AMINOSELMENning aptekalardagi narxlari
AMINOSELMEN eritma 250ml N1
|
|
1 ta dorixonada bor
|
70 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
AMINOSELMEN ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMINOSELMEN
AMINOSELMEN
Preparatning savdo nomi: Aminoselmen
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:
1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
L-prolin – 1 g
L-serin – 1 g
L-alanin – 2 g
L-izoleysin – 3,52 g
L-leysin – 4,9 g
asparagin kislotasi – 2,5 g
tirocin – 0,25 g
L-glyutamin kislotasi – 0,75 g
L-fenilalanin – 5,33 g
L-arginin gidroxlorid – 5 g
L-lisinmonogidroxloridi – 4,3 g
L-gistidin gidroxloridi – 2,5 g
L-valin – 3,6 g
L-treonin – 2,5 g
L-triptofan – 0,9 g
L-metionin – 2,25 g
L-sistein – 0,1 g
Glisin – 7,6 g
corbitol – 50 g
natriy gidrosulfiti – 0,5 g
yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki deyarli rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Plazma o‘rnini bosuvchi va perfuzion eritmalar. Parenteral oziqlantirish uchun preparatlar.
ATX kodi: B05BA10
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Parenteral ozuqlantirish uchun eritma. Tarkibiga organizm uchun barcha zarur bo‘lgan almashinmaydigan, shartli almashinadigan (L-arginin va L-gistidin) va almashinadigan aminokislotalar organizmda oqsilni to‘laqonli sintezi imkoniyatini ta‘minlovchi nisbatda kiradi. Preparatda saqlanuvchi aminokislotalar asosan L- shaklda bo‘ladi, bu ularni oqsil biosintezida bevosita ishtirokini ta‘minlaydi. Sorbitol energiya manbai sifatida xizmat qiladi va organizmda insulin ishtirokisiz metabolizmga uchraydi. Preparatning tarkibiga kiruvchi elektrolitlar miqdori organizmning me‘yordagi talabini qoplaydi. Almashinadigan va hamma almashinmaydigan aminokislotalarning optimal nisbati yallig‘lanish jarayonlarini susaytirish uchun yaxshi sharoitlarni, zararlangan to‘qimalarni reperativ regenerasiyasini, hayotiy muhim tizimlarning funksional holatini yaxshilashni, shuningdek azotemiya va uremiyani oldini olishni ta‘minlaydi. Oqsil yetishmovchiligi va katabolizm bilan kuzatiladigan holatlarda aminokislotalar eritmasini parenteral qo‘llash qonning normal oqsilli tarkibini tiklanishiga olib keladi. Aminoselmen gomeostazni saqlab turadi va organizmda hattoki metabolik zo‘riqish holatida ham aminokislotalar muvozanatini buzmaydi. Preparat klinik jihatdan yaxshi o‘zlashtiriladi.
Farmakokinetikasi
Aminoselmen preparatining biokiraolishligi 100% ni tashkil etadi.
Plazmadagi erkin aminokislotalarning konsentrasiyasi sezilarli o‘zgarishlarga uchraydi, bu ham alohida aminokislotalarga, ham ularning umumiy konsentrasiyasiga taalluqlidir.
Preparat yuborilgandan so‘ng aminokislotalar darhol oqsillar sintezi jarayoniga va organizmning metabolik jarayonlarga kirishadi. Aminokislotalarning protein yoki boshqa biomolekulalar sintezida ishtirok etmaydigan ortiqcha miqdori to‘planmaydi (yog‘ kislotalari va glyukozadan farqli ravishda), balki α-aminoguruhni dezaminlanishi yo‘li bilan parchalanadi, keyin metabolizmga uchraydi va mochevina hosil qiladi. Oxirgisi buyrak orqali chiqariladi. Aminokislotalarning ozgina qismi (5%) o‘zgarmagan holda chiqariladi. Sorbitol insulinga bog‘liq bo‘lmagan uglevod manbaidir. Natriy asetati, kaliy asetati, magniy asetati va natriy gidrofosfati, eritmada kationlar va anionlarga dissosiasiya qilib, gemostazni saqlab turish uchun element hisoblanib, eritmaning giperosmolyarliligini ta‘minlaydi.
Qo‘llanilishi
- To‘liq yoki qisman parenteral oziqlantirish;
- enteral oziqlantirishning imkoni bo‘lmaganda suyuqlik va elektrolitlar yo‘qotilganda, oqsillarni to‘ldirish uchun;
- turli genezli oqsil tanqisligi holatlarini (kuyishlar, operasiyalar, qon yo‘qotishda) davolash va oldini olish;
- gastrointestinal kasalliklarning og‘ir holatlari (ichak tutilishi, peritonit, malabsorbsiya sindromi, ichak oqma yaralari, ingichka ichakning yallig‘lanish kasalliklari, pankreatit);
- parenteral oziqlantirishni talab qiluvchi boshqa holatlarda (xavfli o‘smalar, jarrohlik aralashuvlaridan oldingi va keyingi holatlarda) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat vena ichiga tomchilab, bemor holatini sinchiklab nazorat qilib turgan holatda, asta-sekin yuboriladi. Aminoselmen preparatining dozasi pasientning yoshi, tana vazni va bemor holatining og‘irligiga qarab, har bir pasient uchun shaxsiy ravishda tanlanadi.
Aminoselmen kattalarga quyidagi hisobdan kelib chiqib buyuriladi: soatiga 100-150 mg aminokislotalar/kg bemor tana vazni hisobida buyuriladi, bu sutkada 20-30 ml/kg ga to‘g‘ri keladi. Yuborish tezligi: minutiga 60 tomchi, bu soatiga 180 ml ga to‘g‘ri keladi. Maksimal sutkalik doza: 2 g aminokislotalar/kg (bu sutkada 40 ml/kg ga to‘g‘ri keladi).
Jigar va buyrak yetishmovchiligida dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etiladi: oqsillarga talab sutkada 0,8-1,1g/kg (sutkada 16-22 ml/kg) ni tashkil etadi.
Qo‘llash davomiyligi: enteral yoki peroral ozuqlantirishga to‘liq o‘tguncha davom etadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Yuz berishi mumkin bo‘lgan ta‘sirlar
- qon quyilishlari, igna kiritilayotganda venani shikastlanishi oqibatida yuzaga kelgan bakterial yoki zamburug‘li tramboflebitlar;
- eshakemi, anafilaktik reaksiyalar.
Kam hollarda
- kuchli terlash, ko‘ngil aynishi, qusish, et uvishishi (ayniqsa preparatni yuqori tezlikda yuborilganda);
- folatlar tanqisligi (folat kislotasini har kuni qabul qilish zarur);
- jigar fermentlari faolligini oshishi;
- giperbilirubinemiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Gemodinamikani hayot uchun xavfli bo‘lgan noturg‘unligi (shok);
- gipoksiya;
- dekompensasiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi;
- og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligi;
- aminokislotalar almashinuvini buzilishi;
- gipergidratasiya;
- giperkaliemiya;
- gipernatriemiya;
- metabolik asidoz;
- homiladorlik va laktasiya davri;
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalari bilan nomutanosib (boshqa dori vositalari bilan nazoratsiz aralashtirish mumkin emas).
Argininni tiazidli diuretiklar va aminofillin bilan bir vaqtda yuborish qonda insulin miqdorini oshiradi.
Argininni spironolakton bilan bir vaqtda qo‘llanganda og‘ir giperkaliemiya rivojlanishi mumkin.
Estrogenlar va peroral kontraseptivlar Aminoselmen bilan bir vaqtda qo‘llanganda arginin bilan chaqirilgan o‘sish gormoni darajasi oshishini kuchaytiradi, va argininga bo‘lgan glyukagonli va insulinli javobni pasaytiradi. Insulin arginin chaqirishi mumkin bo‘lgan giperkaliemiyaga qarshilik qiladi.
Preparatni yuborishda arginin natriy tiopental bilan nomutanosib ekanligini hisobga olish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
Zardob osmolyarligi yuqori bo‘lganda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. In‘eksiyani asta-sekinlik bilan yuborish lozim, chunki aminokislotalarni tez yuborish ularni organizmdan o‘zgarmagan holda tez chiqib ketishiga olib keladi va ularni qo‘llanishi natijasidagi samara yo‘qoladi.
Qondagi suv-elektrolit muvozanatini, glyukozaning qondagi miqdorini, kislota-ishqoriy tarkibni va jigar va buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak.
To‘liq parenteral oziqlantirish uchun bir vaqtda vitaminlar va mikroelementlar qo‘shish zarur.
Preparatni aminokislotalarning katta miqdorini yuborilishi jigar ensefalopatiyasi rivojlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan pasientlarda; sepsisda; etiologiyasi noaniq bo‘lgan gipertermiyada; suyuqlikni qabul qilish cheklangan pasientlarda, jumladan arterial gipertenziyada; natriy tiopental, spironolakton, tiazidli diuretiklar, aminofillin bilan bir vaqtda qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Aminokislotalarni saqlovchi eritmalarni mikrobli ifloslanish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.
Transport vositalari va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir etish xususiyati
Preparat faqat stasionar sharoitlarda qo‘llaniladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: preparatni katta dozalarda buyurish yoki juda tez yuborish asidoz, jigar va buyrak faoliyatini buzilishi, yurakning chap qorinchasini o‘tkir yetishmovchiligi, o‘pka shishi, giperammoniemiya, giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin.
Davolash: preparatni yuborishni to‘xtatish lozim. Simptomatik davolash. Maxsus antidot yo‘q. Giperkaliemiyani bartaraf etish uchun 10% li glyukoza eritmasining 200-500 ml har 3-5 g glyukozaga 1-3 TB insulin qo‘shib yuboriladi. Hayot uchun xavfli bo‘lgan holatlarda dializ o‘tkazilishi lozim.
Chiqarilish shakli
Preparat 250 ml va 500 ml dan shisha flakonlarda chiqariladi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Faqat zararlanmagan flakonlardagi tiniq eritmalar qo‘llanilsin.
Flakon ochilgandan so‘ng preparat darhol qo‘llanilsin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari