Ringerning aptekalardagi narxlari
RINGER MR eritma 250ml N1
|
|
1 ta dorixonada bor
|
5 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
RINGER eritma 100ml N1
|
|
5 ta dorixonada bor
|
4 300 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
RINGER MR eritma 100ml N1
|
|
5 ta dorixonada bor
|
5 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
RINGER LAKTAT MR eritma 250ml N1
|
|
1 ta dorixonada bor
|
13 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
RINGER eritma 250ml N1
|
|
75 ta dorixonada bor
|
4 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
RINGER LAKTAT eritma 200ml N1
|
|
1 ta dorixonada bor
|
15 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
12 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
7 500 so'mdan
Bron qilish
|
RINGER eritma 200ml N1
|
|
8 ta dorixonada bor
|
10 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
5 500 so'mdan
Bron qilish
|
RINGER LAKTAT eritma 100ml N1
|
|
57 ta dorixonada bor
|
3 808 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
RINGER LAKTAT eritma 250ml N1
|
|
88 ta dorixonada bor
|
8 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
8 000 so'mdan
Bron qilish
|
RINGER LAKTAT eritma 500ml N1
|
|
7 ta dorixonada bor
|
22 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Ringer ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
RINGER
RINGER
Preparatning savdo nomi: Ringer
Ta‘sir etuvchi moddalari (XPN): natriy xloridi, kaliy xloridi, kalsiy xloridi digidrati.
Dori shakli: infuziya uchun eritma.
Tarkibi:
1 ml eritmada quyidagilar saqlanadi:
faol moddalar: natriy xloridi – 8,6 mg, kalsiy xloridi digidrati – 0,33 mg, kaliy xloridi – 0,3 g;
yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritmalar.
ATX kodi: V05VV
Farmakologik xususiyatlari
Ringer eritmasi yo‘qotilgan ekstrasellyular suyuqlikning va asosiy elektrolitlar (natriy, kaliy, kalsiy) va xloridlarning o‘rnini to‘ldiradi.
Regidratasiyalovchi va dezintoksikasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Aylanayotgan qon hajmini to‘ldiruvchi vosita sifatida qo‘llanganida, qon tomir xavzasidan tashqaridagi bo‘shliqqa tez chiqishi sababli, samarasi faqat 30-40 minut davomida saqlanadi (shuning uchun eritma aylanayotgan qon hajmini faqat qisqa muddatli to‘ldirish uchun yaroqlidir). Siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Eritrositlar o‘rnini to‘ldirishning zarurati bo‘lmagan hollarda plazma o‘rnini bosuvchi vosita sifatida: shok, kollaps, kuyish, davomli qayt qilish va diareyada qo‘llanadi. Preparat turli genezli degidratasiyada, giponatriemiyada, gipovolemik shokda (yordamchi davolash sifatida), suyuqlikni yo‘qotilishi bilan bog‘lik bo‘lgan metabolik alkalozda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Eritma faqat vena ichiga (v/i) yuborish uchun mo‘ljallangan.
Doza pasientning yoshiga, tana vazniga, klinik holatiga va laborator ko‘rsatkichlariga qarab, shifokor tomonidan buyuriladi. V/i tomchilab sutkada 500 ml dan 1000 ml gacha yuboriladi, yuborishning o‘rtacha tezligi tana vazniga – 3,0 ml/kg yoki minutiga 70 tomchini yoki soatiga 250 ml ni tashkil qiladi.
Eritmani buyurish, har bir pasient uchun suyuqlikni tutib turuvchi yoki ehtiyojini o‘rnini bosuvchi hajmini nazarda tutilgani hisobiga asoslangan bo‘lishi kerak.
Umumiy sutkalik doza tana vaznining 2-6% ni tashkil qiladi.
Parenteral preparatlarni ishlatishdan avval zarrachalar borligini tekshirish va rangini o‘zgarishishini vizual tekshirish lozim.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Suyuqlikning katta hajmi yuborilganda asidoz rivojlanishi mumkin.
Noadekvat yuqori dozada suv-elektrolit balansi buzilishi, shu jumladan gipovolemiya, gipernatriemiya, giperkaliemiya, giperkalsiemiya, giperxloremiya bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi;
- giperkaliemiya;
- oliguriya va anuriya;
- o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
- o‘pka shishi;
- miya shishi;
- giperkoagulyasiya;
- gipergidratasiya;
- tromboflebit;
- metabolik asidoz;
- giperkalsiemiya;
- yondosh davolash.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida organizmda natriyni tutilishi oshishi mumkin: nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, androgenlar, anabolik gormonlar, estrogenlar, kortikotropin, mineralokortikoidlar, vazodilatatorlar yoki ganglioblokatorlar.
Kaliyni tejovchi diuretiklar, AAF ingibitorlari va kaliy preparatlari bilan qabul qilinganida giperkaliemiyani rivojlanish xavfi kuchayadi.
Yurak glikozidlari bilan majmuada qo‘llanganda, ularning zaharli samaralarining ehtimoli oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Katta hajmda tez yuborilgan hollarda kislota-ishqor muvozanatini va elektrolitlarning darajasini nazorat qilish kerak. Qon rN ning o‘zgarishi kislotali bo‘lishi K+ – ionlarini qayta taqsimlanishiga olib keladi (rN ni pasayishi zardobda K+ – ionlarining miqdorini oshishiga olib keladi).
Uzoq muddat qo‘llanganida plazmadagi elektrolitlarning konsentrasiyasini va sutkalik diurezni nazorat qilish kerak.
Xlor ionlarining darajasini yuqoriligi tufayli, preparatni uzoq muddat qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Homiladorlik davrida ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llangadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza sezilarli oshirib yuborilganida, asidoz va gipergidratasiya ko‘rinishlari kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda preparatni yuborishni darhol to‘xtatish kerak. Simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma 100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml dan butilkada (flakonlarda).
Saqlash sharoiti
Quruq. yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari