PRORENALning aptekalardagi narxlari
PRORENAL tabletkalari N100
|
|
195 ta dorixonada bor
|
566 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
595 000 so'mdan
Bron qilish
|
PRORENAL ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PRORENAL
PRORENAL
Preparatning savdo nomi: Prorenal
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidarilarni saqlaydi:
faol moddalar:
DL-3-metil-2-okso-valerian kislotasi
(DL-izoleysinni α-keto-analogi), kalsiyli tuzi |
67 mg |
4-metil-2-okso-valerian kislotasi
(leysinni α-keto-analogi), kalsiyli tuzi |
101 mg |
2-okso-3-fenil-propion kislotasi
(fenilalaninni α-keto-analogi), kalsiyli tuzi |
68 mg |
3-metil-2-okso-moy kislotasi
(valinni α-keto-analogi), kalsiyli tuzi |
86 mg |
DL-2-gidroksi-4-metiltio-moy kislotasi
(metioninni α-gidroksi-analog), kalsiyli tuzi |
59 mg |
L-lizin monoasetati | 105 mg |
L-treonin | 53 mg |
L-triptofan | 23 mg |
L-gistidin | 38 mg |
L-tirozin | 30 mg |
yordamchi moddalar: izopropil spirti, polividon, mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy kroskarmelloza, talk, magniy stearati;
qobig‘ini tarkibi: titan ikki oksidi, dixlormetan, etanol, FDC sariq 5 Al-Lake, makrogollar, gipromelloza, vanilin.
Tarkibi: bir tomoni tekis va boshqa tomonidan bo‘lish uchun chizig‘i bo‘lgan, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: buyrak yetishmovchiligini davolash uchun qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi: V06DD
Farmakologik hususiyatlari
Prorenal (XPN – aminokislotalarni ketoanalogi) buyrak faoliyatini buzilishi fonida organizmga almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni yetarli darajada tushmasligi tufayli buzilgan moddalar almashinuvini tiklanishiga olib keladi. Buyrak faoliyatini surunkali buzilishi bo‘lgan bemorlarning organizmida oqsil sinteziga olib keladi, oqsil almashinuvi mahsulotlarini organizmga toksik ta‘sir qilish darajasini pasaytiradi, umumiy holatini yaxshilaydi.
Prorenal – tarkibiga almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar kiruvchi dori preparatdir, bu aminokislotalarsiz organizm to‘g‘ri faoliyat ko‘rsata olmaydi. U buyrak to‘qimasini shikastlanishi va qonda moddalar almashinuvi, eng avvalo, oqsil almashinuvi oqibatida hosil bo‘lgan zaharli moddalarning miqdorini asta-sekin ko‘payib borishi fonida buyrak faoliyati buzilganida buyuriladi. Bemorning qonida organizmga toksik ta‘sir ko‘rsatuvchi qoldiq azot va uning komponentlarini katta miqdori aniqlanadi. Qoldiq azot – mochevina, aminokislotalar azoti, siydik kislotasi, kreatin va kreatinindan tarkib topgan oqsil bo‘lmagan azot (plazmada oqsillar almashinuvi mahsulotlari) yig‘indisidir.
Oqsil almashinuvini buzilishi, organizm hayot uchun zarur bo‘lgan aminokislotalarni olmaydi, ayni vaqtda qonda oqsillar almashinuvining zaharli mahsulotlari katta miqdorda to‘planishiga olib keladi. Organizmga toksik ta‘sirini kamaytirish uchun bemorga oqsillar miqdori cheklangan parhez buyuriladi, bu oqsil yetishmasligiga olib keladi.
Prorenal organizmga almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni olib keladi (ulardan odam organizmi oqsillari quriladi), ammo bunda organizmga tushayotgan azotning miqdori cheklangan bo‘ladi. Bu holat ketosterilning tarkibiga organizm tomonidan tez o‘zlashtiriladigan va oqsillar almashinuvining toksik mahsulotlarini utilizasiyasiga olib keladigan aminokislotalarning keton analoglari kirganligi tufayli shunday amalga oshadi.
Bunday ta‘sir mexanizmi oqsillar va minerallar almashinuvini yaxshilanishiga, va demak bemorning umumiy holatini yaxshilanishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Preparatning farmakokinetikasi o‘rganilmagan, chunki uning barcha komponentlari moddalar almashinuvida qatnashadigan tabiiy moddalar hisoblanadi va organizmda ularning harakatini kuzatish imkoni yo‘q.
Qo‘llanilishi
Kompensasiyalangan va kompensasiyalanmaran siydik tutilishida surunkali buyrak yetishmovchiligini davolash (kam oqsilli, yuqori kaloriyali parhez bilan bir vaktda) uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Surunkali buyrak yetishmovchiligi:
Ko‘pchilik xollarda, kuniga 3 marta qabul qilinadi. Ovqatlanish vaktida 4-8 tabletkadan butun holida yutiladi.
Kompensasiyalangan siydik tutilishi:
Odatda 4-6 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi, tarkibida kuniga tana vazniga 0,5-0,6 oqsil/kg saqlovchi, oqsil kam, yuqori kaloriyali ovqat bilan birga qabul qilinadi, bu taxminan 35-45 g ni va kuniga tana vazniga 150-170 kDj (35-40 kkal)/kg ni tashkil etadi.
Kompensasiyalanmagan siydik tutilishi
Odatda 4-6 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi, tarkibida kuniga tana vazniga 0,3-0,4 oqsil/kg saqlovchi, oqsil kam, yuqori kaloriyali ovqat bilan birga qabul qilinadi, bu taxminan 20-30 g ni va kuniga tana vazniga 150-170 kDj (35-40 kkal)/kg ni tashkil etadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan dozalash tartibi tana vazni taxminan 70 kg bo‘lgan kattalar uchun yaroqlidir.
Ketokislota buyrak yetishmovchiligining darajasiga bog‘liq ravishda uzoq muddat davolash uchun qo‘llanadi. Ketokislotalarni ayollarga homiladorlik vaqtida va bolalarga qo‘llash bo‘yicha natijalar olinmagan.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Giperkalsiemiya rivojlanishi mumkin. Zardobda kalsiyning miqdorini muntazam ravishda tahlil qilish kerak. Yetarli kaloriyali ovqat iste‘mol qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– Giperkalsiemiya;
– Aminokislotalar metabolizmini buzilishida qo‘llash mumkin emas;
Xomilador ayollar va bolalar uchun preparatning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan .
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
So‘rilishiga xalaqit bermasligi uchun, kalsiy bilan qiyin eruvchan birikmalarni hosil qiladigan preparatlar (masalan, tetrasiklin) Ketokislota tabletkalari bilan bir vaqtda qabul qilinmasligi kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kaloriyaning zahirasi yetarli ekanligiga ishonch hosil qiling. Ketokislotalar anabolik yo‘l bilan o‘zlashtirilishiga kafolat bo‘lishi uchun pasient kuniga tana vazniga 150-170 kDj (35-40 kkal)/kg qabul qilishi kerak. Ketokislota uremiya simptomlarini yaxshilanganligi sababli, alyuminiy gidroksidini qabul qilish, imkon boricha, kamaytirilishi kerak.
Kalsiy: bir tabletka tarkibida 50 mg kalsiy saqlaydi. Ketokislota giperkalsiemiyani chaqirishi mumkin. Kuniga 25 dan ortiq Ketokislota tabletkalari qabul qilinganida yoki tarkibida kalsiy saqlovchi boshqa preparatlar (masalan, giperkalsiemiyani davolashda ionitlar) yoki antasidlar bir vaqtda qabul qilinganida, ayniqsa giperkalsiemiyadan saqlanish kerak. Shuning uchun zardobda kalsiyning miqdorini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Prorenal preparatining dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ma‘lumotlar keltirilmagan.
Preparatning nojo‘ya ta‘sirlari kuchayishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Qutida plyonka qobiq bilan qoplangan 10 tabletkadan 10 strip va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma saqlanadi.
Saqlash sharoiti
Xona xaroratida (15-30oS) saqlansin. Yorug‘likdan himoyalansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari