×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

YUNILAT ko'z tomchilari 2,5 ml 50 mkg/ml

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Slovakiya Respublikasi
Faol modda:
Латанопрост
Ishlab chiqaruvchi:
- Unimed Pharma spol. S.r.o.
ATX kodi:
- S01EX03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DEKSATOBROM ko'z tomchilari 5ml Rompharm Company SRL Ruminiya
45 900 s`om dan
RIMOSOPT ko'z tomchilari 5ml World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
63 800 s`om dan
DIAKARB tabletkalari 250mg N30 Фармацевтический завод «Polpharma», АО Polsha
60 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
YUNILAT ko'z tomchilari 2,5 ml 50 mkg/ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ISTE‘MOLCHILAR UCHUN MA‘LUMOT

YUNILAT 50 mikrogramm/ml

Ko‘zga tomizish uchun eritma

Latanoprost (latanoprost)

 

Siz dori vositangizni qo‘llashni boshlashdan oldin ma‘lumotni to‘liq o‘qib chiqing.

  • Ushbu ma‘lumotni saqlab qo‘ying. Ehtimol, uni takroran o‘qib chiqish uchun kerak bo‘lishi mumkin.
  • Keyinchalik biron-bir savollar paydo bo‘lgan hollarda shifokoringiz yoki dorixona xodimiga murojaat eting.
  • Ushbu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Agar ularda Sizdagiga o‘xshash belgilar bo‘lsa ham, u ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.
  • Agar Siz har qanday nojo‘ya ta‘sir his qilsangiz yoki iste‘molchilar uchun ushbu ma‘lumotda ta‘riflanmagan nojo‘ya ta‘sirlarni sezsangiz, iltimos, shifokoringiz yoki dorixona xodimiga xabar bering.

Iste‘molchilar uchun ushbu ma‘lumotdan Siz quyidagilarni bilib olasiz:

  1. YUNILAT nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. YUNILAT ni qo‘llashdan oldin
  3. YUNILAT qanday qo‘llanadi
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar
  5. YUNILAT ni qanday saqlash kerak
  6. Boshqa ma‘lumot

  1. YUNILAT nima va u nima uchun qo‘llanadi

YUNILAT prostaglandinlar analoglari deb nomlanuvchi dori vositalari guruhiga mansub. U ko‘zlarning ichki qismidan qon oqimiga ko‘z suyuqligini tabiiy oqib chiqishini oshirish orqali ta‘sir etadi.

YUNILAT ochiq burchakli glaukoma nomi bilan ma‘lum muammo va ko‘z ichki gipertenziyasi davolash uchun qo‘llanadi. Bu ikkala holatlar Sizning ko‘zingizda bosimni oshishi bilan bog‘liq va Sizning ko‘rish qobiliyatingizga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

  1. YUNILATni qo‘llashdan oldin

YUNILATni katta erkaklar va ayollar (shu jumladan keksa pasientlar) qo‘llashlari mumkin, lekin uni 18 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

YUNILAT qo‘llanilmasin

  • latanoprost yoki YUNILAT ning har qanday yordamchi moddasiga (dori vositasining barcha yordamchi komponentlari ro‘yxati 6 bo‘limda keltirilgan) allergiya (yuqori sezuvchanlik) da.

 

YUNILATni qo‘llaganda juda ehtiyotkor bo‘ling

  • agar Sizning kamalak pardangiz ranglarning aralashmasidan iborat bo‘lsa, ya‘ni sariq-jigarrang, kulrang-jigarrang, ko‘k-jigarrang yoki yashil-jigarrang. UNILAT dori vositasini qo‘llash Sizning kamalak pardangizni jigarrangga bo‘yalishiga olib kelishi mumkin. Faqat bitta ko‘zni davolash ko‘zlardagi ranglarni farqiga olib kelishi mumkin,
  • agar Sizning ko‘zingizda gavhar bo‘lmasa (afakiya) yoki Sizda ko‘rishni xiralashishi yoki ko‘rishni yo‘qolishiga (psevdofakiya) olib kelishi mumkin bo‘lgan bir yoki ikkala ko‘zda gavharning umumiy o‘tkazmasligi bo‘lsa,
  • agar Sizga yaqinda operasiya o‘tkazilgan bo‘lsa yoki ko‘zlarda operasiya rejalashtirilgan bo‘lsa (shu jumladan katarakta tufayli operasiya),
  • agar Sizda ko‘zlar bilan muammolar (ko‘zlarda og‘riq, ta‘sirlanish yoki yallig‘lanish yoki ko‘rishni noaniqligi kabi) bo‘lsa,
  • agar Sizda quruq ko‘z sindromi bo‘lsa,
  • agar Sizda astmaning og‘ir shakli bo‘lsa yoki astmangiz yetarli darajada nazorat qilinmasa,
  • agar Siz kontakt linzalardan foydalansangiz, YUNILAT dori vositasini qo‘llashingiz mumkin, lekin 3 bo‘limda keltirilgan tavsiyalarga rioya qiling.

Boshqa dori vositalarini qo‘llash

YUNILAT boshqa dori vositalarining samarasiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Agar Siz boshqa dori vositalarini, shu jumladan shifokor reseptisiz olingan dori vositalarini qo‘llayotgan yoki yaqin orada qo‘llagan bo‘lsangiz, iltimos, bu haqida shifokoringizga xabar bering.

Agar Siz YUNILAT dori vositasidan tashqari ko‘z uchun boshqa dori vositalarini qo‘llayotgan bo‘lsangiz, ular YUNILAT dori vositasini tomizishdan 5 minut oldin yoki 5 minutdan keyin tomizilishi kerak.

Homiladorlik

Har qanday dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing

Dori vositasi homilaga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. YUNILATni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

 

Emizish davri

YUNILAT bolangizga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Avtomobillarni boshqarish va mashinalarga xizmat ko‘rsatish

YUNILAT qo‘llagandan keyin qisqa vaqt o‘tgach ko‘rishni noaniqligini chaqirishi mumkin. Bu belgilar bartaraf etilmaguncha avtomobilni boshqarish va mashinalarga xizmat ko‘rsatishdan saqlaning.

YUNILATning tarkibidagi ayrim komponentlar haqida muhim ma‘lumot

Dori vositasi ko‘zlarni ta‘sirlanishi yoki ko‘z yuzasida buzilishni chaqirishi mumkin bo‘lgan konservant-benzalkoniy xloridi saqlaydi.

Benzalkoniy xloridi yumshoq kontakt linzalar tomonidan so‘rilishi mumkin va bu ularni rangini o‘zgartirishi ma‘lum. Shuning uchun yumshoq kontakt linzalarga tushishidan saqlaning. Agar Siz kontakt linzalardan foydalansangiz, YUNILATni qo‘llashdan oldin Siz ularni ko‘zlardan yechishingiz kerak. YUNILATni qo‘llagandan keyin kontakt linzalarni takroran taqishdan oldin kamida 15 minut kuting.

Agar Siz kontakt linzalardan foydalansangiz, 3-bo‘limni diqqat bilan o‘qib chiqing.

  1. YUNILAT QANDAY QO‘LLANADI

YUNILATni har doim shifokoringiz buyurganidek qo‘llang. Agar Siz biron-bir narsada ishonch hosil qilmasangiz, shifokoringiz yoki dorixona xodimidan so‘rang.

Kattalar (shu jumladan keksa pasientlar) uchun odatdagi doza shikastlangan ko‘zga kuniga 1 marta 1 tomchini tashkil etadi.

Dori vositasini kechqurun qo‘llangan afzal.

YUNILATni bir kunda bir martadan ortiq qo‘llash mumkin emas, chunki ko‘proq qo‘llash davolashning samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Siz YUNILATni shifokor aytmaguncha qo‘llashni to‘xtatmang.

 

 

Kontakt linzalardan foydalanadigan shaxslar

Agar Siz kontakt linzalardan foydalansangiz, YUNILATni tomizishdan oldin ularni yechishingiz kerak.

YUNILATni qo‘llagandan keyin kontakt linzalarni takroran taqishdan oldin kamida 15 minut kuting.

Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma

  1. Qo‘llaringizni yuving va qulay joyga o‘tiring yoki turing.
  2. Qopqoqchani burab yeching.

  1. Pastga qaratilgan flakonni katta barmoq va boshqa barmoqlar orasida ushlang.
  2. Ko‘rsatkich barmoq bilan shikastlangan ko‘zning pastki qovog‘ini biroz torting.
  3. Tomchilagichning uchini ko‘zlaringizga yaqinlashtiring, lekin u ko‘zlar va atrofdagi sohalarga tegmasligi kerak.
  4. Ko‘zlaringizga bir tomchi tushishi uchun flakonni biroz siqing, so‘ngra pastki qovoqni qo‘yib yuboring.
  5. Burunga yaqin joyda shikastlangan ko‘zning burchagini bosing. Ko‘zlarni yumilgan holatda 1 minut ushlab turing.
  6. Agar shifokor tavsiya etgan bo‘lsa, muolajani boshqa ko‘z uchun ham takrorlang.
  7. Qo‘llagandan keyin darhol flakonga qopqoqni zich qilib yoping.

Agar Siz YUNILATni ko‘zga tomizish uchun boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llayotgan bo‘lsangiz

YUNILAT va ko‘zga tomizish uchun boshqa dori vositalarini tomizish orasidagi interval kamida 5 minutni tashkil etishi kerak.

 

Agar Siz YUNILAT dori vositasini keragidan ortiq qo‘llagan bo‘lsangiz

Agar ko‘zingizga dori vositasining haddan tashqari ko‘p tomchisi tushgan bo‘lsa, Siz ko‘zlarda kuchsiz ta‘sirlanishni his qilishingiz va ko‘z yoshi ko‘p oqishi yoki qizarishi mumkin. Bu holat biroz vaqtdan keyin o‘tib ketadi, lekin xavotirli holatlarda shifokoringiz bilan bog‘laning. Agar YUNILAT dori vositasi to‘satdan ichga qabul qilinsa iloji boricha tezroq shifokoringiz bilan bog‘laning.

 

Agar Siz YUNILATni qo‘llashni unutgan bo‘lsangiz

Agar Siz YUNILATni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, odatdagi vaqtda tavsiya etilgan dozani qo‘llashni davom ettiring. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki marta dozani qo‘llamang.

 

Agar Siz YUNILATni qo‘llashni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Agar shifokor Sizga aytmagan bo‘lsa, YUNILATni qo‘llashni to‘xtatmang.

Bu dori vositasini qo‘llash yuzasidan keyinchalik savollar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki dorixona xodimiga murojaat eting.

  1. BO‘LISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA TA‘SIRLAR

Barcha dori vositalari kabi YUNILAT garchi hammada ham namoyon bo‘lmasada, nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkin.

Juda tez-tez uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (10 pasiendan 1 tasidan ko‘prog‘ida namoyon bo‘ladi)

  • kamalak parda deb nomlanuvchi ko‘zlarning rangli qismida jigarrang pigmentni oshishi bilan chaqirilgan ko‘z rangini asta-sekin o‘zgarishi. Kamalak pardaning rangini o‘zgarishining ehtimoli ko‘zning rangi bir xil (ko‘k, kulrang, yashil yoki jigar) bo‘lgan pasientlarga nisbatan aralash (ko‘k-jigarrang, kulrang-jigarrang, sariq-jigarrang yoki yashil-jigarrang) bo‘lgan pasientlarda yuqori. Ko‘zning ranggi bilan bog‘liq barcha o‘zgarishlar bir necha yil davomida rivojlanadi, garchi ularni davolashning 8 oyi davomida kuzatish mumkin.

Agar YUNILAT faqat bir ko‘zga tomizilsa rangni bunday o‘zgarishi doimiy va yaqqolroq bo‘lishi mumkin. Hozirgacha ko‘zlarni rangini o‘zgarishi bilan bog‘liq hech qanday muammolar aniqlanmagan. Ko‘zlarni davolash yakunlangandan keyin o‘zgarishlar to‘xtaydi,

  • ko‘zlarni qizarishi,
  • ko‘zlarni ta‘sirlanishi (ko‘zda achishish, qichishish, sanchish hissi yoki qum yoki mexanik kiritma mavjudligi hissi),
  • shikastlangan ko‘zda kipriklarni asta-sekin o‘zgarishi va davolanayotgan ko‘z atrofida ingichka sochlarni mavjudligi, asosan yapon populyasiyasida kuzatiladi. Bu o‘zgarishlar asosan kipriklarni rangini to‘qlashishi, uzayishi, yupqalashishi va sonini oshishi bilan bog‘liq.

Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (100 pasientdan 1-10 tasida namoyon bo‘ladi)

  • ko‘z yuzasida ta‘sirlanish yoki yuzasini buzilishlari, qovoqlarni yallig‘lanishi (blefarit) va ko‘zlarda og‘riq.

Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya ta‘sirlar (1000 pasientdan 1-10 tasida namoyon bo‘ladi)

  • qovoqlarni shishi, ko‘zlarni qurishi, ko‘z yuzasini yallig‘lanishi yoki ta‘sirlanishi (keratit), ko‘rishni noaniqligi va kon‘yunktivalarni yallig‘lanishi (kon‘yunktivit),
  • teri toshmasi.

Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (10000 pasientdan 1-10 tasida namoyon bo‘ladi)

  • kamalak pardani, ko‘zning rangli qismini yallig‘lanishi (irit, uveit), to‘r parda shishi (makulyar shish), ko‘z yuzasida shilinish/shikastlanish belgilari yoki shishi (periorbital shish), kipriklarni o‘sish yo‘nalishini o‘zgarishi yoki ikkitali kipriklarni o‘sishi (distixiaz),
  • ko‘z qovoqlarida teri reaksiyalari, qovoqlarni to‘qroq rangga bo‘yalishi,
  • astma, astmani yomonlashishi va hansirash (dispnoe)

Juda kam hollarda uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (10000 pasientdan 1 tadan kamrog‘ida namoyon bo‘ladi)

  • yurak kasalliklari bo‘lgan pasientlarda yurak xurujini yomonlashishi. Ko‘krak qafasida og‘riq.

Pasientlar shuningdek quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar haqida xabar berishgan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, palpitasiya (yurakni noto‘g‘ri yoki tez faoliyat ko‘rsatishi), mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq.

Agar Siz har qanday nojo‘ya ta‘sirni jiddiy deb hisoblasangiz yoki Siz iste‘molchilar uchun bu yo‘riqnomada ta‘riflanmagan nojo‘ya ta‘sirlarni sezsangiz, iltimos, bu haqida shifokoringizga xabar bering.

  1. YUNILATNI QANDAY SAQLASH KERAK

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Etiketka yoki qutidagi EXP qisqartmasidan keyin keltirilgan yaroqlilik muddati o‘tgach YUNILAT qo‘llanilmasin.

Birinchi marta ochilguncha: 2°S dan 8°S gacha haroratda sovutgichda saqlansin. Muzlatgichda saqlanmasin. Yorug‘lik ta‘siridan himoyalash uchun birlamchi o‘ramida saqlansin.

Birinchi marta ochilgandan keyin: 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Birinchi marta ochgandan keyin 28 kundan ortiq muddat davomida ishlatilmasin.

Agar Siz YUNILATni qo‘llamasangiz, flakonni yorug‘lik ta‘siridan himoyalash uchun birlamchi o‘ramida saqlang.

Agar Siz dori vositasini ko‘rinarli shikastlanishlari yoki flakonni birinchi ochish himoya tasmasini shikastlanishini sezsangiz, YUNILATni qo‘llamang. Bunday hollarda dori vositasini dorixonaga qaytaring.

Dori vositalarini oqava suvlarga yoki maishiy chiqindilarga tashlash mumkin emas. Ishlatilmagan dori vositasini dorixonaga qaytarilsin. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

  1. BOSHQA MA‘LUMOT

YUNILAT nima saqlaydi

  • Davolovchi modda bo‘lib ko‘z uchun 1 ml eritmada 50 milligramm latanoprost hisoblanadi.
  • Boshqa komponentlari: Natrii chloridum (natriy xloridi),

Benzalkonii chloridi solutio (benzalkoniy xloridi eritmasi),

Natrii dihydrogenophosphas monohydricus (natriy digidrogenfosfati monogidrati, Ye339a)

Dinatrii hydrogenophosphas anhydricus (suvchiz dinatriy gidrogenfosfati, Ye339b)

Acidum hydrochloricum (xlorid kislotasi) rN ni muvofiqlashtirish uchun,

Natrii hydroxidum (natriy gidroksidi) rN ni muvofiqlashtirish uchun,

Aqua ad iniectabilia (in‘eksiya uchun suv).

YUNILAT qanday ko‘rinishga ega va o‘ram ichidagisi

YUNILAT deyarli erkin zarrachalar saqlamaydigan, tiniq, rangsiz eritmadir.

YUNILAT dori vositasini saqlovchi har bir flakon ko‘zga tomizish uchun 2,5 ml eritma saqlaydi.

Dori vositasining quyidagi o‘ram o‘lchamlari mavjud: 1x2,5 ml, 3x2,5 ml (tomchilagichli polietilen flakon).

Sotuvda barcha o‘lchamdagi flakonlar bo‘lmasligi mumkin

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

YUNILAT ko'z tomchilari 2,5 ml 50 mkg/ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
YUNILAT ko'z tomchilari 2,5 ml 50 mkg/ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
YUNILAT ko'z tomchilari 2,5 ml 50 mkg/ml dori vositasi Unimed Pharma spol. S.r.o. tomonidan Slovakiya Respublikasi mamlakatida ishlab chiqarilgan.
YUNILAT ko'z tomchilari 2,5 ml 50 mkg/ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
YUNILAT ko'z tomchilari 2,5 ml 50 mkg/ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KSALAPROST ko'z tomchilari 2,5ml 0,005%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bangladesh
  • Faol modda: Латанопрост ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Beximсo Pharmaceuticals Ltd
  • Vakil: OMEGA SINTEZ
KSALATAN ko'z tomchilari 2,5ml 0,005%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Латанопрост ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pfizer HCP Corporation, USA, США произведено: Pfizer MFG. Belgium N.V.
VIZIPRES ko'z tomchilari 5ml 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Faol modda: Латанопрост ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ликвор ФармКомпания
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
LANOTAN ko'z tomchilari 2,5ml 0,05mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Латанопрост ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПАО «Фармак»
Ishlab chiqaruvchining dorilari
BRIMONAL ko'z tomchilari 10ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. s.r.o.
BETALMIK ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. S.r.o.
YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 10ml 3mg/ml
YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 5ml 3mg/ml
FENEFRIN ko'z tomchilari 10ml 100mg/ml
BENOKSI ko'z tomchilari 10ml 4mg/ml
YUNIKLOFEN ko'z tomchilari i ushnie 5ml 1mg/ml
YUNITROPIK ko'z tomchilari 10ml 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. s.r.o.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9