×
×
  • ZIDEFORM 80 tabletkalari 80mg+500mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ZIDEFORM 80 tabletkalari 80mg+500mg N30

Kategoriya:
- Qandli diabetga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Wockhardt Limited
ATX kodi:
- A10BD02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

METFORMIN 500 tabletkalari 500mg N60 Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd. Hindiston
ASFORMIN tabletkalari 1000mg N100 Ali Raif Ilac San. A.S. Turkiya
67 200 s`om dan
LEVEMIR FLEKSPEN eritma 3ml 100YeD/ml N5 Ново Нордиск А/С/ Ново Нордиск ООО Daniya / Rossiya
100 000 s`om dan
DIAFORMIN tabletkalari 500mg N60 Фармак, ПАО Ukraina
39 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ZIDEFORM 80 tabletkalari 80mg+500mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ZIDEFORM

ZIDEFORM

 

Preparatning savdo nomi: Zideform

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): gliklazid, metformin

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: gliklazid – 40 mg, 80 mg; metformin gidroxloridi – 500 mg;

yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksidi – 4,0/4,0 mg, magniy stearati – 8,0/8,0 mg, povidon K30 – 24,0/24,0 mg, polisorbat 80 – 1,5/1,5 mg, mikrokristall sellyuloza – 222,5/182,5 mg.

Ta‘rifi: kapsulasimon shaklli, bir tomonidan Z 40 yoki Z80 belgisi bosib tushirilgan va boshqa tomonida riskali, oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: peroral qo‘llash uchun gipoglikemik vosita (II avlod sulfonilmochevina hosilalari + biguanid).

ATX kodi: A10BD02

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Gliklazid sulfonilmochevina hosilasi bo‘lib, endosiklik bog‘li N saqlovchi geterosiklik halqa saqlovchi shunga o‘xshash preparatlardan farq qiluvchi gipoglikemik peroral preparatdir.

Gliklazid Langergans orolchalaridagi β-xujayralar tomonidan insulin sekresiyasini rag‘batlantirib, qonda glyukoza konsentrasiyasini pasaytiradi. 2 yil davolagandan keyin ko‘pchilik pasientlarda preparatga ko‘nikish rivojlanmaydi (postprandial insulin konsentrasiyasini oshishi va S-peptid sekresiyasi saqlanib qoladi).

Qandli diabetning 2 tipida preparat glyukozani tushishiga javoban insulin sekresiyasining erta cho‘qqisini tiklaydi va insulin sekresiyasining ikkinchi fazasini kuchaytiradi. Ovqat qabul qilish va glyukozani yuborish bilan bog‘liq rag‘batlantirishga insulin sekresiyasini ahamiyatli oshishi kuzatiladi.

Gliklazid yaqqol ekstrapankreatik ta‘sirga ega, ya‘ni periferik to‘qimalarni insulinga sezgirligini oshiradi.

Mushak to‘qimasida periferik to‘qimalarning insulinga sezgirligini yaxshilanishi bilan bog‘liq bo‘lgan glyukozani o‘zlashtirilishiga insulinning ta‘siri sezilarli darajada oshadi (+35%), bu qandli diabetni nazorat qilishni imkoniyatini ahamiyatli darajada yaxshilaydi. Gliklazidning ushbu samarasi asosan insulinning mushak glikogensintazasiga ta‘siriga olib keladi va glyukozaga nisbatan GLUT4 posttranskripsion o‘zgarishlarini chaqiradi. Gliklazid jigarda glyukoza hosil bo‘lishini kamaytiradi, shu orqali och qoringa qondagi glyukozaning konsentrasiyasini pasaytiradi.

Uglevod almashinuviga ta‘siridan tashqari gliklazid mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi. Qandli diabetda asoratlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ikkita mexanizmlar: trombositlar agregasiyasi va adgeziyasini ingibisiya qilish va trombositlarni faollashtiruvchi faktorlar (beta-tromboglobulin, tromboksan V2) konsentrasiyasini kamayishi, shuningdek qon tomir endoteliysining fibrinolitik faolligini tiklanishi va plazminogenni to‘qima aktivatori faolligini oshishiga ta‘sir ko‘rsatib, mayda qon tomirlar trombozi xavfini kamaytiradi.

Gliklazid antioksidant xususiyatlarga ega: plazmada lipid peroksidlari konsentrasiyasini kamaytiradi, eritrositar superoksiddismutaza faolligini oshiradi.

Metformin jigarda glyukoneogenezni susaytiradi, glyukozani me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini kamaytiradi va uni to‘qimalarda utilizasiyasini oshiradi; qon zardobida trigliseridlar va xolesterin darajasini kamaytiradi. Insulinni reseptorlar bog‘lanishini oshiradi (qonda insulin bo‘lmaganida terapevtik samarasi namoyon bo‘lmaydi). Gipoglikemik reaksiyalar chaqirmaydi.

Farmakokinetikasi

Gliklazid. Ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi. So‘rilishi – yuqori. 80 mg peroral qabul qilingandan keyin qondagi maksimal konsentrasiyasiga (2,2-8 mkg/ml) taxminan 4 soatdan keyin, 40 mg qabul qilingandan keyin qondagi maksimal konsentrasiyasiga (2-3 mkg/ml) – 2-3 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 85-97%, taqsimlanish hajmi – 0,35 l/kg. Qondagi muvozanat konsentrasiyasiga 2 sutkadan keyin erishiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, bunda 8 metabolitlar hosil bo‘ladi. Qonda uchraydigan asosiy metabolitlarning miqdori qabul qilingan preparatning umumiy miqdorining 2-3% ni tashkil qiladi, u gipoglikemik ta‘sir ko‘rsatmaydi, lekin mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi. Buyraklar orqali chiqariladi – 70% metabolitlari ko‘rinishida, 1% dan kamrog‘i o‘zgarmagan ko‘rinishda; ichak orqali – 12% metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi.

Yarim chiqarilish davri 8-20 soatni tashkil qiladi.

Keksa yoshdagi shaxslarda farmakokinetik ko‘rsatkichlarni klinik ahamiyatli o‘zgarishlari kuzatilmaydi.

Metformin qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan (MIY) deyarli to‘liq so‘riladi, Smax ga 2,5 soat davomida erishiladi. Mutloq biokiraolishligi 50% dan 60% gachani tashkil qiladi. Ovqat bilan birga qabul qilinganda metforminni so‘rilishi sekinlashadi va tutiladi.

Metformin to‘qimalarda tez taqsimlanadi, plazma oqsillari bilan deyarli bog‘lanmaydi. Juda sust darajada metabolizmga uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi. Metforminning taxminan 20-30% o‘zgarmagan ko‘rinishda ichak orqali chiqariladi. T1/2 taxminan 6,5 soatni tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

Kattalarda qandli diabetning 2 tipi:

  • dietoterapiya, jismoniy mashqlar va avvalgi metformin yoki gliklazid bilan davolash samarasizligida;
  • glikemiya darajasi barqaror va yaxshi nazoratlangan bemorlarda ikkila preparatlar (metformin va gliklazid) bilan avvalgi davolashni almashtirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga qabul qilinadi. Kattalar uchun sutkalik doza ovqatlanish vaqtida 1-2 tabletka kuniga 1-2 martani tashkil etadi. Maksimal sutkalik dozasi 4 tabletkani tashkil qiladi.

Davolash davomiyligi shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Gliklazid bilan bog‘liq:

Gipoglikemiya (dozalash tartibi buzilganda va noadekvat parhezda): bosh og‘rig‘i, yuqori toliqish, ochlik hissi, ko‘p terlash, to‘satdan holsizlik, yurak urib ketishi hissi, aritmiya, arterial bosimni oshishi, uyquchanlik, uyqusizlik, ajitasiya, tajavuzkorlik, havotirlik, ta‘sirchanlik, diqqatsizlik, diqqatni jamlayolmaslik va reaksiyani sekinlashishi, depressiya, ko‘rishni buzilishi, afaziya, tremor, parezlar, sensor buzilishlar, bosh aylanishi, najotsizlik hissi. Gipoglikemiya avj olganda bemor o‘zini nazorat qilishini yo‘qolishi, deliriy, tirishishlar, yuzaki nafas, bradikardiya, hushdan ketish, koma.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, abdominal og‘riq, qabziyat (ovqatlanish vaqtida qabul qilganda bu simptomlarni yaqqolligi kamayadi); kam hollarda – jigar funksiyasini buzilishi (gepatit, xolestatik sariqlik – preparatni bekor qilishni talab etadi, “jigar” transaminazalari, ishqoriy fosfotaza faolligini oshishi).

Qon yaratish tizimi tomonidan: suyak ko‘migida qon yaratishni susayishi (anemiya, trombositopeniya, leykopeniya, granulositopeniya).

Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, eshakemi, teri toshmasi, (shu jumladan makulopapulyoz va bullyoz), eritema.

Boshqalar: ko‘rishni buzilishi.

Sulfonilmochevina hosilalarining umumiy nojo‘ya samaralari: eritropeniya, agranulositoz, gemolitik anemiya, pansitopeniya, allergik vaskulit; xayotga xavf soluvchi jigar yetishmovchiligi, giponatriemiya.

Metformin bilan bog‘liq:

Markaziy nerv tizimi tomonidan: ta‘m bilishni buzilishi (og‘izda “metall” ta‘mi).

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq va ishtahani yo‘qligi.

Davolashni boshlang‘ich davrida nojo‘ya samaralarni rivojlanish ehtimoli yuqori va ko‘pgina hollarda o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Dozani asta-sekin oshirish me‘da-ichak yo‘llari tomonidan o‘zlashtirishni yaxshilashi mumkin.

Gepato-biliar tizim tomonidan: jigar ko‘rsatkichlair tomonidan buzilishlar, gepatit. Metformin bekor qilingandan keyin noxush ko‘rinishlar odatda to‘liq o‘tib ketadi.

Allergik reaksiyalar: juda kam hollarda – eritema, teri qichishishi, toshma, eshakemi.

Moddalar almashinuvi tomonidan: juda kam hollarda – laktoasidoz (preparatni bekor qilishni talab etadi).

Boshqalar: juda kam hollarda – uzoq vaqt qo‘llaganda V12 gipovitaminozi (shu jumladan megaloblast anemiya) va folat kislotasi yetishmovchiligi (so‘rilishni buzilishi) rivojlanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • gliklazid, metformin yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga, sulfonilmochevinaning boshqa hosilalariga, sulfanilamidlarga yuqori sezuvchanlik;
  • qandli diabetning 1 tipi;
  • diabetik ketoasidoz, diabetik prekoma, diabetik koma;
  • mikonazolni qabul qilish;
  • homiladorlik va laktasiya davri;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
  • buyrak yetishmovchiligi yoki buyrak funksiyasini buzilishi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 60 ml dan kam);
  • buyrak funksiyasini bulishini rivojlanishi xavfi bilan kechuvchi o‘tkir holatlar:
  • degidratasiya (diareyada, qusishda), isitma, og‘ir infeksion kasalliklar,
  • gipoksiya holatlari (shok, sepsis, buyrak infeksiyalari, bronx-o‘pka kasalliklari);
  • to‘qima gipoksiyasi rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir va surunkali kasalliklarning klinik jihatdan yaqqol namoyon bo‘lishi (shu jumladan, yurak yoki nafas yetishmovchiligi, o‘tkir miokard infarkti);
  • insulinoterapiya o‘tkazilishi ko‘rsatilgan katta jarroxlik operasiyalari va jarohatlar (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang);
  • jigar yetishmovchiligi, jigar funksiyasini buzilishi;
  • surunkali alkogolizm, alkogol bilan o‘tkir zaharlanish;
  • laktoasidoz (shu jumladan anamnezda);
  • yod saqlovchi kontrast modda yuborish bilan radioizotop yoki rentgenologik tekshiruvlardan oldin kamida 48 soat oldin va tekshiruvlardan keyin 48 soat davomida qabul qilish (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang);
  • umumiy narkoz, orqa miya yoki peridural anesteziya ostida jarroxlik operasiyalaridan 48 soat oldin va o‘tkazilgandan keyingi 48 soat davomidagi davr;
  • gipokaloriya parhezga (sutkada 1000 kkal dan kam) rioya qilganda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni fenilbutazon yoki danazol bilan bir vaqtda majmuada qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Keksalar, nomuntazam va/yoki muvofiqlashtirilmagan ovqatlanish, yurak-qon tomir tizimining og‘ir kasalliklari (shu jumladan YUIK, ateroskleroz), gipotireoz, buyrak usti bezi yoki gipofizar yetishmovchilik, gipopituitarizm, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, glyukokortikosteroid (GKS) lar bilan uzoq vaqt davolash, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

  • Gliklazidning ta‘sirini kuchaytiruvchi preparatlar (gipoglikemiya rivojlanishi xavfini oshishi)

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar

Mikonazol (tizimli yuborish): gliklazidning gipoglikemik ta‘sirini kuchaytradi (hatto komatoz holatgacha gipoglikemiya rivojlanishi mumkin).

Tavsiya etilmaydigan majmualar

Fenilbutazon (tizimli yuborish) sulfonilmochevina hosilalarining gipoglikemik samarasini kuchaytiradi (ularni plazma oqsillari bilan bog‘idan siqib chiqaradi va/yoki ularni organizmdan chiqarilishini sekinlashtiradi).

Yallig‘lanishga qarshi boshqa preparatni qo‘llagan afzal.

Alkogol: kompensator reaksiyalarni ingibisiya qilib, gipoglikemiyani kuchaytiradi, gipoglikemik koma rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Alkogolni iste‘mol qilish va tarkibiga alkogol kiruvchi dori vositalarini qabul qilishdan voz kechish kerak.

Alohida ehtiyotkorliklarni talab etuvchi majmualar

Beta-adrenoblokatorlar: Barcha beta-adrenoblokatorlarning ta‘siri yurak urib ketishi va taxikardiya kabi gipoglikemiyaning ayrim simptomlarni niqoblaydi. Ko‘pgina noselektiv beta-adrenoblokatorlar gipoglikemiya yuzaga kelishi tez-tezligi va yaqqolligini oshiradi.

Flukonazol: Sulfonilmochevina hosilalarining yarim chiqarilish davri davomiyligini uzaytiradi va gipoglikemiya rivojlanishi xavfini oshiradi.

Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari (masalan, kaptopril, enalapril): AAF ingibitorlarini qabul qilish qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda sulfonilmochevina hosilalarining gipoglikemik samarasini chuqurlashtirishi mumkin. Gipoglikemik reaksiyalar kam hollarda aniqlanadi. Ushbu samarani tushuntiruvchi gipotezalardan biri glyukozaga tolerentlikni yaxshilanishi va keyinchalik insulinga ehtiejni pasayishini taxmin qiladi.

Boshqa gipoglikemik dori vositalari (insulin, akarboza, biguanidlar), N2-gistamin reseptorlari blokatorlari (simetidin), monoaminooksidaza ingibitorlari, sulfanilamidlar, klaritromisin va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) bilan bir vaqtda qabul qilinganda – gipoglikemik samara va gipoglikemiya xavfi kuchayadi.

  • Gliklazidning ta‘sirini susaytiruvchi preparatlar:

Tavsiya etilmaydigan majmualar

Dinazol: dinazolning diabetogen samarasi kuzatiladi.

 

 

Alohida ehtiyotkorliklarni talab etuvchi majmualar.

Xlorpromazin: yuqori dozalarda (kuniga 100 mg dan yuqori) insulin sekresiyasini pasaytirib, qonda glyukoza konsentrasiyasini oshiradi.

Glyukokortikosteroidlar (tizimli va mahalliy qo‘llash: bo‘g‘im ichiga, sirtga va rektal yuborish) va tetrakozaktid ketoasidoz rivojlanishi ehtimoli bilan kechuvchi qonda glyukoza konsentrasiyasini oshiradi (glyukokortisteroidlar tomonidan glyukozaga tolerantlikni pasayishi).

Progestagenlar: prostagenlarning yuqori dozalarining diabetogen samarasi kuzatiladi.

Β2-adrenostimulyatorlar – ritodrin, salbutamol, terbutalin: (tizimli qo‘llash): qonda glyukoza konsentrasiyasini oshishi kuzatiladi. Qonda glyukozani nazorat qilish va zarurati bo‘lganida – pasientni insulin bilan davolashga o‘tkazish tavsiya etiladi.

Etanol laktoasidoz rivojlanishi ehtimolini oshiradi.

Metformin furosemidning qondagi maksimal konsentrasiyasini (Smax) va T1/2 ni muvofiq ravishda 31% va 42,3% ga kamaytiradi.

Furosemid metforminning Smax ni 22% ga oshiradi.

Nifedipin metforminning so‘rilishi, Smax ni oshiradi, chiqarilishini sekinlashtiradi.

Kanalchalarda sekresiyalanadigan kation dori vositalari (amilorid, digoksin, morfin, prokainamid, xinidin, xinin, ranitidin, triamteren va vankomisin) tubulyar transport tizimlari uchun raqobatlashadi va uzoq vaqt davolaganda metforminning Smax ni 60% ga oshirishi mumkin.

Yod saqlovchi kontrast moddalar: yod saqlovchi kontrast moddalarni vena ichiga yuborish buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu o‘z navbatida preparatni organizmda to‘planishi va laktoasidoz rivojlanishiga olib keladi.

Suyak ko‘migida qon yaratilishini susaytiruvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llaganda mielosupressiya xavfi oshadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sulfonilmochevina hosilalari, shu jumladan gliklazidni qabul qilganda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin, bunda ayrim hollarda – gospitalizasiyani va dekstroza eritmasini vena ichiga yuborishni talab etuvchi og‘ir va uzoq davom etuvchi shakldi. Gipoglikemiya rivojlanishidan saqlanish uchun dozani sinchkovlik bilan individual ravishda tanlash, shuningdek tavsiya etilayotgan davolash haqida pasientga to‘liq ma‘lumot taqdim etish kerak. Ayniqsa keksa yoshdagi pasientlar, muvozanatlangan ovqat qabul qilmayotgan shaxslar, umumiy holati kuchsizlangan, shuningdek buyrak usti bezi yoki gipofizar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar gipoglikemik preparatlarning ta‘siriga beriluvchan bo‘ladi. Pasientlarni alkogol, NYAQP qabul qilganda, och qolganda gipoglikemiya yuzaga kelishi xavfi yuqori ekanligi haqida ogohlantirish kerak.

Beta-adrenoblokatorlar, klonidin, rezerpin, guanetidin gipoglikemiyaning klinik ko‘rinishlarini niqoblashi mumkin.

Ba‘zida keksa yoshdagi shaxslarda gipoglikemiya rivojlanganligini aniqlash qiyin bo‘ladi. Keksa yoshdagi pasientlarda Zideform preparati buyurilganda qonda glyukoza konsentrasiyasini sinchkovlik bilan monitoringini o‘tkazish kerak. Preparatni buyurish asta-sekin amalga oshirilishi kerak va davolashning birinchi kunlarida och qoringa va ovqatlangandan keyin qonda glyukoza konsentrasiyasini nazorat qilish kerak.

Preparat faqat ovqatlanishi muntazam bo‘lgan pasientlargagina buyurilishi mumkin.

Uglevodlarni yetarli darajada tushishini tutib turish juda muhim, chunki muntazam ovqatlanmaganda yoki uglevodlarga boy bo‘lmagan ovqat iste‘mol qilganda gipoglikemiya rivojlanishi xavfi oshadi. Gipoglikemiya ko‘pincha past kaloriyali parhezda, davomli va jadal jismoniy mashqlardan keyin, alkogol iste‘mol qilgandan keyin yoki bir necha gipoglikemik preparatlarni bir vaqtda qabul qilgandan keyin rivojlanadi.

Og‘ir buyrak yoki jigar yetishmovchiligi gliklazidni organizmda taqsimlanishiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Jigar yetishmovchiligi ham glyukoneogenezning jadalligini pasayishiga olib kelishi mumkin. Ko‘rsatilgan samaralar gipoglikemik holatlar rivojlanishi xavfini oshiradi.

Alkogol qabul qilingan hollarda disulfiramsimon sindrom (qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i) rivojlanishi mumkin.

Preparat bilan davolash davrida alkogolni iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.

Qonda glyukoza konsentrasiyasini yetarli darajada nazorat qilinmasligi

Gipoglikemik vositalarni qabul qilayotgan pasientlarda qonda glyukoza konsentrasiyasini nazorati quyidagi holatlarda susayishi mumkin: tana haroratini oshishi, jarohatlar, infeksion kasalliklar yoki jarroxlik aralashuvlari. Ushbu holatlarda Zideform preparati bilan davolashni to‘xtatish va insulinoterapiyani buyurish zarurati yuzaga kelishi mumkin.

Ayrim pasientlarda biron-bir peroral gipoglikemik preparatlarning samaradorligi uzoq vaqt davolagandan keyin pasayishga moyil. Ushbu samara kasallikni avj olishi bilan yoki preparatga javobni pasayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Bu fenomen ikkilamchi doriga rezistentlik sifatida ma‘lum, uni dori preparatini hatto birinchi marta buyurilganda kutilgan samarani bermaydigan birlamchi doriga rezistentlikdan farqlash kerak. Pasientda ikkilamchi doriga rezistentlikni diagnostika qilishdan oldin, dozaning adekvatligini va pasient tomonidan buyurilgan parhezga rioya qilishini baholash kerak.

Laborator testlar

Qonda glyukoza konsentrasiyasini va glyukoza molekulasi bilan birikkan gemoglobinni muntazam aniqlash kerak.

Buyrak va jigar yetishmovchiligi

Jigar va/yoki og‘ir buyrak yetishmovchiligida gliklazidning farmakokinetik va/yoki farmakodinamik xususiyatlari o‘zgarishi mumkin. Bunday bemorlarda rivojlanadigan gipoglikemiya holatlari uzoq vaqt davom etishi mumkin, bunday hollarda darhol tegishli davolashni o‘tkazish kerak.

Qusish, qorinda og‘riq, mushak og‘riqlari, umumiy holsizlik va kuchli lohaslik paydo bo‘lgan hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish zarurligi haqida pasientlarni ogohlantirish kerak. Ushbu simptomlar boshlanayotgan laktoasidozning belgilari bo‘lishi mumkin.

Rentgenkontrast vositalarni qo‘llash bilan o‘tkaziladigan rentgenologik tekshiruvlarni (shu jumladan urografiya, vena ichiga angiografiya) o‘tkazishdan 48 soat oldin va o‘tkazilgandan keyin 48 soat davomida Zideformni bekor qilish kerak.

Umumiy narkoz, orqa miya yoki peridural anesteziya bilan o‘tkaziluvchi jarroxlik aralashuvlaridan 48 soat oldin va o‘tkazilgandan keyin 48 soat davomida Zideformni bekor qilish kerak.

Metformin buyraklar orqali chiqarilganligi tufayli, davolashin boshlashdan oldin va keyinchalik muntazam ravishda kreatinin konsentrasiyasini aniqlash kerak; buyrak funksiyasini saqlangan pasientlarda yiliga 1 marta; KK pasaygan va keksa yoshdagi pasientlarda – yiliga 2-4 marta.

Buyrak funksiyasini buzilishida, masalan antigipertenziv preparatlar, diuretiklar, NYAQP lar bilan davolashni boshida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Bronx-o‘pka infeksiyalari yoki siydik-tanosil a‘zolarining infeksion kasalliklari simptomlari paydo bo‘lganda shifokorga xabar berish zarurligi haqida pasientlarni ogohlantirish kerak.

Metforminni qabul qilganda V12 gipovitaminozi so‘rilishni buzilishi bilan bog‘liq va qaytuvchan xarakterga ega. Metformin bekor qilinganda V12 gipovitaminozining belgilari tez bartaraf etiladi.

Gliklazid mansub bo‘lgan sulfonilmochevina hosilalari bilan davolash gemolitik anemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparatni buyurganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak va sulfonilmochevina hosilasi bo‘lmagan gipoglikemik preparatlarni qabul qilgan afzal.

Davolash davrida jigar funksiyasi va periferik qon manzarasini (ayniqsa leykositlar va trombositlar miqdorini) muntazam nazorat qilish kerak.

Stress holatlarida (masalan jarohatlarda, jarroxlik aralashuvlarida, isitma bilan kechuvchi infeksion kasalliklarda) pasientni vaqtincha insulinoterapiyaga o‘tkazish zarurati yuzaga kelishi mumkin.

Pasientlar uchun ma‘lumot

Pasientni va uning oila a‘zlarini gipoglikemiya rivojlanishi xavfi, uning simptomlari va uni rivojlanishiga olib keluvchi sharoitlar haqida ogohlantirish kerak. Shuningdek birlamchi va ikkilamchi doriga rezistentlik nima ekanligini tushuntirish kerak. Bemorga tavsiya etilayotgan davolashning potensial xavfi va afzalliklari haqida xabar berish, davolashning boshqa turlari haqida ma‘lumot berish kerak. Bemorga parhezga rioya qilish muhimligi va ketma-ketligi, muntazam jismoniy mashqlar va qonda glyukoza konsentrasiyasini nazorat qilinishi zarurligini tushuntirish kerak.

Preparatni fenilbutazon va dinazol bilan majmuada qabul qilish tavsiya etilmaydi (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash tajribasi yo‘q.

Homiladorlik vaqtida sulfonilmochevinaning boshqa hosilalarini va metforminni qo‘llash haqidagi ma‘lumotlar cheklangan.

Homiladorlik rejalashtirilganda, shuningdek Zideform preparatini qabul qilish davrida homiladorlik yuz berganda, u bekor qilishini va insulin bilan davolash buyurilishi kerak. Emizish davrida Zideformni qo‘llash mumkin emas, chunki gliklazidni ko‘krak sutiga o‘tishi va neonatal gipoglikemiya rivojlanishi xavfi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Emizish davrida insulinoterapiyaga o‘tish yoki emizishni to‘xtatish kerak.

Avtotransport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolash davrida transport vositalarini boshqarganda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi yoki xavf omillarini mavjudligi laktoasidoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin, chunki preparatning tarkibiga metformin kiradi. Laktoasidoz shoshilinch tibbiy yordamni talab etuvchi holat hisoblanadi; laktoasidozni davolash stasionarda o‘tkazilishi kerak. Eng samarali usul bo‘lib gemodializ hisoblanadi.

Preparatning tarkibida gliklazid bo‘lganligi tufayli, dozani oshirib yuborilishi shuningdek gipoglikemiya rivojlanishiga ham olib kelishi mumkin. Gipoglikemiya simptomlari: ochlik hissi, ko‘p terlash, holsizlik, yurak urishini his qilish, teri qoplamalarini oqarishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati paresteziyasi, tremor, umumiy bezovtalik, bosh og‘rig‘i, patologik uyquchanlik, uyquni buzilishi, qo‘rquv hissi, harakat koordinasiyasini buzilishi, o‘tuvchan nevrologik buzilishlar. Gipoglikemiya avj olganda bemor o‘z-o‘zini nazorat qilishni yo‘qotishi va hushdan ketishi mumkin.

Yengil yoki o‘rtacha darajadagi gipoglikemiyada glyukoza yoki qand eritmasi ichga qabul qilinadi. Og‘ir gipoglikemiya holatida (hushdan ketganda) vena ichiga 40% li deksroza (glyukoza) eritmasi yoki glyukagon vena ichiga, mushak ichiga, teri ostiga yuboriladi. Bemor hushiga kelgandan keyin gipoglikemiya takroran rivojlanishidan saqlanish uchun uglevodlarga boy ovqat beriladi.

Chiqarilish shakli

15 tabletkadan alyumin blisterda. 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ZIDEFORM 80 tabletkalari 80mg+500mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ZIDEFORM 80 tabletkalari 80mg+500mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ZIDEFORM 80 tabletkalari 80mg+500mg N30 dori vositasi Wockhardt Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ZIDEFORM 80 tabletkalari 80mg+500mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ZIDEFORM 80 tabletkalari 80mg+500mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SPAZGAN tabletkalari 0,1mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
SPAZGAN eritma 5 ml 500 mg+2,0 mg+0,02 mg/1 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
ZIDEFORM 40 tabletkalari 40mg+500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
GLIMADIEN 2 tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
GLIMADIEN 1 tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
GLARITUS inyeksiya uchun eritma 3ml 100ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
GLARITUS inyeksiya uchun eritma 10ml 100ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
VOSULIN R inyeksiya uchun eritma 10ml 100YeD N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
VOSULIN R inyeksiya uchun eritma 10ml 100YeD N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
VOSULIN N suspenziya 10ml 100YeD N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
VOSULIN N suspenziya 10ml 100YeD N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
VOSULIN 30/70 suspenziya 10ml 100YeD N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
VOSULIN 30/70 suspenziya 10ml 100YeD N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9