×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BRONXOLITIN sirop 5ml

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Bolgariya
Faol modda:
Глауцин, Эфедрин
Ishlab chiqaruvchi:
- Sopharma AD
ATX kodi:
- R05DB20
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
Kodelak bronxo eliksiri 100ml ОАО "Фармстандарт-Лексредства" Rossiya
30 000 s`om dan
54 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BRONXOLITIN sirop 5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BRONXOLITIN®

BRONCHOLYTIN®

 

Preparatning savdo nomi: Bronxolitin®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): glausin. efedrin

Dori shakli: sirop.

Tarkibi:

5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 5,75 mg glausin gidrobromidi (glaucine hydrobromide) va 4,6 mg efedrin gidroxloridi (ephedrine hydrochloride);

yordamchi moddalar: bazilik moyi, limon kislotasi monogidrati, metil paragidroksibenzoati (Ye218), propil paragidroksibenzoati (Ye 216), polisorbat 80, saxaroza, etanol (96%), tozalangan suv.

Ta‘rifi: sariq jigarrang shirin ta‘mli va o‘ziga xos rayxon moyi hidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: yo‘talga qarshi vosita.

ATX kodi: R05DB20

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Bronxolitin majmuaviy preparat bo‘lib, yaqqol yo‘talga qarshi, bronxlarni kengaytiruvchi va bronxoantiseptik ta‘siriga ega. Alkoloid glausin nafasga ta‘sir qilmagan holda, yo‘tal markazini susaytiradi. Kuchsiz bronxospazmolitik va adrenolitik ta‘siriga ega va  o‘rganib qolishni va qaramlikni chaqirmaydi.

Efedrin bevosita (alfa- va beta- reseptorlarni rag‘batlantiradi) va bilvosita  (aminooksidazaning faolligini pasaytiradi) adrenomimetik ta‘siriga ega. Noradrenalinni va adrenalinni depodan ajralib chiqishini chaqiradi. Efedrin bronxlarning silliq mushaklariga spazmolitik samara ko‘rsatadi. Beta2-adrenoreseptorlarga yaqqol qo‘zg‘atuvchi ta‘siriga egaligi sababli, u bronxial mushaklarni uzoq vaqt bo‘shashtiradi. Efedrinni ta‘sirida bronxlarning shilliq qavatining shishini kamaytiradi va bronxlarni kengaytiradi. Bronxolitin siropini farmakologik tadqiqotlari, uni bronxlarga gistaminning spastik ta‘sirini pasaytirishini namoyish etgan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: ichga qabul qilinganida glausin va efedrin me‘da-ichak yo‘llarida tez va to‘liq so‘riladi.

Taqsimlanishi: glausin ichga qabul qilinganida plazmadagi maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti 1,5 soat.

Efedrin asosan jigarda, o‘pkalarda, buyraklarda, qora taloqda va bosh miyada to‘planishi bilan organizmda taqsimlanadi.

Metabolizmi: glausin va efedrin (ozgina qismi) jigarda metabolizmga uchraydi.

Chiqarilishi: glausin siydik bilan metabolitlari holida va o‘zgarmagan holda chiqariladi. Efedrinni yarim chiqarilish davri taxminan 3-6 soatni tashkil qiladi. Siydik orqali asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklarini majmuaviy davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Har doim Bronxolitinni ushbu ilova-varaqada ta‘riflangandek qabul qiling. Agar Siz biron-bir narsada ishonch hosil qilmasangiz, shifokoringizdan yoki farmasevtdan so‘rang.

Siropni ovqatdan so‘ng ichga qabul qiling. Odatdagi doza:

Kattalarga va 10 yoshdan oshgan bolalarga: 10 ml dan kuniga 3-4 marta.

3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 5 ml dan kuniga 3 marta.

Davolash davomiyligi: 5-7 kun.

Agar simptomlar 5 kundan keyin ham davom etsa yoki Sizning holatingiz yomonlashsa, shifokoringizga murojaat qiling!

Nojo‘ya ta‘sirlari

Barcha dori vositalari kabi Bronxolitin ham nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkin, ammo ular barcha bemorlarda kuzatilavermaydi.

Sirop bilan davolaganda ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, obstipasiya, allergik toshmalar, qichishish, terlashni kuchayishi, bosh aylanish, qaltirash, kuchlanish, uyqusizlik, yurak faoliyatini tezlashishi, qon bosimini oshishi, ko‘rishni buzilishi, siydik chiqarilishini qiyinlashishi yoki prostata bezi kattalashgan bemorlarda siydikni tutilishi, o‘rganib qolish kuzatilishi mumkin.

Ko‘rinishlarning aniq tez-tezligi ma‘lum bo‘lmasligiga qaramasdan ayrim shaxslarda ko‘krakdagi og‘riqlar (stenokardiya kabi yurakni buzilishlari oqibatida) paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda shifokor bilan maslahatlashing.

Agar Bronxolitin bilan davolash vaqtida shu simptomlardan ayrimlari paydo bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering, lekin uning tavsiyasisiz va maslahatisiz dori preparatini qo‘llashni to‘xtatmang.

Agar nojo‘ya ta‘sirlaridan birontasi jiddiylashsa yoki Siz ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan boshqa nojo‘ya ta‘sirlarini sezsangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga  xabar qilishingizni so‘raymiz.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Bronxolitinni quyidagilarda ishlatmang

  • agar Sizda faol moddalarga yoki Bronxolitinning qolgan komponentlaridan birontasiga allergiya (yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa.
  • agar Sizda yurak ishemik kasalligi; qon bosimi yuqori; dekompensasiyasi ko‘rinishlari bilan kechuvchi yurakning og‘ir organik kasalliklari; qalqonsimon bezining funksiyasini oshishi (tireotoksikoz); feoxromositoma; ko‘z ichki bosimini oshishi (glaukoma); siydikni tutilishi bilan kechuvchi prostata bezining kattalashishi; uyqusizlik bo‘lsa.
  • 3 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar.
  • agar Siz homilador (birinchi 3 oyligi) bo‘lsangiz yoki emizsangiz.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Agar Siz boshqa dori preparatlarini, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori preparatlarini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, shifokoringizga yoki farmasevtga xabar berishingizni so‘raymiz.

Bir vaqtda yurak ishini kuchaytiradigan (yurak glikozidlari), xinidin, umumiy anestetiklar (galotan), depressiyaga qarshi dori preparatlari (trisiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlar), nerv tizimining stimulyatorlari, shu jumladan tetiklantiruvchi ichimliklar (qaxva, choy, koka-kola) bilan bir vaqtda qo‘llash, yurak ritmini buzilishlarini yoki qon bosimini oshish xavfini oshiradi. Agar Siz depressiyani davolash uchun dori preparatlari (MAO ingibitorlarini) qabul qilgan bo‘lsangiz, Bronxolitin siropini ular tugaganiga 2 hafta o‘tganidan so‘ng davolashni boshlash mumkin. Bir vaqtda ergoalkaloidlarni saqlovchi migrenga qarshi dori preparatlari bilan yoki oksitosin bilan davolashda o‘xshash samaralarini kuzatish mumkin.

Bir vaqtda beta-blokatorlar (propanolol, atenolol, metoprolol) bilan qo‘llash siropning bronxolitik ta‘sirini pasaytiradi.

Bronxolitin va peroral diabetga qarshi dori preparatlarini birga davolanishda ularning gipoglikemik ta‘sirini (qonda qand miqdorini pasayishiga) kamayishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

  • Agar Sizda yurak kasalliklari, yurak ritmini buzilishi yoki stenokardiya bo‘lsa, Bronxolitinni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
  • Preparatning tarkibida efedrin mavjudligi sababli doping-sinama ijobiy bo‘lishi mumkinligini sportchilar bilishlari kerak.
  • Markaziy nerv tizimiga kuchsiz rag‘batlantiruvchi ta‘siri va uyquni buzilishi mumkinligi tufayli, Bronxolitin siropini soat 16.00 dan keyin qo‘llash mumkin emas.
  • Dorilarga qaramlik rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Homiladorlik va emizish davri

Har qanday dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokoringizdan yoki farmasevtdan maslahat so‘rang.

Bronxolitin siropini homiladorlikning birinchi 3 oyligida va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarishda dori vositasini o‘ziga xos ta‘siri.

Bronxolitin siropini tarkibiga efedrin kiradi, u ko‘z qorachig‘ini kengaytirishi va transport vositasini boshqarishiga ta‘sir qilishi mumkin.

Preparatning ayrim yordamchi moddalari to‘g‘risida muhim ma‘lumotlar.

Bronxolitin 1,7 hajm % gacha etanol (alkogol) saqlaydi. Siropni 5 ml dozasi, 69 mg gacha alkogol saqlaydi. Alkogolizmi bo‘lganlar uchun zararli. Alkogol borligi sababli, homilador va emizikli ayollar, bolalar va tutqanoq va jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlar kabi yuqori xavf guruhlarda qo‘llashda alkogol saqlanishini hisobga olish kerak.

Dori preparati 43,75 g saxaroza saqlaydi. Dozalashga tavsiyalar bo‘yicha qo‘llanganida har 5 ml dozada organizmga 2 g gacha saxaroza kiradi. Agar shifokor Sizda saxarozani o‘zlashtiraolmaslik borligini aytgan bo‘lsa, Bronxolitin siropini qo‘llashdan oldin u bilan maslahatlashing.

Metil- va propil paragidroksibenzoati allergik reaksiyalar (ehtimol sekinlashgan tipdagi) chaqirishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Agar Siz qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan dozadan yuqori dozani qabul qilgan bo‘lsangiz, Sizda nerv qo‘zg‘alishi, qo‘l-oyoqlarni qaltirashi, terlashni kuchayishi, siyishni qiyinlashishi, ko‘ngil aynishi, uyqusizlik, ba‘zi hollarda lohaslik va uyquchanlik kuzatilishi mumkin.

Darhol davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

 

Chiqarilish shakli

125 g sirop polietilen qopqoqchali to‘q shisha butilkada yoki polietilen qopqoqchali to‘q polietilentereftalat butilkada o‘lchov stakanchasi va qo‘llash bo‘yicha qo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dori preparatini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilar uchun konteynerga tashlash mumkin emas. Farmasevtdan dori preparatini qanday yo‘q qilish kerakligini so‘rang. Bu choralar atrof muhitni himoya qilishga yordam beradi.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Flakon birinchi ochilganidan keyin yaroqlilik muddati – 1 (bir) oygacha.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BRONXOLITIN sirop 5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BRONXOLITIN sirop 5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BRONXOLITIN sirop 5ml dori vositasi Sopharma AD tomonidan Bolgariya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BRONXOLITIN sirop 5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BRONXOLITIN sirop 5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BRONXOLITIN sirop 4,6mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Глауцин, Эфедрин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sopharma AD
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 20 200 so'mdan Batafsil
INDOMETASIN tabletkalari 25mg N30
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
TROKSERUTIN gel 40g 2%
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
INDOMETASIN maz 40g 10%
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
KARSIL tabletkalari 22,5mg N80
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
Narh: 21 400 so'mdan Batafsil
BRONXOLITIN sirop 4,6mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Глауцин, Эфедрин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sopharma AD
SOFAMET tabletkalari 850mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sopharma AD
SOFAMET tabletkalari 500mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Ishlab chiqaruvchi: Sopharma AD
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9