshadi (quyida “Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari” ga qarang).
  • Agar Siz yurak yetishmovchiligini davolash uchun preparatlar qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda miokard infarkti o‘tkazgan bo‘lsangiz, shuningdek agar Sizda qon aylanishining og‘ir buzilishlari yoki nafas olish qiyin bo‘layotgan bo‘lsa. Barcha bu omillar to‘qimalarga yetarlicha kislorod kelmasligiga olib keladi, bunda laktasidozni rivojlanish xavfi oshadi (quyida “Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari” ga qarang).
  • Siz ko‘p alkogol iste‘mol qilsangiz.

Agar Sizga sanab o‘tilgan bo‘limlardan biron biri taalluqli bo‘lsa, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokorga murojaat qiling.

Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

Siofor®1000 preparatini qabul qilishdan oldin maslahat uchun shifokorga murojaat qiling.

Davolovchi shifokor bilan albatta maslahatlashing, agar:

  • Sizga, o‘zida yod saqlovchi kontrast moddalarni qonga yuborish yo‘li bilan o‘tkaziluvchi tekshirishlar (masalan, rentgenografik yoki tomografik) kerak bo‘lganida.
  • Sizda yirik jarrohlik aralashuvini o‘tkazish kerak bo‘lganda.

Bunday tekshirishlardan yoki operasiyadan oldin, shuningdek ulardan keyin ma‘lum bir vaqt davomida Siz Siofor®1000 ni qabul qilmasligingiz kerak. Bu vaqt davomida boshqa biron-bir preparatlarni qabul qilish masalasini davolovchi shifokor hal qiladi. Siz davolovchi shifokor ko‘rsatmalariga aniq amal qilishingiz muhimdir.

Laktasidoz rivojlanish ehtimoliga iltimos ahamiyat bering.

Siofor®1000 preparati juda kam hollarda laktasidoz deb nomlanuvchi og‘ir asoratni chaqirishi mumkin, ayniqsa buyrak funksiyasi buzilgan shaxslarda. Laktasidoz kelib chiqish xavfi dekompensasiyalangan diabeti bo‘lgan bemorlarda, uzoq vaqt och qolganda yoki alkogol qabul qilganda kuchayadi. Laktasidoz simptomlariga qusish, mushak spazmlari bilan kechadigan qorinda og‘riq, kuchli toliqish bilan davom etadigan umumiy holatni yomonlashishi, shuningdek nafas olishni qiyinlashishi kiradi. Agar Sizda shunday simptomlar paydo bo‘lsa, Sizga darhol shifoxonada davolanish talab etiladi, chunki laktasidoz komaga olib kelishi mumkin. Bunda Siofor®1000 preparatini qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaga murojaat qiling.

Siofor®1000 o‘zi gipoglikemiyani (qonda glyukoza miqdorini juda pasayib ketishi) chaqirmaydi. Biroq, agar Siz qandli diabetni davolash uchun Siofor®1000 ni gipoglikemiyani chaqirishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlar (masalan, sulfonilmochevina hosilalari, insulin yoki meglitinidlar) bilan birga qabul qilayotgan bo‘lsangiz, uning kelib chiqish xavfi mavjud. Agar Sizda gipoglikemiyaning simptomlari holsizlik, bosh aylanishi, ko‘p terlash, yurak urishini tezlashishi, ko‘rishni buzilishlari, diqqatni jamlash muammolari paydo bo‘lsa, qand saqlovchi biron narsa iste‘mol qiling yoki iching – odatda bu yordam beradi.

Siofor®1000 preparatini va boshqa dori vositalarini qabul qilish.

Agar Sizga, rentgenografik yoki tomografik tekshirishlar uchun qonga yod saqlovchi kontrast moddalar yuborish talab etilsa, Siofor®1000 preparatini tekshirishlardan oldin va tekshirishlardan keyin ma‘lum bir vaqtgacha qabul qilishni to‘xtatish kerak (yuqoridagi “Albatta davolovchi shifokor bilan maslahatlashing” ga qarang).

Agar Siz Siofor®1000 preparati bilan quyida keltirilgan preparatlardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu to‘g‘risida davolovchi shifokorga xabar qiling. Ehtimol, Sizga glyukoza miqdorini tez-tez nazorat qilish yoki Siofor® 1000 dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin (buni shifokor qiladi):

  • diuretiklar (siydik hosil bo‘lishini ko‘paytiruvchi va suyuqlikni organizmdan chiqarib yuborish uchun qo‘llaniladigan preparatlar)
  • beta-2-simpatomimetiklar, masalan, salbutamol yoki terbutalin (bronxial astmani davolash uchun qo‘llaniladi).
  • kortikosteroidlar (har xil kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi, xususan, terining og‘ir yallig‘lanishi yoki bronxial astmada).
  • qandli diabetni davolash uchun boshqa preparatlar.
  • ranolazin (stenokardiyani davolash uchun qo‘llaniladigan dori preparati) yoki simetidin (me‘da-ichak yo‘li tomonidan buzilishlarni davolash uchun qo‘llanadigan dori preparati).

Agar Siz hozirgi vaqtda boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan/qo‘llayotgan, yaqinda qabul qilgan/qo‘llagan bo‘lsangiz, bu to‘g‘risida shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering.

Siofor®1000 preparatini ovqat va alkogol bilan qabul qilish

Siz ushbu preparatni qabul qilayotganingizda, alkogol qabul qilishdan saqlaning. Alkogol laktasidozni rivojlanish xavfini oshirishi mumkin, ayniqsa jigar funksiyasi buzilishi bo‘lgan shaxslarda yoki holdan toygan pasientlarda. Huddi shu holatlar alkogol saqlovchi dori vositalariga ham tegishli.

Homiladorlik va emizish

Homiladorlik davrida qandli diabetni davolash uchun insulinni qo‘llash kerak.

Agar Siz homilador yoki emizikli bo‘lsangiz, homiladorman deb o‘ylasangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, Sizga davolash sxemasini o‘zgartirish uchun davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

Emizish vaqtida ushbu dori vositasini qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

Siofor®1000 o‘zi gipoglikemiya (qonda glyukoza miqdorining juda pasayib ketishi) chaqirmaydi. Bu transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmasligini bildiradi.

Shu bilan bir qatorda, agar Siz qandli diabetni davolash uchun Siofor®1000 ni gipoglikemiya chaqirishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlar bilan birga (masalan, sulfonilmochevina hosilalari, insulin yoki meglitinidlar) qabul qilayotgan bo‘lsangiz, alohida ehtiyotkorlikka amal qilishingiz kerak.

Gipoglikemiya simptomlariga holsizlik, bosh aylanishi, ko‘p terlash, yurakni tez-tez urishi, ko‘rish qobiliyatini buzilishi yoki diqqatni jamlash buzilishlari kiradi. Agar Sizda shunday simptomlar paydo bo‘lsa, transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishdan saqlaning.

  1. Siofor®1000 ni qanday qabul qilish kerak.

Ushbu dori preparatini har doim davolovchi shifokor tavsiyasiga qat‘iy amal qilgan holda qabul qiling. Agar Sizda biron bir shubha paydo bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

Siofor®1000 preparatini qo‘llash sog‘lom turmush tarzini olib borish zaruratini o‘zgartirmaydi. Parhezga tegishli shifokor ko‘rsatmalariga amal qilishni davom ettiring va muntazam jismoniy mashqlar bajarib turing.

 

Tavsiya etilgan doza

Kattalar uchun odatdagi boshlang‘ich doza: plyonka qobiq bilan qoplangan ½ Siofor®1000 tabletkasidan, sutkada 2-3 marta (500 mg metformin gidroxloridiga to‘g‘ri keladi) yoki 850 mg metformin gidroxloridi sutkada 2-3 marta (bunday dozalashni Siofor®1000 preparati bilan amalga oshirib bo‘lmaydi).

Siofor®1000 preparatining qabul qilinadigan maksimal sutkalik dozasi: plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletkadan sutkada 3 marta.

Bolalar va o‘smirlarda qo‘llash

10 yoshli bolalar va o‘smirlar uchun odatdagi boshlang‘ich doza: plyonka qobiq bilan qoplangan ½ Siofor®1000 tabletkasidan sutkada 1 marta (500 mg metformin gidroxloridiga to‘g‘ri keladi) yoki metformin gidroxlorid 850 mg dan sutkada 1 marta (bunday dozalashni Siofor®1000 preparati bilan amalga oshirib bo‘lmaydi).

Siofor®1000 preparatining sutkalik maksimal dozasi: plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletkadan sutkada 2 marta.

10 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni faqat shifokorning alohida ko‘rsatmasiga muvofiq qabul qilish tavsiya etiladi, chunki ushbu yosh guruhida preparatni qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli emas.

Agar Siz shuningdek insulin ham qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Siofor®1000 preparati bilan davolanishni shifokor ko‘rsatmasi asosida boshlash kerak.

 

Monitoring

  • Davolovchi shifokor qondagi glyukozaning miqdorini tekshirishni muntazam olib boradi va qondagi glyukoza darajasiga qarab Siofor®1000 preparatining dozasini belgilaydi. Davolovchi shifokor bilan muntazam maslahatlashib turish kerak. Bu bolalar va o‘smirlar, shuningdek keksa shaxslar uchun ayniqsa muhim.
  • Bundan tashqari, shifokor kamida yilda bir marta Sizda buyrakning holatini tekshirib turadi. Agar Siz keksa yoshda bo‘lsangiz, yoki Sizda buyrak funksiyasi buzilgan bo‘lsa, unda Siz tekshirishlardan tez-tez o‘tib turishingiz kerak.

 

 

Siofor®1000, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qanday ikkiga bo‘lish kerak

Tabletkani teng ikki bo‘lakka bo‘lish mumkin.

Siofor®1000, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari o‘z shakli tufayli oson va aniqlik bilan bo‘linadi. Uni ikki qo‘l bilan, tekis qattiq yuzaga kengroq o‘yiqchasini pastga qaratib va katta barmoq bilan bosib ikkiga bo‘lish mumkin (rasmga qarang).

Siofor®1000, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qanday qabul qilish kerak

Tabletkalarni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi, bu ovqat hazm qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar bo‘lmasligiga yordam beradi.

Tabletkalarni chaynamang va maydalamang. Har bir tabletkani 1 stakan suv bilan yuting.

  • Agar Siz preparatni sutkada 1 marta qabul qilsangiz, uni ertalab amalga oshiring (ertalabki nonushta bilan).
  • Agar Siz tabletkalarni 2 marta qabul qilsangiz uni ertalab (nonushta paytida) va kechqurun (kechki ovqat vaqtida) amalga oshiring.
  • Agar Siz preparatni 3 marta qabul qilsangiz, unda ertalab (nonushta vaqtida), kunduzi (tushlik bilan) va kechqurun (kechki ovqat vaqtida) qabul qiling.

Agar ma‘lum bir vaqt o‘tgandan keyin Siofor®1000 preparatining ta‘siri ancha kuchli yoki ancha kuchsizligi to‘g‘risida Sizda fikr paydo bo‘lsa, bu haqida shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering.

Siofor®1000 preparatini dozasi oshirib yuborilgan holatlarda nima qilish kerak

Agar Siz Siofor®1000 preparatini ko‘rsatilgandan ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz, Sizda laktasidoz rivojlanishi mumkin. Laktasidoz simptomlariga qusish, mushak spazmlari bilan kechadigan qorinda og‘riq, o‘zini yomon his qilish va kuchli toliqish, shuningdek nafasni qiyinlashishi kiradi. Agar Sizda shunday simptomlar paydo bo‘lsa, Sizga zudlik bilan shifoxona sharoitida davolanish talab etilishi mumkin, chunki laktasidoz komaga olib kelishi mumkin. Siz zudlik bilan shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaga murojaat qilishingiz kerak.

Agar Siz Siofor®1000 preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz.

O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini bosish uchun dozani ikki barobar qabul qilmang. Preparatning keyingi dozasini o‘z vaqtida qabul qiling.

Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar

Boshqa dori vositalari kabi, ushbu preparat nojo‘ya samaralar keltirib chiqarishi mumkin, lekin u hammada ham rivojlanmaydi. Quyidagi nojo‘ya samaralar kelib chiqishi mumkin:

Juda tez-tez kelib chiqadigan nojo‘ya samaralar (10 pasientdan 1 tadan ko‘proq kuzatilishi mumkin)

  • Ovqat hazm qilish bo‘yicha muammolar, xususan ko‘ngil aynish, qusish, diareya, qorinda og‘riq va ishtahani yo‘qolishi. Ko‘pincha bunday nojo‘ya samaralar Siofor®1000 preparati bilan davolash boshlanishida paydo bo‘ladi. Bunday nojo‘ya samaralarni susaytirish uchun preparatni bir necha marta qabul qilishdan boshlash kerak, shuningdek uni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanishdan keyin darrov qabul qilish mumkin. Agar simptomlar davom etsa, Siofor®1000 ni qabul qilishni to‘xtating va davolovchi shifokorga murojaat qiling.

Tez-tez kelib chiqadigan nojo‘ya samaralar (10 pasientdan 1 tasida kuzatilishi mumkin)

  • ta‘m sezishni buzilishlari

Juda kam hollarda kelib chiqadigan nojo‘ya samaralar (10000 pasientdan 1 tasida kuzatilishi mumkin)

  • laktasidoz – bu juda kam hollarda rivojlanadigan, ammo og‘ir asorat (ayniqsa buyrak funksiyasi buzilishi bo‘lgan pasientlarda). Laktasidoz simptomlariga qusish, mushak spazmlari bilan kechadigan qorinda og‘riq, o‘zini yomon his qilish va kuchli toliqish , shuningdek nafas olishni qiyinlashishi kiradi.

Agar Sizda shunday simptomlar paydo bo‘lsa, Sizga zudlik bilan shifoxonada davolanish talab etilishi mumkin, chunki laktasidoz komaga olib kelishi mumkin. Siofor®1000 preparatini qabul qilishni zudlik bilan to‘xtating va shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaga murojaat qiling.

  • teri reaksiyalari, xususan terini qizarishi (eritema), qichishish yoki qichishuvchi toshmalar (eshakemi);
  • qonda V12 vitaminining miqdorini kamayishi;
  • jigar funksiyasining biokimyoviy ko‘rsatkichlarini buzilishi yoki gepatit (toliqish, ishtahani yo‘qolishi, terini va ko‘z oqini sarg‘ayish belgilari bilan yoki usiz kechuvchi jigar yallig‘lanishi). Agar Sizda shunday simptomlar kuzatilsa, Siofor® 1000 ni qabul qilishni to‘xtating va davolovchi shifokorga murojaat eting.

Bolalar va o‘smirlar

Preparatni bolalar va o‘smirlarda qo‘llash bo‘yicha olingan cheklangan ma‘lumotlarga ko‘ra, ularda paydo bo‘ladigan nojo‘ya samaralar og‘irlik darajasi va xarakteriga ko‘ra kattalarda kuzatiladiganlar bilan deyarli bir xil.

Nojo‘ya ta‘sirlar to‘g‘risidagi xabarlar

Har qanday nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmaganlariga ham tegishli. Siz shuningdek, nojo‘ya ta‘sirlar to‘g‘risida bevosita Toshkent sh., 100015, Afrosiyob ko‘ch., 12 (biznes markaz) manzili bo‘yicha O‘zbekistondagi Berlin-Xemi/Menarini kompaniya vakolatxonasiga xabar berishingiz mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlar to‘g‘risida xabar berib, Siz ushbu dori preparatining xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq ma‘lumotlar yig‘ishga yordam bergan bo‘lasiz.

  1. Siofor® 1000 preparatini saqlash sharoiti

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Agar Siofor® 1000 bolaga buyurilgan bo‘lsa, unda ota-onalar va parvarish qiluvchi shaxslar ushbu preparatni qo‘llashni kuzatib borishlari kerak.

Ushbu preparat tashqi karton o‘ramda va blisterda “goden do” so‘zlaridan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasligi kerak. Yaroqlilik muddati o‘tgan sana ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Yaroqlilik muddati

36 oy.

Preparat 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Hech qanday dori preparatini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilarga tashlamang. Kerak bo‘lmagan dori preparatini qanday utilizasiya qilish to‘g‘risida dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

  1. O‘ram tarkibi va boshqa ma‘lumotlar

Siofor®1000 preparatining tarkibi

Preparatning ta‘sir etuvchi moddasi bo‘lib metformin gidroxloridi hisoblanadi.

Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka 1000 mg metformin gidroxloridini saqlaydi (bu 662,9 metforminga to‘g‘ri keladi).

Boshqa yordamchi komponentlar: gipromelloza, povidon K25, magniy stearati (Ph. Eur.) [o‘simlik], makrogol 6000, titan dioksidi (Ye171).

Siofor®1000 preparatining ta‘rifi va o‘ram ichidagisi

Oq, uzunchoq, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida ponasimon chuqurchasi va boshqa tomonida bo‘luv o‘yiqchasi bo‘lgan tabletkalar.

Tabletkani teng ikki bo‘lakka bo‘lish mumkin (ikkiga bo‘lish ko‘rsatilgan 3 bo‘limga qarang).

Siofor®1000 preparati 30, 60 yoki 120 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkali o‘ramlarda chiqariladi.

Sotuvda hamma o‘lchamli o‘ramlar bo‘lmasligi mumkin

Dorixonadan berish tartibi: shifokor resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SIOFOR 500 tabletkalari 500mg N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SIOFOR 500 tabletkalari 500mg N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SIOFOR 500 tabletkalari 500mg N60 dori vositasi Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SIOFOR 500 tabletkalari 500mg N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SIOFOR 500 tabletkalari 500mg N60 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
MEZIM FORTE tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Pankreatin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 14 500 so'mdan Batafsil
BROMGEKSIN 8 BERLIN XEMI tabletkalari 8mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Bromgeksin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 14 800 so'mdan Batafsil
MIG 400 tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Parasetamol, Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 21 500 so'mdan Batafsil
ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Simetikon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 24 700 so'mdan Batafsil
DIKLOBERL RETARD kapsulalar 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Diklofenak ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
SIOFOR 850 tabletkalari 850mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
PRILIDJI tabletkalari 60mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Dapoksetin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Simetikon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Simetikon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
MEZIM FORTE tabletkalari N80
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Pankreatin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
YODOMARIN 200 tabletkalari 200mkg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Kaliya yodid ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
YODOMARIN 100 tabletkalari 100mkg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Kaliya yodid ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
MIG 400 tabletkalari 400mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
MEZIM FORTE tabletkalari N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9