×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ZITOKSIL eritma

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Пентоксифиллин
Ishlab chiqaruvchi:
- Biogen СП ООО
Distribyutor:
- Biogen MChJ
ATX kodi:
- C04AD03
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
VAZILIP tabletkalari 20mg N28 КРКА д.д. Sloveniya
RIBOKSIN eritma 10ml 2% N10 Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd Xitoy
4 400 s`om dan
SERMION tabletkalari 30mg N30 Pfizer HCP Corporation, США произведено: Pfizer Italia S.r.l. Italiya
269 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ZITOKSIL eritma qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BUYICHA YURIQNOMA

ZITOKSIL

ZITOXIL

 

Preparatning savdo nomi: Zitoksil

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pentoksifillin

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

1 ampula saqlaydi:

faol modda: pentoksifillin – 100 mg;

yordamchi moddalar: natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish rangli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruxi: Vazodilatator vositalar.

ATX kodi: C04AD03

 

Farmakologik xususiyatlari

Pentoksifillin metilksantinning hosilasidir. Pentoksifillinning ta‘sir mexanizmini fosfodiesterazani susayishi va qon tomirlarining silliq mushak xujayralarida, qon xujayralarida, shuningdek boshqa to‘qima va a‘zolarida SAMF ni to‘planishi bilan bog‘laydilar. Pentoksifillin trombositlar va eritrositlarning agregasiyasini tormozlaydi, ularning egiluvchanligini oshiradi, qon plazmasida fibrinogenning oshgan konsetrasiyasini kamaytiradi va fibrinolizni kuchaytiradi, bu qonning qovushqoqligini kamaytiradi va uning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi. Bundan tashqari, pentoksifillin kuchsiz miotrop  qon tomirlarini kengaytiruvchi ta‘sirni chaqiradi, tomirlarning umumiy periferik qarshiligini biroz kamaytiradi, musbat inotrop ta‘sirga ega. Pentoksifillinni qo‘llash natijasida eng yuqori darajada qo‘l-oyoqlarda, markaziy nerv tizimida, o‘rtacha darajada – buyraklarda mikrosirkulyasiya va to‘qimalarni kislorod bilan ta‘minlanishi yaxshilanadi. Preparat koronar tomirlarni biroz kengaytiradi.

 

Farmakokinetikasi

Asosiy farmakologik faol metaboliti 1-(5-gidroksigeksil)-3,7-dimetilksantin (metabolit I) qon plazmasida o‘zgarmagan moddaning konsentrasiyasidan 2 marta ortiq konsentrasiyada aniqlanadi va u bilan qaytar biokimeviy muvozanat holatida bo‘ladi. Shuning uchun pentoksifillin va uning metabolitini faol bir butun modda sifatida qaralishi mumkin.

Pentoksifillinning yarim chiqarilish davri 1,6 soatni tashkil qiladi. Pentoksifillin to‘liq metabolizmga uchraydi, 90% dan ortig‘i kon‘yugasiyalanmagan suvda eruvchan qutblangan metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Dozaning 4% dan kamrog‘i axlat bilan chiqariladi. Buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda metabolitlarni chiqarilishi sekinlashgan. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda pentoksifillinning yarim chiqarilish davrini uzayishi aniqlangan.

 

Qo‘llanilishi

Aterosklerotik ensefalopatiya, ishemik serebral insult; dissirkulyator ensefalopatiya, periferik qon aylanishini ateroskleroz, qandli diabet (shu jumladan diabetik angiopatiya), yallig‘lanish oqibatidagi buzilishlari; venalarni shikastlanishi yoki mikrosirkulyasiyani buzilishi (posttromboflebotik sindrom, trofik yaralar, gangrena, muzlash) bilan bog‘liq to‘qimalarda trofik buzilishlar, obliterasiyalovchi endoarteriit, angioneyropatiya (Reyno kasalligi), ko‘zda qon aylanishini buzilishi (ko‘zning to‘r pardasi va tomirli pardalarida qon aylanishini o‘tkir, nim o‘tkir surunkali yetishmovchiligi); eshitishni pasayishi bilan kechuvchi ichki quloqning faoliyatini tomir genezli buzilishi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga infuziyalar preparatni parenteral yuborishning eng samarali shaklidir, ular yaxshi o‘zlashtiriladi. Dozalash tartibi shifokor tomonidan belgilanadi va qon aylanishining buzilishlarini og‘irlik darajasi, tana vazni va davolashni o‘zlashtirilishiga bog‘liq. Infuziyani, faqat agarda eritma tiniq bo‘lsagina o‘tkazish mumkin. Kattalarga quyidagi davolash sxemalari tavsiya qilinadi:

  1. Vena ichiga infuziya 100-600 mg pentoksifillinni Ringer eritmasi, 0,9% natriy xloridi eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasining 100-500 ml da sutkada 1-2 marta o‘tkaziladi. Vena ichiga tomchilab yuboriladigan infuziyaning davomiyligi 60-360 minutni tashkil qiladi, ya‘ni 100 mg pentoksifillinni yuborilishi kamida 60 minut davom etishi kerak. Infuziya, maksimal sutkalik doza (infuzion va peroral) 1200 mg ni tashkil kilishni hisobga olib, pentoksifillinni – (400 mg), peroral qabul qilish bilan to‘ldirilishi mumkin.
  2. Pasientning ahvoli og‘ir bo‘lganida (ayniqsa doimiy og‘riqda, gangrenada yoki trofik yaralarda) preparatning infuziyasini 24 soat davomida o‘tkazish mumkin, bunday yuborish sxemasida dozani 0,6 mg/kg/soat xisobidan belgilanadi. Tana vazni 70 kg bo‘lgan bemor uchun bunday yo‘l bilan hisoblangan sutkalik doza 1000 mg ni, tana vazni 80 kg bo‘lgan pasient uchun 1150 mg ni tashkil kiladi.

Pasientning tana vaznidan qat‘iy nazar maksimal sutkalik doza 1200 mg ni tashkil kiladi.

Infuzion eritmaning hajmi yo‘ldosh kasalliklarni, bemorning holatini xisobga olib shaxsiy ravishda belgilanadi va sutkada o‘rtacha 1-1,5 l ni tashkil qiladi.

  1. Ayrim hollarda preparat 5 ml (100 mg) dan vena ichiga in‘eksiya yo‘li bilan qo‘llanadi. In‘eksiyani asta-sekin, 5 minut davomida, pasient – yotgan holatida bo‘lganida bajariladi.

Keksa yoshdagi bemorlar. Keksa yoshdagi pasient uchun dozani to‘g‘rilashning zarurati yo‘q. Parenteral davolash kursining davomiyligi davolash o‘tkazayotgan shifokor tomonidan belgilanadi.

Bemorning holati yaxshilanganidan keyin, preparatning tabletka shaklini qo‘llab, davolashni davom ettirish tavsiya qilingan.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Organizmning ayrim tizimlari bo‘yicha nojo‘ya reaksiyalarni paydo bo‘lish tez-tezligi quyidagicha:

Yurak-tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – taxikardiya; tez-tez emas – periferik shishlar, yuzni qizarishi yoki qizib ketish xissi (quyilishlar), juda kam hollarda – kukrakda g‘ayri – tabiiy og‘rik, arterial gipotenziya, hansirash, aritmiya, yurak urishi.

Qon va limfatik tizim tomonidan: yakka holatlarda – trombositopeniya va trombositopenik purpura, leykopeniya, pansitopeniya (u o‘lim bilan yakunlanishi mumkin) protrombin vaqtini uzayishi, gipofibrinogenemiya, anemiya, aplastik anemiya, qon ketishlari (masalan, teri, shilliq qavatlar, me‘da, ichak, burun qon tomirlaridan qon ketishlari).

Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, aseptik meningit (yuqori dozalarda qo‘llanganda); yakka holatlarda – qo‘llarni qaltirashi, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, xavotirlik, qo‘rquv hissi, xushni yo‘qotish, uyquni buzilishi, gallyusinasiyalar, ko‘z oldini korong‘ilashishi, qo‘l-oyoqlarni uvishishi, gipergidroz, tirishishlar, paresteziyalar kuzatiladi.

Sezgi a‘zolari tomonidan: ko‘rishni buzilishi, skotoma, ko‘z yoshini oqishi, kon‘yunktivitlar, quloqparda og‘rik, migren, ko‘zning to‘r pardasiga qon quyilishi, to‘r pardani ko‘chishi.

Me‘da-ichak yullari tomonidan: tez-tez – me‘da-ichak buzilishlari, me‘dada bosim xissi, uni to‘lib ketish xissi, diareya; tez-tez emas – ko‘ngil aynishi, qusish (shu jumladan bir necha marta), meteorizm, epigastral og‘riqlar, anoreksiya, ichak atoniyasi, qabziyatlar, tomoqni qurishi, chanqoqlik.

Metabolizm tomonidan: juda kam hollarda – gipoglikemiya, gipokaliemiya.

Immun tizimi tomonidan: yakka hollarda – allergik reaksiyalar (shokkacha rivojlanuvchi anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar, angionevrotik shish, bronxospazm, terini qizarishi, qichishish, toshmalar, eshakemi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), Stivens-Djonson sindromi.

Gepatobiliar tizim tomonidan: juda kam hollarda – jigar ichki xolestazi, jigar fermentlari faolligini oshishi, xolesistitni zo‘rayishi, xolestatik gepatit.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: juda kam hollarda – kuchli terlash, yuz va ko‘krak qafasining yuqori qismini qizarishi, shishlar, makulopapulyoz toshma, tirnoqlarni yuqori sinuvchanligi.

Yuborish joyidagi o‘zgarishlar: yuborish joyida og‘rik, giperemiya, shish, toshma.

Boshqalar: ta‘mni buzilishi, so‘lakni kuchli ajralishi, lanjlik, tomoqda/bo‘yinda og‘rik, laringit, burunni bitishi, tana vaznini oshishi/kamayishi, etni uvishishi, qizish xissi, isitma, gipertermik sindrom.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: jigartransaminazalari (ALT, ACT, LDG) va ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi.

Nojo‘ya reaksiyalarining ko‘pchiligi doza bilan bog‘liq. Ularni, dozani kamaytirish, bilan minimumga yetkazish yoki umuman bartaraf etish mumkin.

Agarda og‘ir nojo‘ya reaksiyalar kuzatilsa, davolashni to‘xtatish kerak.

 

Ko‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

-Pentoksifillinga, preparatning boshqa komponentlariga yoki teofillin, kofein, xolin teofillinati, aminofillin yoki teobromin kabi metilksantin guruhining boshqa preparatlariga yuqori sezuvchanlik;

-massiv qon ketishlari (qon ketishini kuchayish xavfi);

-ko‘zning to‘r pardasiga, miyaga qon quyilishlar; agarda pentoksifillin bilan davolanish vaqtida ko‘zning to‘r pardasiga, miyaga qon quyilishi yuz bersa, dori vositasini qo‘llashni darhol to‘xtatish kerak;

-gemorragik diatez;

-o‘tkir miokard infarkti;

-jigar yoki buyrak yetishmovchiligi;

-me‘da yarasi va/yoki ichak yaralari;

-porfiriya;

-homiladorlik va emizish davri;

-18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Pentoksifillin va antigipertenziv preparatlarni (xususan, angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlarini) bir vaqtda qo‘llash, oxirgilarning ta‘sirini kuchaytiradi, shuning uchun gipotenziv preparatlarning dozasini muvofik ravishda to‘g‘rilash talab qilinadi.

Antikoagulyantlar, qon koagulyasiyasini susaytiruvchi preparatlar. Pentoksifillin va qon koagulyasiyasini kamaytiruvchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish qon ketishi extimolini oshiradi, shuning uchun protrombin vaqtini tez-tez nazorat qilib turish kerak. Pentoksifillin buyurilganida yoki dozalash o‘zgartirilganida, bu bemorlarda antikoagulyant faollikni nazoratini o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Simetidin. Simetidinni bir vaqtda yuborilganda qon zardobida pentoksifillinning konsentrasiyasini ancha oshishi yuz beradi. Pentoksifillinning dozasini oshirib yuborilishi belgilarini paydo bo‘lishini diqqat bilan kuzatish kerak.

N2-reseptorlarining boshqa antagonistlari (famotidin, ranitidin va nizatidin) pentoksifillinning metabolizmiga ancha kam ta‘sir qiladi.

Teofillin. Pentoksifillin va teofillinni bir vaqtda yuborilishi qon zardobida teofillinning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun qon zardobida teofillinning konsentrasiyasini kuzatib turish, zarurati bo‘lganida esa, uning dozasini kamaytirish kerak.

Ketorolak, meloksikam. Pentoksifillin va ketorolakni bir vaqtda qo‘llanishi protrombin vaqtini oshishiga olib kelishi va qon ketish xavfini oshirishi mumkin. Qon ketish xavfi, shuningdek pentoksifillin va meloksikam bir vaqtda qo‘llanganida oshishi mumkin. Shuning uchun bu preparatlar bilan bir vaqtda davolanish tavsiya qilinmaydi.

Siprofloksasin. Siprofloksasin jigarda pentoksifillinning metabolizmini tormozlaydi, shuning uchun pentoksifillin va siprofloksasinni bir vaqtda qo‘llash qon zardobida pentoksifillinning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Pentoksifillin va siprofloksasin bilan bir vaqtda davolash zarurati tug‘ilganida pentoksifillinning dozasini ikki martaga kamaytirish tavsiya qilinadi.

Insulin va peroral diabetga qarshi preparatlar. Pentoksifillinning vena ichiga yuboriladigan katta dozalari insulin va peroral diabetga qarshi preparatlarning gipoglikemik samaralarini kuchaytirishi mumkin, shuning uchun insulin yoki gipoglikemik preparatning dozasini muvofiq to‘g‘rilash kerak.

Nitratlar. Pentoksifillin nitratlarning ta‘sirini kuchaytiradi.

Eritromisin. Pentoksifillin va eritromisinning o‘zaro ta‘siri bo‘lishi mumkinligi  to‘g‘risida ma‘lumotlar  yo‘q. Biroq pentoksifillin va eritromisin birga qo‘llanganida eritromisinning plazmadagi darajasini oshishi zaxarli reaksiyalarni namoyon bo‘lishi bilan qayd etiladi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Pentoksifilinni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Preparatni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q.

Anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalarni rivojlanishining birinchi belgilarida preparat bilan davolashni to‘xtatish va yordam uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Preparatni surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanganida, avval qon aylanishini kompensasiya bosqichiga erishish kerak. Diabeti bo‘lgan va insulin yoki peroral antidiabetik vositalar bilan davolanayotgan bemorlarda, preparatning yuqori dozalari qo‘llanganida, qondagi qandning darajasiga bu preparatlarning ta‘siri kuchayishi mumkin. Bunday hollarda insulinning yoki peroral diabetga qarshi vositalarning dozasini kamaytirish va ayniksa bemorni sinchkov kuzatish kerak. Tizimli qizil yugirik (TQYU) yoki biriktiruvchi to‘qimaning boshka kasalliklari bo‘lgan bemorlarga pentoksifillinni faqat bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf va foyda batafsil tahlil qilinganidan keyin buyurish mumkin. Pentoksifillin bilan davolanish vaqtida aplastik anemiyani rivojlanish xavfi mavjudligi tufayli. umumiy qon taxlilini muntazam nazorat qilish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam) bo‘lgan yoki jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda pentoksifillinning chiqarilishi sekinlashgan bulishi mumkin, tegishli monitoring kerak.

Keksa yoshdagi bemorlarda faol moddaning biokiraolishligini oshishi va chiqarilish tezligini pasayishi tufayli, o‘rtacha terapevtik dozani kamaytirishga zarurat tug‘ilishi mumkin. Chekish preparatning terapevtik samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Ayniqsa diqqat bilan kuzatish quyidagilar uchun zarur:

-og‘ir yurak aritmiyalari bo‘lgan pasientlar;

-miokard infarkta bo‘lgan pasientlar;

-arterial gipotenziyasi bo‘lgan pasientlar;

-serebral va koronar arteriyalarining yaqqol aterosklerozi bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa yo‘ldosh arterial gipertenziyada va yurak ritmini buzilishlarida. Bunday bemorlarda preparat qabul qilganida stenokardiya xurujlari, aritmiyalar va arterial gipertenziya yuz berishi mumkin;

-buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan pasientlar;

-og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar;

kon ketishlariga, masalan antikoagulyantlar bilan davolanish yoki kon ivishining buzilishlari bilan bog‘lik yukori moyillikka ega bo‘lgan pasientlar. Qon ketishlari yuzasidan – “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bulimiga karang;

-anamnezida me‘da va un ikki barmok ichakning yarasi bo‘lgan bemorlar;

-yakinda operatav davolash o‘tkazgan bemorlar (qon ketishini paydo bo‘lishini yuqori xavfi, shu tufayli gemoglobin va gematokrit darajasini muntazam nazorat qilish talab etiladi);

-arterial bosimni pasayishi yuqori xavf bo‘lishi mumkin bo‘lgan pasientlar (masalan, og‘ir yurak ishemik kasalligi yoki miyaga qonni yetkazib beruvchi tomirlarning stenozi bo‘lgan bemorlar);

-pentoksifillin va K vitamini antivitaminlari bilan bir vaqtda davolanayotgan bemorlar; pentoksifillin va diabetga qarshi vositalar bilan bir vaqtda davolanayotgan bemorlar.

Shuningdek markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaksiyalarni paydo bulish ehtimolini xam xisobga olish kerak.

Preparatni bir idishda “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limida ko‘rsatilgan eritmalardan tashqari, boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun 100 mg/5 ml eritma, 5 ml dan ampulalarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

 

Yaroklilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

 

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ZITOKSIL eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ZITOKSIL eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ZITOKSIL eritma dori vositasi Biogen СП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ZITOKSIL eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ZITOKSIL eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
PENTOKSIFILLIN konsentrat 10ml 2% N10
PENTOKSIFILLIN konsentrat 5ml 2% N10
PENTOKSIFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N5
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
LAKSFEN infuziya uchun eritma 200ml 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Пентоксифиллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: TEMUR MED FARM, OOO по заказу DREAM PHARMA GROUP, OOO
LAKSFEN infuziya uchun eritma 100ml 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Пентоксифиллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: TEMUR MED FARM, OOO по заказу DREAM PHARMA GROUP, OOO
TRENTAL tabletkalari 100mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пентоксифиллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi-Aventis Groupe, Франция произведено: Sanofi India Limited
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
TRENTAL 400 tabletkalari 400mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пентоксифиллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi-Aventis Groupe, Франция произведено: Sanofi India Limited
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
SITOPEN NEO eritma 100mg/5ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Пентоксифиллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
LATREN eritma 200ml 0,5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Пентоксифиллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юрия-Фарм, ООО
  • Vakil: Yuriya-Farm
Narh: 39 900 so'mdan Batafsil
TRENTAL konsentrat 5ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пентоксифиллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi India Limited
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
VAZONIT tabletkalari 600mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Пентоксифиллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
Narh: 63 000 so'mdan Batafsil
VAZONIT tabletkalari 600mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Пентоксифиллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Г.Л.Фарма ГмбХ
Narh: 63 000 so'mdan Batafsil
TRENTAL 400 tabletkalari 0,4g N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пентоксифиллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Санофи Индия Лимитед
Ishlab chiqaruvchining dorilari
IROSID kapsulalar N30
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
GEPA LAYN granuli 5,0g N10
IROSID sirop 100ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9