Almagelning aptekalardagi narxlari
ALMAGEL A-LIK suspenziya 170ml N1
|
|
60 ta dorixonada bor
|
15 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
19 000 so'mdan
Bron qilish
|
ALMAGEL suspenziya 170ml N1
|
|
59 ta dorixonada bor
|
20 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
40 000 so'mdan
Bron qilish
|
ALMAGEL A suspenziya 170ml N1
|
|
49 ta dorixonada bor
|
16 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
48 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
41 000 so'mdan
Bron qilish
|
ALMAGEL NEO suspenziya 170ml N1
|
|
224 ta dorixonada bor
|
30 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
45 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
44 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Almagel ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
Preparatning savdo nomi: Almagel
Ta‘sir qiluvchi moddalar: Alyuminiy gidroksidi, magniy gidroksidi.
Dori shakli: Ichga qabul qilish uchun suspenziya.
100 g suspenziyaning tarkibi:
Faol moddalar: alyuminiy gidroksid geli 40,0 g (alyuminiy gidroksidiga qayta hisoblaganda 4,0 g), magniy gidroksidi pasta.
Yordamchi moddalar: sorbitol, gidroksietilsellyuloza, nipagin, nipazol, saxarin natriy, limon moyi, etanol 96%, tozalangan suv.
Farmakoterapevtik guruhi: Me‘da va o‘nikki barmoq ichak yarasiga qarshi vosita (antasid).
Farmakologik xususiyatlari
Almagel me‘dada xlorid kislotasi va pepsinning yuqori sekresiyasini tez neytrallaydi, me‘da va o‘nikki barmoq ichak shilliq qavatining himoya mexanizmlariga ijobiy ta‘siri tufayli, sog‘ayish jarayoniga yordam beradi.
Almagel preparatida saqlanuvchi alyuminiy ionlari quyi ezofageal sfinkterining tonusini oshiradi, pepsin, o‘t kislotalari va lizolesitinni adsorbsiyalaydi. Shu bilan uning reflyuks patologiyasini oldini olish va davolashdagi samaradorligi tushuntiriladi.
Almagelning ta‘sir etuvchi moddalari mayda disperlangan bo‘lib, bu ularning faol yuzasini oshiradi va me‘da va o‘nikki barmoq ichak shilliq qavati bilan bevosita to‘qnashuvi ehtimolini beradi, me‘da ichidagisining evakuasiyasini sekinlashtiradi va uning neytrallashtiruvchi samarasini uzaytiradi.
Qo‘llanilishi
Me‘da shirasining oshgan yoki me‘yoriy kislotaligi va ichakda ko‘p gaz hosil bo‘lishi bilan birga kechuvchi ovqat-hazm qilish yo‘llarining kasalliklari.
Preparatni quyidagilarda mustaqil yoki majmuada qo‘llash mumkin:
- gastrit va duodenit;
- me‘da va o‘nikki barmoq ichakning eroziyalari;
- me‘da va o‘nikki barmoq ichak yarasi;
- medikamentoz gastrit va duodenit;
- gastroezofageal reflyuks;
- duodenogastral reflyuks;
- yarali bo‘lmagan dispepsiya va meteorizm;
- ko‘p gaz hosil bo‘lishi natijasidagi diskomfortda qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dori vositasi ichga qabul qilinadi. Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga:
Reflyuks-ezofagit bo‘lganida – 2-4 o‘lchov qoshiqdan sutkada 4 marta, ovqat qabul qilgandan 1 soat keyin va kechqurun uyqudan oldin qabul qilinadi.
Kutilgan samaraga erishilganidan keyin 2 choy qoshiqdan sutkada 4 marta qabul qilishga o‘tiladi.
Gastrit va duodenitni, me‘da va o‘nikki barmoq ichakning eroziyalarini, me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligini, medikamentoz gastritni va gastroezofageal va duodenogastral reflyuksni, yarali bo‘lmagan dispepsiya va gazli diskomfortni davolash uchun – 2 o‘lchov qoshiqdan sutkada 4 marta, ovqat qabul qilinganidan 1 soatdan keyin va kechqurun uyqu oldidan buyuriladi.
Maksimal sutkalik doza 12 o‘lchov qoshiqdan oshmasligi kerak.
Maksimal sutkalik dozani 4 haftadan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida qabul qilish kerak.
Almagelni suyultirilmagan ko‘rinishda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. U qabul qilinganidan keyin yarim soat davomida suyuqliklarni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Qo‘llashdan oldin suspenziyani yaxshilab chayqatish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda alyuminiy va/yoki magniy intoksikasiyasi rivojlanishi mumkin. Kam hollarda diareya bo‘lishi mumkin. Allergik reaksiyalarning ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Magniy va alyuminiyga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
- Buyrak yetishmovchiligining og‘ir shakli (buyraklardan chiqarilishini kamayishi oqibatidagi qon zardobida magniy va alyuminiyning konsentrasiyasini oshish xavfi).
Boshqa dori vositalar bilan o‘zaro ta‘siri
Almagel kaptoprilning plazmadagi yuqori konsentrasiyasini va uning nisbiy kirishaolishligini kamaytiradi. Kaptoprilni preparatni qabul qilishdan kamida ikki soat oldin qo‘llash kerak.
Preparat tetrasiklin antibiotiklarini, N2-blokatorlar va temirni so‘rilishini kamaytiradi. Ularni 1-2 soatlik interval bilan qo‘llash tavsiya qilinadi.
Almagel, shuningdek ketokonazolning plazmadagi konsentrasiyasini ham kamaytiradi.
Almagelni xinolonlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni digoksin va proponolni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki keyin qo‘llash kerak, Almagel ularning biokirishaolishligini kamaytiradi. Dori vositasi ayniqsa buyraklarning faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda xinidinning chiqarilishini, xinidinning zaxarliligini belgilari bilan buzishi mumkin. Antasid va salisitlatlarni bir vaqtda qabul qilish salisilatlarning zardobdagi darajasini ahamiyatli kamayishga olib keladi.
Levotiroksin va Almagelni majmuaviy qabul qilishda gormonal ta‘sirning kamayishi mumkin.
Pirenzepin preparatning ta‘sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Almagelni qo‘llashni boshlashdan oldin xavfli jarayonni bo‘lishini istisno qilish lozim.
Preparatni buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Alsgeymer kasalligida preparatni uzoq muddat qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki alyuminiyni miya to‘qimasining nerv tolalarida to‘planishi va asoratlarga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida fikrlar mavjud.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolash vaqtida klinik belgilarini yaraning o‘lchamlarini, diareyani paydo bo‘lishini, alyuminiy va magniyning zardobdagi darajasini dinamikada nazorat qilish kerak.
Preparatni uzoq muddat qabul qilishda organizmga fosforni yetarli miqdorda tushishni ta‘minlash kerak, chunki alyuminiy gidrooksidi fosfatlar bilan bog‘lanadi va ularning me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini kamaytiradi. Bundan tashqari, kalsiyning siydik bilan chiqarilishi oshadi, bu kalsiy-fosfat muvozanatini buzilishi va osteomalyasiya rivojlanishi uchun sharoit yaratilishi mumkin (belgilari – holsizlik va suyaklardagi og‘riqlarga shikoyatlar).
Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanilishi: Almagel homilador ayollarga preparatda etil spirti saqlanishi (bir dozada 0,113 g) tufayli, zarar keltirishi mumkin.
Almagelni homilador va emizikli ayollarda nazoratli klinik tekshirishlarini yo‘qligi tufayli, faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qabul qilish kerak.
Avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanish qobiliyatiga ta‘siri: Avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanish qobiliyatiga salbiy ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Almagelning qisman so‘rilishga qaramay, yuqori dozalarini davomli qo‘llash gipermagnemiyaning rivojlanishga olib kelishi mumkin (magniyning qondagi darajasini oshishi), bu tez toliqish, yuzni qizarishi, ozib ketish, mushakni zaifligi va hulqni noadekvatligi bilan xarakterlanadi.
Shuningdek metabolik alkalozning belgilari: kayfiyatni yoki aqliy faollikni o‘zgarishi, mushaklarning uvishishi yoki og‘riq, asabiylik va tez toliqish, nafasni sekinlashishi, noxush ta‘mni his qilish kuzatilishi mumkin. Dorini tez chiqarish bo‘yicha choralarni darhol ko‘rish kerak – me‘dani yuvish, qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash kerak.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun suspenziya 50 ml, 100 ml, 170 ml, 200 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari