Aloe keyrning aptekalardagi narxlari
ALOE KEYR kapsulalar N30
|
|
81 ta dorixonada bor
|
47 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
47 400 so'mdan
Bron qilish
|
Aloe keyr ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ALOE KEYR
ALOE KARE
Preparatning savdo nomi: Aloe Keyr
Dori shakli: kapsulalar
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 273 mg qizil atirgul (Rosa Damascena); 27 mg Barbados aloyi ekstrakti (Aloe barbedensis).
Ta‘rifi: oq rangli korpusli va yashil rangli qopqoqchali, och-jigarrang rangli kukun saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: adaptogen va umumiy rag‘batlantiruvchi vositalar.
ATX kodi: A13A
Farmakologik xususiyatlari
Aloe Keyr tabiiy detoksikasiya qiluvchi vosita bo‘lib hisoblanadi, safro ajralishini, ovqat hazm qilish bezlari sekresiyasini kuchaytiradi, antasid vosita bo‘lib hisoblanadi, surgi va bakterisid ta‘sirlarga ega, jigar va taloq faoliyatini yaxshilaydi, teri allergiyasi simptomlarini yengillashtiradi, organizmda siydik kislotasi darajasini oshishi chaqirgan og‘riqlarni kamaytiradi.
Aloe Keyr preparatining tarkibiga kiruvchi barbados aloyi va qizil atirgul uning asosiy farmakologik xususiyatlarini belgilaydi:
Barbados aloyi ekstrakti (Aloe barbedensis) – ko‘pgina hayot uchun muhim biologik faol moddalar saqlaydi: vitaminlar, minerallar, enzimlar va aminokislotalar, ular birgalikda ta‘sir ko‘rsatadi, antioksidant, antibakterial, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga, me‘da-ichak yo‘llari devoriga tinchlantiruvchi ta‘sirga ega, antasid xususiyatlarga ega, tabbiy adeptogen bo‘lib hisoblanadi, to‘qimalar trofikasi va regenerasiyasini yaxshilaydi, epitelizasiyani tezlashtiradi, organizmdan toksinlarni chiqarilishiga yordam berib, tabiiy detoksikant sifatida ta‘sir ko‘rsatadi.
Qizil atirgul (Rosa Damascena) – yallig‘lanishga qarshi va antiseptik, spazmolitik, yengil safro haydovchi xususiyatlarga ega.
Qo‘llanilishi
- Ekzogen va endogen intoksikasiyalar.
- Jigar va taloq faoliyatini buzilishi.
- Me‘da-ichak yo‘llarining surunkali kasalliklari (me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, enterokolitlar, surunkali kolit, qabziyat, shu jumladan spastik va atonik).
- Terining surunkali yallig‘lanishli va infeksion kasalliklari: husnbuzar toshma, spreptodermiya, neyrodermit, allergik dermatit.
- Organizmda siydik kislotasi darajasini oshishi chaqirgan og‘riq.
- Majmuaviy davolashda umumiy quvvatlantiruvchi va immunitetni rag‘batlantiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
1-2 kapsuladan kuniga ikki marta ovqatdan oldin yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kuchsiz surgi samaraga ega bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik kuzatilishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Kuzatilmagan.
Maxsus kщrsatmalar
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktasiya davrida preparatning xavfsizligi aniqlanmagan.
Mexanizmlarni va avtotransport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
10 kapsulalar alyumin blisterga qadoqlangan. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari