Dayvobetning aptekalardagi narxlari
DAYVOBET maz 30g N1
|
|
5 ta dorixonada bor
|
290 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Dayvobet ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DAYVOBET®
DAIVOBET®
Preparatning savdo nomi: Dayvobet® (Daivobet®)
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): betametazon+kalsipotriol
Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma.
Tarkibi:
1 g surtmada quyidagilar saqlanadi:
faol moddalar: 0,5 mg betametazonga ekvivalent bo‘lgan 0,643 mg betametazon dipropionati va 0,05 mg kalsipotriolga ekvivalent bo‘lgan 0,052 mg kalsipotriol monogidrati;
yordamchi moddalar: 30,0 mg suyuq parafin, 50,0 mg polioksipropilenglikolya stearati, 0,02 mg alfa-tokoferol, 1,0 g gacha oq yumshoq parafin.
Ta‘rifi: deyarli oqdan to och-sariq rangligacha bo‘lgan bir xil surtma.
Farmakoterapevtik guruhi: psoriazni davolash uchun vosita.
ATX kodi: D05AX02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Kalsipotriol – D vitaminining faol metabolitini sintetik analogidir. Keratinositlarning proliferasiyasini tormozlanishini chaqiradi va ularning morfologik differensiyalanishini tezlashtiradi.
Betametazon – sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroid (GKS); mahalliy yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi, qon tomirlarini toraytiruvchi va immunosupressiv ta‘sir ko‘rsatadi, biroq topik steroidlarning yallig‘lanishga qarshi ta‘sirining aniq mexanizmlari oxirgacha ma‘lum emas.
Farmakokinetikasi
Dayvobet® preparati sirtga qo‘llanganida kalsipotoriol va betametazonning shikastlanmagan teri orqali so‘rilishi 1% dan kamroqni tashkil qiladi. Preparat psoriatik blyashkalarga va okklyuzion bog‘lovlari ostiga qo‘yilganida topik GKS ning so‘rilishi oshadi. Madomiki, terida preparatning deposi yaratilar ekan, unda uning teridan eliminasiyasi bir necha kun davomida yuz beradi. Betametazon jigarda va buyraklarda glyukuronidlar va sulfoefirlarni hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi, chiqarilishi ichak va buyraklar orqali amalga oshiriladi.
Qo‘llanilishi
Surunkali oddiy blyashkali psoriaz.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga. Kattalarga surtma terining shikastlangan sohalariga yupqa qilib 1 marta qo‘yiladi. Maksimal sutkalik doza ko‘pi bilan 15 g; maksimal haftalik doza 100 g dan oshmasligi kerak. Tavsiya etilgan davolash kursining davomiyligi 4 hafta. So‘ngra Dayvobet®ni shifokorning kuzatuvi ostida takroran qo‘llash mumkin. Preparatni qo‘yish maydoni tana yuzasining 30% dan oshmasligi lozim.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya ta‘sirlari uchrash tez-tezligiga qarab, quyidagicha tasniflanadi.
Juda tez-tez >1/10
Tez-tez >1/100 va <1/10
Tez-tez emas >1/1000 va <1/100
Kam hollarda >1/10000 va <1/1000
Juda kam hollarda <1/10000
Teri qoplamlari va teri qo‘shimchalari tomonidan
Tez-tez: qichishish, toshma, achishish hissi
Tez-tez emas: og‘riq, ta‘sirlanish, dermatit, eritema, psoriazni zo‘rayishi, surtmani applikasiya qilingan joylarda pigmentasiyani buzilishi, follikulit.
Kam hollarda: pustulyoz psoriaz.
Kalsipotriol terining mahalliy ta‘sirlanishini, qichishish, achishish, o‘tkir og‘riq, terini qurishi, eritema, toshma, dermatit, ekzema va psoriazni zo‘rayishini chaqirishi mumkin.
Betametazonni (dipropionati) uzoq muddatli topik (mahalliy) qo‘llanishini terining atrofiyasi, teleangioektaziyalar, striyalar, follikulit, gipertrixoz, perioral dermatit, allergik kontaktli dermatit, depigmentasiyalar, terining kolloid degenerasiyasini, shuningdek tarqoq yoyilgan pustulyoz psoriazning rivojlanishini, o‘ta yuqori va fotosezuvchanlik reaksiyasini, shu jumladan angioedema va yuz shishini juda kam hollarini rivojlanish xavfini oshishi bilan bog‘laydilar.
Tizimli reaksiyalar
Kalsipotriolni qo‘llanishi bilan bog‘liq (juda kam): giperkalsiemiya, giperkalsiuriya.
Mahalliy GKS yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida buyrak usti bezlarining faoliyatini, buyrak usti bezi yetishmovchiligi va giperkortisizm simptomlarini, shu jumladan Isnko-Kushing sindromini rivojlanishi bilan kechuvchi susayishi yuz berishi mumkin. .
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi og‘irlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Kalsiyning metabolizmini buzilishi bilan kechadigan kasalliklar
- Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik
- Yaqqol buyrak yetishmovchiligi
- Terining virusli (shu jumladan gerpes yoki suvchechak), zamburug‘li, bakterial va parazitlar infeksiyalari, rozasea, pushti xusnbuzarlar, oddiy xusnbuzarlar, perioral dermatit, tuberkulez va sifilisning teri ko‘rinishlari, teri atrofiyasi, teridagi yaralar, terining qon tomirlarini yuqori sinuvchanligini, ixtioz, perianial va genital qichima.
- Psoriatik eritrodermiya, tomchisimon, eksfoliativ, pustulez psoriaz.
- Dayvobet® preparatini 18 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Ma‘lum emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni yuz terisiga, shilliq qavatlarga va boshning sochli qismiga qo‘yish tavsiya etilmaydi. Kataraktani rivojlanishi va ko‘z ichki bosimini oshishi mumkinligi tufayli, preparatni periorbital sohaga surtilmasin.Surtma qo‘yilganidan so‘ng qo‘llarni yaxshilab yuvish lozim.
Tavsiya etilgan dozalash tartibiga rioya qilinganida giperkalsiemiyaning rivojlanish xavfi minimaldir. Biroq, Dayvobet® tavsiya etilgan maksimal haftalik doza (100 g) dan ortiq dozalarda qo‘llanganida, uning dozasi pasaytirilganida yoki bekor qilinganda tez o‘tib ketadigan giperkalsiemiya rivojlanishi mumkin.
Dayvobet® kuchli ta‘sir etuvchi GKS ni saqlaydi, shuning uchun boshqa GKS bilan yo‘ldosh davolashni o‘tkazish tavsiya etilmaydi.
Preparat tana yuzasining 30% dan ortig‘ini tashkil etuvchi terining katta sohalariga, shuningdek okklyuzion bog‘lov ostiga, qo‘llanganida, teri burmalariga qo‘yishga yo‘l qo‘ymaslik tavsiya etiladi, chunki bu GKS ni tizimli so‘rilishini va tizimli nojo‘ya ta‘sirlarning rivojlanishi ehtimolini oshiradi.
Qaytar ikkilamchi buyrak usti bezlarining yetishmovchiligini rivojlanishi bilan bog‘liq gipotalamo – gipofizar-buyrak usti bezlari tizimining suppressiyasi yoki GKS ni tizimli buyurilishi bilan bog‘liq qandli diabetni zo‘rayishi kabi nojo‘ya ta‘sirlar, mahalliy GKS ni uzoq vaqt qo‘llanganda, tizimli absorbasiya oqibatida kuzatilishi mumkin. Psoriazni ikkilamchi infeksiya bilan asoratlanganida, antibakterial davolash o‘tkaziladi, infeksiya og‘irlashganida esa, Dayvobet® bekor qilinadi.
Dayvobet® bilan davolash vaqtida shifokorlar tabiiy yoki sun‘iy quyosh yorug‘ining haddan tashqari ta‘sirini cheklash yoki yo‘l qo‘ymaslikni pasientlarga tavsiya etadilar. Mahalliy qo‘llash uchun kalsipotriol UB-nurlari bilan faqat shifokor va pasient, potensial foyda potensial xavfdan ustun deb hisoblangandagina ishlatilishi lozim.
Homiladorlik va emizi davrida qo‘llanilishi
Dayvobet®ning homiladorlik va laktasiyada qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun preparat faqat shifokorning fikriga ko‘ra, uni ishlatilishi bilan bog‘liq davolash zarur bo‘lgandagina qo‘llanishi mumkin.
Avtotransport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: qonda kalsiyni miqdorini oshishi; gipofizar – buyrak usti bezlari tizimining faoliyatini, buyrak usti bezini qaytar ikkilamchi yetishmovchiligini rivojlanishi bilan, susayishi.
Davolash: preparatni bekor qilish va simptomatik davolashni o‘tkazish. Surunkali zaharlilik hollarida GKS ni asta-sekin bekor qilish lozim.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun surtma.
15, 30 va 60 g dan preparat buraladigan polietilen qopqoqli ichidan laklangan alyumin tubalarda. 1 tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil, ochilgandan so‘ng – 6 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz beriladi.
Chiqarish shakllari