Damfos ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DAMFOS
DAMPHOS
Preparatning savdo nomi: Damfos
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): klindamisin fosfati, klotrimazol
Dori shakli: vaginal kapsulalar.
Tarkibi:
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: klindamisin fosfati – 100 mg klindamisinga ekvivalent; klotrimazol – 100 mg;
yordamchi moddalar: yorqin suyuq parafin, oq rangli yumshoq parafin;
jelatin massaning tarkibi: jelatin, gliserin, 70% li suyuq sorbitol (kristallanmaydigan), metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, etilvanilin, titan dioksidi, tozalangan suv.
Ta‘rifi: och-sariq rangli, tiniq bo‘lmagan, oval shaklli, tarkibida oq rangli qovushqoq massa saqlovchi yumshoq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: ginekologiyada mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan majmuaviy preparat.
ATX kodi: G01A
Farmakologik hususiyatlari
Klindamisin fosfati bakteriyalarning ribosomalardagi faqat 50S-subbirliklari bilan bog‘lanadi va oqsillar sintezini ingibisiya qiladi. U grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan faol va grammanfiy organizmlarga nisbatan kamroq faoldir. In vitro sharoitlardagi faolligi albatta agentning in vivo sharoitlarda ham samarali ekanligini anglatmaydi. In vitro sharoitlardagi faollik doirasiga stafilokokklar (shu jumladan, penisillinaza ishlab chiqaradigan shtammlari), beta-gemolitik streptokokklar, Diplococcus pneumoniae, Clostridium perfringens, Corynebacterium acnes va Actinomyces israelii lar kiradi. Klindamisin fosfati Streptococcus faecalis, Escherichia coli, Shigella spp., Salmonella spp., Proteus spp., and Pseudomonas spp ning ko‘pchilik shtammlariga nisbatan faol emas. Klindamisinning biologik yarim parchalanish davri 2,4 soatni tashkil etadi.
Klotrimazol dermatofitlar, achitqilar, mog‘or va boshqa zamburug‘larga qarshi fungisid ta‘sir ko‘rsatadi. Klotrimazol imidazol hosilalari guruhiga mansub bo‘lgan zamburug‘larga qarshi vositadir. Imidazollar sitoxrom R-450 guruhidagi fermentlardan biri bilan bog‘lanishi orqali zamburug‘lardagi lanosterinni 14-α-demetillanishini ingibisiya qiladilar. Bu 14-alfa metil guruhi sterollarini to‘planishiga va zamburug‘lardagi sitoplazmatik membrana uchun zarur bo‘lgan ergosterol, sterolning konsentrasiyasini pasayishiga olib keladi. Metilsterollar elektronlarni tashish tizimiga ta‘sir qilishi, va shu orqali zamburug‘larni o‘sishini ingibisiya qilishi mumkin. Klotrimazolni ham in vitro sharoitlarda, ham klinik infeksiyalarda quyidagi dermatofitlarning ko‘pchilik shtammlariga qarshi, shu jumladan Epidermophyton floccosum, Trichophyton mentagrophytes va Trichophyton rubrum ga qarshi faoldir.
Qo‘llanilishi
Infeksion leykoreya; aralash infeksiyalar va nospesifik vaginit; vaginal kandidoz; bakterial vaginoz; trixomonozlarda qo‘llanadi.
Preparat 12 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan ayollarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Damfos kapsulalarni qinga kiritishdan oldin va kiritgandan so‘ng qo‘llarni yaxshilab yuving. Vaginal kapsulalarni qinga imkon boricha chuqurroq kiritish kerak. Eng yaxshisi bunga chalqancha yotib erishish mumkin, bunda oyoqlarni tanaga biroz yaqinlashtirish kerak. Damfos preparatini kiritgandan so‘ng jismoniy harakatlar, shu jumladan turish, yurish, chopish va boshqalarni bajarishdan saqlanish kerak, shuning uchun kapsulalarni kechqurun yotishdan oldin kiritish kerak. Yaxshi natijaga erishish uchun 7 kun davomida uzluksiz ravishda davolanish kerak, davolanishni faqat kuchli ta‘sirlanganda, mutaxassis bilan maslahatlashgandan so‘ng to‘xtatish kerak.
Qinga 1 vaginal kapsulani tunga 7 kun davomida kiriting, uyqudan oldin kiritgan afzal. Davolashni shunday rejalashtirish kerakki, bunda u hayz ko‘rish sikliga to‘g‘ri kelmasligi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Pasientlarda mahalliy nojo‘ya reaksiyalar, shu jumladan ta‘sirlanish va achishish rivojlanishi mumkin, allergik kontakt dermatitni rivojlanganligi yuzasidan xabar olingan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Anamnezida klindamisin, linkomisin, klotrimazol yoki preparatning komponentlaridan birortasiga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarga Damfos preparatini qo‘llash mumkin emas. Shuningdek vaginal kapsulalarni kasallik tarixida regionar enterit, yarali kolit yoki antibiotiklarni qo‘llash natijasida qo‘zg‘algan kolit bo‘lgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan klindamisin qabul qilinganida, pasientlarda soxta membranoz kolitni rivojlanish xavfi mavjud, uning og‘irlik darajasi yengil darajadan hayot uchun havf soluvchi darajagacha bo‘lishi mumkin. Klindamisinni peroral va parenteral qo‘llash fonida o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir darajadagi kolit rivojlanishi mumkin. Og‘ir darajadagi diareya, qonli ich ketishi va kolit (shu jumladan, soxta membranoz kolit) qayd etilgan. Shuning uchun Damfos preparati qo‘llanganidan so‘ng bemorlar diareya shikoyati bilan murojaat qilganda uning rivojlangan bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqish kerak, chunki klindamisinning dozasini taxminan 30% qin orqali tizimli ravishda so‘riladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
7 yumshoq jelatin vaginal kapsulalar PVX va alyumin folgali blisterda, 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari