Aminoplazmal Gepa ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMINOPLAZMAL GEPA
AMINOPLASMAL HEPA
Preparatning savdo nomi: Aminoplazmal Gepa
Dori shakli: infuziya uchun eritma
Tarkibi:
1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
Ta‘sir etuvchi moddalar:
Izoleysin 8,800 g
Leysin 13,600 g
Lizin monoasetati 10,600 g
(lizinga muvofiq keladi) 7,510 g
Metionin 1,200 g
Fenilalanin 1,600 g
Treonin 4,600 g
Triptofan 1,500 g
Valin 10,600 g
Arginin 8,800 g
Gistidin 4,700 g
Alanin 8,300 g
Glisin 6,300 g
Asparagin monogidrati 0,550 g
(asparaginga muvofiq keladi) 0,480 g
Asparagin kislotasi 2,500 g
Glutamin kislotasi 5,700 g
Ornitin gidroxloridi 1,660 g
(ornitinga muvofiq keladi) 1,300 g
Prolin 7,100 g
Serin 3,700 g
Asetiltirozin 0,860 g
(tirozinga muvofiq keladi) 0,700 g
Asetilsistein 0,800 g
(sisteinga muvofiq keladi) 0,590 g
Yordamchi moddalar:
Natriy gidroksidi 0 dan 2,0 mmol gacha
yoki xlorid kislotasi 0 dan 2,0 mmol gacha
Dinatriy edetat digidrati 0,050 g
In‘eksiya uchun suv 1000 ml gacha
Elektrolitlar konsentrasiyasi:
Xloridlar 10 mmol/l
Asetatlar 51 mmol/l
Fizik-kimyoviy xarakteristikasi:
Nazariy osmolyarligi 875 mOsm/l
pH 5,5 dan 6,5 gacha
Aminokislotalar miqdori 100 g/l
Umumiy azot 15,3 g/l
Kaloriyasi 1675 kDj/l (400 kkal/l)
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli eritma
Farmakoterapevtik guruhi: parenteral oziqlantirish uchun vosita – aminokislotalar
ATX kodi: B05BA01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Aminoplazmal Gepa chapga aylanuvchi izomerlar ko‘rinishida 20 aminokislota saqlaydi.
Bu eritmaning tarkibi tuzilishi bo‘yicha aromatik aminokislotalarga o‘xshagan tarmoqlangan aminokislotalarning nisbatan yuqori miqdori bilan xarakterlanadi va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda kechuvchi aminokislotalar va oqsil metabolizmiga moslashtirilgan.
O‘tkir va surunkali jigar yetishmovchiligida tarmoqlangan aminokislotalar – valin, leysin, izoleysinning past darajasi va aromatik aminokislotalar – fenilalanin, tirozinning yuqori darajasi bilan xarakterlanuvchi aminokislotalarning plazmadagi disbalansi kuzatiladi.
Tarmoqlangan aminokislotalarning plazmadagi darajasini pasayishi bu aminokislotalarning mushaklardagi katabolizmini oshishi bilan bog‘liqdir.
Aromatik aminokislotalarning konsentrasiyasini oshishi, ularni oksidlovchi fermentlarni faqat jigarda mavjudligi, jigar yetishmovchiligi oqibatidagi susaygan jigar metabolizimi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, o‘tkir va surunkali jigar yetishmovchiligida mushaklarda oqsillarni parchalanishi oshadi, bu aromatik aminokislotalarni plazmaga qo‘shimcha ravishda ajralib chiqishiga olib keladi.
Aminoplazmal Gepa preparatini buyurilishi aminokislotalarning katabolik utilizasiyasini kamaytirishga va plazmada aminokislotalar gomeostazini bir maromda tutib turishga qaratilgan.
Aminoplazmal Gepa, tarkibiga kiruvchi oqsil sintezi uchun zarur bo‘lgan barcha aminokislotalarni (shu jumladan shartli almashtirib bo‘ladigan va almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni) yuborilishi yuqori oziqlanish samaradorligini ta‘minlaydi va oqsil sintezida organizmga bo‘lgan yuklamani kamaytiradi.
Shunday qilib, Aminoplazmal Gepa preparatining asosiy terapevtik ta‘siri jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni parenteral oziqlantirishda organizmni oqsil sintezi uchun substrat bilan ta‘minlashdan iboratdir. Bunda kasallikning serebral ko‘rinishlari, ya‘ni jigar ensefalopatiyasi, jigar prekomasi yoki komasi susayadi, oqsillarni o‘zlashtira olinishi va ularning biosintezi ancha yaxshilanadi.
Aminoplazmal Gepa preparati infuziya qilinganda quyidagi natijalarga erishiladi: tarmoqlangan zanjirli aminokislotalarning darajasi normallashadi, aromatik aminokislotalarning darajasi normallashadi, Fisher koeffisienti normallashadi, jigar ensefalopatiyasi simptomlarining yaqqolligi kamayadi; qonda ammiakning konsentrasiyasi pasayadi.
Farmakokinetikasi
Tashqaridan tushgan oqsillardan hosil bo‘luvchi aminokislotalar va parenteral yuborilgan eritmalarning tarkibidagi aminokislotalar, organizmda bir xil biokimyoviy jarayonlarga uchraydi.
Vena ichiga yuboriladigan aminokislotalar endogen erkin aminokislotalarning tomir ichidagi va xujayra ichidagi depolariga kiradi. Tarmoqlangan aminokislotalarni amin guruhini yo‘qotishi natijasida hosil bo‘luvchi aminoguruhlar glutamat bilan bog‘lanib, glutaminni hosil qiladi, u keyinchalik utilizasiya uchun qon oqimi bilan ichak va mushaklarga o‘tkaziladi.
Vena ichiga yuborilgan aminokislotalarning biokiraolishligi – 100% ni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
O‘tkir va surunkali jigar kasalliklarida yuz beruvchi aminokislotalar muvozanatini buzilishda parenteral oziqlantirish uchun, shuningdek jigar ensefalopatiyasini oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Aminoplazmal Gepa markaziy vena kateteri orqali vena ichiga yuboriladi.
Preparatni qo‘llash usuli:
Preparat bir marta qo‘llash uchun ishlatishga mo‘ljallangan butilkalarda keltiriladi. Preparatning har qanday ishlatilmay qolgan hajmini saqlab bo‘lmaydi va tashlab yuborilishi lozim.
Agar eritma tiniq bo‘lmasa yoki butilkada yaqqol shikastlanish belgilari bo‘lsa yoki germetikligi buzilgan bo‘lsa, preparatni ishlatish mumkin emas.
Tavsiya etilgan dozalar
Agar shifokor tomonidan o‘zgacha tayinlanmagan bo‘lsa, unda pasientning shaxsiy ehtiyojlarini hisoga olib, quyidagi dozalar tavsiya qilinadi:
Kattalarga:
Standart doza:
Sutkada tana vazniga 7-10 ml/kg, bu sutkada 1 kg tana vazniga 0,7-1 g aminokislota to‘g‘ri keladi.
Maksimal doza:
Sutkada tana vazniga 15 ml/kg, bu sutkada 1 kg tana vazniga 1,5 g aminokislota to‘g‘ri keladi.
Bolalarga 2 yoshdan boshlab:
Standart doza:
Sutkada tana vazniga 7-10 ml/kg, bu sutkada 1 kg tana vazniga 0,7-1 g aminokislota to‘g‘ri keladi.
Aminoplazmal Gepa preparatini bolalarda qo‘llanganda pasientning yoshi, nutrision holati va pasientning asosiy kasalligini ayniqsa sinchkov hisobga olish lozim.
To‘liq parenteral oziqlantirish o‘tkazilayotgan hollarda shuningdek uglevodlar, almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalari, vitaminlar va mikroelementlarni yuborish lozim.
Infuziyaning tezligi:
Jigar komasini davolash
Jigar ensefalopatiyasi bo‘lgan pasientlar uchun davolashni boshida Aminoplazmal Gepani, samaraga erishilmaguncha yuqori tezlikda yuborish tavsiya qilinadi. Masalan,
70 kg tana vazniga ega pasient uchun:
infuziyaning birinchi ikki soati davomida:
minutiga 50 tomchi, bu taxminan soatiga 150 ml (soatiga tana vazniga 2 ml/kg) ga to‘g‘ri keladi.
infuziyaning 3- chi soatidan 4-chi soatigacha:
minutiga 25 tomchi, bu taxminan soatiga 75 ml (soatiga tana vazniga 1 ml/kg) ga to‘g‘ri keladi.
infuziyaning 5-chi soatidan boshlab:
minutiga 15 tomchi, bu taxminan soatiga 45 ml (soatiga tana vazniga 0,6 ml/kg) ga to‘g‘ri keladi.
Erishilgan samarani ushlab turuvchi terapiya/parenteral oziqlantirish:
minutiga 15-25 tomchi, bu taxminan soatiga 45-75 ml (soatiga tana vazniga 0,6-1 ml/kg) ga to‘g‘ri keladi.
Qo‘llash davomiyligi:
Aminoplazmal Gepa preparatini jigar ensefalopatiyasini rivojlanish xavfi yo‘qolmaguniga qadar qo‘llash kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ko‘rsatilgan ehtiyotkorlik choralariga, yuborish tezligi va dozasi yuzasidan tavsiyalarga rioya qilinganda nojo‘ya ta‘sirlari kuzatilmaydi, ammo allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Jigarga bog‘liq bo‘lmagan etiologiyali aminokislotalar almashinuvini buzilishi;
- Qon aylanishining og‘ir buzilishlari (shok);
- O‘pka shishi;
- Yaqqol asidoz;
- Gipergidratasiya;
- Yaqqol gipokaliemiya;
- Yaqqol giponatriemiya;
- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- Homiladorlik;
- Laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Aminokislotalar tarkibining o‘ziga xosligi tufayli, Aminoplazmal Gepa preparatini faqat yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatmalarga muvofiq qo‘llash lozim. Aminoplazmal Gepa preparatini boshqa hollarda qo‘llanganda aminokislotalar almashinuvini buzilishi yuz berishi mumkin.
Ehtiyotkorlik bilan
Plazmaning yuqori osmolyarligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri noma‘lum.
Bakterial kontaminasiya va fizik-kimyoviy nomutanosiblik xavfi tufayli, biron-bir boshqa preparatlarni Aminoplazmal Gepaga yuborish tavsiya qilinmaydi, ularni uglevodlar yoki elektrolitlarning standart eritmalariga qo‘shgan afzal. Biroq, Aminoplazmal Gepa preparatini parenteral oziqlantirish uchun yuboriladigan boshqa eritmalar bilan, ularning mutanosibligi tekshirilgandan keyin aralashtirish mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Periferik venalarga yuborilmasin.
Pasientda bir vaqtning o‘zida buyrak yetishmovchiligi xam bo‘lsa, aminokislotalarning dozasini zardobdagi mochevina va kreatinin darajasiga qarab muvofiqlashtirish kerak. Aminokislotalarning eritmalari bilan davolash jigar ensefalopatiyasini davolash uchun belgilangan boshqa terapevtik choralarning o‘rnini qoplamaydi.
Aminokislotali tarkibni yuborish bilan bir vaqtda boshqa nutrientlarni xam yuborish kerak. Aminoplazmal Gepa preparati yuborilganda yondosh ravishda uglevodlarning adekvat miqdori yuborilishi kerak.
Elektrolitlar ehtiyojga muvofiq ishlatilishi lozim.
Davolash davrida suv-elektrolit muvozanatini, plazmaning osmolyarligini, qonda glyukozaning konsentrasiyasini va jigar faoliyatini nazorat qilish lozim. Nazorat qilish soni va usuli kasallikni kechishini o‘tkirligi va pasientning holatini og‘irlik darajasiga bog‘liq.
Bir butilkadagi vositani yuborish davomiyligi 24 soatdan oshmasligi kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi yoki preparatning infuziyasini tavsiya etilgan tezligini oshirilishi et uvishishi, ko‘ngil aynishi, qusish va aminokislotalarni buyrak tomonidan chiqarilishini oshishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda preparatni yuborish to‘xtatilishi va keyinroq infuziyani pastroq tezlikda qaytadan boshlash lozim.
Chiqarilish shakli:
10% li infuziya uchun eritma. 500 ml dan. Yevropa Farmakopeyasining infuzion eritmalar, qizil-g‘isht rangli qopqoqlar va kulrang plastmass tiqinlarga bo‘lgan talablariga muvofiq g‘isht rangidagi rezina tiqin bilan berkitilgan 2 sinf gidrolitik shisha butilkalarda.
10 butilkadan muvofiq miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan birga karton qutida (stasionarlar uchun).
Saqlash sharoitlari
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda va yorug‘likdan himoya qilingan joyda saqlansin. Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Stasionarlarda ishlatish uchun.
Chiqarish shakllari