Dioksidinning aptekalardagi narxlari
DIOKSIDIN eritma 1% 10ml N1
|
|
1 ta dorixonada bor
|
53 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
DIOKSIDIN eritma 1% 10ml N10
|
|
13 ta dorixonada bor
|
52 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
DIOKSIDIN eritma 10ml N10
|
|
5 ta dorixonada bor
|
62 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
72 000 so'mdan
Bron qilish
|
DIOKSIDIN eritma 10mg/ml 10ml N10
|
|
143 ta dorixonada bor
|
39 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
72 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
43 000 so'mdan
Bron qilish
|
DIOKSIDIN eritma 1% 10mg N10
|
|
25 ta dorixonada bor
|
39 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
45 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Dioksidin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DIOKSIDIN®
DIOXYDIN
Preparatning savdo nomi: Dioksidin®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): gidroksimetilxinoksalindioksid
Dori shakli: bo‘shliq ichiga va sirtga qo‘llash uchun eritma.
Tarkibi:
faol modda: gidroksimetilxinoksalindioksid (dioksidin) – 10 mg;
yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha.
Ta‘rifi: tiniq, ko‘kimtir-sariq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (xinoksalin xosilasi)
ATX kodi: J01XX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Xinoksolin hosilalari guruhiga kiruvchi keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan, Proteus vulgaris, Pseudomonas aeruginosa, Klebsiella pneumoniae, Escherichia coli, Shigella dysenteria, Shigella flexneri, Shigella boydii, Shigella sonnei, Salmonella spp., Staphylococcus spp., Streptococcus spp., patogen anaeroblar (Clostridium perfringens) chaqirgan infeksiyalarga, boshqa antibakterial vositalarga nisbatan, shu jumladan antibiotiklarga ham, chidamli bakteriyalar shtammlariga nisbatan ximioterapevtik faollikka ega antibakterial preparat.
Bakteriyalarning dorilarga chidamliligi rivojlanishi mumkin. Kuyish va yiringli–nekrotik jarohatlarga dioksidin bilan ishlov berish jarohat yuzalarini tezroq tozalanishiga yordam beradi, reparativ regenerasiya va chekka epitelizasiyasini rag‘batlantiradi va jarohat jarayonini kechishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida preparat jarohat yoki kuygan yuzadan qisman so‘riladi, organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Dioksidinga sezgir mikroflora chaqirgan yiringli bakterial infeksiyalarda boshqa ximioterapevtik vositalarning samarasizligida yoki ularni o‘zlashtiraolmaslikda.
Bo‘shliq ichiga yuborish – ko‘krak va qorin bo‘shlig‘ining yiringli jarayonlari, yiringli plevritlarda, plevra empiemalarida, o‘pka abssesslarida, peritonitlarda, sistitlarda, chuqur yiringli bo‘shliqlari bo‘lgan jarohatlarda (yumshoq to‘qimalarning abssesslari, chanoq kletchatkasining flegmonalari, siydik va safro chiqarish yo‘llarining operasiyadan keyingi jarohatlari, yiringli mastit va b.), qovuqni kateterizasiyasidan keyingi infeksion asoratlarini oldini olish uchun.
Sirtga qo‘llanishi – turli joylardagi yuza va chuqur joylashgan jarohatlar, uzoq vaqt bitmaydigan jarohatlar va trofik yaralar, yumshoq to‘qimalarning flegmonalari, infeksiyalangan kuyishlar, osteomielitlardagi yiringli jarohatlar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dioksidin® stasionar sharoitlarida buyuriladi. Sirtga va bo‘shliq ichiga yuborish yo‘li bilan qo‘llanadi.
1% li Dioksidin® eritmasini past haroratda saqlanganida eritmaning beqarorligi tufayli vena ichiga yuborish uchun ishlatish mumkin emas.
Bo‘shliq ichiga yuborish. Yiringli bo‘shliqqa o‘lchamlariga qarab sutkada 10 dan 50 ml gacha 1% li Dioksidin® eritmasi yuboriladi. Dioksidin® eritmasi bo‘shliqqa kateter, drenaj naychasi yoki shpris orqali yuboriladi.
Organizmdagi bo‘shliqlarga yuborish uchun maksimal sutkalik doza – 1% li eritmadan 70 ml tashkil qiladi.
Odatda preparat bo‘shliqqa sutkada bir marta yuboriladi. Ko‘rsatmalarga qarab sutkalik dozani ikki qabulga bo‘lish mumkin. Preparat yaxshi o‘zlashtirilishida har kuni 3 hafta davomida va undan ko‘proq yuborish mumkin. Zarurati bo‘lganida 1-1,5 oydan keyin davolash kursi takrorlanishi mumkin.
Sirtga qo‘llash. Dioksidin®ning 0,1–1% li eritmasi qo‘llanadi. 0,1–0,2% li eritmalarni olish uchun preparatning ampulali eritmasi steril 0,9% natriy xloridi eritmasi yoki in‘eksiya uchun suvda kerakli konsentrasiyagacha suyultiriladi. Yuza infeksiyalangan yiringli jarohatlarni davolash uchun 0,5–1% li Dioksidin® eritmasida ho‘llangan salfetkalar jarohat ustiga qo‘yiladi. Chuqur jarohatlarga ishlov berilganidan keyin 1% li Dioksidin® eritmasida ho‘llangan tamponlar bilan g‘ovak qilib tamponlanadi, jarohatda drenaj naychasi mavjudligida bo‘shliqqa preparatning 20 ml dan 100 ml gacha 0,5% li eritmasi yuboriladi.
Osteomielitdagi (qo‘l, oyoq panjasi jarohatlari) chuqur yiringli jarohatlarni davolash uchun preparatning 0,5–1% li eritmasi vannochkalar ko‘rinishida qo‘llanadi yoki jarohatga 15–20 minut davomida preparat eritmasi bilan maxsus ishlov beriladi, so‘ngra 1% li Dioksidin® eritmasi bilan bog‘lov qo‘yiladi.
Dioksidin®ning 0,1–0,5% li eritmalarini jarrohlik aralashuvlaridan keyingi infeksiyalanishni oldini olish va davolash uchun qo‘llash mumkin. Ko‘rsatmalar bo‘yicha (osteomieliti bo‘lgan bemorlar) va yaxshi o‘zlashtirilganida preparat bilan davolashni har kuni 1,5–2 oy davomida o‘tkazish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Bo‘shliq ichiga yuborilganida bosh og‘rig‘i, et uvishishi, tana haroratini oshishi, dispeptik buzilishlar, mushaklarning tirishishli qisqarishlari, allergik reaksiyalar, fotosensibilizasiyalovchi samara (quyosh nurlari ta‘sirida tanada pigmentli dog‘larni paydo bo‘lishi) bo‘lishi mumkin. Sirtga qo‘llanganida – jarohat atrofi dermatiti, qichishish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, buyrak usti bezilarining yetishmovchiligi (shu jumladan anamnezdagi), homiladorlik, laktasiya davri, bolalar (18 yoshgacha).
Ehtiyotkorlik bilan: buyrak yetishmovchiligi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparatga yuqori sezuvchanlikda Dioksidin® antigistamin preparatlar yoki kalsiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dioksidin® faqat kattalarga buyuriladi. Davolash kursini boshlashdan oldin preparatni o‘zlashtirilishiga sinama o‘tkaziladi, buning uchun bo‘shliqqa 10 ml 1% li eritma yuboriladi. Pasientda 3-6 soat davomida nojo‘ya ko‘rinishlar (bosh aylanishi, etni uvishishi, tana haroratni oshishi) kuzatilmasa, davolash kursi boshlash mumkin.
Dioksidin® faqat infeksion kasalliklarning og‘ir shakllarida yoki boshqa antibakterial preparatlar, shu jumladan II-IV avlod sefalosporinlari, ftorxinolonlar, karbapenemlarning samarasizligida buyuriladi.
Surunkali buyrak yetishmovchiligida preparatning dozasi kamaytiriladi.
Davolash davrida pigment dog‘lari paydo bo‘lsa dozani yuborishning davomiyligi 1,5–2 soatgacha uzaytiriladi, dozasi kamaytiriladi va antigistamin preparatlar buyuriladi yoki Dioksidin® bekor qilinadi.
Saqlash jarayonida eritmali ampulalarda dioksidinning kristallari cho‘kma holatiga kelsa (15oS past haroratda) ularni eritish lozim. Buning uchun qaynayotgan suv hammomida ampulani silkitib kristallar to‘liq eriguncha (tiniq eritma) isitiladi. Agarda 36–38oS gacha sovutilganida kristallar qayta cho‘kmaga tushmasa, preparat ishlatishga yaroqli hisoblanadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida Dioksidin®ni qo‘llash mumkin emas.
Dori preparatining transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri:
Davolash jarayonida transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dioksidin®ning dozasi oshirib yuborilganida o‘tkir buyrak usti bezining yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin, bu preparatni zudlik bilan bekor qilishni va tegishli o‘rinbosar gormonoterapiya o‘tkazilishini talab etadi.
Chiqarilish shakli:
Bo‘shliq ichiga va sirtga qo‘llash uchun eritma 10 mg/ml.
5 ml yoki 10 ml dan neytral shisha ampulalarda.
5 ampuladan polivinilxlorid plyonkali konur uyali o‘ramda.
2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish uchun pichoqcha yoki ampula skarifikatori bilan karton qutiga joylanadi.
Sindirish halqasi yoki sindirish nuqtasi bo‘lgan ampulalarni qadoqlashda ampula skarifikatori solinmaydi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15 dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari