×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ASEFIL KAF sirop 120ml

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Faol modda:
ацефиллин, Дифенгидрамин
Ishlab chiqaruvchi:
- Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
Vakil:
- Nabiqasim Industries Ltd
ATX kodi:
- R03DA09
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 70 ta dorixonasida topildi

ico 20 200 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 20 200 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

NEUTUM tabletkalari 1000mg N20 IS Group Pharma Latviya
107 000 s`om dan
MONTILAST tabletkalari 5mg N10 Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd. O'zbekiston
FLUTINEKS sprey 14,5 g 50 mkg 120 doz Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S. Turkiya
180 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Har 5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: atsefillin piperazin – 45,0 mg, difengidramig gidroxloridi – 8,0 mg;
yordamchi moddalari: bo'yoq «Zelenoye yabloko», shakar, glitserin, tutti – frutti shirin ta'm beruvchisi, natriy benzoati, natriy sitrati, metilparaben, propilparaben, limon kislotasi monogidrati, sukraloza, ionlardan tozalangan suv.
120 ml qahrabo rangli shisha butilkalarda.
Har bir butilka tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutida.
Atsefil Kaf siropi majmuaviy preparat hisoblanib, uning ta'siri tarkibidagi komponentlar ta'siri bilan bo'ladi.
Difengidramin antigistamin, allergiyaga qarshi, qayd qilishga qarshi, uyqu chaqiruvchi, maxalliy og'riqsizlantiruchi ta'sirlariga ega.
N1 gistamin – retseptorlarini bloklaydi va gistamin sababli shu retseptorlar turi orqali samaralarini bartaraf qiladi. Gistamin chaqiruvchi silliq mushaklar spazmini, kapilyarlarni yuqori o'tkazuvchanligini, to'qimalar shishishini, qichishish va qizarishini kamaytiradi yoki ogohlantiradi.
Gistamin bilan antogonizmi yallig'lanish va allergiyalardagi tizimli reaktsiyalariga solishtirganda, yaьni qon bosimini pasayishi, mahalliy tomir reaktsiyalariga nisbatan ko'proq namoyon bo'ladi.
Mahalliy anesteziyani chaqiradi (ichiga qabul qilinganida, og'iz bo'shlig'ining shilliq qavatida qisqa muddatli uvishish), spazmolitik ta'sir qo'rsatadi, vegetativ gangliylarning retseptorlaridagi xolinoretseptorlarni bloklaydi (qon bosimini pasaytiradi). Miyaning N3- gistamin retseptorlarini bloklaydi va markaziy xolinergik tuzilmalarini susaytiradi.
Sedativ uyqu chaqiruvchi va qusishga karshi ta'sir ko'rsatadi.
Gistamin liberotorlari (tubokurarin, morfin, sombrevin), chaqirgan bronxospazmda samaraliroq, allergik bronxospazmda – samarasi kamroq.
Bronxial astmada kamfaol va atsefillin, efedrin va boshka bronxolitiklar bilan birgalikda qo'llaniladi.
Atsefillin piperazini – bronxolitik vosita, purindan olingan; fosfodiesterazani ingibitsiya qiladi, to'qimalarda sAMF to'planishini oshiradi, adenozin (purin) retseptorlarini bloklaydi; Xujayra membranasining kanallaridan kalьtsiy ionlarini kirishini kamaytiradi, sillik mushaklarning qisqaruvchanlik faolligini kamaytiradi.
Bronxlar, qon-tomir mushaklarini bo'shashtiradi (asosan, bosh miya, teri va buyrak); periferik vazodilatatsiya ta'siriga ega, buyrakda qon aylanishini oshiradi, o'rtacha diuretik ta'sirga ega.Semiz hujayralar membranalarini barqarorlashtiradi, allergik reaktsiyalar mediatorlarini chiqishini tormozlaydi. Mukotsiliar klirensni oshiradi, diafragma qisqarishini rag'batlantiradi, nafas olish va qovurgalar aro mushaklar faoliyatini yaxshilaydi, nafas olish markazini rag'batlantiradi.
Nafas olish faoliyatini normallashtirib, qonni kislorod bilan to'yintiradi va karbonat angidrid kontsentratsiyasini kamaytiradi; nafas olish markazlarini rag'batlantiradi. Gipokaliyemiya sharoitida o'pka ventilyatsiyasini kuchaytiradi.
Atsefillin piperazin va difengidramin gidroxloridi me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi. Asosan siydik bilan chiqariladi.
Og'iz orqali qabul qilinganidan keyin difengidramin gidroxloridining plazmadagi cho'qqi kontsentratsiyasi 1-4 soatdan qeyin kuzatiladi. Difengidramin a'zolar va to'qimalarda, shu jumladan MNT to'qimalarida yaxshi taqsimlanadi. U yo'ldosh orqali o'tadi, ko'krak sutida aniqlanadi. Difengidramin yuqori darajada plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Yarim chiqarilish davri 2,4 soatdan 9,3 soatgachani tashkil qiladi.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uyqusizlik yoki uyquchanlik, qo'zg'aluvchanlik, bezovtalik, asabiylashish, tremor, psixomotor reaktsiyaning pasayishi, harakatlar koordinatsiyasini buzilishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya (shu jumladan homiladorlikning 3 uchoyligida qabul qilingan bo'lsa homilada), aritmiya, AB pasayishi, kardialgiya, stenokardiya xuruji tez-tezligini oshishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: gastralgia, ko'ngil aynishi, qusish, gastroezofageal reflyuks, jig'ildon qaynashi, og'iz qurishi, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini jivirlashi, yara kasalligini zo'rayishi, diareya, uzoq qo'llanganda – ishtaxani pasayishi.
Allergik reaktsiyalar: terida toshma, qichishish, isitma.
Boshqalar: ko'krakda og'riqi, taxipnoe, yuzga issiqlik oqib kelishlar xissi, diurezni kuchayishi, fotosensibilizatsiya, akkomodatsiya parezi.
Nojo'ya ta'sirlar preparat dozasi pasayishi bilan kamayadi.
Yo'talga qarshi Atsefil Kaf siropini me'da-ichak yaralari, bazedov kasalligi, gipertenziyasi, yurak aritmiyasi, tutqanog'i yoki jigar funktsiyasining buzilishlari bo'lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.
Antigistamin preparatlarini torburchakli glaukomasi, me'da va o'n ikki barmoq ichak yarasi, piloroduodenal tiqilishi, prostata bezining sipmptomatik gipertrofiyasi yoki qovuq bo'ynining tiqilish bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi.
Atsefil Kaf siropini homiladorlikda faqat juda zarur holida qo'llash kerak.
Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Davolash davrida avtotransportni haydash, diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish kerak.
shamollash bilan kuzatiladigan bronxospazmlar.
masalan, bronxial astma va surunkali bronxit bilan kuzatiladigan shilliq qavatini ko'chishini saqlovchi yopishqoq massaning yuqori sekretsiyasi chaqirgan nafas buzilishlari.
burun bo'shlig'i va bronxial membranalarning dimlanishi bilan birga kechuvchi shamollash va yo'talning barcha turlarida qo'llanadi.
Ta'sir etuvchi moddalariga, teofillinga yoki preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Allopurinol, kontratseptivlar, simetidin, makrolidlar, xinolonlar yoki propanolol kabi preparatlar bilan birga qabul qilinganida yo'talga qarshi Atsefil Kaf siropining dozasini kamaytirish kerak. Fenitoin, rifampitsin, ritonavir va sulьfinpirazon kabi preparatlar bilan birga qabul qilinganida yo'talga qarshi Atsefil Kaf siropining dozasini oshirish kerak.
Yo'talga qarshi Atsefil Kaf siropi alkogolь yoki boshqa MNT depressantlari (gipnotik, sedativ preparatlar, trankvilizatorlar va boshqalar) qabul qilganda nojo'ya ta'sirlar namoyon qiladi.
30°S dan yuqori bo'lmagan haroratda.
Yorug'likdan himoyalang. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin
Yo'talga qarshi Atsefil Kaf siropini kuniga 3-4 marta og'riq simptomlari yo'qolgunicha yoki shifikor tavsiyasi bo'yicha qabul qilish kerak.
Kattalar uchun: 1-2 choy qoshiq preparat kuniga 3-4 marta.
1 yoshdan oshgan bolalar uchun: ½ - 1 choy qoshiq preparat kuniga 3-4 marta.
4 oylikdan - 12 oylikkacha bo'lgan chaqaloqlar uchun: ½ choy qoshiq preparat kuniga 3 marta.
Difengidramin 5 mg\kg dan yuqoriroq dozada qabul qilinganida o'tkir toksiklik namoyon qiladi. Difengidraminning potentsial o'lim dozasi 10 mg/kg tashkil qiladi. Bolalarda anafilaktik shok difengidramin 150 mg dozada qabul qilinganidan keyin kuzatiladi, o'lim dozasi esa bu holda 500 mg dan ko'proqni tashkil qiladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ASEFIL KAF sirop 120ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ASEFIL KAF sirop 120ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ASEFIL KAF sirop 120ml dori vositasi Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ASEFIL KAF sirop 120ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ASEFIL KAF sirop 120ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
Narh: 42 300 so'mdan Batafsil
VARIOR tabletkalari 500mg N10
KLIN ENEMA eritma 68ml
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
KLIN ENEMA eritma 135ml
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
GLANDIN Ye2 tabletkalari 3mg N1
Narh: 113 000 so'mdan Batafsil
GINOSPORIN krem 35g 2%
Narh: 29 100 so'mdan Batafsil
GLANDIN Ye2 gel 2,0mg N1
Narh: 190 000 so'mdan Batafsil
KLINLAK sirop 120ml
LANGEYR tabletkalari 4mg N14
IRPO FA sirop 120ml
VARIOR tabletkalari 250mg N10
LANGEYR poroshok 4mg N14
KLARITRO granuli 60ml 125mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
SEFEKSOL DS poroshok 200 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
SEFEKSOL poroshok 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
KLARITRO tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9