Alltrombosepinning aptekalardagi narxlari
ALLTROMBOSEPIN kapsulalar 100mg N100
|
|
11 ta dorixonada bor
|
80 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Alltrombosepin ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ALLTROMBOSEPIN
ALLTROMBOSEPIN
Preparatning savdo nomi: Alltrombosepin
Xalqaro patentlanmagan nomi: –
Dori shakli: kapsula
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: alltrombosepin – 100 mg;
yordamchi moddalar: aerosil – 15 mg; kraxmal – 33,5 mg; kalsiy stearati – 1,5 mg.
Ta‘rifi: kulrang-sarig‘dan och sariq ranggacha bo‘lgan kukun bilan to‘ldirilgan, o‘ziga xos o‘tkir hidli va ta‘mli №2 o‘lchamli, to‘q sariq rangli qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Antiagregant vosita.
ATX kodi: V01AX.
Farmakologik xususiyatlari
ADF ni trombositlarning yuzasidagi reseptorlar bilan bog‘lanishini susaytiradi va GPIIb/IIIa (fibrinogen uchun asosiy reseptorini) majmuasini faollanishini ingibisiya qilish yo‘li bilan trombositlarning ADF-induksiya qilangan agregasiyasini tormozlaydi. Alltrombosepin, shuningdek boshqa omilar yuzaga chaqirgan trombositlarning agregasiyasini ham susaytiradi. Alltrombosepin ADF ga trombositar reseptorlarni orqaga qaytmaydigan o‘zgarishi orqali ta‘sir qiladi; me‘yoriy agregasion faollik yangi trombositlarning hosil bo‘lish tezligiga muvofiq tezlikda tiklanadi. Alltrombosepinni qo‘llashning birinchi kunlaridan trombositlar agregasiyasini tormozlanishi yuzaga chiqadi.
Qo‘llanilishi
- surunkali koronar yetishmovchiligini davolash;
- tromboz va emboliyalarni, shu jumladan miokard infarktini va bosh miyani insultini oldini olish;
- trombositlar agregasiyasi yuqori xavfi bo‘lgan kasalliklarni oldini olish;
- nostabil zo‘ruquvchi stenokardiya, miokard infarkti, yurak va qon tomirlar operasiyadan keyingi davrda antikoagulyantlar (geparin) bilan qo‘shimcha davolash sifatida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Alltrombosepin kattalarga – 100 mg dan sutkada 1 marta ovqat qabul qilgandan so‘ng buyuriladi, ichga suv bilan qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Sezuvchanlikka ega bo‘lgan bemorlarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- o‘tkir qon ketishi (peptik yara va b.);
- preparatga, preparatning koponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- gemofiliyada qo‘llash mumkin emas .
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Agar Alltrombosepinni bir vaqtda boshqa antiagregantlar, trombolitiklar yoki antikoagulyantlar hamda trombositopeniyani rivojlanishi mumkin bo‘lgan vositalar bilan bir vaqtda qo‘llansa, qon ketishning rivojlanishini xavfi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Alltrombosepinni jarohatlar, operativ aralashuvlar va patologik holatlar tufayli qon ketishni paydo bo‘lishi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilish
Simptomlari: alltrombosepin preparatini tavsiya qilangandan yuqori dozalar qo‘llashi qon ketishi xavfini oshirishi mumkin.
Davolash: qon ketish bilan asoratlangan dozani oshirib yuborilish Alltrombosepin preparatini bekor qilish kerak. Jarohlik gemostaz, qon yo‘qotishni o‘rnini to‘ldirish, yangimuzlatilgan plazma, plazmaferez o‘tqazilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
100 mg li kapsulalar blister o‘ramida 30 donadan chiqariladi. Blisterlar, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.
Saqlash sharoiti
Quruq, salqin, quyosh nurlaridan himoyalangan joyda 25ºS dan past haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berilish tartibi:
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari