ALFINOR ko'rsatmalar
Ilova-varaqa: Pasient uchun ma‘lumot
Alfinor tabletkalar 16 mg
Betagistin digidroxloridi
Preparatni qo‘llashdan oldin bu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi:
- Bu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, u Sizga takroran tanishib chiqish uchun kerak bo‘lishi mumkin.
- Agar Sizda savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting.
- Ushbu dori vositalar shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi, chunki agar hatto kasallik simptomlari Siznikiga o‘xshasa ham, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
- Har qanday nojo‘ya samaralar yuzaga kelganida – davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting. Bu ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan kuzatilishi mumkin bo‘lgan har qanday nojo‘ya samaralarga ham taalluqli (4-bo‘limga qarang).
Ilova-varaqaning qisqacha mazmuni:
- Alfinor preparatining tarkibi va ta‘rifi
- Alfinor preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak
- Alfinor preparatini qo‘llash usullari
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar
- Alfinor preparatini saqlash sharoiti
- Tarkibi, o‘rami va boshqa ma‘lumot
- Tarkibi va ta‘rifi
Alfinor o‘zi nima
Alfinor betagistin saqlaydi. U gistamin analoglari deb nomlanuvchi dori preparatlariga guruhiga mansub.
Alfinor qanday maqsadlarda qo‘llanadi:
Alfinor quyidagilarning o‘zi ichiga oluvchi Mener kasalligini davolash uchun qo‘llanadi:
- bosh aylanishi (vertigo), shuningdek ko‘ngil aynishi va qusish;
- quloqlarda shovqin;
- eshitishni pasayishi.
Bosh aylanishi muvonazatga javob beruvchi ichki quloqning qismi noto‘g‘ri ishlashi oqibatida kelib chiqadi (vestibulyar bosh aylanishi deb nomlanuvchi).
Alfinor qanday ta‘sir ko‘rsatadi:
Alfinor ichki quloqqa keluvchi qon oqimini yaxshilash orqali ta‘sir ko‘rsatadi, buning natijasida unga bosim kamayadi.
- Alfinor preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak
Quyidagi holatlarda Alfinorni qabul qilish taqiqlanadi:
- betagistin digidroxloridi yoki ushbu tibbiy preparatning har qanday boshqa komponentiga (6-bo‘limda ta‘riflangan) yuqori sezuvchanlikni mavjudligi.
- agar davolovchi shifokoringiz Sizda buyrak usti bezi o‘smasini (feoxromasitoma deb nomlanuvchi) aniqlagan bo‘lsa.
Yuqoridagilardan birontasi mavjud bo‘lganida ushbu dori preparatini qabul qilish taqiqlanadi. Agar Siz ishonch hosil qilmasangiz, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting.
Maxsus ko‘rsatmalar:
Quyidagi holatlarda Alfinor preparatini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringa yoki farmasevtga murojaat etish kerak:
- hozirda yoki avval me‘da yara kasalligini mavjudligi
- astmani mavjudligi.
Yuqoridagilardan birontasi mavjud bo‘lganida (yoki shubha tug‘ilganda) Alfinor preparatini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokor yoki farmasevtga murojaat etish kerak. Ehtimol, davolovchi shifokoringiz Sizni kuzatishi mumkin.
Bolalar va 18 yoshga to‘lmagan o‘smirlarda Alfinorni qo‘llash mumkin emas.
Alfinor preparatini boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri
Har qanday dori vositalarini qabul qilayotgan, avval qabul qilgan yoki qabul qilmoqchilingiz haqida albatta davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.
Xususan, quyidagi dori preparatlarini qabul qilayotganligingiz haqida davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering:
- Antigistamin preparatlari – ular (nazariy jihatdan) betagistinning samarasini susaytirishi mumkin. O‘z navbatida, Alfinor ham antigistamin preparatlarining samarasini pasaytirishi mumkin.
- Monoaminooksidazani (MAO) ingibisiya qiluvchi preparatlar – depressiya va Parkinson kasalligini davolashda qo‘llanadigan preparatlar. Ular betagistinning Sizning organizmingizga ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.
Yuqoridagilardan birontasi mavjud bo‘lganida (yoki shubha tug‘ilganda) Alfinor preparatini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokor yoki farmasevtga murojaat etish kerak.
Alfinorni ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish
Alfinorni ovqat bilan birga yoki usiz qabul qilishga ruxsat beriladi, lekin ovqat bilan preparatning o‘zaro ta‘siri me‘da-ichak yo‘llari tomonidan biroz muammolarni
(4-bo‘limdagi ta‘rifga qarang) qo‘zg‘atishi mumkin. Preparatni ovqat bilan birga qabul qilganda me‘da-ichak yo‘llari tomonidan muammolar minimumga yetkazilishi mumkin.
Homiladorlik, emizish va fertillik
Homiladorlik yoki emizish davrida yoki homiladorlik gumon qilinganda yoki homiladorlik rejalashtirilgandat ushbu tibbiy preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokorga yoki farmasevtga murojaat etish tavsiya etiladi.
Homilaga, shuningdek ko‘krak sutiga Alfinorning ta‘siri haqida hech qanday ma‘lumotlar yo‘q. Agar faqat zarur tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lmasa, Alfinorni homiladorlik vaqtida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Agar faqat zarur tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lmasa, Alfinorni emizish davrida ham qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Alfinor preparati avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatishi ehtimoli kam. Lekin Alfinor preparati bilan davolanadigan kasalliklar bosh aylanishi va qusishga yuzaga kelishining sababchisi bo‘lishi mumkinligi va Sizning mexanizmlarni haydash va boshqarish qobiliyatingizga ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligini e‘tiborga olish kerak.
Alfinor preparati laktoza saqlaydi. Agar tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha Siz qandi ayrim turlariga nisbatan sezgirligingiz haqida bilsangiz, Siz ushbu preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan bog‘lanishingiz kerak.
- Alfinor preparatini qo‘llash usullari
Davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt tomonidan buyurilgan ushbu preparatni qabul qilish normalariga doimo rioya qiling. Har qanday gumonlar paydo bo‘lganida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting.
Davolovchi shifokoringiz Sizning holatingiz yaxshilanishi uchun Siz uchun zarur dozani tanlaydi.
Ushbu preparatni qabul qilishni to‘xtatmang. Ushbu preparatning barqaror terapevtik samarasi uni uzoq vaqt qabul qilganda kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash usullari
Tabletkalar ovqatlanish vaqtida yoki ovqat bilan bir vaqtda zarur miqdordagi suyuqlik bilan peroral qabul qilinadi. Alfinor me‘da-ichak yo‘llari tomonidan ahamiyatsiz muammolarni (4-bo‘limdagi ta‘rifga qarang) chaqirishi mumkin. Preparatni ovqat bilan bir vaqtda qabul qilganda me‘da-ichak yo‘llari tomonidan muammolar minimumga yetkazilishi mumkin.
Dozalash
Standart doza kuniga 24-48 mg betagistin, 2 yoki 3 teng qabul qilishlarga bo‘lingan.
Alfinor tabletkalar 16 mg: 0,5 yoki 1 tabletka kuniga 3 marta.
Agar Siz kuniga 1 dan ortiq tabletka qabul qilayotgan bo‘lsangiz, ularni kun davomiga taqsimlash tavsiya etiladi. Masalan 1 tabletkadan ertalab va kechqurun.
Tabletkalarni har kuni, kunning bir vaqtda qabul qilishga harakat qiling. Shunday qilib, dori vositasining barqaror dozasini Sizning organizmingizga tushishini ta‘minlashga erishiladi. Tabletkani kunning bir vaqtda qabul qilish ham tabletkani o‘z vaqtida qabul qilish odatini mustahkamlashga yordam beradi.
Alfinor preparatining dozasini oshirib yuborilishi holatlari
Alfinor preparatining dozasi oshirib yuborilganda quyidagi reaksiyalar kuzatilishi mumkin: qusish, qorinda og‘riq, spazmlar yoki bosh aylanishi. Agar sanab o‘tilganlardan birontasi kuzatilsa, davolovchi shifokorga murojaat etish kerak.
Alfinor preparatini qabul qilishni o‘tkazib yuborish
Agar Siz tabletkani qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, hech narsa qilmang. Keyingi tabletkani jadvalga rioya qilgan holda qabul qiling.
Preparatning o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmang.
Alfinor preparatini qabul qilishni to‘xtatish
Agar hatto yaxshilash kuzatilsa ham, alohida tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lmasa, Alfinor preparatini qabul qilishni to‘xtatmang.
Ushbu dori preparati bo‘yicha biron-bir savollar yuzaga kelganida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga murojaat etish tavsiya etiladi.
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar
Har qanday boshqa dori vositalari kabi ushbu dori vositasi namoyon bo‘lmasada bir qator nojo‘ya ta‘sirlarga ega bo‘lishi mumkin.
Kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarning ro‘yxati:
- Allergik reaksiyalar. Preparatga allergik reaksiya yuzaga kelganida DARHOL Alfinor preparatini qabul qilishni to‘xtating va davolovchi shifokoringiz yoki shifoxonaga murojaat eting.
Allergiya simptomlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Teri toshmasa, qichishish, eshakemi;
- Yuz, lab, tilni shishi yoki yuqori nafas yo‘llarini shishi;
- Arterial gipotenziya;
- Hushdan ketish;
- Hansirash.
Yuqorida sanab o‘tilgan simptomlardan birontasi yuzaga kelganida DARHOL Alfinor preparatini qabul qilishni to‘xtating va davolovchi shifokoringiz yoki shifoxonaga murojaat eting.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa nojo‘ya ta‘sirlar:
Umumiy (10 nafar odamdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin):
- Ko‘ngil aynishi;
- Ovqat hazm bo‘lishini buzilishi (dispepsiya);
- Bosh og‘rig‘i.
Betagistinni qabul qilganda kuzatilishi mumkin bo‘lgan boshqa nojo‘ya ta‘sirlar:
Qusish, me‘dada og‘riq, qorinni dam bo‘lishi kabi ovqat hazm qilish bilan bog‘liq ahamiyatsiz muammolar. Alfinor preparatini ovqat bilan birga qabul qilganda me‘da-ichak yo‘llari tomonidan muammolar minimumga yetkazilishi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelishi haqida xabar berish:
Nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelganida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting. Bu ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelishiga ham taalluqli. Shuningdek Siz nojo‘ya ta‘sirlar haqida bu toifadagi ma‘lumotlarni qayta ishlash vazifasi yuklatilgan mahalliy organlar orqali ham bevosita xabar berishingiz mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelishini aniqlashga yordam berib, Siz ushbu preparatning sifatini yaxshilashga yordam berasiz.
- Alfinor preparatini saqlash sharoiti
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Karton qutida va blister o‘ramda “Goden do” yozuvida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparat qo‘llanilmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Ushbu tibbiy preparat maxsus ko‘rsatmalar va saqlash bo‘yicha sharoitlarni talab etmaydi.
Dori vositasini axlatga yoki kanalizasiyaga tashlash taqiqlanadi. Kerak bo‘lmagan dori vositalarini utilizasiya qilish masalasi bo‘yicha farmasevt bilan maslahatlashing. Ushbu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
- Tarkibi, o‘rami va boshqa ma‘lumot
Alfinor preparatining tarkibi
- Faol modda – betagistin digidroxloridi.
Har bir tabletka 16 mg betagistin digidroxloridi saqlaydi.
- Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza (Ye460), suvsiz limon kislotasi (Ye330), povidon K 25 (Ye1201), krospovidon A tipi (Ye1202) va gidrogenlanggan o‘simlik moyi.
Preparatning qobig‘i va uning ichidagisi:
Oq rangli, silliq, dumaloq, faskali va bo‘luvchi riskali, diametri 9,0 mm bo‘lgan tabletkalar.
Tabletkani teng dozalarga bo‘lish mumkin.
Blister o‘ram tabletkalarni quyidagi miqdorda saqlaydi: 20, 24, 30, 48, 50, 60, 90, 96 yoki 100 dona.
Markirovka barcha o‘ramlarda mavjud emas.
Chiqarish shakllari