×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ZIFORT inyeksiya uchun eritma 3ml N5

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Indoneziya
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Novell Pharmaceutical Laboratories
ATX kodi:
- A11B
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 140 ta dorixonasida topildi

ico 56 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 89 600 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 74 500 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

45 000 s`om dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
ELEVIT PRONATAL tabletkalari N30 Bayer Consumer Care AG Germaniya
112 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ZIFORT inyeksiya uchun eritma 3ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YURIQNOMA

ZIFORT

ZYFORT

 

Preparatning savdo nomi: Zifort

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): tiamin gidroxloridi, piridoksin gidroxloridi, sianokobalamin.

Dori shakli: mushak ichiga yuborish uchun eritma

Tarkibi:

Xar bir ampula (3 ml) quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

tiamin gidroxloridi – 100 mg;

piridoksin gidroxloridi – 100 mg;

sianokobalamin – 5 mg;

yordamchi moddalar: benzil spirti, dietanolamin, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, qizil rangli, o‘ziga xos hidli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: vitaminlar.

ATX kodi: A11YeA

 

Farmakologik hususiyatlari

V guruhi vitaminlari oqsillar, yog‘lar va uglevodlarning metabolizmini boshqaradigan enzimlar tizimining asosiy komponentlari hisoblanadilar. Zifort nerv tizimining faoliyatiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatadigan uchta vitaminning majmuasidan iborat. Ularning har biri nerv hujayralarida moddalar almashinuvini normal kechishida muhim rol o‘ynaydi.

V1 vitamini

Tiamin gidroxloridi – sintetik preparat bo‘lib, suvda eruvchan vitaminlarga kiradi. Jigarda fosforlanish jarayonlari natijasida ko‘pchilik fermentativ reaksiyalarning kofermenti bo‘lgan kokarboksilazaga aylanadi. V1 vitamini uglevodlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvini boshqarishda, shuningdek sinapslarda nerv qo‘zg‘aluvchanligini o‘tkazish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi, anemik miokardiodistrofiyada miokardiositlarning metabolizmini va ularning qisqarish faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.

V6 vitamini

Piridoksin organizm tomonidan to‘yinmagan yog‘ kislotalarini ishlatilishini yaxshilaydi, nerv tizimi, jigar, qon yaratilish faoliyatiga ijobiy ta‘sir qiladi. Piridoksin nerv-mushak o‘tkazuvchanligi, mushaklarni qisqarishini normallashtiradigan, tirishishlarni rivojlanishiga qarshi ta‘sir ko‘rsatadigan, oltingugurt saqlovchi aminokislotalar – taurin (metionindan va sisteindan) sinteziga yordam beradi. Triptofan, metionin, sistein, glutamin va boshqa aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi. Gistamin almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Lipidlar almashinuvini normallashishiga yordam beradi.

V12 vitamini

Sianokobalamin metabolik, gemopoetik ta‘sir ko‘rsatadi. Organizmda (asosan jigarda) V12 vitaminini faol shakli hisoblangan koenzim shakliga – adenozilkobalamin yoki kobamamidga aylanadi va ko‘pchilik fermentlarning tarkibiga kiradi. Yuqori biologik faollikka ega. Kobamamid dezoksiriboza va DNK, kreatin va metionin hosil bo‘lishi uchun kerak, shuningdek normal qon yaratilishi uchun kerak – eritrositlarni yetilishiga yordam beradi. Eritrositlarda sulfgidril guruhini saqlovchi birikmalarni to‘planishiga yordam beradi, bu ularning gemolizga nisbatan tolerantligini oshiradi. Qon ivish tizimini faollashtiradi, yuqori dozalarda tromboplastik faollik va protrombin faolligini oshiradi. Qonda xolesterinning konsentrasiyasini pasaytiradi. Jigar va nerv tizimining faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. To‘qimalarni regenerasiya hususiyatini oshiradi.

Ushbu vitaminlarni bir necha ta‘sir qilish mexanizmlari mavjud: yallig‘lanish ko‘rinishlari va neyronal shishni kamaytirish, nerv impulslarini aksonlar bo‘ylab o‘tishini tiklash, periferik hamda markaziy nerv tizimining neyronlarini haddan tashqari qo‘zg‘aluvchanligini pasaytirish, tormozlovchi neyromediatorlar sintezini oshirishdan iborat.

Farmakokinetikasi

V1 vitamini

Preparat parenteral yuborilganida qonga tez tushadi, a‘zolar va to‘qimalar o‘rtasida nisbatan bir xil taqsimlanadi. Fosforlanishi jigarda amalga oshadi. Jigar, yurak, bosh miya, buyraklar, taloqda to‘planadi. Jigar va buyraklar orqali chiqariladi, taxminan 8-10% o‘zgarmagan holda chiqariladi.

V6 vitamini

V6 vitaminining katta bo‘lmagan konsentrasiyalari jigarda va miokardda aniqlanadi, chunki u yerda u to‘planadi. V6 vitaminini katta qismi buyraklarda aniqlanadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. T1/2 15-20 kunni tashkil etadi. Buyraklar orqali chiqariladi, vena ichiga yuborilganida – 2% safro bilan chiqariladi, shuningdek gemodializ vaqtida ham ajralib chiqadi.

V12 vitamini

Mushak ichiga yuborilganidan so‘ng plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga yuborilgandan so‘ng 60 minutdan keyin erishiladi. Spesifik plazma oqsillari – transkobalaminlar bilan yuqori darajada bog‘lanadi. Asosan jigarda to‘planadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, T1/2 6 kunni tashkil etadi. Buyrak faoliyati normal bo‘lganida 7-10% buyraklar orqali, taxminan 50% axlat massalari bilan chiqariladi; buyrak faoliyati past bo‘lganida – 0-7% buyraklar orqali, 70-100% axlat massalari bilan chiqariladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga kiradi.

 

Qo‘llanilishi

  • Surunkali alkogolizmning oqibatlari (periferik neyropatiya, Vernika-Korsakova sindromi);
  • toksik polineyropatiyalar (toksik moddalar yoki dori vositalarini qabul qilish oqibatida);
  • diabetik polineyropatiya;
  • Beri-Beri kasalligi (quruq va nam);
  • o‘tkir va surunkali nevritlar va polinevritlar; ush shoxli nerv nevralgiyasi, ishialgiya;
  • Zoster gerpesi;
  • Birmer kasalligi (pernisioz anemiya) da qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Zifort preparati shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llanadi. Qo‘llash davomiyligi va preparatning dozasini shifokor belgilaydi.

Preparat mushak ichiga in‘eksiya uchun eritma 3 ml (bitta ampula) dan kuniga bir marta chuqur yuboriladi.

Kasallikning yengil shakllarida shifokorning ko‘rsatmasiga ko‘ra preparatning dozasi 3 ml (bitta ampula) dan har 2-3 kunda bir martagacha kamaytirilishi mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Dori vositasini qo‘llash ba‘zi pasientlarda quyidagi nojo‘ya samaralarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Skelet-mushak buzilishlari: sanchiqlar.

Me‘da-ichak buzilishlari: ko‘ngil aynishi.

Teri va teri osti to‘qimalarini shikastlanishi: kam hollarda – toshmalar, qichishish, urtikariya, ekzantema, angiodema.

Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: bosh aylanishi, terlash, piridoksinning yuqori dozalarini uzoq vaqt davomida qo‘llash o‘tkir periferik nevropatiyalarni rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi.

Immun tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: anafilaktik reaksiyalar.

Yurak faoliyatini buzilishi: juda kam hollarda – taxikardiya, bradikardiya, yurak ritmini buzilishi.

Nafas faoliyati, ko‘krak va ko‘ks oralig‘i tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: juda kam hollarda – dispnoe.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Quyidagi kasalliklari bo‘lgan bemorlarga Zifort preparatini qo‘llash mumkin emas:

  • dori vositasining har qanday komponentiga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik);
  • dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligini o‘tkir va og‘ir shakllari;
  • polisitemiya (qonda eritrositlar miqdorini oshishi);
  • rak oldi kasalliklarida qo‘llash mumkin emas ;

Ko‘rsatilgan vitaminlarni buyurishdan oldin, yuqori sezuvchanlik kuzatilishi mumkin bo‘lgan pasientlarda teri ostiga sinama dozani yuborish tavsiya etiladi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

V1 vitamini

Tiamin gidroxloridi eritmasini tarkibida sulfitlar saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas, chunki u ularning tarkibida butunlay parchalanadi. Bir shprisda tiaminni penisillin yoki streptomisin bilan (antibiotiklarni parchalanishi kuzatiladi), shuningdek tiamin va nikotin kislotasini (tiaminni parchalanishi kuzatiladi) aralashtirish mumkin emas.

Tirishishga qarshi preparatlar (fenobarbital, fenitoin, karbamazepin) bilan uzoq vaqt davomida davolash, shuningdek preparatni digoksin, indometasin, antasid preparatlar bilan birga qo‘llash tiaminni tanqisligiga olib kelishi mumkin. Tiosemikarbazon va 5-ftorfuranil V1 vitaminining faolligini ingibisiya qiladi. Kofein, tarkibida oltingugurt va estrogenlar saqlovchi preparatlarni qo‘llash tiaminga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi. Tiamin qutblantiruvchi mushak relaksantlari (ditilin va boshqalar) ning kuraresimon ta‘sirini susaytiradi.

V6 vitamini

Diuretiklarning ta‘sirini kuchaytiradi; levodopaning faolligini susaytiradi. Izonikotin gidrazidi, penisillamin, sikloserin va tarkibida estrogen saqlovchi peroral kontraseptivlar piridoksinning samarasini susaytiradilar. Yurak glikozidlari bilan (piridoksin miokardda qisqartiruvchi oqsillar sintezini oshishiga yordam beradi), glutamin kislotasi va asparkam bilan (gipoksiyaga nisbatan chidamlilik oshadi) birga qo‘llash mumkin.

V12 vitamini

Askorbin kislotasi, og‘ir metallarning tuzlari bilan farmasevtik jihatdan nomutanosibdir (sianokobalaminni faolsizlantiradi). Aminoglikozidlar, salisilatlar, tutqanoqqa qarshi dori vositalar, kolxisin, K+ preparatlari sianokobalaminning so‘rilishini pasaytiradilar. Tiamin keltirib chiqargan allergik reaksiyalarni rivojlanishini kuchaytiradi. Xloramfenikol gemopoetik javobni pasaytiradi. Qonning ivuchanligini oshiruvchi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas. Tiaminni fonida allergik reaksiyalarni rivojlanish havfi mavjud.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat qo‘llanganida, gipervitaminozni oldini olish maqsadida V guruh vitaminlarini boshqa manbalardan iste‘mol qilinishini inobatga olish kerak, garchi bunday holatlar, V guruh vitaminlari suvda eruvchan va ortiqcha miqdori siydik bilan chiqarilishi sababli, kam kuzatiladi.

V guruh vitaminlarining yuqori konsentrasiyalari bo‘lgan preparatlarni takroran in‘eksiya qilish anafilaktik shokni rivojlanish havfini oshirishi mumkin. Yengil allergik reaksiyalar: aksirish yoki bronxial astmani yengil shakli, preparatning navbatdagi in‘eksiyalari anafilaktik shokni rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan belgilar bo‘lishi mumkin.

Preparat homilador ayollarda megaloblast anemiyani davolashda ishlatilishi mumkin emas.

Pediatriyada qo‘llanishi

Preparat 10 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.

Preparatning tarkibida benzil spirti bo‘lganligi sababli, uni yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga va ayniqsa chala tug‘ilgan bolalarga buyurish mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda va laktasiya davrida preparatni ona uchun kutilgan foyda homila / emizikli bola uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan havfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

V guruh vitaminlari suvda eruvchanligi va ortiqcha miqdori siydik bilan chiqarilishi tufayli dozani oshirib yuborilish hollari juda kamdir. Bunda piridoksinning yuqori dozalarini uzoq vaqt davomida qo‘llash o‘tkir periferik nevropatiyalarni rivojlanishiga olib keladi.

Quyidagi simptomlar: qo‘l, oyoqlar yoki boshqa sohalarda spazm va achishish, uvishish, sanchish, yengil tegilganida yoki termik ta‘sir ko‘rsatilganida sezuvchanlikni kamayishi yoki oshishi, muvozanatni kamayishi yoki yo‘qolishi, koordinasiyani buzilishini rivojlanishi preparatning dozasini oshirib yuborilganligidan dalolat berishi mumkin. Bunday simptomlar paydo bo‘lganida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

 

Chiqarilish shakli

3 ml dan qahrabo rangli shisha ampulalarda.

№20 li o‘ram 5 ampuladan PVX o‘ramda, 4 ampula o‘rami qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

№5 li o‘ram 5 ampuladan PVX o‘ramda, 1 ampula o‘rami qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

15-30oS xona haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ZIFORT inyeksiya uchun eritma 3ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ZIFORT inyeksiya uchun eritma 3ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ZIFORT inyeksiya uchun eritma 3ml N5 dori vositasi Novell Pharmaceutical Laboratories tomonidan Indoneziya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ZIFORT inyeksiya uchun eritma 3ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ZIFORT inyeksiya uchun eritma 3ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SETROVEL inyeksiya uchun eritma 5ml 5mg/5ml N10
PRORENAL tabletkalari N100
Narh: 460 000 so'mdan Batafsil
ALOVELL tabletkalari 70mg N4
ZIFORT inyeksiya uchun eritma 3ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Indoneziya
  • Ishlab chiqaruvchi: Novell Pharmaceutical Laboratories
TREMIN eritma 5 ml 500 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Indoneziya
  • Ishlab chiqaruvchi: Novell Pharmaceutical Laboratories
Narh: 121 000 so'mdan Batafsil
NOPRENIYA tabletkalari 2mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Indoneziya
  • Ishlab chiqaruvchi: Novell Pharmaceutical Laboratories
SAYFOL emulsiya 20 ml 10 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Indoneziya
  • Ishlab chiqaruvchi: NOVELL PHARMACEUTICAL LABORATORIES
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9