Amiroks ko'rsatmalar
- Dori shakli
- Farmakokinetikasi
- Maxsus shartlar
- Umumiy ma'lumot
- Tarkibi
- Dozirovkasi
- Nojo'ya samaralari
- Dori vositalarining o'zaro ta'siri
- Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
- Farmakodinamikasi
- Sotish shartlari
- Maxsus saqlash sharoitlari
- Ta'rifi
- Dozani oshirib yuborilishi
Dori shakli
In'ektsion eritmani tayyorlash uchun kukun.
Farmakokinetikasi
Quyida sog‘lom ko‘ngillilarga amoksitsillin va klavulon kislotasining 30 daqiqa davomida 500 mg + 100 mg (0,6 g) yoki 1000 mg + 200 mg (1,2 g) dozasini tomir ichiga bolyus yuborishdagi farmakokinetikani o‘rganish natijalari keltirilgan. Farmakokinetik ko‘rsatkichlarning o‘rtacha qiymati O‘rtacha (± SD) farmakokinetik ko‘rsatkichlar Ta’sir etuvchi modda Bir martalik doza (mg) Smax (mkg/ml) T½ (s) AUC (s*mg/l) Siydik bilan chiqarilishi, % 0-6 soat Amoksitsillin 500 32,2 1,07 25,5 66,5 1000 105,4 0,9 76,3 77,4 Klavulan kislotasi 100 10,5 1,12 9,2 46,0 200 28,5 0,9 27,9 63,8 Cmax -qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi; AUC -" kontsentratsiya-vaqt»egriligi ostidagi maydon; T½ -yarim chiqarilish davri. Taqsimlanish. Amoksitsillinning klavulan kislotasi bilan kombinatsiyasini vena ichiga yuborilganda, amoksitsillin va klavulan kislotasining terapevtik kontsentratsiyasi turli to‘qimalarda va interstitsial suyuqlikda (o‘t pufagi, qorin bo‘shlig‘i to‘qimalari, teri, yog‘ va mushak to‘qimalarida, sinovial va peritoneal suyuqliklarda, safro, yiringli ajralmalarda) topiladi. Amoksitsillin faqat oz miqdorda orqa miya suyuqligiga kiradi. Amoksitsillin, ko‘pchilik penitsillinlar kabi, ona sutiga o‘tadi. Ona sutida klavulan kislotasining oz miqdori ham aniqlanishi mumkin. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardalarida diareya yoki kandidoz rivojlanish ehtimoli bundan mustasno, amoksitsillin va klavulon kislotasining ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlarning sog‘lig‘iga xech qanday boshqa salbiy ta'siri ma'lum emas. Hayvonlarda reproduktiv funktsiyani o‘rganish amoksitsillin va klavulan kislotasining platsentar to‘siq orqali kirib borishini ko‘rsatdi. Biroq, xomilaga salbiy ta'siri aniqlanmagan. Chiqarilishi Amoksitsillin/klavulan kislotasining kombinatsiyasi sog‘lom odamlarda o‘rtacha yarim chiqarilish davri taxminan bir soat va o‘rtacha umumiy klirens taxminan 25 l/s bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Amoksitsillinning taxminan 60-70% va klavulan kislotasining taxminan 40-65% 500/100 mg yoki 1000/200 mg bir martalik dozalarini vena ichiga bolyus yuborgandan keyin birinchi 6 soat ichida siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqadi. Turli tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, 24-soat davomida siydik chiqarish darajasi amoksitsillin uchun 50-85% va klavulan kislotasi uchun 27-60%ni tashkil qiladi. Klavulan kislotasining maksimal hajmi preparatni qo‘llashdan keyin dastlabki ikki soat ichida chiqariladi. Yosh Uch oydan ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarda amoksitsillinning yarim chiqarilish davri, katta yoshdagi bolalar va kattalar bilan o‘xshash. Hayotning birinchi haftasida juda kichik bolalarda (erta tug‘ilgan chaqaloqlarni ham o‘z ichiga oladi), buyrakning chiqarish yo‘lining yetilmagani tufayli preparat kuniga ikki martadan ortiq qo‘llanilmasligi kerak. Keksa odamlarda buyrak funktsiyasining mumkin bo‘lgan pasayishi tufayli dozani ehtiyotkorlik bilan tanlanadi va agar kerak bo‘lsa, buyraklar faoliyati muntazam tekshiriladi. Buyrak funktsiyasi buzilishi bo‘lgan patsiyentlar. Amoksitsillin va klavulan kislotasining umumiy plazma klirensi buyrak funktsiyasining pasayishiga mutanosib ravishda kamayadi. Amoksitsillin klirensining klavulan kislotasiga nisbatan kamayishi ko‘proq namoyon bo‘lgan, chunki amoksitsillinning yuqoriroq miqdori buyraklar tomonidan chiqariladi. Shunday qilib, buyrak yetishmovchiligida ishlatiladigan dozalar yetarli darajada klavulan kislotasini saqlab turishda amoksitsillinning ortiqcha to‘planishiga to‘sqinlik qilishi kerak(«Qo‘llash usuli va dozalari» qarang). Jigar funktsiyasi buzilishi bo‘lgan patsiyentlar Jigar funktsiyasi buzilgan patsiyentlarda preparat ehtiyotkorlik bilan ishlatiladi, jigar funktsiyasini doimiy nazorat qilish kerak. Ikkala komponent ham gemodializ va kichik miqdorlar - peritoneal dializ bilan chiqariladi.
Maxsus shartlar
Terapiya boshlanishidan oldin penitsillin, sefalosporinlar yoki boshqa beta-laktam preparatlariga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari uchun anamnezni diqqat bilan yig‘iladi. Penitsillin bilan davolash paytida jiddiy va davriy o‘limga olib keladigan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (anafilaktoid reaktsiyalar) kuzatildi. Ular asosan penitsillinlarga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari va anamnezida atopiya bo‘lgan bemorlarda rivojlanishi mumkin. Allergik reaktsiyalar yuzaga kelganda, Amiroks terapiyasi to‘xtatiladi va boshqa tegishli antibakterial preparatlar buyuriladi. Infektsiya qo‘zg‘atuvchilarning amoksitsillinga isbotlangan sezuvchanligi holatlarida, Amiroksdan amoksitsillinga o‘tish variantini rasmiy qo‘llanmalarga muvofiq ko‘rib chiqish kerak. Buyrak funktsiyasi buzilgan yoki yuqori dozali terapiya olgan patsiyentlarda talvasalar rivojlanishi mumkin. Yuqumli mononukleozga gumon qilingan holatda Amiroks bilan davolashdan qochish kerak, chunki bu kasallikning fonida amoksitsillindan foydalangandan so‘ng qizamiqsimon toshmalar kuzatilgan. Amoksitsillin bilan davolanish vaqtida allopurinoldan birgalikda foydalanish teri allergik reaktsiyalarining rivojlanish ehtimolini oshiradi. Preparatni uzoq muddat ishlatish chidamsiz mikroorganizmlarning ortiqcha ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Terapiya boshlanishida isitma va pustula shakllanishi bilan kechuvchi tarqoq eritemaning rivojlanishi o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustulezning (O‘TEP) mumkin bo‘lgan simptomidir ("Nojo‘ya ta'sirlar"ga qarang). Bunday reaktsiya Amiroks bilan davolashni to‘xtatishni talab qiladi va amoksitsillinning keyingi yuborilishiga qarshi ko‘rsatma hisoblanadi. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarni davolash ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi. Jigar tomonidan nojo‘ya taьsirlar asosan erkaklar va keksa patsiyentlarda kuzatilgan va uzoq muddatli davolanish bilan bog‘liq. Bu nojo‘ya taьsirlar juda kam hollarda bolalarda kuzatilgan. Patsiyentlarning barcha guruhlarida belgilar va simptomlar odatda davolanishdan keyin yoki davolanish paytida rivojlanadi, ammo ba'zi hollarda ular davolanishni to‘xtatgandan bir necha hafta o‘tgach paydo bo‘ladi. Odatda ular qaytar xarakterga ega. Jigar tomonidan o‘ta xavfli taьsirlar rivojlanishi mumkin, juda kamdan-kam hollarda o‘lim bilan tugaydi. Ular deyarli har doim jiddiy asosiy kasalliklarga chalingan yoki jigarni yemiradigan dori-darmonlarni qabul qilgan patsiyentlarda kuzatilgan ("Nojo‘ya taьsirlar"ga qarang). Deyarli barcha antibakterial preparatlar shu jumladan, amoksitsillin bilan davolash paytida kuzatilgan antibiotiklar bilan bog‘liq kolit hollari og‘irligi bo‘yicha yengildan hayotga xavf soladigan darajagacha o‘zgarishi mumkin ("Nojo‘ya taьsirlar"ga qarang). Ushbu tashxisni har qanday antibiotiklar bilan davolash kursi paytida yoki undan keyin diareya bilan og‘rigan patsiyentlarda taxmin qilish muhimdir. Antibiotik bilan bog‘liq kolit rivojlanishida Amiroks bilan davolash darhol to‘xtatiladi, shifokorga murojaat qilinadi va tegishli davo amalga oshiriladi. Bunday holatda peristaltikani kamaytiruvchi dori vositalarni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Uzoq muddatli davolanish vaqtida turli aьzolarning jumladan, buyraklar, jigar va qon hosil qilish aьzolari funktsiyasini muntazam baholash tavsiya etiladi. Kamdan kam hollarda preparatni qabul qilish fonida protrombin vaqtini uzaytirish qayd etildi. Antikoagulyantlarni bir vaqtning o‘zida qabul qilishda koagulyatsion ko‘rsatkichlarni to‘g‘ri nazorat qilish talab etiladi. Kerakli antikoagulyatsiya darajasiga erishish uchun og‘iz antikoagulyantlarining dozasini to‘g‘irlash talab qilinishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda yetishmovchilik darajasiga qarab dozani o‘zgartirish kerak («Qo‘llash usuli va dozalar»qarang). Kamdan kam hollarda diurez kamaygan patsiyentlarda asosan parenteral terapiya fonida kristalluriya kuzatildi. Amoksitsillin bilan yuqori dozada davolanish vaqtida amoksitsillin bilan bog‘liq kristalluriya ehtimolini kamaytirish uchun yetarli miqdorda suyuqlik iste'moli tavsiya etiladi. Siydik pufagiga kateter o‘rnatilgan patsiyentlarda uning o‘tkazuvchanligini muntazam ravishda nazorat qilish kerak. Glyukozuriyani davolashda glyukoza darajasini baholash glyukozaoksidaz fermentativ usullar yordamida amalga oshiriladi, chunki fermentativ bo‘lmagan usullar ba'zan noto‘g‘ri ijobiy natijalar beradi. Amiroksda klavulan kislotasining mavjudligi eritrotsitlar membranasida IgG va albuminning nospetsifik bog‘lanishiga olib kelishi mumkin, bu esa Kumbs sinamasining noto‘g‘ri ijobiy natijalariga olib kelishi mumkin. Preparatdan foydalangan, keyinchalik Aspergillus infektsiyasini chaqiruvchisi aniqlanmagan patsiyentlarda Aspergillus uchun immunoferment tahlilining (IFT) ijobiy natijalari kuzatilgan. Aspergillus bo‘yicha IFT testi doirasida noaspergillezli polisakkaridlar va polifuranozlar bilan o‘zaro reaktsiyalar qayd etildi. Amiroksni qabul qilgan patsiyentlarda testlarning ijobiy natijalari ehtiyotkorlik bilan talqin qilinishi va boshqa diagnostika usullari bilan tasdiqlanishi kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash bo‘yicha cheklangan ma'lumotlar tug‘ma anomaliyalar xavfini oshishini ko‘rsatmaydi. Xomila qavatining vaqtidan oldin erta yorilishi bo‘lgan ayollarda amoksitsillin/klavulan kislotasi bilan profilaktik davolanishning,nekrotik enterokolit xavfi yuqori bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bilan potentsial aloqasi aniqlandi. Agar shifokor davolanishni zarur deb hisoblamasa, preparatni homiladorlik davrida qo‘llashdan qochish kerak. Har ikkala faol moddalar ham ona sutiga chiqariladi(klavulan kislotasining emizikli bolalarga ta'siri haqida ma'lumot yo‘q). Emizikli bolalarda diareya va shilliq qavatning zamburug‘li infektsiyalari rivojlanishi mumkin, bu emizishni to‘xtatishni talab qilishi mumkin. Emizish davrida preparatni davolash faqat shifokor tomonidan foyda va xavf nisbatlarini baholashdan keyin olib borilishi mumkin. Avtomobilni boshqarish va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Transport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri o‘rganilmagan. Biroq, ushbu funktsiyalarni bajarishga ta'sir qiluvchi salbiy ta'sirlar (masalan, allergik reaktsiyalar, bosh aylanishi, talvasalar) rivojlanishi mumkin.
Umumiy ma'lumot
AMIROKS
AMIROXUM
Preparatning savdo nomi: Amiroks
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Amoksasillinningnatriyli tuzi va kaliy klavulanat.
Tarkibi:
Faol moddalar: Amoksisillin va klavulan kislotasi.
Amiroks 600 mg: har bir flakon natriyli tuzi shaklida 500 mg amoksisillin va kaliyli tuzi shaklida 100 mg klavulan kislotasi saqlaydi. Nisbati 5:1 ni tashkil qiladi.
Amoksisillin 1,2 g: har bir flakon natriyli tuzi shaklida 1000 mg amoksisillin va kaliyli tuzi shaklida 200 mg klavulan kislotasi saqlaydi. Nisbati 5:1 ni tashkil qiladi.
Yordamchi moddalar: yo‘q.
Ta‘rifi: oqdan sarg‘ish rangligacha bo‘lgan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: Antibakterial preparatlar (penisillinlarni beta-laktamaza ingibitorlari bilan majmuasi).
ATX kodi: J01CR02
Farmakologik xususiyatlari
Amoksisillin bakteriyalarning hujayra devorini integral struktur komponenti hisoblangan peptidoglikan biosintezi jarayonida ishtirok etuvchi bir yoki undan ortiq fermentlarni (ko‘pincha penisillinni bog‘lovchi oqsillar deb nomlanuvchi) ingibisiya qiluvchi yarim sintetik penisillin (beta-laktam antibiotik) hisoblanadi. Peptidoglikanning sintezini ingibisiya qilinishini hujayra devorining butunligini buzilishiga olib keladi, bu odatda hujayrani lizisi va nobud bo‘lishiga olib keladi.
Amoksisillin unga rezistent bakteriyalar ishlab chiqaruvchi beta-laktamazalar ta‘sirida parchalanadi, shuning uchun ko‘rsatilgan fermentlarni ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarga nisbatan faol emas.
Klavulan kislotasi tuzilishi jihatidan penisillinlarga o‘xshash beta-laktam hisoblanadi. U ayrim beta-laktamazalarni faolsizlantiradi, shu bilan amoksisillinni faolsizlanishini oldini oladi. Klavulan kislotasining o‘zi klinik jihatdan antibakterial samara ko‘rsatmaydi.
Odatdagi sezgir turlar:
Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecalis, Gardnerella vaginalis, Staphylococcus aureus (metisillinga chidamli shtammlari), Streptococcus agalactisae, Streptococcus pneumonia, Streptococcus pyogenes va boshqa beta-gemolitik streptokokklar, Streptococcus viridans guruhi.
Grammanfiy aeroblar: Actinobacillus actinomycetemcomitans, Capnocytophaga spp., Eikenella corrodens, Haemophilus influenza2, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae, Pasteurella multocida.
Anaeroblar: Bacteroides fragilis, Fusobacterium nucleatum, Prevotella spp.
Orttirilgan chidamlilik rivojlanishi mumkin bo‘lgan turlar:
Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecium
Grammanfiy aeroblar: Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumonia, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris
Tabiiy chidamliligi bo‘lgan turlar:
Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter spp. Citrobacter freundii, Enterobacter spp., Legionella pneumopnila, Morganella morganii, Providencia spp., Pseudomonas spp., Serratia spp., Stenotrophomas maltophilia
Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumonia, Chlamydia psittaci, Caxiella burnetti, Mycoplasma pneumoniae.
Farmakokinetikasi
Sog‘lom ko‘ngillilarga amoksisillin/klavulan kislotasini 500 mg/100 mg yoki 1000 mg/200 mg dozalarda vena ichiga bolyus ravishda yuborilganida, zardobda o‘rtacha maksimal konsentrasiyasi muvofiq ravishda amoksisillin uchun 32,2 va 105,4 mkg/ml ni va klavulan kislotasi uchun 10,5 va 28,5 mkg/ml ni tashkil qilgan. T1/2 ko‘rsatkichlari muvofiq ravishda amoksisillin uchun 1,07 va 0,9 soatni va klavulan kislotasi uchun 1,12 va 0,9 soatni tashkil qilgan. AUC qiymati muvofiq ravishda amoksisillin uchun 25,5 va 76,3 soat mg/l va klavulan kislotasi uchun 9,2 va 27,9 soat mg/l ni tashkil qilgan. Siydik bilan chiqarilishi esa (%, 0 soatdan 6 soatgacha) muvofiq ravishda amoksisillin uchun 66,5 va 77,4 ni va klavulan kislotasi uchun 46,0 va 63,8 ni tashkil qilgan.
Plazmadagi klavulan kislotasining umumiy miqdorini taxminan 25% va amoksisillinning umumiy miqdorini taxminan 18% oqsillar bilan bog‘langan holda bo‘ladi. Taxminiy taqsimlanish hajmi amoksisillin uchun taxminan 0,3-0,4 l/kg va klavulan kislotasi uchun taxminan 0,2 l/kg ni tashkil qiladi.
Vena ichiga yuborilganidan so‘ng amoksisillin va klavulan kislotasi qovuq, qorin devori to‘qimalari, teri, yog‘ to‘qimasi, mushak to‘qimalari, sinovial va peritoneal suyuqliklarda, safro va yiringda aniqlanadi. Amoksisillin orqa miya suyuqligiga yetarli darajada kirmaydi.
Amoksisillin/klavulan kislotasining majmuasi sog‘lom shaxslarda o‘rtacha yarim chiqarilish davri taxminan bir soat va o‘rtacha umumiy klirensi taxminan 25 l/soat bilan ifodalanadi. Preparat 500/100 mg yoki 1000/200 mg dozalarda vena ichiga bolyus holda bir marta yuborilganidan so‘ng amoksisillinning taxminan 60-70% va klavulan kislotasining taxminan 40-65% birinchi 6 soat davomida siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Turli tadqiqot natijalariga muvofiq 24 soatlik davr davomida siydik bilan chiqarilish darajasi amoksisillin uchun 50-85% va klavulan kislotasi uchun 27-60% ni tashkil qiladi. Klavulan kislotasining maksimal hajmi preparat yuborilganidan keyin birinchi 2 soat davomida chiqariladi.
Yosh
3 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, kattaroq yoshdagi bolalar va kattalarda amoksisillinning yarim chiqarilish davri bir xil. Juda kichik yoshdagi bolalarga (shu jumladan, chala tug‘ilgan chaqaloqlarga) hayotining birinchi haftasida buyraklar orqali chiqarish yo‘li yetilmaganligi sababli preparatni kuniga ikki martadan ortiq yuborish mumkin emas. Keksa yoshdagi shaxslarda buyraklar faoliyatini pasayish ehtimoli oshganligi sababli, preparatning dozasini ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak, shuningdek buyraklar faoliyatini monitoring qilish talab qilinishi mumkin.
Buyrak faoliyatini buzilishi
Amoksisillin/klavulan kislotasining plazmadan umumiy klirensi buyraklar faoliyatini pasayishiga proporsional ravishda pasayadi. Klirensini pasayishi klavulan kislotasiga nisbatan amoksisillinda yaqqolroq kuzatiladi, chunki amoksisillinning ko‘proq qismi buyraklar orqali chiqariladi. Shunday qilib, buyrak yetishmovchiligida ishlatiladigan dozalari klavulan kislotasini adekvat darajada tutib turishda amoksisillinni haddan tashqari ko‘p to‘planishiga to‘sqinlik qilishi kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” ga qarang).
Jigar yetishmovchiligi
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarni davolash ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi, jigar faoliyatini muntazam monitoring qilish talab qilinadi.
Qo‘llanilishi
Amiroks kattalar va bolalarda quyidagi infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadi:
- og‘ir otolaringologik infeksiyalar (masalan, mastoidit, peritonzillyar abssess, epiglottit, kasallikning tizimli ko‘rinishlarini og‘ir belgilari bo‘lgan sinusit);
- surunkali bronxitni zo‘rayishi (muvofiq ravishda tashxis qo‘yilganida);
- kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
- sistit;
- pielonefrit;
- teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari, xususan teri osti yog‘ kletchatkasini yallig‘lanishi, hashorotlarni chaqishi, tishlarning tarqalgan flegmonali og‘ir abssesslari;
- suyak va bo‘g‘imlarning infeksiyalari, xususan osteomielit;
- intraabdominal infeksiyalar;
- ayollarda jinsiy a‘zolar infeksiyalari.
Katta yoshdagi shaxslarda yirik jarrohlik aralashuvlari o‘tkazilgan operasiyalar bilan bog‘liq infeksiyalarni oldini olish:
Antibakterial preparatlarni muvofiq ravishda qo‘llash bo‘yicha rasmiy qo‘llanmalarni hisobga olish kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Agar dozasi alohida komponentining miqdoriga mos kelishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, dozalar amoksisillin/klavulan kislotasining miqdorini ko‘rsatadi.
Alohida infeksiyalarni davolash uchun Amiroksning dozasini tanlash quyidagi omillarga asoslanishi kerak:
- taxmin qilingan qo‘zg‘atuvchilar va ularni antibakterial preparatlarga sezuvchanligi;
- infeksiyaning og‘irligi va lokalizasiyasi;
- pasientning yoshi, og‘irligi va buyraklar faoliyati.
Amiroksning boshqa dori shakllarini (masalan, amoksisillinning yuqoriroq dozalari va/yoki amoksisillin/klavulan kislotasining boshqacha nisbati) qo‘llash mumkinligi zaruratga qarab ko‘rib chiqiladi.
Amiroksning ushbu dori shakli quyida keltirilgan tavsiyalarga muvofiq qo‘llanganida amoksisillinning umumiy sutkalik dozasi 3000 mg va klavulan kislotasiniki 600 mg bo‘lishini ta‘minlaydi. Amoksisillinning yuqori sutkalik dozalarini qo‘llash zarurati bo‘lganida, klavulan kislotasining ko‘zda tutilmagan yuqori sutkalik dozalarini yuborishni oldini olish maqsadida, amoksisillin/klavulan kislotasining vena ichiga yuboriladigan boshqa dori shaklini tanlash tavsiya qilinadi.
Davolash davomiyligi pasientning davolashga javob reaksiyasiga qarab aniqlanadi. Ayrim infeksiyalar (masalan, osteomielit) uzoqroq davolashni talab etadi. Davolash davomiyligi preparatning dozasini to‘g‘rilamasdan 14 kundan oshmasligi kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limidagi davolash davomiyligi haqidagi ma‘lumotga qarang).
Amoksisillin/klavulan kislotasini yuborish chastotasi bo‘yicha mahalliy qo‘llanmalarni hisobga olish kerak.
Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg bolalar
“Terapevtik ko‘rsatmalar” bo‘limida keltirilgan infeksiyalarni davolash: 1000 mg/200 mg dan har 8 soatda yuboriladi.
Intraoperasion profilaktika
Davomiyligi 1 soatdan kam bo‘lgan jarrohlik aralashuvlarida Amiroks narkozga kirish vaqtida tavsiya qilingan 1000 mg/200 mg dan 2000 mg/200 mg gacha dozalarda yuboriladi (2000 mg/200 mg dozaga amoksisillin/klavulan kislotasini vena ichiga yuboriladigan boshqa dori shakllari hisobiga erishilishi mumkin). Davomiyligi 1 soatdan ortiq bo‘lgan jarrohlik aralashuvlarida Amiroks narkozga kirish vaqtida tavsiya qilingan 1000 mg/200 mg dan 2000 mg/200 mg gacha dozalarda, maksimum 24 soat davomida 1000 mg/200 mg dozada uch marta yuboriladi. Operasiya vaqtida infeksiyaning aniq klinik belgilarini aniqlash operasiyadan keyingi davrda antibiotiklarni vena ichiga yuborish yoki og‘iz orqali qabul qilishni odatdagi kursini o‘tkazish zaruratini bilan ifodalanadi.
Tana vazni < 40 kg bo‘lgan bolalar
Tavsiya qilingan dozalari:
- 3 oylik va undan katta bolalar: tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 8 soatda yuboriladi.
- 3 oylikkacha yoki tana vazni 4 kg dan kam bo‘lgan bolalar: tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 12 soatda yuboriladi.
Keksa yoshdagi shaxslar
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi
Dozaga tuzatish kiritish amoksisillinni tavsiya qilingan maksimal darajasiga asoslangan.
Kreatinin klirensi ko‘rsatkichlari minutiga 30 ml dan yuqori bo‘lgan pasientlarga dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg bolalar
KK: 10-30 ml/min | Boshlang‘ich doza 1000 mg/200 mg, so‘ngra 500 mg/100 mg dan kuniga ikki marta yuboriladi. |
KK: <10 ml/min | Boshlang‘ich doza 1000 mg/200 mg, so‘ngra 500 mg/100 mg dan har 24 soatda yuboriladi. |
Gemodializ | Boshlang‘ich doza 1000 mg/200 mg, so‘ngra 500 mg/100 mg dan har 24 soatda, dializni yakunida qo‘shimcha 500 mg/100 mg doza (zardobda amoksisillin va klavulan kislotasining konsentrasiyasi pasayganligi sababli) yuboriladi. |
Tana vazni < 40 kg bo‘lgan bolalar
KK: 10-30 ml/min | Tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 12 soatda yuboriladi. |
KK: <10 ml/min | Tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 24 soatda yuboriladi. |
Gemodializ | Tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 24 soatda, dializni yakunida tana vazniga qo‘shimcha 12,5 mg/2,5 mg doza (zardobda amoksisillin va klavulan kislotasining konsentrasiyasi pasayganligi sababli) yuboriladi. |
Jigar yetishmovchiligi
Davolash ehtiyotkorlik bilan olib boriladi. Jigar faoliyatini muntazam ravishda monitoring qilish shart.
Qo‘llash usuli:
Amiroks vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan.
Amiroks venaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 3-4 minut davomida vena ichiga sekin in‘eksiya holida, yoki tomchilagich orqali 30-40 minut davomida infuziya holida yuboriladi.
Amiroks mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallanmagan.
3 oylikdan kichik bo‘lgan bolalarga Amiroksni faqat infuziya holida yuborish mumkin. Amiroks bilan davolashni vena ichiga yuboriladigan dori shakli bilan boshlash mumkin, agar konkret bir pasient uchun maqsadga muvofiq deb hisoblansa, peroral dori shakli bilan tugatish mumkin.
Suyultirish
Vena ichiga in‘eksiya qilish uchun
Amiroks 600 mg: flakonning ichidagisi 10 ml in‘eksiya uchun suvda suyultiriladi.
Amiroks 1,2 g: flakonning ichidagisi 20 ml in‘eksiya uchun suvda suyultiriladi.
Suyultirilgan eritma och-somon ranggida bo‘ladi.
Vena ichiga yuboriladigan in‘eksiyalar suyultirilgandan so‘ng sekin 20 minut davomida (3-4 minut davomida) yuboriladi. Vena ichiga yuborish uchun faqat tiniq eritma yaroqlidir.
Vena ichiga infuziya qilish uchun
600 mg suyultirilgan eritmaga (10 ml in‘eksiya uchun suvda) 50 ml infuzion eritma, 1,2 g suyultirilgan eritmaga (20 ml in‘eksiya uchun suvda) 100 ml infuzion eritma qo‘shiladi.
Suyultirilgan eritma och sariq rangli bo‘ladi.
Infuziyaning davomiyligi taxminan 30-40 minutni tashkil qiladi.
Nomutanosibligi
Glyukoza, dekstran yoki bikarbonatlarni saqlovchi infuzion eritmalarda Amiroksni barqarorligi kamroq.
Boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasin.
Amoksisillinni aminoglikozidlarga nisbatan faolsizlantiruvchi ta‘siri sababli, ularni in vitro sharoitda aralashtirishdan saqlanish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tez-tezligini tasniflash uchun quyidagi mezonlardan foydalanilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam (<1/10000), tez-tezligi noma‘lum (ma‘lum bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas).
Eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalarga diareya, ko‘ngil aynishi va qusish kiradi.
Infeksion va parazitar kasalliklar:
Tez-tez: teri va shilliq qavatlar kandidozi;
Tez-tezligi noma‘lum: sezuvchan bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari ko‘payishi;
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar:
Kam: qaytuvchan leykopeniya (jumladan neytropeniya), trombositopeniya;
Tez-tezligi noma‘lum: qaytuvchan agranulositoz, gemolitik anemiya, qon ketish vaqti va protrombin vaqtini uzayishi;
Immun tizim tomonidan buzilishlar:
Tez-tezligi noma‘lum: angionevrotik shish, anafilaksiya, zardob kasalligiga o‘xshash sindrom, o‘ta yuqori sezuvchanlik vaskuliti;
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i;
Tez-tezligi noma‘lum: tirishishlar;
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: diareya;
Tez-tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqatni hazm bo‘lmasligi;
Tez-tezligi noma‘lum: antibiotiklarni qo‘llanishi oqibatidagi qo‘zg‘atgan kolit (jumladan, soxta membranoz kolit va gemorragik kolit, “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang);
Jigar va o‘t-safro chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: AST va ALT darajalarini oshishi (o‘rtacha oshishi beta-laktam antibiotiklarini olgan pasientlarda kuzatilgan, biroq bu kuzatishlarni qiymati noma‘lum);
Tez-tezligi noma‘lum: gepatit, xolestatik sariqlik (bu nojo‘ya ko‘rinishlar boshqa penisillinlar va sefalosporinlarni qo‘llash fonida kuzatilgan, “Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang);
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Terida har qanday o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanganida davolashni to‘xtatish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang);
Tez-tez emas: teri toshmalari, qichishishi, eshakemi;
Kam: ko‘p shaklli eritema;
Tez-tezligi noma‘lum: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, bullez eksfoliativ dermatit, o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustulez (O‘TEP) (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang);
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Tez-tezligi noma‘lum: interstisial nefrit, kristalluriya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Faol moddalarga va har qanday penisillinlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Boshqa beta-laktam preparatlariga (masalan, sefalosporinlar, karbapenemlar yoki monobaktamlarga) zudlik bilan kechuvchi og‘ir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.
Sariqlik yoki anamnezida amoksisillin/klavulan kislotasini qo‘llash fonida jigarni boshqa shikastlanishi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Peroral antikoagulyantlar
Amoksisillin bilan davolash kursi fonida asenokumarol yoki varfarin bilan tutib turuvchi davolash olayotgan pasientlarda xalqaro me‘yorlashtirilgan nisbatni oshish hollari adabiyotda yoritilgan. Bir vaqtda buyurish zarurati tug‘ilganda davolashni boshlash vaqtida va amoksisillin bekor qilinganida protrombin vaqti yoki xalqaro me‘yorlashtirilgan nisbatni sinchiklab monitoring qilish kerak. Bundan tashqari, peroral antikoagulyantlarning dozalariga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.
Metotreksat
Penisillinlar metotreksatning chiqarilishini pasaytirishi mumkin, bu zaharlanishni kuchayishi bilan kechadi.
Probenesid
Probenesidni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Probenesid buyrak kanalchalarida amoksisillinni sekresiyasini pasaytiradi. Uni Amiroks bilan bir vaqtda qo‘llash qonda amoksisillinning darajasini (ammo klavulan kislotasini emas) va ularni uzoq vaqt ushlanib qolishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Amoksisillin/klavulan kislotasi bilan davolashni boshlashdan oldin penisillinlar, sefalosporinlar yoki boshqa beta-laktam preparatlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini borligi yuzasidan anamnezni sinchkovlik bilan yig‘ish kerak.
Penisillinlar bilan davolash fonida jiddiy va gohida o‘limga olib keluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (anafilaktoid reaksiyalar) kuzatilgan. Ular ko‘proq anamnezida atopiyasi va penisillinlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lgan pasientlarda rivojlanadi. Allergik reaksiyalar rivojlanganida amoksisillin/klavulan kislotasi bilan davolashni to‘xtatish va boshqa muvofiq keluvchi antibakterial preparatlarni buyurish kerak.
Amoksisillinga infeksiya qo‘zg‘atuvchilarni sezuvchanligi isbotlangan hollarda rasmiy qo‘llanmalarga muvofiq amoksisillin/klavulan kislotasiga o‘tish variantini ko‘rib chiqish kerak.
Buyrak faoliyati buzilgan yoki preparatning yuqori dozalari bilan davolanayotgan pasientlarda tirishishlar rivojlanishi mumkin.
Infeksion mononukleozga gumon qilingan hollarda, amoksisillin/klavulan kislotasi bilan davolashga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki kasallanish vaqtida amoksisillin qo‘llangandan so‘ng qizamiqqa o‘xshash toshmalarni paydo bo‘lishi kuzatilgan.
Amoksisillin bilan davolash vaqtida allopurinolni yondosh qo‘llanishi terida allergik reaksiyalarni rivojlanish ehtimolini potensial oshiradi.
Preparatni uzoq vaqt qo‘llash ba‘zan sezuvchan bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Davolashni boshlanishida pustulali infeksion tarqoq eritemani rivojlanishi o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustulezning (O‘TEP) potensial simptomi hisoblanadi (“Nojo‘ya ta‘siri”ga qarang). Bunday reaksiya Amiroks bilan davolashni to‘xtatishni talab qiladi va keyinchalik amoksisillinni yuborishga qarshi ko‘rsatma hisoblanadi.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparat bilan davolash ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak.
Jigar tomonidan kuzatiladigan nojo‘ya ko‘rinishlar asosan erkaklar va keksa yoshdagi pasientlarda kuzatilgan va uzoq muddatli davolash bilan potensial bog‘liq bo‘lgan. Bu noxush ko‘rinishlar bolalarda juda kam hollarda kuzatilgan. Barcha guruh pasientlarda belgilar va simptomlar odatda davolash vaqtida yoki davolashdan so‘ng qisqa muddatda kuzatiladi, biroq ayrim hollarda ular davolash to‘xtatilganidan so‘ng bir necha hafta davomida namoyon bo‘lmaydi. Odatda ular qaytuvchan xarakterga ega. Jigar tomonidan og‘ir noxush ko‘rinishlar rivojlanishi mumkin, juda kam hollarda o‘lim hollari kuzatilgan. Ular amalda hamisha jiddiy asosiy kasalliklari bo‘lgan yoki jigarni shikastlash qobiliyatiga ega yondosh dori preparatlarni qabul qilgan pasientlar orasida kuzatilgan (“Nojo‘ya ta‘siri”ga qarang).
Deyarli barcha antibakterial preparatlar, jumladan amoksisillin bilan davolash fonida kuzatiladigan antibiotikni qo‘llanishi bilan bog‘liq kolit og‘irligi bo‘yicha yengildan hayotga xavf soluvchi darajagacha bo‘lishi mumkin (“Nojo‘ya ta‘siri”ga qarang). Shunday qilib, bu tashxisni antibiotiklar bilan davolash vaqtida yoki har qanday davolash kursi tugaganidan so‘ng diareya bo‘lgan pasientlarda bo‘lishiga taxmin qilish muhimdir. Antibiotiklarni qo‘llanishi bilan bog‘liq kolit rivojlanganda Amiroks bilan davolashni darhol to‘xtatish kerak; shifokorning maslahati olinadi va tegishli davolash choralari buyuriladi. Ushbu vaziyatlarda ichak peristaltikasini susaytiruvchi vositalarni qabul qilish mumkin emas.
Uzoq muddat davolash vaqtida turli a‘zolar tizimini, jumladan, buyraklar, jigar va qon yaratish a‘zolari faoliyatini vaqti-vaqti bilan baholash tavsiya qilinadi.
Kam hollarda amoksisillin/klavulan kislotasini qabul qilish fonida protrombin vaqtini uzayishi kuzatilgan. Antikoagulyantlarni bir vaqtda qabul qilinganda albatta yaxshi monitoring o‘tkazilishi shart. Antikoagulyasiyaning istalgan darajasiga erishish uchun peroral antikoagulyantlarning dozalariga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, yetishmovchilik darajasiga muvofiq ravishda preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang).
Diurezi pasaygan pasientlarda kam hollarda, asosan parenteral davolash fonida kristalluriya kuzatilgan. Amoksisillinning yuqori dozalari bilan davolash vaqtida amoksisillinni qo‘llanishi bilan bog‘liq kristalluriyani rivojlanish ehtimolini pasaytirish maqsadida yetarli miqdorda suyuqlik ichish tavsiya qilingan. Qovug‘iga kateter o‘rnatilgan pasientlarda uning o‘tkazuvchanligini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.
Glyukozuriyani davolash vaqtida glyukozaning darajasini baholashni glyukozooksidaza bilan o‘tkazilgan fermentativ usullar yordamida baholanadi, chunki nofermentativ usullar ba‘zan soxta musbat natijalarni berishi mumkin.
Amiroksda klavulan kislotasini bo‘lishi IgG va albuminni eritrositlarning membranalari bilan nospesifik bog‘lanishini chaqirishi mumkin, bu Kumbs sinamasining soxta musbat natijalariga sabab bo‘lishi mumkin.
Preparat bilan davolangan pasientlarda Aspergillus IFA sinamalarida soxta musbat natijalar olinganligi kuzatilgan, keyinchalik pasientlarda Aspergillus chaqirgan infeksiyani yo‘qligi aniqlangan. Aspergillus IFA sinamalari doirasida aspergilez bo‘lmagan polisaxaridlar va polifuranozlar bilan kesishgan reaksiyalar kuzatilgan. Shunday qilib, amoksisillin/klavulan kislotasi bilan davolanayotgan pasientlarda musbat natijalarni ehtiyotkorlik bilan tahlil qilish va boshqa diagnostika usullari bilan tasdiqlanishi kerak.
Homiladorlik va emizish.
Klinika oldi tadqiqotlarda homiladorlik, embrional/fetal rivojlanish, tug‘ruq jarayoni yoki postnatal rivojlanishga preparatning bevosita yoki bilvosita noxush ta‘sirlari aniqlanmagan. Odamda homiladorlik davrida amoksisillin/klavulan kislotasini qo‘llash yuzasidan cheklangan ma‘lumotlar tug‘ma nuqsonlar rivojlanish xavfi oshganini qayd etmaganlar. Homila pardalarini muddatidan oldin yorilishi qayd qilingan ayollar ishtirokidagi yagona tadqiqot doirasida amoksisillin/klavulan kislotasi bilan profilaktik davolash yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitning yuqori xavfi bilan potensial bog‘liqlik aniqlanmagan. Agarda shifokor homiladorlik davrida preparatni qo‘llashni zarur deb hisoblamasa, uni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Har ikkala faol modda ko‘krak sutiga ajraladi (emizikli bolalarga klavulan kislotasining ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q). Shunday qilib, emizikli bolalarda diareya va shilliq qavatlarning zamburug‘li infeksiyalari rivojlanishi mumkin, bu emizishni to‘xtatishni talab qilishi mumkin. Emizish davrida shifokor tomonidan foyda/xavf nisbatini baholangandan so‘ngina amoksisillin/klavulan kislotasi bilan davolash mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Transport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan. Biroq transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga potensial ta‘sir qiluvchi nojo‘ya samaralar (masalan, allergik reaksiyalar, bosh aylanishi, tirishishlar) rivojlanishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar, shuningdek suv-elektrolit muvozanatini buzilishi rivojlanishi mumkin. Ba‘zan buyrak yetishmovchiligiga olib keluvchi, amoksisillin qo‘llanishi bilan bog‘liq kristalluriya kuzatilgan.
Tirishishlar buyraklar faoliyati buzilgan yoki katta dozalarda davolangan pasientlarda kuzatilishi mumkin.
Ma‘lum bo‘lgan ma‘lumotlarga muvofiq amoksisillinni asosan vena ichiga katta dozalarda yuborilganidan so‘ng siydik kateterlarida cho‘kmalar hosil bo‘ladi. Kateterlarni o‘tkazuvchanligini muntazam nazorat qilish kerak.
Me‘da-ichak yo‘llarini buzilish simptomlari bo‘yicha suv-elektrolit muvozanatini tiklash bilan birga simptomatik davolash o‘tkazish mumkin.
Amoksisillin/klavulan kislotasi organizmdan gemodializ yordamida chiqarilishi mumkin.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Tarkibi
faol moddalar: amoksitsillin va klavulan kislotasi. Amiroks 0,6 g: har bir flakon natriy tuzi shaklida 0,5 g amoksitsillin va kaliy klavulant shaklida 0,1 klavulan kislotasi mavjud. Nisbat 5: 1ni tashkil etadi. Amiroks 1,2 g: har bir flakon natriy tuzi shaklida 1,0 g amoksitsillin va kaliy klavulanat shaklida 0,2 g klavulan kislotasi mavjud. Nisbat 5: 1 ni tashkil etadi. yordamchi moddalar: mavjud emas.
Dozirovkasi
Dozalash tartibi yoshga, tana vazniga, patsiyentning buyrak funktsiyasiga va infektsiyaning og‘irligiga qarab individual ravishda belgilanadi.
Davolash klinik holatni qayta ko‘rib chiqmasdan 14 kundan ortiq davom etmasligi kerak. Amiroks preparati mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallanmagan (mushak ichiga yuborilishi mumkin bo‘lgan kontsentratsiyadagi beqarorlik tufayli). Dozalar ta'sir etuvchi moddalar tarkibiga qarab beriladi: amoksitsillin va klavulan kislotasi. Amiroks preparatining har bir 30 mg va 25 mg amoksitsillin va 5 mg klavulan kislotasini saqlaydi.
Vena ichiga yuborish.
40 kg dan kam tana vazniga ega bo‘lgan bolalar
40 kg dan kam tana vazniga ega bo‘lgan bolalar uchun tana vazniga qarab hisoblab chiqiladi.
3 oydan kichik 4 kg dan kam tana vaznli – har 12 soat ichida 30 mg/kg.
3 oydan kichik 4 kg dan ortiq tana vaznli - har 8 soat ichida 30 mg/kg.
3 oydan kichik bo‘lgan bolalarda Amiroks preparatini faqat infuzion tarzda asta-sekin 30-40 minut davomida yuborish kerak.
3 oydan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 30 mg/kg tana vaznida 8 soat oralig‘i bilan, og‘ir infektsion holatida - 6 soat oralig‘i bilan.
Buyrak funktsiyasi buzilishi bo‘lgan bolalar
Dozaga tuzatish kiritish amoksitsillinning maksimal tavsiya etilgan dozasiga asoslangan
30 ml/min dan yuqori kreatinin klirensi (kk) bo‘lgan patsiyentlar uchun dozani to‘g‘irlash shart emas.
40 kg dan kam tana vaznga ega bo‘lgan bolalar
KK 10-30 ml/min Har bir kg ga 25 mg/5 mg dan har 12 s.da
KK<10 ml/min Har bir kg ga 25 mg/5 mg dan har 24 s.da
Gemodializ Har bir kg ga 25 mg/5 mg dan har 24 s.da, dializ seansi yakunida dozaga qo‘shimcha Har bir kg ga 12,5 mg/2,5 mg dozada (zardobda amoksitsillin va klavulan kislotasining kontsentratsiyasi pasayishi bilan bog‘liq ).
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar yoki tana vazni 40 kg dan ortiq:
Dozalar taьsir qiluvchi moddalar tarkibiga qarab keltirilgan: amoksitsillin, klavulan kislotasi.
1,2 g preparat (1000 mg+200 mg) 8 soatlik interval bilan, og‘ir kechgan infektsiya holatida -6 soat oraliq bilan.
Jarrohlik aralashuvlarda profilaktik dozalar:
Yuborilgan narkozda 1,2 g(operatsiya davomiyligi 1 soatdan kam bo‘lganda).
Operatsiya davomiyligi 1 soatdan ortiq bo‘lsa - kuniga 1,2 g dan 4 marta.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun doza va/yoki preparatni yuborish oralig‘i yetishmovchilik darajasiga qarab to‘g‘irlanishi kerak:
KK 0,5 ml/s dan ortiq (30 ml/min) Dozani to‘g‘irlash talab qilinmaydi
KK 0,166-0,5 ml/s (10-30 ml/min) Birinchi doza 1,2 g (1000 mg+200 mg)ni tashkil qiladi, so‘ng 600 mg (500 mg+100 mg) dan vena ichiga har 12 soatda.
KK 0,166 ml/s dan kam (10 ml/min dan kam) Birinchi doza- 1,2 g (1000 mg+200 mg), so‘ng 600 mg (500 mg+100 mg) dan vena ichiga har 24 soatda.
Gemodializ Birinchi doza - 1,2 g (1000 mg+200 mg), so‘ng 600 mg (500 mg+100 mg) dan vena ichiga har 24 soatda., va 600 mg (500 mg+100 mg) dializ tugagandan so‘ng (zardobda amoksitsillin va klavulan kislotasining kontsentratsiyasi pasayadi)
Preparatning 85 % gemodializ bilan chiqarilishi sababli, har bir gemodializ jarayonining oxirida Amiroks preparatining odatdagi dozasini yuborish kerak.
Peritoneal dializda dozani to‘g‘irlash talab qilinmaydi.
Davolash kursi 5-14 kunni tashkil qiladi. Davolash kursining davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Keksalar
Dozani o‘zgartirish talab qilinmaydi.
Qo‘llash usuli:
Vena ichiga yuborish uchun.
Preparat bevosita venaga yoki tomizgich orqali 3-4 daqiqa davomida sekin tomir ichiga yuborish shaklida yoki 30-40 daqiqa davomida infuziya shaklida yuboriladi. Preparat mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallanmagan.
Amiroks uch oydan kichik bo‘lgan bolalar uchun faqat infuziya shaklida kiritilishi mumkin.
Eritish
Vena ichi in'ektsiyalari uchun
Amiroks 600 mg: tarkib 10 ml hajmdagi in'ektsiya uchun suv bilan suyultiriladi.
Amiroks 1,2 g: tarkib 20 ml hajmdagi in'ektsiya uchun suv bilan suyultiriladi.
Suyultirilgan eritma och-somon rangiga ega bo‘ladi.
Vena ichiga yuborish, asta-sekin (3-4 daqiqa davomida), suyultirilgandan keyin 20 daqiqa davomida amalga oshiriladi. Yuborish uchun faqat shaffof eritma yaroqlidir.
Vena ichi infuziyasi uchun
600 mg Amiroks suyultirilgan eritma holatda (10 ml in'ektsiya uchun suvda) 50 ml infuzion muhitga qo‘shiladi, 1,2 mg Amiroksni esa suyultirilgan eritma shaklida (20 ml in'ektsiya uchun suvda) 100 ml infuzion muhitga qo‘shiladi. Suyultirilgan eritma och-somon rangiga ega bo‘ladi.
Infuziya davomiyligi taxminan 30-40 daqiqani tashkil qiladi. Amiroks preparatining infuzion yuborish uchun suyultirishni davom ettirish kerak:
600 mg (preparatni(500 mg+100 mg) yoki 1,2 g (1000 mg+200 mg) o‘z ichiga olgan tayyorlangan eritmalar 50 ml yoki 100 ml infuzion eritmada suyultirilishi kerak. Infuziya davomiyligi 30-40 daqiqa.
Infuziya uchun faqat yangi tayyorlangan eritmadan foydalanish kerak.
Quyidagi sanab o‘tilgan suyuqliklarni infuzion eritmalarda tavsiya etilgan hajmlarda ishlatganda antibiotikning zarur kontsentratsiyasi saqlanadi.
Mos kelmasligi
Amiroks glyukoza, dekstran yoki bikarbonatlarni o‘z ichiga olgan infuzion eritmalarda kamroq barqarordir.
Boshqa dori vositalar bilan aralashtirmasin.
Amoksitsillinning aminoglikozidlarga inaktivta'siri tufayli in vitro da ularning aralashuvini oldini olish kerak.
Nojo'ya samaralari
Quyidagi toifalar nojo‘ya ta'sirlarning chastotasini tasniflash uchun ishlatilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10gacha), tez- tez emas (≥1/1000 dan <1/100gacha), kamdan- kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000gacha), juda kam hollarda (<1/10000), noma'lum chastotalar (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas). Yuqumli va parazitar kasalliklar Tez-tez: teri va shilliq pardalarning kandidozi. Noma'lum chastota: mikroorganizmlarning chidamliligini ortishi. Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar Kamdan-kam hollarda: qaytar leykopeniya(shu jumladan, neytropeniya), trombotsitopeniya. juda kam hollarda: eozinofiliya, trombotsitoz; chastotasi noma'lum: qaytariladigan agranulotsitoz, qon ketish vaqtini ortishi va protrombin vaqtini qaytariluvchi ortishi, anemiya, shu jumladan qaytariladigan gemolitik anemiya. Immun tizimi tomonidan buzilishlar Noma'lum chastota: angionevrotik shish, anafilaksiya, eardobsimon sindromi, yuqori sezuvchanlik vaskuliti. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tez – tez emas: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i. juda kamdan-kam hollarda: uyqusizlik, qo‘zg‘aluvchanlik, xavotir, xulq o‘zgarishi; Noma'lum chastota: aseptik meningit, tirishishlar. Buyraklar funktsiyasi buzilgan patsiyentlarda, shuningdek, preparatning yuqori dozalarini olgan patsiyentlarda tirishishlar kuzatilishi mumkin. Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar Tez-tez: diareya. Tez –tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish, hazm qilmaslik. Noma'lum chastota: antibiotik bilan bog‘liq kolit (shuningdek, psevdomembranoz kolit va gemorragik kolit). Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: AST va/yoki ALT darajalarining oshishi (beta-laktam sinfidagi antibiotiklar bilan davolangan bemorlardapatsiyentlarda o‘rta darajada o‘sish kuzatiladi, ammo bu kuzatishlarning ahamiyati noma'lum). Noma'lum chastota: gepatit, xolestatik sariqlik (bu nojo‘ya taьsirlar boshqa penitsillin va sefalosporinlardan foydalanish fonida kuzatilgan. Jigardagi nojo‘ya reaktsiyalar asosan erkaklar va keksa patsiyentlarda kuzatilgan va uzoq muddatli davolanish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ushbu nojo‘ya taьsirlar bolalarda juda kam uchraydi. Teri va teri osti to‘qimalar tomonidan buzilishlar. Har qanday terining yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi rivojlanish holatida, davolanish to‘xtatiladi. Tez-tez emas: teri toshmasi, qichishish, eshakemi. Kam hollarda: ko‘p shaklli eritema.Noma'lum chastota: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, bullyoz eksfoliativ dermatit, o‘tkir generalizatsiyalashgan ekzantematoz pustulyoz (UGEP). Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Noma'lum chastota: interstitsial nefrit, kristalluriya. Sanab o‘tilgan belgilar va simptomlar odatda davolash jarayonida yoki davolash oxirida uchraydi, lekin ba'zi hollarda davolash tugaganidan keyin bir necha hafta ichida namoyon bo‘lmasligi mumkin. Nojo‘ya taьsirlar, odatda, qayta tiklanishi mumkin. Jigardagi nojo‘ya taьsirlar og‘ir bo‘lishi mumkin, juda kam hollarda o‘lim haqida xabarlar bo‘lgan. Deyarli barcha holatlarda ular jiddiy patologiyaga ega patsiyentlar yoki bir vaqtning o‘zida potentsial gepatotoksik preparatlarni olgan patsiyentlar edi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Probenetsid bilan birgalikda foydalanish tavsiya etilmaydi. Probenetsid amoksitsillinning kanal sekretsiyasini pasaytiradi. Probenetsidni bir vaqtning o‘zida qo‘llash qonda amoksitsillinning konsentratsiyasini oshirishga va uzaytirishga olib kelishi mumkin, ammo klavulan kislotasini emas. Disulьfiram bilan bir vaqtning o‘zida foydalanishdan qochish kerak. Amiroks va aminoglikozid antibiotiklari fizik va kimyoviy jihatdan mos kelmaydi. Diuretiklar, allopurinol, fenilbutazon, nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar (NYaQD) va kanal sekretsiyasini bloklovchi boshqa dori vositalar amoksitsillin kontsentratsiyasini oshiradi (klavulan kislotasi asosan kosachalar filtratsiyasi yo‘li bilan chiqariladi). Amiroks preparatini va metotreksat bilan bir vaqtning o‘zida qo‘llash metotreksatning toktsikligini oshiradi. Bakteriologik dori vositalar (makrolidlar, xloramfenikol, linkozamides, yetrattsiklinlar, sulfanilamidlar) antagonist ta'sir ko‘rsatadi. Amiroks metabolik jarayon natijasida hosil bo‘lgan estrogen tutuvchi og‘iz kontratseptlari dori vositalari paraaminobenzoy kislotasi, etinilestradiol (ikkinchi holda, qon ketish "oqimi"xavfini oshiradi)ning samaradorligini kamaytiradi. Bilvosita antikoagulyantlarning samaradorligini oshiradi (ichak mikroflorasini so‘ndiradi, K vitamini sintezini va protrombin indeksini susaytiradi). Ba'zi hollarda preparatni qabul qilish protrombin vaqtini uzaytirishi mumkin, shuning uchun antikoagulyantlar va Amiroks preparatini qo‘llashda ehtiyot bo‘lish kerak. Bilvosita antikoagulyantlar va penitsillin qatori antibiotiklari amaliyotda keng qo‘llaniladi; o‘zaro ta'sirlar qayd etilmagan. Biroq, adabiyotda amoksitsillin bilan bir vaqtning o‘zida atsenokumarin yoki varfarinni qo‘llashda patsiyentlarda xalqaro normallashtirilgan munosabatlarni (XNM) oshirish hollari ko‘rsatilgan. Agar antikoagulyantlar bilan bir vaqtning o‘zida foydalanish zarur bo‘lsa, preparatni buyurish yoki bekor qilishda protrombin vaqti yoki XNM ni yaxshiroq nazorat qilish kerak, antikoagulyantlarning dozasini to‘g‘irlash talab qilinishi mumkin. Mikofenolat mofetil olgan patsiyentlarda amoksitsillinning klavulan kislotasi bilan kombinatsiyasini qo‘llashni boshlagandan so‘ng faol metabolit - mikofenol kislota kontsentratsiyasining pasayishi kuzatildi - preparatning keyingi dozasini qabul qilishdan oldin taxminan 50% ga . Ushbu kontsentratsiyadagi o‘zgarishlar mikofenol kislotasi ekspozitsiyasidagi umumiy o‘zgarishlarni aniq aks ettira olmaydi. Allopurinol va amoksitsillinni bir vaqtning o‘zida qo‘llash teri allergik reaktsiyalari kelib chiqish xavfini oshirishi mumkin. Hozirgi vaqtda adabiyotda amoksitsillinning klavulan kislotasi va allopurinol bilan birikmasidan bir vaqtning o‘zida foydalanish haqidagi ma'lumot yo‘q. Rifampitsin bilan birgalikda antibakterial ta'sirning o‘zaro kamaygani kuzatiladi. Amoksitsillin va digoksinni bir vaqtning o‘zida qo‘llash qon plazmasida digoksin kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin. Amiroks preparati og‘iz kontratseptivlarining samaradorligini susaytiradi. Farmatsevtik mos kelmasligi Amiroks preparatini qon preparatlari, oqsilli gidrolizlar kabi boshqa oqsil tutuvchi suyuqliklar yoki vena ichiga yuboriladigan lipid emulsiyalari bilan aralashtirish kerak emas. Aminoglikozidlar bilan bir vaqtning o‘zida foydalanadigan antibiotiklarni bir shpritsda yoki vena ichi suyuqliklari uchun qo‘llaniladigan bir shishada aralashtirmaslik kerak, chunki bunday sharoitlarda aminoglikozidlar o‘z faolligini yo‘qotadi.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
faol moddalar: amoksitsillin va klavulan kislotasi.
Amiroks 0,6 g: har bir flakon natriy tuzi shaklida 0,5 g amoksitsillin va kaliy klavulant shaklida 0,1 klavulan kislotasi mavjud. Nisbat 5: 1ni tashkil etadi.
Amiroks 1,2 g: har bir flakon natriy tuzi shaklida 1,0 g amoksitsillin va kaliy klavulanat shaklida 0,2 g klavulan kislotasi mavjud. Nisbat 5: 1 ni tashkil etadi.
yordamchi moddalar: mavjud emas.
Chiqarish shakli
1,2 g va 0,6 g flakonlarda in'ektsion eritmani tayyorlash uchun kukun tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.
Farmakodinamikasi
Amoksitsillin- ko‘plab grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga qarshi faoliyat ko‘rsatadigan keng spektrli yarim sintetik antibiotik. Amoksitsillin bakteriyalarning hujayra devorining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan bakterial peptidoglikan metabolizmining biosintetik yo‘lida bir yoki bir nechta fermentlarni (ko‘pincha penitsillin-bog‘lovchi oqsillar, PSB deb nomlanuvchi) ingibitsiya qiladi. Peptidoglikan sintezining ingibirlash hujayra devorining zaiflashishiga olib keladi, undan keyin hujayralar parchalanishi va o‘lim kuzatiladi. Shu bilan birga, amoksitsillin beta-laktamazlar tomonidan yo‘q qilinadi va shuning uchun amoksitsillinning faollik darajasi bu fermentni ishlab chiqaradigan mikroorganizmlarga tarqalmaydi. Klavulon kislotasi-penitsillinlarga tizimli ravishda bog‘liq bo‘lgan beta-laktamaz ingibitori bo‘lib, penitsillinlarga va sefalosporinlarga chidamli mikroorganizmlarda topilgan beta-laktamazlarning keng doirasini inaktivatsiya qilish qobiliyatiga ega. Klavulon kislotasi ko‘pincha bakteriyalarning chidamliligini keltirib chiqaruvchi plazmid beta-laktamazlarga nisbatan yetarli samaraga ega va klavulon kislotasi tomonidan ingibitsiya qilinmaydigan I tip xromosoma beta-laktamazlarga qarshi samarali emas. Preparatda klavulon kislotasining mavjudligi amoksitsillinni amoksitsillinning antibakterial spektrini kengaytirishga imkon beruvchi fermentlar - beta-laktamazlar bilan yo‘q qilishdan himoya qiladi. Quyida in vitro da amoksitsillinning klavulan kislotasi bilan birikmasi faolligi keltirilgan. Odatda amoksitsillinning klavulon kislotasi bilan kombinatsiyasiga sezgir bo‘lgan bakteriyalar: Gram-musbat aeroblar: Bacillus anthracis, Enterococcus faecalis, Listeria monocytogenes, Nocardia asteroides, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, boshqa beta-gemolitik steptokokklar, Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir), Staphylococcus saprophyticus (metitsillinga sezgir), koagulazonegativ stafilokokklar (metitsillinga sezgir) Gram-manfiy aeroblar: Actinobacillus actinomycetemcomitans, Capnocytophaga spp., Eikenella corrodens, Neisseria gonorrhoeae, Bordetella pertussis, Haemophilus influenzae, Helicobacter pylori, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae, Pasteurella multocida, Vibrio cholerae. Anaeroblar: Clostridium, Peptococcus niger, Peptostreptococcus magnus, Peptostreptococcus micros avlod turlari, Peptostreptococcus, Bacteroides fragilis, Fusobacterium nucleatum, Prevotella spp. avlod turlari. Orttitrilgan chidamlilikning mumkin bo‘lgan rivojlanish turlari: Gram-musbat aeroblar: Enterococcus faecium; Gram-manfiy aeroblar: Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris. Tabiiy chidamlilikka ega turlar: Gram-manfiy aeroblar: Acinetobacter spp., Citrobacter freundii, Enterobacter spp., Legionella pneumophila, Morganela morganii, Providencia spp., Pseudomonas spp., Serratia spp., Stenotrophomonas maltophilia. Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydophila pneumoniae, Clamydophila psittaci, Coxiella burnetti, Mycoplasma pneumoniae.
Sotish shartlari
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Ta'rifi
Oq yoki sarg‘ish-oq rangli kukun.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborish tufayli o‘limga olib keladigan yoki hayotga xavf soladigan nojo‘ya ta'sirlar haqida xabarlar yo‘q.
Belgilari
Oshqozon-ichak trakti (qorin og‘rig‘i, diareya, qusish) tomonidan va suv - elektrolitlar muvozanatining buzilishi belgilari kuzatilishi mumkin, shuningdek, xavotirli qo‘zg‘alishlar, uyqusizlik, bosh aylanishi, ayrim hollarda talvasa xurujlari ham bo‘lishi mumkin.
Ba'zi hollarda buyrak yetishmovchiligining rivojlanishiga olib keladigan amoksitsillinli kristalluriya tasvirlangan ("Maxsus ko‘rsatmalar"bo‘limiga qarang).
Buyraklar funktsiyasi buzilgan patsiyentlarda yoki preparatning yuqori dozalarini olgan patsiyentlarda talvasalar paydo bo‘lishi mumkin. Amoksitsillinning katta dozalarini tomir ichiga yuborgandan so‘ng, u siydik kateterlarida cho‘kishi mumkin. Shuning uchun siydik kateterlarining o‘tkazuvchanligini muntazam tekshirish kerak.
Davolash
Dozani oshirib yuborishda patsiyent shifokor nazorati ostida bo‘lishi kerak. Agar oshqozon-ichak trakti tomonidan simptomlar mavjud bo‘lsa, suv-elektrolitlar muvozanatini normallashtirishga alohida e'tibor qaratib simptomatik davolash kerak. Amoksitsillin va klavulan kislotasi gemodializ orqali qon oqimidan chiqarilishi mumkin.
Chiqarish shakllari