Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi. Batafsil
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Pardifen - majmuaviy preparat bo'lib, yaqqol yallig'lanishga qarshi, og'riqsizlantiruvchi va issiqlikni tushiruvchi
ta'sir ko'rsatadi. Preparatni farmakologik faolligi, preparatni tarkibiga kiruvchi diklofenak va
paratsetamolni hususiyatlari bilan bog'liq. Diklofenakni asosiy ta'sir mexanizmi yallig'lanish, og'riq va
isitmani genezida ahamiyatli rol o'ynovchi endogen moddalar - prostaglandinlarni sintezini tormozlashdan
tashkil topgan. Paratsetamol paraaminofenol hosilalari guruhidagi nosteroid yallig'lanishga qarshi
preparatlarga (NYAQP) kiradi. Paratsetamolni og'riqsizlantiruvchi va issiqni tushiruvchi ta'siri bosh miyani
gipotalamik markaziga ta'siri bilan bog'liq.
Pardifen preparatini revmatik kasalliklarda yallig'lanishga qarshi va og'riqsizlantiruvchi xossalari klinik
samarani ta'minlaydi: bo'g'im og'riqlarini kamaytiradi, ertalabki tanglikni va bo'g'imlarni shishini
kamaytiradi, hamda bo'g'imlar funktsiyasini yaxshilaydi.
Pardifen posttravmatik va operasiyadan keyingi yallig'lanish hollarida og'riqni tez qoldiradi, operasiyadan
keyingi yarani yallig'lanish shishini kamaytiradi.
Pardifen norevmatik genezli og'riqli sindromda ham samarali og'riqsizlantiruvchi, xususan, birlamchi
Algodismenoreyada va migren xurujlarida ta'sir ko'rsatadi
Pardifen preparatini ichga qabul qilgandan keyin, diklofenak va paratsetamol tez va to'liq so'riladi. Preparatni
so'rilishiga ovqatlanishga ta'sir qilmaydi.
Qon plazmasida faol moddalarni kontsentrasiyasi preparatni dozasiga proportsional bog'liqlikka ega, preparatni
qabul qilgandan so'ng maksimal darajasiga 60 minutdan keyin erishiladi.
Diklofenakni qon zardobidagi oqsillar (ko'p qismi albuminlar bilan) bilan bog'lanishi 99,7% ga etadi.
Taqsimlanishni shartli xajmi 0,12 -0,17 l/kg ni tashkil etadi. Diklofenak sinovial suyuqlikka kiradi, qon
plazmasiga qaraganda, uning maksimal kontsentrasiyasiga 2 soat kechroq erishiladi. Sinovial suyuqlikdan yarim
chiqarilish davri – 3 soat ni tashkil etadi.
Diklofenakni metabolizmi o'zgarmagan molekulalar glyukuronizasiyasi va metoksil guruhini qo'shilishi yo'li
bilan ro'y beradi, biologik faolligi dastlabki moddani faolligidan ahamiyatli past bir qancha fenol
metabolitlarni paydo bo'lishiga olib keladi.
Diklofenakni umumiy tizimli plazma klirensi taxminan 300 ml/min tashkil qiladi. Oxirgi yarim chiqarilish
davri – 1 soatni tashkil qiladi. Yuborilgan dozaning 60% o'zgarmagan diklofenakni glyukuron kon'yugatlari
ko'rinishida siydik bilan, qolgan qismi esa - safro va ahlat bilan chiqariladi.
Paratsetamol jigarda metabolizmga uchraydi va asosan, siydik bilan chiqariladi.
Pardifen preparatini qayta qo'llaganda faol moddalarning farmakokinetik ko'rsatkichlari o'zgarmaydi.
Tabletkani qabul qilish intervalini saqlash shartlariga rioya qilinganda preparatni kumulyasiyasi kuzatilmaydi.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: ayrim hollarda – ko'ngil aynishi, qusish, diareya, alohida xolatlarda - qabziyat,
gemorragik kolit, nospesifik yarali kolitni zo'rayishi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: ayrim hollarda - bosh og'rig'i, bosh aylanishi; kam hollarda - uyquchanlik;
alohida hollarda – sezuvchanlikni buzilishi, uyqusizlik, qo'zg'aluvchanlik.
Sezgi a'zolari tomonidan: ayrim hollarda – ko'rishni va ta'm sezishni buzilishi.
Teri tomonidan: ayrim hollarda - teri toshmalari; kam hollarda – eshakemi.
Jigar tomonidan: ayrim hollarda - qon zardobida aminotransferazalarni darajasini oshishi.
Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari: kam hollarda - bronxospazm, tizimli anafilatik/anafilatoid reaktsiyalar,
gipotenziya ham.
Yurak-qon tomirlar tizimi tomonidan: alohida xolatlarda - taxikardiya, ko'krak qafasida og'riq, arterial
gipertenziya, turg'un yurak etishmovchiligi
‒ diklofenak, paratsetamol yoki preparatning xar qanday yordamchi ingredientlariga individual yuqori
sezuvchanlik;
‒ bronxial astma xuruji (bronxospazm), eshakemi, o'tkir rinit yoki diklofenak, paratsetamol, atsetilsalisil
kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar anamnezida allergiyani boshqa simptomlarini
chaqirgan bo'lsa;
‒ me'da yoki ichakning peptik yaralari;
‒ jigar va/yoki buyraklar faoliyatini dekompensasiyalangan buzilishlari;
‒ glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi;
‒ 14 yoshgacha bolalarga;
‒ homiladorlik va emizish davrida.
Ehtiyotkorlik bilan: jigar va buyraklar funktsiyasi buzilgan bemorlarda
Litiy, digoksin
Pardifen litiy va digoksinni kontsentrasiyasini qon plazmasida oshirishi mumkin.
Diuretik vositalar
Pardifen diuretiklarni faolligini kamaytirishi mumkin. Kaliy saqlovchi diuretiklar bilan bilan bir vaqtda
qo'llanganda qonda kaliyni darajasini oshishiga olib kelishi mumkin (dori vositalarini shunday ta'sir
xolatida ushbu ko'rsatgich tez-tez nazorat qilinishi kerak).
NYAQP
NYAQP bilan bir vaqtda qo'llanganda Pardifen preparatini nojo'ya ta'sirlarini xavfini oshirishi mumkin.
Antikoagulyantlar
Pardifen va antikoagulyantlar bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda qon ketishi xavfi nisbatan oshishi xaqidagi
alohida ma'lumotlar, qon ivishi tizimi ko'rsatkichlarini doimiy nazorat qilishni maqsadga muvofiqligini
ta'minlaydi.
Metotreksat
Metotreksatni qabul qilishdan oldin va keyin 24 soatdan kam bo'lmaganda Pardifen preparatini buyurganda
ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bunday holatlarda Metotreksatni kontsentrasiyasi qonda oshishi va uning
toksik ta'siri kuchayishi mumkin.
Tsiklosporin
Pardifen preparatini buyraklarda prostaglandinlarni sinteziga ta'siri tsiklosporinni nefrotoksikligini
kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Quruq, yorug'likdan ximoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo'llanilmasin.
Kattalarga va 14 yoshdan katta bolalarga 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta ovqatdan keyin yoki shifokor
ko'rsatmasi bo'yicha.
Xar bir bemorga dozasi pasientni yoshiga, xarakteriga va kasallikni kechishiga, preparatni o'zlashtirilishi va davo
samarasiga qarab individual aniqlanadi.
Davolashni boshida kattalarga va tana vazni 60 kg dan ortiq o'smirlarga Pardifen preparatini sutkada 2-3
marta buyuriladi.
Kasallikni simptomlari o'rtacha bo'lsa, hamda uzoq davolashda odatda sutkada 2 tabletkadan etadi - bittadan
ertalab va kechqurun.
Pardifenni maksimal sutkalik dozasi bu sharoitlarda 3 tabletkadan oshmasligi kerak.
Birlamchi Algodismenoreyada preparatni boshlang'ich dozasi sutkada 1 tadan 3 tabletkagacha.
Preparatni qo'llash muddati 5-7 kunni tashkil qiladi va simptomlar dinamikasiga bog'liq.
Pardifen preparatini maksimal sutkalik dozasi kattalarga sutkada 3 tabletkani tashkil qiladi
Simptomlari: arterial gipotenziya, nafasni tormozlanishi, tirishishlar, buyrak etishmovchiligi, me'da-ichak
yo'llari tomonidan buzilishlar.
Davolash: simptomatik davolashni tezkor choralari: jadallashtirilgan diurez, gemodializ yoki gemoperfuziyalar
samarasiz, preparatni faol moddalarning ko'p qismi qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanadi.
PARDIFEN tabletkalari 500mg / 50mg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PARDIFEN tabletkalari 500mg / 50mg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PARDIFEN tabletkalari 500mg / 50mg N100 dori vositasi Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd., Индия произведено: Lark Laboratories (India) Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PARDIFEN tabletkalari 500mg / 50mg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PARDIFEN tabletkalari 500mg / 50mg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori