QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
(pasientlar uchun ma‘lumot)
Zalain®
vaginal suppozitoriylar 300 mg
(Sertakonazol)
Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:
Zalain® vaginal suppozitoriylar ta‘sir etuvchi modda sifatida sertakonazol saqlaydi, u kandida turi zamburug‘lari chaqirgan qin infeksiyalarini mahalliy davolash uchun qo‘llanadigan imidazol guruhiga mansub zamburug‘larga qarshi preparat hisoblanadi.
Zalain® vaginal suppozitoriylar preparatini qo‘llamang
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Bolalarda va o‘smirlarda Zalain® vaginal suppozitoriylarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyasilar yo‘q.
Boshqa dori vositalari va Zalain® vaginal suppozitoriylar preparati
Zalain® suppozitoriylari va mahalliy spermisid homilaga qarshi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash ularning spermisid samarasini pasaytirishi mumkin, shuning uchun ularni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Davolash davrida rN kislotali bo‘lgan sovunlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Fertillik, homiladorlik va emizish
Agar Siz homilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirsangiz, ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin, bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.
Homiladorlik
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda sertakonazolni homilaga salbiy ta‘siri aniqlanmagan.
Homiladorlarda preparatni qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Ushbu preparatni homiladorlik vaqtida, agar shifokorning baholashicha ona uchun potensial foyda homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Emizish
Preparatni emizish davrida qo‘llash xavfsizligi o‘rganilmagan.
Bu preparatni emizish davrida, agar shifokorning baholashicha ona uchun potensial foyda homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, har qanday dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri:
Zalain® vaginal suppozitoriylarni qo‘llash bu qobiliyatlarga ta‘sir qilishi mumkinligi haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Bu preparatni qat‘iy shifokor ko‘rsatmasiga muvofiq qo‘llash kerak. Agar Sizda savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Dozalash tartibi
Bir vaginal suppozitoriy uyqudan oldin kechqurun chalqancha yotgan holatda qinga chuqur yuboriladi.
Agar kasallikning klinik simptomlari saqlansa, yetti kundan keyin yana bitta suppozitoriy yuborish mumkin.
Jinsiy lablar va atrofdagi sohalarni bir vaqtda infeksiyalangan holatlarida suppozitoriy bilan davolash davrida tashqi jinsiy a‘zolar va anal atrofi sohasiga Zalain® krem preparatini qo‘shimcha qo‘llash kerak.
Infeksiyani tutib turuvchi boshqa omillarni (masalan, sun‘iy materialdan tayyorlangan ichki kiyim o‘rniga paxtadan tayyorlangan ichki kiyim kiyish, qinning haddan tashqari jadal gigienasi tavsiya etilmayda va boshqalar) inkor etish kerak.
Jinsiy sherikni davolash zarurati shaxsiy ravishda aniqlanadi – bunda davolovchi shifokoringizga murojaat etish kerak.
Agar jinsiy aloqada prezervativdan foydalanilsa, suppozitoriyni jinsiy aloqadan keyin yuborish kerak.
Davolashni hayz ko‘rish vaqtida ham davom ettirish mumkin.
Agar suppozitoriy qo‘llash sohasida ta‘sirlanish chaqirsa, davolashni bekor qilish tavsiya etiladi.
Qo‘llash usuli
Zalain® vaginal suppozitoriylari bir marta intravaginal qo‘llanadi.
Preparatni qo‘llashdan oldin neytral yoki ishqoriy sovunlardan foydalanib, tashqi jinsiy a‘zolarni yuvish kerak.
Agar Siz Zalain® suppozitoriylarini tavsiya etilgandan ko‘proq qo‘llagan bo‘lsangiz
Qin ichiga qo‘llanilganda dozani oshirib yuborilishi deyarli mumkin emas.
Agar Siz Zalain® suppozitoriylarini qo‘llashni unutgan bo‘lsangiz
O‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirish uchun dozani ikki marta oshirib qo‘llash mumkin emas.
Agar Siz Zalain® suppozitoriylarini qo‘llashni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Qaytalanishlarni oldini olish maqsadida zamburug‘li infeksiyani to‘liq yo‘qotish kerak, shuning uchun davolashni muddatidan oldin to‘xtatmang.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting.
Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, lekin ular hammada pasientlarda paydo bo‘lavermaydi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
Kam hollarda allergik reaksiyalari bo‘lishi mumkin.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar:
Kam hollarda qinda achishish, qichishish kabi reaksiyalar rivojlanishi mumkin, ular davolash vaqtida o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi va preparatni bekor qilishni talab qilmaydi. Buning natijasi parchalanayotgan mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin, shunday qilib, bu sog‘ayish simptomi ham bo‘lishi mumkin.
Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish
Har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar aniqlanganida, iltimos shifokor yoki farmasevtga xabar bering.
Nojo‘ya samaralar haqida xabar berib, Siz ushbu preparatning xavfsizligi haqida qo‘shimcha ma‘lumot olishga yordam bergan bo‘lasiz.
Preparat 30oS dan past bo‘lgan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparat ishlatilmasin.
Yaroqlilik muddatining oxiri ko‘rsatilgan oyning so‘ngi kuni hisoblanadi.
Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldin olishga yordam beradi.
Sifatini buzilishining yaqqol belgilari (masalan, rangini o‘zgarishi) paydo bo‘lganda Zalain® vaginal suppozitoriylari preparatini qo‘llash mumkin emas.
Preparat shifokor reseptisiz beriladi.
Zalain® vaginal suppozitoriylari preparati nimalarni saqlaydi:
Ta‘sir etuvchi modda: har bir suppozitoriyda 300 mg sertakonazol nitrati
Yordamchi moddalar: qattiq yarim sintetik gliseridlar vitepsol va supposir, suvsiz kolloid kremniy dioksidi.
Zalain® vaginal suppozitoriylari preparatini tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Vaginal suppozitoriylar.
Tashqi ko‘rinishi:
Oq rangli, oval shaklli, hidsiz mumsimon suppozitoriy.
O‘rami:
1 vaginal suppozitoriy blisterga joylangan. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.