Adjiseptning aptekalardagi narxlari
ADJISEPT KLASSICHESKIY pastilkalar N24
|
|
35 ta dorixonada bor
|
24 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
15 000 so'mdan
Bron qilish
|
ADJISEPT pastilkalar so vkusom med i limona N24
|
|
18 ta dorixonada bor
|
19 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
23 500 so'mdan
Bron qilish
|
ADJISEPT PLYUS ANESTETIK pastilkalar so vkusom evkaliptom i mentolom N24
|
|
8 ta dorixonada bor
|
26 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
ADJISEPT pastilkalar so vkusom evkaliptom i mentolom N24
|
|
169 ta dorixonada bor
|
19 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
8 000 so'mdan
Bron qilish
|
ADJISEPT PLYUS ANESTETIK pastilkalar so vkusom med i limona N24
|
|
51 ta dorixonada bor
|
22 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
15 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Adjisept ko'rsatmalar
Shilliq qavatlarga mahalliy qo'llanganidan so'ng lidokain nisbatan tez so'riladi. 8 mg lidokain saqlovchi pastilkalarni qo'llab va proportsional cho'qqi kontsentratsiyalariga (СhK) taxmin qilinib o'tkazilgan tadqiqotlarga asoslanib, 2 mg lidokain yuborilganidan so'ng plazmadagi cho'qqi darajalari taxminan 11 ng/ml ni tashkil qilar ekan, bu tizimli nojo'ya reaktsiyalarning ancha yuqori uchrash tezligi bilan bog'liq darajalardan ancha pastdir. Garchi lidokain me'da-ichak yo'llarida so'rilsa-da, peroral dozaning faqat 35% gina tizim oldi metabolizmi (jigar portal qon aylanishi) orqali o'zgarmagan holda qon aylanish tizimiga yetib boradi.
Biotransformatsiyasi va chiqarilishi
Lidokain ancha miqdor darajasida jigarda metabolizmga uchraydi, buning natijasida jigar funktsiyasi va jigardagi qon oqimining har qanday o'zgarishi lidokainning farmakokinetikasiga va dozalash tartibiga bo'lgan talabga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Jigar metabolizmi tez va qabul qilingan dozaning 90% ga yaqin, u alkil guruhini yo'qotib, monoetilglitsin yeksilidid (MEGX) va glitsin ekzilidid (GX) shakllanadi. Lidokainning 10% dan kamroq qismi buyrak orqali o'zgarmagan holda ichqariladi. Metabolitlari shuningdek siydik bilan ham chiqariladi.
Ham 2,4-dixlorbenziletanol, ham amilmetakrezolning farmakokinetikasi to'g'risida tegishli ma'lumotlar yo'q.
AGISEPT
Preparatning savdo nomi: Adjisept
Dori shakli: shimish uchun klassik; asal va limonli, mentol va evkaliptli pastilkalar
Tarkibi:
Har bil pastilka quyidagilarni saqlaydi
Klassik pastilkalar:
faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,20 mg, amilmetakrezol – 0,60 mg;
yordamchi moddalar: qand, suyuq glyukoza, suvsiz limon kislotasi, mentol, Ponso 4R bo‘yovchisi, Karmoizin bo‘yovchisi, anis moyi, qalampir yalpizi moyi, tozalangan suv.
Asal va limonli pastilkalar:
faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,20 mg, amilmetakrezol – 0,60 mg;
yordamchi moddalar: qand, suyuq glyukoza, suvsiz limon kislotasi, mentol, karamel, asal ta‘mli qo‘shimcha, limon moyi, tozalangan suv.
Mentol va evkaliptli pastilkalar:
faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,20 mg, amilmetakrezol – 0,60 mg;
yordamchi moddalar: qand, suyuq glyukoza, suvsiz limon kislotasi, mentol, indigokarmin, evkalipt moyi, tozalangan suv.
Ta‘rifi:
Klassik shimish uchun pastilkalar: Dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, qizg‘ish-qizil rangli anis va yalpiz hidli pastilkalar; bir xil bo‘yalmaslikka, karamel massasida havo pufakchalari borligiga sezilarsiz darajada chetlari notekisligiga yo‘l qo‘yiladi.
Asal va limonli pastilkalar: Dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, och sariq rangli, limon hidli pastilkalar; bir xil bo‘yalmaslikka, karamel massasida havo pufakchalari borligiga, sezilarsiz darajada chetlari notekisligiga yo‘l qo‘yiladi.
Mentol va evkaliptli pastilkalar: Dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, moviy rangli, mentol va evkalipt hidli pastilkalar; bir xil bo‘yalmaslikka, karamel massasida havo pufakchalari borligiga, sezilarsiz darajada chetlari notekisligiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: antiseptiklar.
ATX kodi: R02AA20
Farmakologik xususiyatlari
Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumda mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy antiseptik preparat. Mikroblarga qarshi ta‘sirga ega. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol.
Tabiiy dorivor qo‘shimcha og‘iz va xalqum shilliq qavatlarida yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Tizimli so‘rilishi pastligi sababli, Adjisept preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar mavjud emas.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga 1 pastilkadan har 2 soatda buyuriladi.
Maksimal sutkalik doza – 8 pastilka.
5 yoshdan katta bolalarga 1 pastilkadan har 4 soatda buyuriladi.
Pastilkalar to‘liq erib ketgunicha shimiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ko‘rsatmalar bo‘yicha tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida preparatning nojo‘ya ta‘sirlari aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Adjisept preparatini boshqa guruh dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Adjisept preparati qandli diabeti bo‘lgan bemorlar tomonidan qabul qilinganda, har bir pastilka 1,56 g qand saqlashini hisobga olish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin
Chiqarilish shakli
6 pastilkadan stripda; 2 yoki 4 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Agar 3-4 kundan keyin ahvolni yaxshilanishi kuzatilmasa, patsientni shifokorga murojaat qilishi tavsiya etiladi.
Ushbu preparatni 5 kundan ortiq uzoq muddat qo'llash tavsiya etilmaydi.
Kattalar va 12 yoshdan katta o'smirlar:
1 pastilka har 2-3 soatda va zarurat tug'ilganida 24 soat davomida maksimal 8 pastilka qo'llaniladi.
Patsient bolalar
Preparatni 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Keksa yoshdagi patsientlar
Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi
Adjisept®Plyus antiseptik pastilkalarini jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda qo'llanilishi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Har bir pastilka quyidagilarni saqlaydi:
yordamchi modda: qandli asos.
Bo'yovchisi: Indigokarmin.
Сhiqarilish shakli
6 pastilkadan 4 ta strip tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.
Ushbu tibbiy preparat quyidagilarni saqlaydi:
2,4-dixlorbenziletanol va amilmetakrezol, og'iz-xalqum bo'shlig'i patogen bakterial florasiga qarshi ta'sir qiluvchi ikkita antiseptik saqlaydi. Ular muvofiq ravishda spirtlar va fenollar kimyoviy guruhiga mansubdir.
Mahalliy amid guruhi og'riqsizlantiruvchi vositalariga mansub bo'lgan lidokain esa og'riqni tezda yengillashishini chaqiradi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Preparatni yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin
Ta'sir etuvchi moddalarning past kontsentratsiyalarini hisobga olib, dozani oshirib yuborilishi deyarli yuz bermaydi. Dozani oshirib yuborilishi noto'g'ri qo'llash oqibatida (ancha yuqori dozalar qo'llanganda, shilliq qavatlar shikastlanganda) yuz berishi mumkin. Dastlab belgilar yuqori nafas yo'llari va ovqat hazm qilish yo'llarida jimirlash ko'rinishida namoyon bo'ladi. Tizimli reaktsiyalar lidokainni so'rilishi oqibatida yuz berishi mumkin. Lidokain bilan intoksikatsiyaning eng jiddiy oqibatlari markaziy nerv tizimida (uyqusizlik, bezovtalik, qo'zg'alish va nafasni susayishi) va yurak-qon tomir tizimida (gipotenziya, yurak ritmini buzilishi, yurakni to'xtab qolishi) namoyon bo'lishi, shuningdek metgemoglobinemiya yuz berishi mumkin.
Davolash
Davolash simptomatik va tutib turuvchi bo'lishi kerak; tibbiy kuzatuv o'tkazgan afzal. Metgemoglobinemiyani metilen ko'kini (1-4 mg/kg dozada) vena ichiga zudlik bilan yuborish yo'li bilan davolash mumkin.