AVIKLUDning aptekalardagi narxlari
AVIKLUD tabletkalari 0,5mg N30
|
|
43 ta dorixonada bor
|
273 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
280 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
264 900 so'mdan
Bron qilish
|
AVIKLUD tabletkalari 1mg N30
|
|
37 ta dorixonada bor
|
373 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
344 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
AVIKLUD ko'rsatmalar
Sog'lom odamlarda entekavir tez so'riladi, va plazmada maksimal kontsentrasiyasi 0,5-1,5 soatdan keyin aniqlanadi. Entekavir 0,1 mg dan 1 mg gacha dozada takroran qabul qilinganida maksimal kontsentrasiyasini (Cmax) va "kontsentrasiya-vaqt" egriligi ostidagi maydonni (AUC) preparatni dozasiga proportsional ravishda oshishi kuzatiladi. Muvozanatli holatga ichga kuniga bir marta qabul qilinganida 6-10 kundan keyin erishiladi, bunda plazmadagi kontsentrasiyasi taxminan 2 marta oshadi. Muvozanatli holatda preparatning maksimal (Cmax) va minimal (Cmin) kontsentrasiyalari 0,5 mg dozada qabul qilinganida muvofiq 4,2 va 0,3 ng/ml, 1 mg dozada qabul qilinganida muvofiq 8,2 va 0,5 ng/ml ni tashkil qilgan. Sog'lom odamlarda preparatning tabletka va ichga qabul qilish uchun eritma shakllarining Biokiraolishligi taqqoslanganida tabletkalarning Biokiraolishligi 100% ga teng bo'lgan, ya'ni bu ikki dori shakllari o'zaro o'rnini bosuvchan hisoblanadi. 0,5 mg entekavir yog'ning miqdori yuqori bo'lgan ovqat yoki engil ovqat bilan ichga qabul qilinganida preparatning so'rilishini minimal darajada kechikishi (ovqat bilan birga qabul qilinganida 1-1,5 soatga va och qoringa qabul qilinganida 0,75 soatga kechikkan), Cmax ni 44-46% ga, va AUC ni 18-20% ga pasayishi kuzatilgan.
Taqsimlanishi
Entekavirni baholanadigan taqsimlanish hajmi organizmdagi umumiy suv miqdoridan oshgan, bu preparatni to'qimalarga yaxshi o'tishidan dalolat beradi. In vitro sharoitlarda entekavir odam zardobi oqsillari bilan taxminan 13% ga bog'lanadi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Entekavir CYP450 fermentlar tizimining substrati, ingibitori yoki induktori hisoblanmaydi. Belgilangan 14S-entekavir odamlarga va kalamushlarga yuborilgandan so'ng oksidlangan yoki atsetillangan metabolitlari aniqlanmagan, II faza metabolitlari (glyukuronidlar va sulfatlar) katta bo'lmagan miqdorda aniqlangan.
Plazmada entekavirning kontsentrasiyasi maksimal darajaga etganidan so'ng bioekspotentsial ravishda pasaygan, bunda yarim chiqarilish davri 128-149 soatni tashkil etgan. Preparat kuniga bir marta qabul qilinganida preparatning kontsentrasiyasini 2 martaga oshishi (kumulyasiyasi) kuzatilgan, ya'ni samarali yarim hayot davri taxminan 24 soatni tashkil etgan.
Entekavir asosan buyraklar orqali chiqariladi, bunda muvozanatli holatda siydikda o'zgarmagan holda 62-73% dozasi aniqlanadi. Buyrak klirensi dozasiga bog'liq emas va minutiga 360 dan 471 ml gacha diapazonda o'zgaradi, bu preparatni kalavalar filtrasiyasi va naychalar orqali sekresiyasidan dalolat beradi.
Laktasidoz rivojlanganligini ko'rsatishi mumkin bo'lgan simptomlar: umumiy holsizlik, ko'ngil aynishi, qusish, qorin bo'shlig'ida og'riq, tana vaznini to'satdan kamayishi, hansirash, nafasni tezlashishi, mushaklarni bo'shligi. Havf omillari bo'lib ayollar, semirish, nukleozid analoglarini uzoq muddat qo'llash, gepatomegaliya hisoblanadi. Yuqorida ko'rsatilgan simptomlar paydo bo'lganida yoki laktasidoz laborator tasdiqlanganida preparat bilan davolashni to'xtatish kerak.
Viruslarga qarshi davolash, shu jumladan entekavir bilan davolash bekor qilinganidan so'ng gepatitni zo'rayishi hollari xaqida gapirib o'tilgan. Ko'pchilik bunday hollar davolanmagan. Biroq og'ir asoratlar, shu jumladan fatal asoratlar rivojlanishi mumkin. Bu asoratlarni davolashni bekor qilish bilan bog'liqligi noma'lum. Davolash to'xtatilganidan so'ng jigar faoliyatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak. Zarurat bo'lganida viruslarga qarshi davolashni qaytadan boshlash mumkin.
V gepatiti / OITV infektsiyasi qo'shilgan pasientlar
OITV boshqa infektsiyalar bilan qo'shilgan, antiretrovirus davolash olmayotgan pasientlarga entekavir buyurilganida, OITVni chidamli shtammlari rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak.
V gepatiti / S gepatiti / D gepatiti qo'shilgan pasientlar
V gepatiti / S gepatiti / D gepatiti qo'shilgan pasientlarga entekavirning samaradorligi haqida ma'lumotlar yo'q.
Jigarni dekompensasiyalangan shikastlanishi bo'lgan pasientlar
Jigar tomonidan, xususan, jigarni dekompensasiyalangan shikastlanishini Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha S sinfiga mansub bo'lgan pasientlarda jiddiy nojo'ya samaralarni rivojlanish havfini yuqori bo'lishi aniqlangan. Shuningdek bunday pasientlarda laktasidoz va gepatorenal sindrom kabi maxsus nojo'ya samaralarni rivojlanish havfi yuqori. Shu sababli, laktasidoz va buyraklar faoliyati buzilishini klinik belgilarini aniqlash maqsadida pasientlarni sinchiklab kuzatish, shuningdek ushbu pasientlar guruhida tegishli laborator tahlillar (jigar fermentlarining faolligi, qondagi sut kislotasining kontsentrasiyasi, qon zardobidagi kreatinin kontsentrasiyasi) ni o'tkazish kerak.
Lamivudinga rezistentligi bo'lgan pasientlar
V gepatiti virusida lamivudinga chidamlilik mutasiyasini mavjud bo'lishi entekavirga rezistentlikni rivojlanish havfini oshiradi. Shu sababli lamivudinga rezistentligi bo'lgan pasientlarda organizmdagi viruslar miqdorini tez-tez monitoring o'tkazish va zarurat bo'lganida chidamlilik mutasiyasini aniqlash uchun tegishli tekshirishlar o'tkazish talab etiladi.
Buyraklar faoliyatini buzilishlari bo'lgan pasientlar
Buyraklar faoliyatini buzilishlari bo'lgan pasientlar uchun dozalash tartibini to'g'rilash tavsiya etiladi.
Jigar transplantasiyasi o'tkazilgan pasientlar
Jigar transplantasiyasi o'tkazilgan pasientlarda entekavirning havfsizligi va samaradorligi noma'lum. Jigar transplantasiyasi o'tkazilgan va Tsiklosporin va takrolimus kabi buyraklar faoliyatiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan immunodepressantlar olayotgan pasientlarni entekavir bilan davolashdan oldin va davolash vaqtida buyraklar faoliyatini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Pasientlar uchun umumiy ma'lumot
Entekavir bilan davolash V gepatitini yuqish havfini kamaytirmasligi xaqida pasientlarga ma'lumot berish kerak va shuning uchun tegishli ehtiyotkorlik choralarini ko'rish kerak. Preparatning har bir tabletkasi 120,5 mg (0,5 mg tabletkada) yoki 241 mg (1 mg tabletkada) laktoza saqlaydi. Shu sababli, laktozani kam uchraydigan nasliy o'zlashtirolmasligi, laktazani tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi bo'lgan pasientlarga preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktasiya
Homiladorlar ayollarda adekvat va nazoratli klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Preparatni qo'llashdan kutilgan potentsial foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo'lgan holdagina, aviklud preparatini homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin.
Entekavirni ona sutiga o'tishi haqida ma'lumotlar yo'q. Preparatni qo'llash vaqtida emizishni to'xtatish tavsiya etiladi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatish mumkin emas.
Preparatni qo'llashdan kutilgan potentsial foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo'lgan holdagina, aviklud preparatini homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin.
Entekavirni ona sutiga o'tishi haqida ma'lumotlar yo'q. Preparatni qo'llash vaqtida emizishni to'xtatish tavsiya etiladi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatish mumkin emas.
Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar
Kreatinin klirensi pasayganida entekavirning klirensi kamayadi. Kreatinin klirensi minutiga < 50 ml bo'lgan, shu bilan birga gemodializ va ambulator sharoitda uzoq muddatli peritoneal gemodializdagi pasientlarga entekavirning dozasini 1-jadvalga muvofiq to'g'rilash tavsiya etiladi.
1-jadval: buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar uchun entekavirni tavsiya etilgan dozalari
Kreatinin klirensi (ml/min) |
Ilgari nukleozid preparatlarni qabul qilmagan pasientlar |
Lamivudinga rezistentligi bo'lgan pasientlar va jigarni dekompensasiyalangan shikastlanishi bo'lgan pasientlar |
≥ 50 |
0,5 mg kuniga bir marta |
1,0 mg kuniga bir marta |
30 - < 50 |
0,5 mg har 48 soatda |
1,0 mg har 48 soatda |
10 - < 30 |
0,5 mg har 72 soatda |
1,0 mg har 72 soatda |
< 10 Gemodializ* yoki ambulator sharoitida o'tkaziladigan uzoq muddatli peritoneal dializ |
0,5 mg har 5-7 kunda |
1,0 mg har 5-7 kunda |
Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda entekavirning dozasini to'g'rilash talab etilmaydi.
Keksa yoshdagi pasientlarda entekavirning dozasini to'g'rilash talab etilmaydi.
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka saqlaydi:
faol modda: entekavir 0,5 mg yoki 1,0 mg;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristallik tsellyuloza, krospovidon, povidon, magniy stearati, makkajo'xori kraxmali, oq opadri bo'yovchisi – 0,5 mg tabletkalar yoki pushti opadri bo'yovchisi – 1,0 mg tabletkalar.
Chiqarilish shakli
10 tabletka alyuminiy folgali blisterda.
3 blister qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Bolalar ola olmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati -2 yil.
1,0 mg tabletkalar: pushti rangli, dumaloq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Chiqarish shakllari