×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 10ml 3mg/ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Slovakiya Respublikasi
Faol modda:
Офлоксацин
Ishlab chiqaruvchi:
- Unimed Pharma spol. S.r.o.
ATX kodi:
- J01MA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SEFAZOLIN poroshok 1,0g N10 Nanjing Beinuo Pharmaceutical Co. Ltd, Китай произведено: CSPC Zhongnuo Pharmaceutical (Shijiazhuang) Co., Ltd Xitoy
ULTRASEF poroshok 1,0g N1 Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. Hindiston
21 000 s`om dan
BAKTERIOFAG STAFILOKOKKOVIY eritma dlya priema vnutr 100ml Микроген,НПО,АО произв.Микроген,НПО,АО филиал г.Нижный Новгород Rossiya
186 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 10ml 3mg/ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ISTE‘MOLCHILAR UCHUN MA‘LUMOT

YUNIFLOKS 0,3%

Ko‘z/quloq tomchilari, eritma

Ofloxacin (ofloksasin)

 

Siz dori vositangizni qo‘llashni boshlashdan oldin ma‘lumotni to‘liq o‘qib chiqing.

  • Ushbu ma‘lumotni saqlab qo‘ying. Ehtimol, uni takroran o‘qib chiqish uchun kerak bo‘lishi mumkin.
  • Keyinchalik biron-bir savollar paydo bo‘lgan hollarda shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting.
  • Ushbu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Agar ularda Sizdagiga o‘xshash belgilar bo‘lsa ham, u ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.
  • Agar Siz har qanday nojo‘ya samaralarni aniqlasangiz, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Bu, shu jumladan ushbu ma‘lumotda ta‘riflanmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu ma‘lumotda nimalar saqlanadi:

  1. Yunifloks 0,3% nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Yunifloks 0,3% ni qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. Yunifloks 0,3% qanday qo‘llanadi
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar
  5. Yunifloks 0,3% ni qanday saqlash kerak
  6. Boshqa ma‘lumot

  1. Yunifloks 0,3% nima va u nima uchun qo‘llanadi

Yunifloks 0,3% ko‘zga va quloqqa tomizish uchun mo‘ljallangan eritmadir. U faol modda ofloksasin saqlaydi. Ofloksasin xinolonlarga mansub bakterisid (bakteriyalarni nobud qiluvchi) ximioterapevtik preparatdir. YUNIFLOKS 0,3% ko‘z va quloqning ko‘pgina bakterial infeksiyalarini davolash uchun qo‘llanadi, chunki u ma‘lum usullar yordamida bakteriyalarning hayot faoliyatiga aralashadi va ularni ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.

Ko‘zlar:

Ofloksasinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan ko‘z old qismining bakterial infeksiyalar, masalan kon‘yunktivani (infeksion kon‘yunktivit), shox parda, kiprikni bakterial yallig‘lanishi, ko‘z yoshi kanallari infeksiyalari (dakriosistit), ko‘z kistalari (xalazion) va shox parda yarasini davolashda qo‘llanadi. Ko‘zdagi operasiyalarga tayyorlash va ko‘z ichidagi operasiyadan keyin yarani bitishi, yot jismni olib tashlashdan keyin va jarohatdan keyin, infeksiyalarni oldini olish maqsadida qo‘llanadi. Ko‘zlarning ichki strukturalarida yiringli yallig‘lanishlarni umumiy davolashga qo‘shimcha sifatida qo‘llanadi.

Quloqlar:

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda ofloksasinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalar, tashqi eshituv yo‘lidagi infeksion yallig‘lanishni (otit), nog‘ora pardasini teshilishi bilan kechuvchi ichki quloqni surunkali yiringli yallig‘lanishini (o‘rta quloq otiti, surunkali yiringli) davolash va kattalarda jarroxlik aralashuvi vaqtida infeksiyalarni oldini olishda qo‘llanadi.

1 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda tashqi eshituv yo‘lidagi infeksion yallig‘lanishni va nog‘ora pardasini teshilishi yoki nog‘ora pardasini ko‘tarilishi (timpanostomiya) bilan kechuvchi ichki quloqni o‘tkir yallig‘lanishni davolashda qo‘llanadi.

Yunifloks 0,3% – ko‘z va quloqqa tomizish uchun eritma kattalar, o‘smirlar va 1 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.

  1. Yunifloks 0,3% ni qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak

Yunifloks 0,3% qo‘llanilmasin

  • agar Sizda ofloksasin yoki ushbu preparatning biron-bir komponentiga (6 bo‘limga qarang) allergiya bo‘lsa
  • bakterial bo‘lmagan tabiatli surunkali kon‘yunktivitlar
  • ofloksasinga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar chaqirgan ko‘z va quloqning infeksion kasalliklari
  • preparatni 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

Agar Sizda QT intervalini uzayishi (EKG da aniqlanadi) bo‘lsa yoki oilaviy anamnezda bo‘lsa, qonda tuzlar disbalansi (ayniqsa qonda kaliy va magniy darajasi past) bo‘lsa, yurak ritmi juda sekin (“bradikardiya” deb nomlanuvchi) bo‘lsa, yurak kuchsiz (yurak yetishmovchiligi) bo‘lsa, anamnezda yurak xuruji (miokard infarkti) bo‘lsa, Siz ayol yoki keksa yoshda bo‘lsangiz yoki Siz EKG da anomal o‘zgarishlarga olib keluvchi boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz (Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang) bunday turdagi preparatlarni qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

 

Bolalar

1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Yunifloks 0,3% ni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Yunifloks 0,3% va boshqa preparatlarning samaralari bir-biriga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Agar Siz har qanday boshqa dori vositalarini, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori vositalarini qo‘llayotgan yoki qo‘llashingiz kerak bo‘lsa shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Agar Siz yurak ritmini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokoringizga xabar berishingiz kerak: antiaritmik vositalar guruhiga mansub dori vositalari (masalan, xinidin, gidroxinidin, dizopiramid, amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid), trisiklik antidepressantlar, mikroblarga qarshi ayrim vositalar (makrolidlar guruhiga mansub), ayrim neyroleptiklar.

Magniy, alyuminiy, temir va rux saqlovchi preparatlar ofloksasinni so‘rilishini kamaytiradi.

Agar Siz Yunifloks 0,3% preparati bilan bir vaqtda ko‘z yoki quloqqa tomizish uchun boshqa tipdagi tomchilarni qo‘llayotgan bo‘lsangiz, ularni bir vaqtda qo‘llash mumkinligi haqida shifokoringiz bilan maslahatlashing. Shifokoringiz tavsiyasisiz ko‘z va quloqqa tomizish uchun boshqa tomchilarni qo‘llash mumkin emas.

Yunifloks 0,3% ni ovqat va ichimliklar bilan qo‘llash

Ko‘zga tomizish uchun eritma haqida gap ketayotganligi tufayli, uni qo‘llash ovqat yoki ichimliklar bilan bog‘liq emas.

Homiladorlik va emizish davri

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, homiladorman deb gumon qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, ushbu dori vositasini qo‘llashni boshlashdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik va emizish davrida Yunifloks 0,3% ni faqat juda zarur holatlardagina qo‘llash mumkin.

 

Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish

Preparatni ko‘zga qo‘llagandan keyin qisqa vaqt o‘tgach ko‘rishni noaniqligi paydo bo‘ladi, avtotransport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlarni eksplutasiya qilishni qiyinlashtirishi mumkin. Shuning uchun tomizgandan keyin yuqoridagi harakatlarni bajarishdan oldin kamida 15 minut kutish tavsiya etiladi.

Yunifloks 0,3% benzalkoniy xloridi saqlaydi

Preparat konservant – benzalkoniy xloridi saqlaydi. Ushbu preparatni – Yunifloks 0,3% ni qo‘llash vaqtida yumshoq kontakt linzalarni taqish mumkin emas. Siz shuningdek preparatni qo‘llashdan oldin qattiq kontakt linzalarni yechishingiz va kamida 20 minutdan keyin taqishingiz kerak.

  1. YUNIFLOKS 0,3% qanday qo‘llanadi

Bu preparatni har doim shifokoringiz yoki farmasevt buyurganidek qo‘llang. Preparatni to‘g‘ri qo‘llayotganligingizga ishonch hosil qilmasangiz, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Ushbu Yunifloks 0,3% preparati odatda quyidagicha qo‘llanadi:

Ko‘zlar:

Kattalar:

Odatda qo‘llashning birinchi ikki kuni davomida har soatda 1-2 tomchidan, bundan keyin 2 kundan 3 kungacha davomida kuniga 6-8 marta 1-2 tomchidan qo‘llanadi. Har bir tomizish orasida muntazam intervalga rioya qilish tavsiya etiladi. Davolash kamida 7 kun (yiringli ajralma ajralishi to‘xtagandan keyin 3 kun davomida) davom etishi kerak va 14 kundan oshmasligi kerak.

1 yoshdan oshgan bolalar:

Qo‘llash va dozalash oftalmolog tomonidan buyurilishi va barcha davolash ambulator sharoitda uning kuzatuvi ostida olib borilishi kerak. Odatda 1 tomchidan kuniga 5 marta, maksimum 7 kun buyuriladi.

Kontakt linzalardan foydalanuvchi shaxslar

Agar Siz kontakt linzalardan foydalansangiz, YUNIFLOKS 0,3% ni ko‘zlarga tomizishdan oldin Siz ularni yechishingiz kerak. YUNIFLOKS 0,3% tomizilgandan keyin ularni takroran taqishdan oldin kamida 20 minut kutishingiz kerak.

Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma

  1. Qo‘llaringizni yuving va qulay joyga o‘tiring yoki turing.
  2. Qopqoqchani burab yeching.
  1. Pastga qaratilgan flakonni katta barmoq va boshqa barmoqlar orasida ushlang.
  2. Ko‘rsatkich barmoq bilan shikastlangan ko‘zning pastki qovog‘ini biroz torting
  3. Tomchilagichning uchini ko‘zlaringizga yaqinlashtiring, lekin u ko‘zlar va atrofdagi sohalarga tegmasligi kerak.
  4. Ko‘zlaringizga bir tomchi tushishi uchun flakonni biroz siqing, so‘ngra pastki qovoqni qo‘yib yuboring
  5. Burunga yaqin joyda shikastlangan ko‘zning burchagini bosing. Ko‘zlarni yumilgan holatda 1 minut ushlab turing.
  6. Agar shifokor tavsiya etgan bo‘lsa, muolajani boshqa ko‘z uchun ham takrorlang.
  7. Qo‘llagandan keyin darhol flakonga qopqoqni zich qilib yoping.

 

Quloqlar:

Sovuq eritma tomizilgandan keyin paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosh aylanishidan saqlanish uchun qo‘llashdan oldin 1-2 minut davomida kaftda ushlab flakonni isitish kerak. Quloqqa tomizish uchun eritma shikastlangan quloqni yuqoriga qarating yotgan holatda tashqi eshituv yo‘ligi (tashqi eshituv teshigiga) tomiziladi. Bu holat tomizilgandan keyin kamida 5 minut saqlanishi kerak. Quloqqa tomizish uchun eritmani ichki quloqqa yaxshiroq kirishi uchun pasient eritmani yuborish vaqtida quloq suprasini bosishi tavsiya etiladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar:

Tashqi eshituv yo‘lini (tashqi otit) davolaganda odatda 10 tomchidan kuniga ikki marta 10 kun davomida buyuriladi. Nog‘ora pardani teshilishi bilan kechuvchi ichki quloqning surunkali yiringli yallig‘lanishida (o‘rta quloqning surunkali yiringli otiti) tavsiya etilgan doza 10 kun davomida kuniga ikki marta 10 tomchini tashkil etadi.

1 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar:

Qo‘llash va dozalash otolaringolog tomonidan buyurilishi va barcha davolash ambulator sharoitda uning kuzatuvi ostida olib borilishi kerak. Tashqi eshituv yo‘lini (tashqi otit) va timpanostomiya bilan kechuvchi ichki quloqning surunkali yiringli yallig‘lanishida (ichki quloqni yallig‘lanishi) – 5 tomchidan kuniga ikki marta 10 kun davomida buyuriladi.

Agar Siz Yunifloks 0,3% ni keragidan ortiq qo‘llagan bo‘lsangiz

Sizga hech qanday bevosita xavf yo‘q. Keyingi qo‘llashda shifokor buyurgan dozaga muvofiq tomchilar miqdorini ishlating.

 

Agar Siz Yunifloks 0,3% ni qo‘llashni unutgan bo‘lsangiz

Yodingizga tushishi bilanoq darhol qo‘llashni boshlang. Keyinchalik tavsiya etilgan dozani odatdagi vaqtda qo‘llashni davom ettiring. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki marta dozani qo‘llamang.

 

Agar Siz Yunifloks 0,3% ni qo‘llashni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Agar shifokor Sizga aytmagan bo‘lsa, Yunifloks 0,3% ni qo‘llashni to‘xtatmang.

Bu dori preparatini qo‘llash yuzasidan biron-bir savollar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmasevtdan so‘rang.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar

Barcha dori vositalari kabi preparat garchi hamma pasientda ham nomayon bo‘lmasada, nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkin.

Quyidagi nojo‘ya samaralar yuz berishi mumkinligi ma‘lum, lekin qancha odamlarda paydo bo‘lishi noma‘lum.

Agar Sizni quyidagi nojo‘ya samaralar bezovta qilsa yoki ular davomli xarakterga ega bo‘lsa, Siz shifokorga murojaat etishingiz kerak:

Ko‘zlarda kuzatiluvchi nojo‘ya samaralar:

  • Ko‘rishni buzilishi
  • Ko‘z yoshi oqishi
  • O‘rtacha achishish hissi
  • Qichishish
  • Diskomfort
  • Yallig‘lanish
  • Qizarish
  • Ko‘zlarda allergik reaksiyalar
  • Yorug‘likdan qo‘rqish
  • Ko‘zlarda yot jism hissi
  • Ko‘zlarni shishi
  • Ko‘zlarni qurish

Organizm tomonidan kuzatiladigan nojo‘ya samaralar:

  • Bosh aylanishi
  • Ko‘ngil aynishi
  • Allergik reaksiyalar
  • Yuzni shishi

Yurak tomonidan muammolar:

Noma‘lum: yurak ritmini normal bo‘lmagan tezlashishi, yurak ritmini hayotga xavf soluvchi buzilishlari, yurak ritmini o‘zgarishi (EKG ga qaraganda “QT intervalni uzayishi” deb nomlanuvchi).

Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samaralar kuzatilsa shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering. Bu har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan bu yo‘riqnomada sanab o‘tilmagan nojo‘ya samaralarni ham o‘z ichiga oladi.

  1. YUNIFLOKS 0,3% ni qanday saqlash kerak

Sovuq va muzlashdan himoyalansin. Yorug‘lik ta‘siridan himoyalansin.

Preparat bolalar ko‘rmaydigan va ololmaydigan joyda saqlansin.

Etiketka yoki qutidagi EXP qisqartmasidan keyin keltirilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparat qo‘llanilmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga mos keladi.

Agar Siz dori vositasini ko‘rinarli shikastlanishlari yoki flakonni birinchi ochish himoya tasmasini shikastlanishini sezsangiz, preparatni qo‘llamang. Bunday hollarda dori vositasini dorixonaga qaytaring.

Ochilgan flakon 28 kun davomida qo‘llanilsin.

Tomchilar qo‘llanilgandan keyin darhol flakonni zich yoping.

Dori vositalarini oqava suvlarga yoki maishiy chiqindilarga tashlash mumkin emas. Siz ishlatmaydigan dori vositalarini qanday tashlab yuborish haqida farmasevtdan so‘rang. Bu choralar atrof muhitni himoya qilishga yordam beradi.

 

  1. Boshqa ma‘lumot

Yunifloks 0,3% nima saqlaydi

  • Faol modda bo‘lib 1 ml eritmada 3 mg – ofloksasin hisoblanadi.
  • Boshqa komponentlar: Benzalkonii chloridum (benzalkoniy xloridi) – konservant

Natrii dihydrogenophosphas dihydricus (natriy digidrofosfati, digidrati)

Dinatrii phosphas dodecahydricus (dinatriy fosfati dodekagidrati)

Aqua ad iniectabilia (in‘eksiya uchun suv)

Yunifloks 0,3% qanday ko‘rinishga ega va o‘ram ichidagisi

1x10 ml, 1x5 ml (tomchilagichli polietilen flakon).

Sotuvda barcha o‘lchamdagi flakonlar bo‘lmasligi mumkin.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 10ml 3mg/ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 10ml 3mg/ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 10ml 3mg/ml dori vositasi Unimed Pharma spol. S.r.o. tomonidan Slovakiya Respublikasi mamlakatida ishlab chiqarilgan.
YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 10ml 3mg/ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 10ml 3mg/ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
OKVINOV infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
ROFLOKSAN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 41 800 so'mdan Batafsil
FLOKSUROL OFTALMO ko'z tomchilari 5ml 0,3%
ROFLOKSAN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: SEDICO Pharmaceutical Co.
ROFLOKSAN tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
OFLOKORT infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
OFLOKSASIN tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
OFLOKSASIN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
OFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 5ml 3mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. S.r.o.
IZIOFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
SINOFLOKS NEO eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
FLOKSUROL infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
POLIMIK tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
OFLOSTAT NEO infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
OFLOKSIM infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП ООО
OFLOKS 200 tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Exir Pharmaceutical Co.
MR OFLODIK infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Parenteral Drugs (India) Ltd
Narh: 27 700 so'mdan Batafsil
OPLEKS infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
KAFRA tabletkalari 400mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
AKSAFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Axa Parenterals Ltd
ROFLOKSAN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
OFLOD inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
BRIMONAL ko'z tomchilari 10ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. s.r.o.
BETALMIK ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. S.r.o.
YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 5ml 3mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. S.r.o.
FENEFRIN ko'z tomchilari 10ml 100mg/ml
BENOKSI ko'z tomchilari 10ml 4mg/ml
YUNIKLOFEN ko'z tomchilari i ushnie 5ml 1mg/ml
YUNITROPIK ko'z tomchilari 10ml 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. s.r.o.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9