×
×
  • YUNIPAR GEL gel 30 g N1

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

YUNIPAR GEL gel 30 g N1

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Unicure (India) Ltd
ATX kodi:
- M01AB55
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

IBUKLIN tabletkalari N20 Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. Hindiston
17 900 s`om dan
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N10 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya
DOLAK tabletkalari 10mg N20 Cadila Pharmaceuticals Limited Hindiston
9 900 s`om dan
PERUFEN sirop so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S. Turkiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
YUNIPAR GEL gel 30 g N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

YUNIPAR

UNIPAR

Preparatning savdo nomi: Yunipar

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Parasetamol va diklofenak natriy.

Dori shakli: Tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: Parasetamol – 500 mg; diklofenak natriy – 50 mg.

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy metilparagidroksibenzoati, natriy propilparagidroksibenzoati, gidroksipropilmetilsellyuloza, magniy stearati, talk, natriy kraxmal glikolyati, aerosil, natriy laurilsulfati, kroskarmelloza.

Ta‘rifi: Oq rangli, dumaloq, yassi, riskali qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

ATX kodi: M01AB55

 

Farmakologik xususiyatlari

Yunipar tabletkalari nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita (NYAQV) guruhidan 2 moddani – parasetamol va diklofenak natriy saqlaydi. Ikkala vosita ham araxidon kislotasidan siklik endoperoksidlarni hosil bo‘lishiga yordam beruvchi siklooksigenazaning faolligini susaytiradi. Siklik endoperoksidlar, yallig‘lanish va uning klinik ko‘rinishlari – og‘riq, shish, haroratni oshishini rivojlanishida ishtirok etuvchi prostaglandinlarni hosil bo‘lish jarayonida boshlang‘ich material bo‘lib xizmat qiladi.

Diklofenak prostaglandinlarni hosil bo‘lishini, siklooksigenazaning ikkala turini ham faolligini susaytirish hisobiga bostiradi. Shu yo‘l bilan kuchli og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Isitmani tushiruvchi samarasi o‘rtacha namoyon bo‘ladi. Diklofenakning og‘riq qoldiruvchi ta‘sirining markaziy mexanizmi nerv tizimida prostaglandinlarni hosil bo‘lishini ingibisiya qilish bilan bog‘liq.

Parasetamol asosan markaziy ta‘sirga ega bo‘lib, markaziy nerv tizimida prostaglandinlarni hosil bo‘lishini susaytiradi. Kuchli og‘riq qoldiruvchi va antipiretik vositadir. Yallig‘lanishga qarshi samarasi kuchsiz namoyon bo‘ladi.

Farmakokinetikasi

Diklofenak ovqat hazm qilish yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. So‘rilish tezligi bir vaqtda ovqat qabul qilinganda biroz sekinlashadi. Sinovial suyuqlikka kirish qobiliyatiga ega. Metabolizmi asosan jigarda amalga oshadi. Metabolitlarining bir qismi farmakologik jihatdan faoldir. Metabolitlarini chiqarilishi asosan buyrak orqali, qisman – safro bilan amalga oshiriladi. Diklofenakning taxminan 1% buyrak orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Parasetamolni ovqat hazm qilish yo‘llarida tez so‘riladi, asosan ingichka ichakda yuz beradi. Parasetamolning metabolizmi jigarda kechadi. Almashinuv mahsulotlari buyrak orqali chiqariladi. Preparatning 5% o‘zgarmagan holda buyrak orqali chiqariladi.

 

 

 

Qo‘llanilishi

Shamollash kasalliklari, bosh og‘rig‘i, nevralgiya, tish og‘rig‘i, lyumbago, osteoartroz, ishias, revmatoid artrit, radikulit, isitmali holatlar, bursitlar, tendinitlar, miozitlar, dismenoreyani va operasiyadan keyingi og‘riqni simptomatik davolash uchun tavsiya qilinadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Peroral qo‘llash uchun buyuriladi.

12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llanmasin.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin yoki shifokorning ko‘rsatmasiga ko‘ra buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

– anoreksiya, qabziyat, ko‘ngil aynishi, abdominal og‘riqlar, diareya;

– qon ketishi bilan asoratlanishi mumkin bo‘lgan ovqat hazm qilish yo‘llarining yaralari (odatda, faqat uzoq muddat davomida ishlatilganda uchraydi);

– depressiya, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i;

– gematuriya, nefrotik sindrom, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, proteinuriya;

– trombositopeniya, anemiya;

– allergik reaksiyalar.

Nojo‘ya samaralarning simptomlari (agar ular bo‘lsa) dori vositasi bekor qilinganidan keyin yo‘qolishi kerak. Agar simptomlar o‘tib ketmasa, shifokorga murojaat qiling.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– me‘da yara kasalligini zo‘rayishi;

– homiladorlik va laktasiya davrida;

– buyrak va jigar kasalliklari;

– «aspirin uchligida» (burun va qo‘shimcha bo‘shliqlarning polipozi, NYAQV o‘zlashtiraolmaslik va bronxial astmani birga qo‘shilishi);

– 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Yunipar furosemid va gipotenziv preparatlarning klinik samaralarini pasaytiradi, kaliyni tejovchi diuretiklarning samarasini potensiyalaydi. Plazmada digoksinning miqdorini oshiradi. Metotreksatning toksik samaralarini kuchaytiradi. Siklosporinning nefrotoksik samarasini kuchaytiradi. Antikoagulyantlarning ta‘sirini potensiyalashi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni buyrak va jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda ishlatilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Homiladorlik va laktasiya. homiladorlik yoki laktasiya davrida ishlatish mumkin emas. Homiladorlikda faqat agar pasient uchun potensial foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: buyrak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, tirishishlar, dispeptik holatlar, nafasni buzilishi.

Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan kontur-uyali o‘ramda.

Saqlash sharoiti

Quruq yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

YUNIPAR GEL gel 30 g N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
YUNIPAR GEL gel 30 g N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
YUNIPAR GEL gel 30 g N1 dori vositasi Unicure (India) Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
YUNIPAR GEL gel 30 g N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
YUNIPAR GEL gel 30 g N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
GINEREG tabletkalari 5 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Ltd
YUNI ENEMA eritma 120 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Ltd
GINEREG tabletkalari 5 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Ltd
Другие формы препарата
YUNIPAR MAKS tabletkalari N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9