DIAGLIZIDning aptekalardagi narxlari
DIAGLIZID MR tabletkalari 30mg
|
|
3 ta dorixonada bor
|
68 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
DIAGLIZID tabletkalari 30mg N60
|
|
2 ta dorixonada bor
|
67 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
DIAGLIZID tabletkalari 60mg
|
|
1 ta dorixonada bor
|
75 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
DIAGLIZID MR tabletkalari 30mg N30
|
|
8 ta dorixonada bor
|
72 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
DIAGLIZID MR tabletkalari 60mg N30
|
|
171 ta dorixonada bor
|
40 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
72 000 so'mdan
Bron qilish
|
DIAGLIZID MR tabletkalari 30mg N60
|
|
182 ta dorixonada bor
|
60 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
90 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
60 700 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
DIAGLIZID ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DIAGLIZID
DIAGLIZIDE
Preparatning savdo nomi: Diaglizid
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): gliklazid (gliclazide)
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka saqlaydi:
Faol modda: 100% moddaga qayta hisoblaganda 80 mg gliklazid;
Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristallik sellyuloza, povidon, kalsiy stearati, talk.
Ta‘rifi: oq yoki och-sariq tusli oq rangli, yassi yuzali, riska va faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Gipoglikemik vosita, insulinlardan tashqari.
ATX kodi: A10VV09.
Farmakologik xususiyatlari
Gliklazid sulfonilmochevina hosilasi bo‘lib, ikkinchi guruh sintetik peroral gipoglikemik preparatlarga kiradi. Preparat insulinning sekresiyasini erta cho‘qqisini tiklaydi, me‘da osti bezi β-xujayralarida kalsiyni tashilishiga ta‘sir qiladi. Ikkinchi generasiya preparatlarining kimyoviy tuzilishini o‘ziga xosligi β-xujayralarning membranalarida sulfonilmochevina reseptorlari bilan ularning katta o‘xshashligini belgilaydi. Bu ta‘siri quyidagi mexanizm bilan amalga oshadi: kalsiy ionlariga β-xujayralarning membranalarini o‘tkazuvchanligini kamayishi → membranalarni depolyarizasiyasi → ochilishi elektr potensialini o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘lgan kanallar orqali kalsiy ionlarini kirishi → xujayra ichida kalsiy konsentrasiyasini oshishi → sitoplazmatik granulalardan insulinni ajralib chiqarilishi. Gliklazid me‘da osti bezi β-xujayralar naychalarining regulyator KATF subbirligi bilan tanlab, yuqori yaqinlik bilan va qaytar bog‘lanadi. Gliklazid insulinning ta‘sirini samaradorligini oshiradi, mushaklarda glyukozaning utilizasiyasini va to‘planishini oshirish yo‘li bilan insulinga chidamlilikni pasaytiradi va jigarda uning sintezini pasaytiradi. Preparat glyukozani to‘qimalarga tashilishini tezlashtirib, shuningdek mushaklarda glikogen-sintetazani faollashtirib, insulin bilan rag‘batlantirilgan uning almashinuvini kuchaytiradi. Gliklazidning qandni pasaytiruvchi samarasi endogen insulinning sekresiyasini rag‘batlantirilishini belgilaydi, qandni asta-sekin pasaytirish samarasiga ega.
Gliklazid diabetik qon tomir asoratlarini, shu jumladan mikroangiopatiya va ateromatoz makroangiopatiyani, rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bu samara trombositlarning adgeziyasi va agregasiyasini kamayishi, prostaglandinlarning metabolizmini normallashishi (ularning balansi qandli diabetda buzilgan), tomirli fibrinolitik faolligini kuchayishi orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, preparat erkin radikallarning kuchli akseptori xisoblanadi (qandli diabetda ularning hosil bo‘lishini ahamiyatli oshishi kuzatiladi), tomirlarning o‘tkazuvchanligini normallashtiradi, mikrotromboz va aterogenezni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Gliklazid oksidlanish oqibatidagi stressning yaqqollik darajasini pasaytiradi. Gliklazid aterosklerotik blyashkalarni hosil bo‘lishi bilan lipidlarni cho‘kishini pasaytiradi. Preparat tana vaznini kamayishiga yordam beradi, lipid metabolizmini normallashtiradi (qon plazmasida xolesterin, trigliseridlar, erkin yog‘ kislotalarining konsentrasiyasini pasaytiradi).
Farmakokinetikasi
Gliklazid me‘da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi. Ovqat qabul qilish va uning xarakteri so‘rilish tezligi va uni so‘rilish darajasiga ta‘sir qilmaydi. Insulinga bog‘liq bo‘lmagan qandli diabeti bo‘lgan bemorlar tomonidan 80 mg gliklazid peroral qo‘llanganidan keyin, ular bu preparatni shu dozada bir hafta davomida qabul qilganlarida, qon plazmasidagi 6-8 mkg/ml – maksimal konsentrasiyasiga 2-3 soat o‘tgach erishiladi. Sog‘lom odamdagi –
2-4 mkg/ml preparatning miqdorini maksimal darajasiga 80 mg dozada uni bir marta qabul qilishdan keyin 4 soat o‘tgach erishiladi. Gliklazidning 87-95% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Preparat jigarda deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi. Gliklazidning organizmdan yarim chiqarilish davri 10 soatdan 12 soatgachani tashkil qiladi. Preparat qabul qilinganidan keyin 3-6 soat o‘tgach ichakda uning metabolitlari aniqlanadi. Qon plazmasi klirensi taxminan 13 ml/min ni tashkil qiladi, preparatning 60-70% siydik bilan, 10-20% – ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kattalardagi, qondagi glyukozaning konsentrasiyasini faqat parhez, jismoniy mashqlar yoki tana vaznini kamaytirish bilan nazorat qilib bo‘lmaydigan II tur qandli diabet (insulinga bog‘liq bo‘lmagan).
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga peroral buyuriladi.
Barcha qandni pasaytiruvchi vositalar kabi, Diaglizid pasientning davolashga bo‘lgan shaxsiy javobiga qarab, dozani shaxsiy tanlashni talab qiladi. Odatda parxez bilan glyukozaning darajasi yaxshi nazorat qilinadigan pasientlar uchun, glyukozaning nazorati vaqtincha buzilgan xolda, Diaglizidni qisqa muddatga buyurish mumkin.
Boshlang‘ich doza. 65 yoshgacha bo‘lgan bemorlarga – sutkada 1 tabletka (80 mg gliklazid).
65 yoshdan oshgan bemorlarga 40 mg preparatni sutkada 1 marta buyurish kerak (bunday dozalash imkonitga ega bo‘lgan gliklazid preparatlari qo‘llanishi kerak).
Dozani oshirishni qondagi qand darajasini sinchiklab nazorat qilingan holda, kamida 14 kundalik kam interval bilan o‘tkazish kerak.
O‘rtacha sutkalik doza – Diaglizidning 1-3 tabletka (80 mg li tabletkalar) ikki marta qabul qilish uchun.
Standart doza – sutkada preparatning 2 tabletkasi ikki marta qabul qilish uchun.
Maksimal sutkalik doza – preparatning 4 tabletkasi ikki marta qabul qilish uchun.
Yuqori xavfga ega bo‘lgan boshqa pasientlar.
Ovqatlanishi yetarli bo‘lmagan yoki muntazam bo‘lmagan yoki umumiy holatni sezilarli buzilishi bo‘lgan pasientlarda, shuningdek buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, gipoglikemik reaksiyalarni rivojlanish ehtimolidan saqlanish uchun, davolashni minimal dozadan boshlash va dozani oshirish bo‘yicha tavsiyalarga qat‘iy rioya qilish kerak.
Boshqa qandni pasaytiruvchi preparatlarni olayotgan pasientlar:
sulfonilmochevinaning qandni pasaytiruvchi boshqa preparatlari bilan bo‘lgani kabi, preparat hech qanday o‘tish o‘tkinchi davrisiz qandni pasaytiruvchi boshqa preparatning o‘rniga buyurilishi mumkin. Davomliroq yarim chiqarilish davriga ega bo‘lgan sulfonilmochevinaning boshqa preparatidan (masalan, xlorpropamid) bu preparatga o‘tishda, ikki preparatlarni additiv samarasidan va gipoglikemiya rivojlanishidan saqlanish uchun, pasient sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishi kerak (bir necha haftadan ko‘proq).
Nojo‘ya ta‘sirlari
Gliklazid va sulfonilmochevinaning boshqa hosilalarini qo‘llash tajribasiga asoslanib, quyida keltirilgan noxush samaralari kuzatilishi mumkin.
Gipoglikemiya. Sulfonilmochevinining boshqa preparatlarini qo‘llashdagi kabi, gliklazidni qabul qilish nomuntazam ovqatlanishda va ayniqsa – agar ovqat qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, gipoglikemiyani yuz berishini chaqirishi mumkin. Gipoglikemiyani paydo bo‘lishi xarakterli simptomlar bilan birga kechishi mumkin, xususan: bosh og‘rig‘i, ochlikni kuchli his qilish, ko‘ngil aynishi, qusish, charchoqlik, uyquni buzilishi, qo‘zg‘alish, tajovvuzkorlik, diqqatni jamlash va reaksiyani buzilishi, depressiya, ongni chalkashishi, ko‘rish va nutqni buzilishi, afaziya, tremor, parezlar, sezuvchanlikni buzilishi, bosh aylanishi, kuchsizlik hissi, o‘zini nazorat qilishni yo‘qotish, deliriy, tirishishlar, yuza nafas, bradikardiya, uyquchanlik va xushdan ketish, bu komaga va o‘limga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, kuchli terlash, yopishqoq teri, xavotirlik xissi, taxikardiya, arterial gipertenziya, yurak urishini xis qilish, stenokardiya xuruji, aritmiya kabi adrenergik kontrregulyasiyaning belgilari kuzatilishi mumkin.
Gipoglikemiyaning umumiy simptomlari uglevodlar (qand) qabul qilinganidan keyin yo‘qoladi. Lekin qand o‘rinbosari samarasizdir. Sulfonilmochevinaning boshqa preparatlarini qo‘llash tajribasi, xatto agarda ko‘rilgan choralar boshida samarali bo‘lgan bo‘lsa ham, gipoglikemiya holatini yana paydo bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi.
Agarda gipoglikemiya epizodi og‘ir yoki davomli bo‘lsa, hatto agar uning holati qand qabul qilish tufayli vaqtincha nazorat qilinsa ham, pasient shoshilinch tibbiy yordamni yoki gospitalizasiyani talab qiladi.
Boshqa noxush samaralari.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: abdominal og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, diareya yoki qabziyat. Preparatni ertalabki nonushta vaqtida qabul qilish bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilish bu ko‘rinishlarni paydo bo‘lishidan saqlanish yoki minimallashtirishga yordam beradi.
Quyidagi noxush samaralari kamroq kuzatiladi:
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: toshma, qichishish, eshakemi, eritema, makulopapulez toshmalar, bullez toshmalar, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, angionevrotik shish;
Qon tizimi va limfatik tizimi tomonidan (kam paydo bo‘ladi): anemiya, trombositopeniya, leykopeniya, granulositopeniya. Odatda bu ko‘rinishlar davolash bekor qilinganidan keyin yo‘qoladi;
Gepatobiliar tizim tomonidan: jigar fermentlari (ALT, AST, ishqoriy fosfotaza) darajasini oshishi, gepatit (yakka hollari). Sariqlik yuz bergan hollarda preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Ko‘rsatilgan noxush samaralar odatda preparatni bekor qilingandan so‘ng yo‘qoladi.
Ko‘rish a‘zolari tomonidan: ko‘rishni vaqtinchalik buzilishlari ayniqsa davolashni boshida, qonda glyukozaning darajasini o‘zgarishi tufayli paydo bo‘lishi mumkin.
Metabolizmni buzilishlari: giponatriemiya.
Sulfonilmochevinanang har qanday preparatini qo‘llashganda kuzatiladigan buzilishlar: eritrositopeniya, agranulositoz, gemolitik anemiya, pansitopeniya va allergik vaskulitlarni xollari. Sulfonilmochevina preparatlari qo‘llanganida shuningdek jigar fermentlari darajasini oshish hollari va xatto jigar faoliyatini buzilishi (masalan xolestaz va sariqlik bilan) va gepatitlar ta‘riflangan, ular bu preparatlar bekor qilinganidan keyin kamaygan yoki yakka hollarda hayotga xavf soluvchi jigar yetishmovchiligiga olib kelgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- gliklazidga, sulfonilmochevinaning boshqa hosilalariga va preparatning nofaol komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- I tur qandli diabet (insulinga qaram);
- og‘ir ketoasidoz, prekomatoz holat va diabetik koma;
- og‘ir buyrak yetishmovchiligi;
- og‘ir jigar yetishmovchiligi;
- mikonazol bilan davolash;
- homiladorlik;
- bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Bir vaqtda buyurish gipoglikemiya paydo bo‘lishi xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan preparatlar:
Bir vaqtda qo‘llash mumkin emas
Mikonazol (tizimli qo‘llash uchun, og‘iz bo‘shlig‘i uchun gel) gipoglikemiya simptomlarini rivojlanishi va xatto komani rivojlanishi bilan gipoglikemik samarani kuchaytiradi.
Bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi
Fenilbutazon (tizimli qo‘llash uchun) sulfonilmochevina hosilalarining gipoglikemik samarasini kuchaytiradi (plazma proteinlari bilan ularning bog‘lanish o‘rnini oladi va/yoki ularni chiqarilishini kamaytiradi). Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qo‘llash yoki pasientni ogohlantirish va qondagi glyukozani mustaqil nazorat qilishni muhimligini ta‘kidlash kerak. Zarurati bo‘lganida fenilbutazon bilan davolash vaqtida va undan keyin qandni pasaytiruvchi preparatning dozasini to‘g‘rilash mumkin.
Alkogol gipoglikemik reaksiyalarni paydo bo‘lish xavfini oshiradi (kompensator reaksiyalarni ingibirlanishi tufayli), bu gipoglikemik komaga olib kelishi mumkin. Alkogol va alkogol saqlovchi preparatlarni iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.
Ehtiyotkorlikni talab qiluvchi majmualar
Quyida ko‘rsatilgan preparatlardan biri bilan bir vaqtda qo‘llanganida, gipoglikemik samarani kuchayishi tufayli, ayrim hollarda gipoglikemiya paydo bo‘lishi mumkin: boshqa qandni pasaytiruvchi preparatlar (insulin, akarboza, biguanidlar, metformin, tiazolidindionlar, dipeptidilpeptidaza-4 ingibitorlari, glyukagonsimon peptid-1 reseptorlarining agonistlari (GPP-1), β-blokatorlar, flukonazol, AAF ingibitorlari (kaptopril, enalapril), N2-reseptorlarining antagonistlari, MAO ingibitorlari, sulfanilamidlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, klaritromisin.
Bir vaqtda buyurish giperglikemiya paydo bo‘lishi xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan preparatlar:
Bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi
Danazol diabetogen ta‘sirga ega. Agarda bu preparatni qo‘llashdan saqlanishning iloji bo‘lmasa, pasientni ogohlantirish va qonda va siydikda glyukozani mustaqil nazorat qilishni muhimligini ta‘kidlash kerak. Zarurati bo‘lganida, danazol bilan davolash vaqtida va undan keyin qandni pasaytiruvchi preparatning dozasi to‘g‘rilanishi mumkin.
Ehtiyotkorlikni talab qiluvchi majmualar
Xlorpromazin (neyroleptik) yuqori dozalarda (sutkada 100 mg dan ko‘proq) qo‘llanganida qondagi glyukozaning (insulinning ajralib chiqishini kamayishi tufayli) darajasini oshiradi. Pasientni ogohlantirish va qonda glyukozani mustaqil nazorat qilishni muhimligini ta‘kidlash kerak. Zarurati bo‘lganida neyroleptik bilan davolash vaqtida va undan keyin qandni pasaytiruvchi preparatning dozasi to‘g‘rilanishi mumkin.
Glyukokortikoidlar (tizimli va mahalliy qo‘llash uchun: bo‘g‘im ichiga, teri ustiga yuboriladigan va rektal preparatlar) va tetrakozaktid – ketoasidozni rivojlanish ehtimoli bilan qonda glyukozaning darajasini oshiradi (uglevodlarga tolerantlikni kamaytiradi). Pasientni ogohlantirish va qonda glyukozani mustaqil nazorat qilishni, ayniqsa davolashni boshida muhimligini ta‘kidlash kerak. Zarurati bo‘lganida glyukokortikoidlar bilan davolash vaqtida va undan keyin qandni pasaytiruvchi preparatning dozasi to‘g‘rilanishi mumkin.
Ritodrin, salbutamol, terbutalin (vena ichiga) – β2-agonistik samarasi tufayli qonda glyukoza darajasini oshirishi mumkin.
Diqqatni talab qiluvchi majmualar
Antikoagulyantlar (masalan, varfarin): antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida sulfonilmochevina xosilalari, oxirgilarning antikoagulyant ta‘sirini potensiyalashi mumkin. Zarurati bo‘lganida antikoagulyantning dozasini to‘g‘rilash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gipoglikemiya. Bu preparatni faqat agarda pasient muntazam ovqatlanishga (shu jumladan ertalabki nonushtaga) rioya qilishi mumkin bo‘lgan hollardagina buyurish mumkin. Uglevodlarni muntazam qabul qilish juda muhim. Ovqat qabul qilish kechikkan holda, ovqatni yetishmovchiligida yoki uglevodlarning miqdori pastligida gipoglikemiya paydo bo‘lishini xavfi oshadi.
Past kaloriyali yoki nomuntazam ovqatlanishda, davomli yoki kuchli jismoniy yuklamada, alkogol iste‘mol qilishda yoki boshqa gipoglikemik preparatlarni bir vaqtda qo‘llashda, gipoglikemiya paydo bo‘lishini ehtimoli ko‘proq.
Sulfonilmochevina preparatlarini qabul qilishda gipoglikemiya paydo bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda gipoglikemiya og‘ir va davomli bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda gospitalizasiya qilish va glyukozani bir necha kunga buyurish zarurati paydo bo‘lishi mumkin.
Gipoglikemiya epizodlarini paydo bo‘lish xavfini pasaytirish uchun pasientlarning shaxsiy xususiyatlarini e‘tiborga olish, ularga aniq ko‘rsatmalar berish va dozani sinchiklab tanlash kerak.
Gipoglikemiya paydo bo‘lishi xavfini oshiruvchi xavf omillari:
– pasient shifokorning tavsiyalarini rad qiladi yoki uni bajaraolmaydi (bu ayniqsa keksa pasientlarga taalluqli);
– qoniqarsiz, nomuntazam ovqatlanish, ochlik va parhezni almashtirish davrlari;
– jismoniy yuklama va uglevodlarni iste‘mol qilish orasidagi disbalans;
– buyrak yetishmovchiligi;
– og‘ir jigar yetishmovchiligi;
– preparatning dozasini oshirib yuborilishi;
– endokrin tizimning ayrim buzilishlari: qalqonsimon bezi faoliyatini buzilishlari, gipopituitrizm va adrenal yetishmovchilik;
– ayrim tibbiy vositalarni bir vaqtda qo‘llash (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).
Buyrak va jigar yetishmovchiligi: jigar va og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda gliklazidning farmakokinetikasi va/yoki farmakodinamikasi o‘zgarishi mumkin. Bunday pasientlarda gipoglikemik epizodlar davomli bo‘lishi mumkin, shuning uchun muvofiq davolashni talab qiladi.
Pasient uchun ma‘lumot. Pasient va uning oila a‘zolari xavf omillari va gipoglikemiyani paydo bo‘lishiga yordam beruvchi holatlar, gipoglikemiya simptomlari va ularni yo‘qotish usullari haqida ma‘lumot olgan bo‘lishlari kerak. Pasientni parhez, jismoniy mashqlarni muntazam bajarish bo‘yicha shifokorning tavsiyalariga amal qilish va qondagi glyukozani muntazam monitoringini muhimligi haqida xabardor qilish kerak.
Gipoglikemik preparatlarni olayotgan pasientlarda glikemiya nazoratini yomonlashishi infeksiya, isitma, travma yoki xirurgik aralashuv bilan chaqirilgan bo‘lishi mumkin. Ayrim xollarda insulinni buyurishni zarurati bo‘lishi mumkin. Har qanday qandni pasaytiruvchi preparatni, shu jumladan gliklazidning samaradorligi, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Bu kasallikning og‘irligini kuchayishi yoki davolashga javobni pasayishi tufayli bo‘lishi mumkin. Bu fenomen ikkilamchi yetishmovchilik sifatida ma‘lum, u birlamchi yetishmovchilikdan farq qiladi, unda preparatlar davolashni boshlashdanoq samarali bo‘lmaydilar. Ikkilamchi yetishmovchilik rivojlanishi haqida xulosa qilishdan oldin, buyurilgan dozani muvofiqligini va pasientni parhezga rioya qilishini tekshirish kerak.
Laboratoriya ko‘rsatgichlari: qondagi glyukozaning darajasini baholash uchun glikozillangan gemoglobinning darajasini (yoki och qoringa qondagi glyukozaning darajasini) aniqlash tavsiya qilinadi.
Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda sulfonilmochevina preparatlarini qo‘llash gemolitik anemiyani paydo bo‘lishini chaqirishi mumkin. Bunday pasientlarga gliklazidni ehtiyotkorlik bilan buyurish va muqobil davolashni buyurish masalasini ko‘rib chiqish kerak.
Preparatning tarkibiga laktoza kiradi, shuning uchun galaktozani tug‘ma o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza va galaktozani kam so‘rilish sindromi, Lappa laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga bu preparatni buyurish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Peroral qandni pasaytiruvchi preparatlarni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas.
Gliklazid yoki uning metabolitlarini ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Neonatal gipoglikemiya xavfi paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, bu preparatni emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Bolalar.
Diaglizidni bolalarda qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan, shuning uchun preparatni bu guruh pasientlarida qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.
Pasientlar gipoglikemiya simptomlarini bilishlari, ularni ajrata olishlari va ular paydo bo‘lgan holda avtomobilni boshqarish yoki boshqa mexanizmlarda ishlashdan voz kechishlari kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Sulfonilmochevina preparatlarining dozasini oshirib yuborilishi gipoglikemiya chaqirishi mumkin. O‘rtacha gipoglikemiya simptomlarini (xushni yo‘qotishsiz va nevrologik simptomlarsiz) uglevodlarni (qand) qabul qilish, qandni pasaytiruvchi preparatning dozasini va/yoki parhezni to‘g‘irlash bilan reaksiya qilish mumkin. Pasient uchun xavf yo‘qligiga ishonch hosil qilmagunicha shifokor pasientni sinchiklab kuzatishni davom ettirishi kerak.
Koma, konvulsiya va boshqa nevrologik buzilishlarni rivojlanishi bilan og‘ir gipoglikemiya, darhol gospitalizasiya bilan shoshilinch davolashni talab qiladi.
Gipoglikemik koma tashxisi qo‘yilganida yoki komani rivojlanishiga gumon bo‘lganida pasientga tez vena ichiga 50 ml konsentrirlangan (20-30%) glyukoza eritmasini yuborish va keyinchalik qondagi glyukozani 1 g/l dan ko‘proq darajasini tutib turuvchi tez-tezlikda ketidan kamroq konsentrasiyali (10%) glyukoza eritmasini doimo yuborish kerak. Pasientni doimiy kuzatuvini ta‘minlash kerak. Pasientning holatiga qarab, shifokor keyingi taktika yuzasidan qaror qabul qiladi.
Gliklazid qon plazmasi oqsilldari bilan yuqori bog‘lanish darajasiga ega, shuning uchun dializni qo‘llash samarali emas.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 3 yoki 6 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari