×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ZALAIN 0,3 suppozitorii N1

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Сертаконазол
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Троммсдорфф ГмбХ и Ко.КГ
ATX kodi:
- G01AF
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MOTERIS tabletkalari 250mg N6 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
36 000 s`om dan
REMENS gomeopatik tomchilar 50ml Richard Bittner AG Avstriya
GALAVIT poroshok 50mg N5 СЭЛВИМ,ООО Rossiya Federatsiyasi
99 800 s`om dan
FARMATEKS vaginal kapsulalar 18,9mg N6 Иннотера Шузи Frantsiya
45 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ZALAIN 0,3 suppozitorii N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

Zalain®

vaginal suppozitoriylar 300 mg

(Sertakonazol)

 

Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.

  • Bu varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling
  • Bu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan va Siz uni boshqa shaxslarga bermasligingiz kerak. Hatto agar ularda kasallikni shu simptomlari bo‘lsa ham, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
  • Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering (4 bo‘limga qarang).

Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:

  1. Zalain® vaginal suppozitoriylar preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Zalain® vaginal suppozitoriylar preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. Zalain® vaginal suppozitoriylar preparatini qanday qo‘llash kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
  5. Zalain® vaginal suppozitoriylar preparatini qanday saqlash kekrak
  6. Yaroqlilik muddati
  7. Dorixonalardan berish tartibi
  8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

  1. Zalain® vaginal suppozitoriylar preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi

Zalain® vaginal suppozitoriylar ta‘sir etuvchi modda sifatida sertakonazol saqlaydi, u kandida turi zamburug‘lari chaqirgan qin infeksiyalarini mahalliy davolash uchun qo‘llanadigan imidazol guruhiga mansub zamburug‘larga qarshi preparat hisoblanadi.

  1. Zalain® vaginal suppozitoriylar preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin nimalarni bilan kerak

Zalain® vaginal suppozitoriylar preparatini qo‘llamang

  • agar Sizda faol moddaga yoki 8-bo‘limda keltirilgan preparatning har qanday boshqa komponentiga allergiya bo‘lsa
  • agar Sizda imidazol guruhiga mansub zamburug‘larga qarshi har qanday boshqa preparatga allergiya bo‘lsa
  • agar Siz lateksdan tayyorlangan prezervativ yoki diafragmadan bir vaqtda foydalansangiz (vaginal suppozitoriylar ushbu homilaga qarshi vositalarning yirtilishini chaqirishi mumkin)
  • xarakterli simptomlarsiz (qinda achishish, qichishish, qindan ajralmalar) qin mazokida zamburug‘larni aniqlanishi o‘zi preparatni qo‘llashga ko‘rsatma hisoblanmaydi.

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar

Bolalarda va o‘smirlarda Zalain® vaginal suppozitoriylarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyasilar yo‘q.

 

Boshqa dori vositalari va Zalain® vaginal suppozitoriylar preparati

Zalain® suppozitoriylari va mahalliy spermisid homilaga qarshi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash ularning spermisid samarasini pasaytirishi mumkin, shuning uchun ularni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Davolash davrida rN kislotali bo‘lgan sovunlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Fertillik, homiladorlik va emizish

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirsangiz, ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin, bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Homiladorlik

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda sertakonazolni homilaga salbiy ta‘siri aniqlanmagan.

Homiladorlarda preparatni qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Ushbu preparatni homiladorlik vaqtida, agar shifokorning baholashicha ona uchun potensial foyda homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Emizish

Preparatni emizish davrida qo‘llash xavfsizligi o‘rganilmagan.

Bu preparatni emizish davrida, agar shifokorning baholashicha ona uchun potensial foyda homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, har qanday dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

 

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri:

Zalain® vaginal suppozitoriylarni qo‘llash bu qobiliyatlarga ta‘sir qilishi mumkinligi haqida ma‘lumotlar yo‘q.

  1. Zalain® vaginal suppozitoriylar preparatini qanday qo‘llash kerak

Bu preparatni qat‘iy shifokor ko‘rsatmasiga muvofiq qo‘llash kerak. Agar Sizda savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Dozalash tartibi

Bir vaginal suppozitoriy uyqudan oldin kechqurun chalqancha yotgan holatda qinga chuqur yuboriladi.

Agar kasallikning klinik simptomlari saqlansa, yetti kundan keyin yana bitta suppozitoriy yuborish mumkin.

Jinsiy lablar va atrofdagi sohalarni bir vaqtda infeksiyalangan holatlarida suppozitoriy bilan davolash davrida tashqi jinsiy a‘zolar va anal atrofi sohasiga Zalain® krem preparatini qo‘shimcha qo‘llash kerak.

Infeksiyani tutib turuvchi boshqa omillarni (masalan, sun‘iy materialdan tayyorlangan ichki kiyim o‘rniga paxtadan tayyorlangan ichki kiyim kiyish, qinning haddan tashqari jadal gigienasi tavsiya etilmayda va boshqalar) inkor etish kerak.

Jinsiy sherikni davolash zarurati shaxsiy ravishda aniqlanadi – bunda davolovchi shifokoringizga murojaat etish kerak.

Agar jinsiy aloqada prezervativdan foydalanilsa, suppozitoriyni jinsiy aloqadan keyin yuborish kerak.

Davolashni hayz ko‘rish vaqtida ham davom ettirish mumkin.

Agar suppozitoriy qo‘llash sohasida ta‘sirlanish chaqirsa, davolashni bekor qilish tavsiya etiladi.

Qo‘llash usuli

Zalain® vaginal suppozitoriylari bir marta intravaginal qo‘llanadi.

Preparatni qo‘llashdan oldin neytral yoki ishqoriy sovunlardan foydalanib, tashqi jinsiy a‘zolarni yuvish kerak.

Agar Siz Zalain® suppozitoriylarini tavsiya etilgandan ko‘proq qo‘llagan bo‘lsangiz

Qin ichiga qo‘llanilganda dozani oshirib yuborilishi deyarli mumkin emas.

Agar Siz Zalain® suppozitoriylarini qo‘llashni unutgan bo‘lsangiz

O‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirish uchun dozani ikki marta oshirib qo‘llash mumkin emas.

Agar Siz Zalain® suppozitoriylarini qo‘llashni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Qaytalanishlarni oldini olish maqsadida zamburug‘li infeksiyani to‘liq yo‘qotish kerak, shuning uchun davolashni muddatidan oldin to‘xtatmang.

Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari

Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, lekin ular hammada pasientlarda paydo bo‘lavermaydi.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda allergik reaksiyalari bo‘lishi mumkin.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar:

Kam hollarda qinda achishish, qichishish kabi reaksiyalar rivojlanishi mumkin, ular davolash vaqtida o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi va preparatni bekor qilishni talab qilmaydi. Buning natijasi parchalanayotgan mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin, shunday qilib, bu sog‘ayish simptomi ham bo‘lishi mumkin.

Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish

Har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar aniqlanganida, iltimos shifokor yoki farmasevtga xabar bering.

Nojo‘ya samaralar haqida xabar berib, Siz ushbu preparatning xavfsizligi haqida qo‘shimcha ma‘lumot olishga yordam bergan bo‘lasiz.

  1. Zalain® vaginal suppozitoriylari preparatini qanday saqlash kerak

Preparat 30oS dan past bo‘lgan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

 

  1. Yaroqlilik muddati

Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparat ishlatilmasin.

Yaroqlilik muddatining oxiri ko‘rsatilgan oyning so‘ngi kuni hisoblanadi.

Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldin olishga yordam beradi.

Sifatini buzilishining yaqqol belgilari (masalan, rangini o‘zgarishi) paydo bo‘lganda Zalain® vaginal suppozitoriylari preparatini qo‘llash mumkin emas.

  1. Dorixonalardan berish tartibi

Preparat shifokor reseptisiz beriladi.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

Zalain® vaginal suppozitoriylari preparati nimalarni saqlaydi:

Ta‘sir etuvchi modda: har bir suppozitoriyda 300 mg sertakonazol nitrati

Yordamchi moddalar: qattiq yarim sintetik gliseridlar vitepsol va supposir, suvsiz kolloid kremniy dioksidi.

Zalain® vaginal suppozitoriylari preparatini tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi

Vaginal suppozitoriylar.

Tashqi ko‘rinishi:

Oq rangli, oval shaklli, hidsiz mumsimon suppozitoriy.

O‘rami:

1 vaginal suppozitoriy blisterga joylangan. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ZALAIN 0,3 suppozitorii N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ZALAIN 0,3 suppozitorii N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ZALAIN 0,3 suppozitorii N1 dori vositasi Троммсдорфф ГмбХ и Ко.КГ tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ZALAIN 0,3 suppozitorii N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ZALAIN 0,3 suppozitorii N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ZALAIN krem 20g 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Сертаконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC, Венгрия произведено: Ferrer International S.A.
SERTAMIKOL krem 20g 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сертаконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Другие формы препарата
ZALAIN krem 20g 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Сертаконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC, Венгрия произведено: Ferrer International S.A.
ZALAIN krem
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Сертаконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharma PLC
ZALAIN 20,0 krem 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Сертаконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Феррер Интернасионал АО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9