Atsiklovirning aptekalardagi narxlari
ASIKLOVIR-RNP tabletkalari 200mg N20
|
|
1 ta dorixonada bor
|
15 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
ASIKLOVIR-NIKA tabletkalari 200mg N20
|
|
47 ta dorixonada bor
|
8 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
15 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
5 000 so'mdan
Bron qilish
|
ASIKLOVIR tabletkalari 200mg N20
|
|
9 ta dorixonada bor
|
6 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
6 000 so'mdan
Bron qilish
|
ASIKLOVIR tabletkalari 200mg N10
|
|
137 ta dorixonada bor
|
5 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
6 200 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
5 000 so'mdan
Bron qilish
|
ASIKLOVIR-SD tabletkalari 200mg N20
|
|
5 ta dorixonada bor
|
6 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
ASIKLOVIR-AKOS tabletkalari 200mg N20
|
|
74 ta dorixonada bor
|
7 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
10 417 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
9 000 so'mdan
Bron qilish
|
ASIKLOVIR tabletkalari 400mg N10
|
|
90 ta dorixonada bor
|
10 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
11 000 so'mdan
Bron qilish
|
ASIKLOVIR-BELMED tabletkalari 200mg N20
|
|
210 ta dorixonada bor
|
8 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
10 600 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
9 000 so'mdan
Bron qilish
|
ASIKLOVIR liofilizat 1000mg N1
|
|
10 ta dorixonada bor
|
128 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
ASIKLOVIR liofilizat 500mg N1
|
|
3 ta dorixonada bor
|
75 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
ASIKLOVIR liofilizat 250mg N1
|
|
8 ta dorixonada bor
|
50 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
ASIKLOVIR maz 5% 10g N1
|
|
221 ta dorixonada bor
|
3 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
5 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
3 900 so'mdan
Bron qilish
|
ASIKLOVIR-VISHFA maz 2,5% 10g N1
|
|
2 ta dorixonada bor
|
6 100 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
ASIKLOVIR maz 5% 5g N1
|
|
59 ta dorixonada bor
|
4 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
5 500 so'mdan
Bron qilish
|
ASIKLOVIR krem 5% 5g N1
|
|
2 ta dorixonada bor
|
4 547 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
ASIKLOVIR krem 5% 10g N1
|
|
54 ta dorixonada bor
|
4 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
5 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Atsiklovir ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ASIKLOVIR-AKOS
ACICLOVIR-ACOS
Preparatning savdo nomi: Asiklovir-AKOS
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): asiklovir
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: asiklovir (suvsiz moddaga qayta hisoblanganda) – 200 mg;
yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, magniy stearati, talk.
Ta‘rifi: oq rangli, yassi silindrik, faska va riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: viruslarga qarshi vosita.
ATX kodi: J05AB01
Farmakologik xususiyatlari
Viruslarga qarshi (antigerpetik) vosita – purin nukleozidining sintetik analogi, in vitro va in vivo sharoitlarda 1 va 2 tur Herpes simplex viruslari, Varicella zoster virusi, Epshteyn-Barr virusi va sitomegalovirusini replikasiyasini ingibisiya qilish xususiyatiga ega.
1 va 2 tur Herpes simplex viruslariga nisbatan; suvchechak va o‘rab oluvchi temiratki (Varicella zoster) chaqiruvchi virusi; Epshteyn-Barr virusiga nisbatan yuqori faol (viruslarning turlari asiklovirning minimal bostiruvchi konsentrasiyasi ko‘rsatkichini oshirib borishi tartibida ko‘rsatilgan). Sitomegalovirusga nisbatan o‘rtacha faol. Virusli timidinkinazani saqlovchi infeksiyalangan hujayralarda asiklovirni fosforlanishi va asiklovir monofosfatga aylanishi yuz beradi. Guanilatsiklaza ta‘siri ostida asiklovir monofosfat difosfatga va bir qancha xujayra fermentlari ta‘siri ostida – trifosfatga aylanadi. Aynan viruslarga yuqori tanlangan ta‘siri va odam uchun kam toksikligi, asiklovirni infeksiyalanmagan hujayralar timidinkinaza fermenti uchun substrat emasligi bilan bog‘liq, shuning uchun u sut emizuvchilarning hujayralari uchun kam toksikdir. Asiklovir trifosfat virus DNK sintezini (replikasiyasini) uchta mexanizm orqali ingibisiya qiladi:
1) DNK sintezida dioksiguanezin trifosfat raqobatli o‘rnini almashtiradi;
2) sintezlanayotgan DNK zanjiriga “teriladi” va uning uzayishini to‘xtadi;
3) virusning DNK-polimerazasini fermentini susaytiradi.
Natijada odam organizmida viruslarni ko‘payishi bloklanadi. Asiklovirni ta‘sirining spesifikligi va yuqori selektivligi, shuningdek asosan viruslar bilan shikastlangan hujayralarda to‘planishi bilan bog‘liq. Gerpetik infeksiyalarida toshmaning yangi elementlarining hosil bo‘lishini oldini oladi, teri disseminasiyasi va visseral asoratlar ehtimolini pasaytiradi, qatirmalar hosil bo‘lishini tezlashtiradi, o‘rab oluvchi gerpesning o‘tkir fazadagi og‘rig‘ini kamaytiradi. Immunitetni rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin ichakda qisman so‘riladi, past lipofilligi tufayli 200 mg peroral qabul qilingandan keyin so‘rilishi 20% (15-30%), ammo bunda virusli kasalliklarni samarali davolash uchun yetarli bo‘lgan dozaga bog‘liq konsentrasiyalari hosil bo‘ladi. Ovqat asiklovirning so‘rilishiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Doza oshirilishi bilan biokiraolishligi kamayadi.
Maksimal konsentrasiya (Cmax) ichga 200 mg sutkada 5 marta buyurilgandan keyin – 0,7 mkg/ml, minimal konsentrasiya (Cmin) – 0,4 mkg/ml, maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti – 1,5-2 soat. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 9-33%. Gematoensefal to‘siqdan o‘tadi. A‘zolar va to‘qimalarga yaxshi o‘tadi (shu jumladan bosh miya, buyraklar, o‘pka, jigar, ko‘z ichi suyuqligi, ko‘z yoshi suyuqligi, ichak, mushaklar, taloq, ko‘krak suti, bachadon, shilliq pardalar va qin ajralmalari, sperma, amniotik suyuqlik, gerpetik pufakchalar ichidagisi); orqa miya suyuqligidagi konsentrasiyasi, qondagi kabi – 50%. Asiklovir yo‘ldosh orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ahamiyatsiz konsentrasiyalarda chiqariladi. 200 mg dozada sutkada 5 marta ichga qabul qilinganidan keyin, asiklovir ko‘krak sutida plazmadagi konsentrasiyasidan 0,6-4,1% tashkil qiluvchi konsentrasiyalari aniqlanadi (ko‘krak sutidagi bunday konsentrasiyalarda emizikli bolalar ona suti bilan 0,3 mg/kg gacha bo‘lgan dozada asiklovir olishlari mumkin). Jigarda 9-karbometoksimetilguanin metaboliti hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi.
Kalavalar filtrasiyasi va naychalar sekresiyasi yo‘li bilan buyraklar orqali chiqariladi: ichga qabul qilinganida – katta qismi o‘zgarmagan holda (dozaning 62-91%) va metaboliti ko‘rinishda (o‘rtacha 14%). 2% kamrog‘i me‘da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi; izi miqdorlari nafas bilan chiqaralayotgan havoda aniqlanadi.
6 soat davomidagi bir martalik gemodializ seansida asiklovirning plazmadagi konsentrasiyasi taxminan 60% kamayadi; peritonial dializda asiklovirning klirensi ahamiyatli o‘zgarmaydi.
Ichga qabul qilinganida kattalarda yarim chiqarilish davri (T1/2) – 3,3 soat, 1 yoshdan 18 yoshgacha bolalar va o‘smirlarda – 2,6 soat. Chiqarilish tezligi yosh o‘tgan sari sekinlashadi, lekin faol preparatning T1/2 biroz oshadi.
Og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda T1/2 – 20 soatgacha. Buyrak yetishmovchiligidagi (kattalarda kreatinin klirensning (KK) ko‘rsatkichilariga qarab) T1/2; KK 80 ml/min – 2,5 soat, 50-80 ml/min – 3 soat, 15-50 ml/min – 3,5soat, anuriyada – 19,5 soat, gemodializ o‘tkazish vaqtida – 5,7 soat, doimiy ambulator peritonial dializda – 14-18 soat. OITS-infeksiyalangan pasientlarga asiklovir va zidovudin bir vaqtda yuborilganida ikkala preparatning farmakokinetik xarakteristikasi deyarli o‘zgarmaydi.
Qo‘llanilishi
Herpes simplex ni 1 va 2 tur va Varicella zoster viruslari chiqargan infeksiyalarni davolash va oldini olish:
– teri va shilliq qavatlarning oddiy gerpesi (birlamchi va qaytalanuvchi);
– genital gerpes (birlamchi va qaytalanuvchi);
– o‘rab oluvchi temiratki (o‘rab oluvchi gerpes);
– suvchechak (tipik toshma paydo bo‘lganidan keyingi birinchi 24 soat)
– yaqqol immuntanqisligi bo‘lgan bemorlarda (shu jumladan transplantasiyadan keyin, immunodepressiv dori vositalarini qabul qilganda, OIV-infeksiyalangan pasientlarda, ximioterapiya fonida) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, bir stakan suv bilan birga qabul qilinadi.
Kattalarga teri va shilliq qavatlarning oddiy gerpesini davolash uchun – 200 mg dan sutkada 5 marta (har 4 soatda kunduz kuni, tungi uyqudan tashqari) 5 kun davomida, zarurati bo‘lganida davolash davomiyligi uzaytirilishi mumkin. Immun tanqisligi bo‘lgan pasientlarni davolashda preparatning bir martalik dozasini 400 mg gacha oshirish kerak, kursning davomiyligi – 10 kun va ko‘proq.
Kattalarda genetal gerpesni davolash uchun – 200 mg dan sutkada 5 marta (har 4 soat kunduz kuni, tungi uyqudan tashqari) 10 kun davomida, zarurati bo‘lsa davolash muddatini uzaytirish mumkin.
Immun tanqisligi bo‘lgan pasientlarni davolashda preparatning bir martalik dozasini 400 mg gacha oshirish kerak. Davolashni infeksiya paydo bo‘lganidan keyin iloji boricha boshlash kerak; qaytalanishlarida preparatni prodromal davrida yoki toshmaning birinchi belgilari paydo bo‘lganida buyurish tavsiya etiladi.
Oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarning qaytalanishlarini oldini olish uchun (shu jumladan immuntanqisligi bo‘lgan bemorlarda), preparat 200 mg dan sutkada 4 marta buyuriladi (har 6 soatda). Immunstatusi normal bo‘lgan pasientlarga teri va shilliq pardalarning oddiy gerpesini oldini olish maqsadida 400 mg dan sutkada 2 marta buyurish mumkin (har 12 soatda). Yaqqol immuntanqisligi holida (suyak ko‘migi transplantasiyasidan keyin yoki ichakdan so‘rilishini buzilishlarida) – 400 mg dan sutkada 5 marta.
Qaytalanuvchi genital gerpesda (yilida 6 epizoddan kam): uzlukli davolash – 200 mg dan sutkada 5 marta 5 kun davomida. Qaytalanuvchi genital gerpes (yilga 6 epizoddan ko‘p): davomli bostiruvchi davolash – 400 mg dan kuniga 2 marta yoki 200 mg dan sutkada 3-5 marta (kurs davomiyligi 12 oygacha).
Profilaktik davolash kursi davomiyligi infeksiyalanish xavfi bo‘lgan davomiylik davri bilan aniqlanadi.
O‘rab oluvchi temiratki (o‘rab oluvchi gerpesni) davolashda – 800 mg dan sutkada 5 marta (har 4 soatda kunduz kuni, tungi uyqudan tashqari) 7-10 kun davomida. Qabulga maksimal bir martalik dozasi – 800 mg.
Yuqori dozalarni ichga qabul qiluvchi pasientlar yetarlicha miqdorda suyuqlik qabul qilishlari kerak.
3 yoshdan oshgan bolalarga preparat kattalarga buyurilgan dozalarda buyuriladi.
Suvchechakni davolash: kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga – 800 mg dan sutkada 4 marta, 3-6 yoshli bolalarga – 400 mg dan sutkasiga 4 marta.
Aniqroq dozani 20 mg/kg hisobidan belgilash mumkin, lekin 800 mg dan ko‘p emas sutkasida 4 marta. Davolash kursi – 5 kun.
Buyraklar faoliyatinining buzilishlari bo‘lgan pasientlarda doza va dozalash tartibiga kreatinin klirensining kattaligi va infeksiya turiga qarab tuzatish kiritish kerak.
Herpes simplex chaqirgan infeksiyani davolash uchun, kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam bo‘lganida preparatning sutkalik dozasini 400 mg gacha kamaytirish kerak, uni 2 qabulga bo‘lib (ular orasidagi interval 12 soatdan kam bo‘lmasligi kerak, ya‘ni 200 mg dan sutkada 2 marta). Varicella zoster chaqirgan infeksiyalarni davolashda va yaqqol immuntanqisligi bo‘lgan bemorlardagi tutib turuvchi davolashda kreatinin klirensi – minutiga 10-25 ml bo‘lgan pasientlarga preparat sutkada 2,4 g dozada 3 qabulda 8 soat oraliq bilan buyuriladi (800 mg dan sutkada 3 marta).
Kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam bo‘lgan pasientlarda sutkalik doza 1,6 g gacha kamaytiriladi, qabul qilish soni sutkada 2 marta 12 soat oraliq bilan (800 mg dan sutkada 2 marta).
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘riqlari; kam hollarda – bilirubin darajasini va jigar fermentlarining faolligini qaytuvchan oshishi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda – anemiya, leykopeniya, trombositopeniya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – qonda mochevina va kreatinin darajasini oshishi. juda kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
MNT tomonidan: bosh og‘rig‘i, kam hollarda – bosh aylanishi, ongning chalkashishi, gallyusinasiyalar, uyquchanlik, paresteziyalar, tirishishlar, koma kabi qaytuvchan nevrologik buzilishlar. Odatda bu nojo‘ya samaralari buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparat tavsiya etilgandan yuqori dozalar qabul qilinganida kuzatilgan.
Allergik reaksiyalar: toshma, fotosensibilizasiya, eshakemi, qichishish; kam hollarda -xansirash, angionevrotik shish, anafilaksiya.
Isitma, limfoadenopatiya, perefirik shishlar, ko‘rishning buzilishlari, mialgiya.
Boshqalar: tez charchash; kam hollarda – alopesiya.
Antiretrovirus preparatlarni oluvchi pasientlarda, asiklovirni qo‘shimcha qabul qilish toksik samaralarning ahamiyatli kuchayishini chaqirmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Asiklovirga o‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan valasiklovirga), 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Extiyotkorlik bilan
Homiladorlik, laktasiya davri, degidratasiya va buyrak yetishmovchiligi.
Prepartni homiladorlikda ona uchun taxmin qilingan foyda, homila uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan xollarda qo‘llash mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Immunostimulyatorlarni bir vaqtda buyurishda samarasining kuchayishi kuzatiladi. Boshqa nefrotoksik dori vositalar – nefrotoksik ta‘siri xavfini oshishi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Asiklovir bilan uzoq muddat yoki takroran davolanish immuniteti past bo‘lgan bemorlarda, uning ta‘siriga sezgirligi bo‘lmagan virus shtammlarini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ko‘pchilik ajratilgan asiklovirga sezgir bo‘lmagan virus shtammlarida, virus timidinkinazasining nisbiy yetishmovchiligi aniqlangan; o‘zgargan termidinkinazali yoki o‘zgargan DNK-polimirazali shtammlar ajratilgan. In vitro sharoitda alohida ajratilgan Herpes simplex virus shtammlariga asiklovirning ta‘siri kam sezgirlikka ega bo‘lgan shtammlarning paydo bo‘lishini chaqirishi mumkin.
Adekvat va qat‘iy nazoratli klinik tadqiqotlarda preparatni homiladorlik davrida qo‘llashning xavfsizligi tekshirilmagan. Qo‘llash faqat agar ona uchun taxmin qilingan foyda homila uchun mumkin bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan holda ko‘rsatilgan.
Preparatni yuqori peroral dozalari bilan davolash davrida kirishini pasientning organizmiga suyuqlikni yetarlicha kirishini ta‘minlash kerak.
Laktasiya davrida preparat faqat o‘ta zarur bo‘lgan holda va qisqa kurs bilan buyuriladi, asiklovirni ko‘krak sutiga ahamiyatsiz kirishi tufayli ko‘krak bilan emizish to‘xtatilmaydi, lekin katta ehtiyotkorlik bilan shifokorning qat‘iy nazorati ostida davom ettiriladi.
Asiklovir gerpesni jinsiy yo‘l bilan yuqishini oldini olmaydi, shuning uchun davolanish davrida jinsiy aloqadan saqlanish kerak, hatto klinik ko‘rinishlar bo‘lmaganida ham.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
20 g asiklovirni og‘iz orqali qabul qilish spesifik simptomlarning rivojlanishiga olib kelmaydi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 200 mg dan.
10 tabletka kontur uyali o‘ramda.
1, 2, 3 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutilarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
10 tabletkadan kontur uyali o'ramlarda. 1, 2, 3 kontur uyali o'ramlardan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Farmakodinamikasi
Asiklovir – bu purin nukleozidining sintetik analogi bo'lib, inson gerpesi viruslari, jumladan 1 - va 2-tur oddiy gerpes virusi (HSV), suvchechak virusi va bog'lab oluvchi gerpes (VZV), Epshteyn-Barr (EBV) va tsitomegalovirus (CMV) replikasiyasini in vitro va in vivo ingibirlash qobiliyatiga ega.
Asiklovirning HSV-1, HSV-2, VZV, EBV va CMV viruslariga nisbatan ingibirlovchi faolligi yuqori selektivlik bilan izohlanadi.
Asiklovir zararlanmagan hujayralarning timidinkinaza fermenti uchun substrat hisoblanmaydi, shuning uchun ho'jayin hujayra uchun kam toksik hisoblanadi. HSV, VZV, EBV va CMV viruslari bilan zararlangan hujayralar timidinkinazasi asiklovirni nukleozid analogi – asiklovir monofosfatga aylantiradi, so'ngra hujayra fermentlari ta'siri ostida navbat bilan difosfat va trifosfatga aylanadi. Asiklovir trifosfatning virus DNKsi zanjiriga qo'shilishi va zanjirning navbatdagi uzilishi virus DNKsi replikasiyasining keyingi replikasiyasini bloklaydi.
Yaqqol immuntanqisligi bo'lgan pasientlarda asiklovir bilan uzoq muddatli va takroriy muolaja kurslari chidamli shtammlar hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin va shuning uchun asiklovir bilan keyingi davolanish nosamarador bo'lishi mumkin. Asiklovirga past sezuvchanligi bo'lgan belgilangan shtammlarning ko'pchiligida virus timidinkinazasining nisbatan kichik miqdori, virus timindinkinazasi yoki DNK-polimeraza tuzilishining buzilishi aniqlangan. Asiklovirning HSV shtammlariga in vitro ta'siri ham unga nisbatan pastroq sezuvchan bo'lgan shtammlarning hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin. Preparat samaradorligi o'rtasida korrelyasiya aniqlanmagan.
Barcha pasientlar virusning, ayniqsa faol zararlanishlar mavjud bo'lganda, potentsial tarzda uzatilishining oldini olish uchun ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
Chiqarish shakllari