Doritritsinning aptekalardagi narxlari
DORITRISIN tabletkalari 1,0mg/1,5mg/0,5mg N10
|
|
62 ta dorixonada bor
|
65 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
80 000 so'mdan
Bron qilish
|
DORITRISIN tabletkalari N10
|
|
161 ta dorixonada bor
|
60 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
86 800 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
60 000 so'mdan
Bron qilish
|
DORITRISIN tabletkalari 1mg N10
|
|
1 ta dorixonada bor
|
75 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Doritritsin ko'rsatmalar
– faringit, laringit, tonzillit;
– milklar va og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini yallig'lanishi (gingivit, stomatit)ni davolashda qo'llanadi.
Fruktozani nasliy o'zlashtiraolmaslik va glyukoza / galaktozani so'rilishini buzilishi sindromi yoki saxaraza / izomal'taza tanqisligi (preparatning tarkibida saxaroza mavjudligi tufayli);
Og'iz bo'shlig'i va tomoqda yangi yaralar, shu jumladan yuz-jag' operatsiyasi, stomatologik muolajalardan keyin darhol;
6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Benzalkoniy xloridi ichakda deyarli so'rilmaydi va rezorbtiv ta'sir ko'rsatmaydi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Tirotritsin – tizimli so'rilishi pastligi tufayli, farmakokinetikasi haqidagi ma'lumotlar mavjud emas. Ichak mikroflorasiga ta'sir ko'rsatmaydi.
6 yoshdan oshgan bolalarda preparatni faqat tibbiy ko'rsatmalar bo'yicha qo'llash tavsiya etiladi. Og'ir darajadagi anginada (tomoqda og'riq yuqori tana harorati, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi yoki qusish bilan kechadi) maslahat uchun shifokorga murojaat etish kerak. Terining ma'lum o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarida (allergik kontakt dermatit) yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi mumkinligi tufayli preparatni qo'llashdan saqlanish kerak. Preparatni qo'llash va tish pastasini qo'llash orasida 1 soat intervalga rioya qilish kerak, chunki preparatning antibakterial ta'siri pasayishi mumkin. Sorbitol kuchsiz surgi ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparatni qo'llagandan keyin 1 soat davomida yoki og'iz bo'shlig'i va tomoqda uvishish hissi saqlanib qolguncha ovqat qabul qilish va saqich chaynash tavsiya etilmaydi, chunki aspiratsiya va og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini shikastlanishi xavfi mavjud.
Agar preparatni 2-3 kun qo'llagandan keyin patsientning holati yaxshilanmasa, shifokorga murojaat etish kerak.
Allergik reaktsiyalar: teri qichishishi, teri toshmasi, og'iz bo'shlig'i va tomoq shilliq qavatini shishi, anafilaktik reaktsiyalar; og'iz bo'shlig'i va tomoqda achishish, sanchish hissi; tirishishlar, taxikardiya, dermatit. Og'iz bo'shlig'i va tomoq shilliq qavatining sezuvchanligi pasayishi mumkin. Mahalliy qo'llagandan keyin, xususan og'iz bo'shlig'i va tomoqda katta yaralar bo'lganida, ayniqsa bolalarda metgemoglobinemiya rivojlanishi mumkin, u hansirash, lab va barmoqlarni ko'kish rangga bo'yalishi bilan namoyon bo'lishi mumkin. Tirotritsin yangi yaralar mavjud bo'lganida qon ketishini chaqirishi mumkin. Sensilibilizatsiyalangan patsientlarda qalampir yalpiz moyi chaqirgan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (shu jumladan hansirash) rivojlanishi mumkin. Moyil patsientlarda penitsillinlar, sul'fanilamidlar, quyoshdan himoya qiluvchi kosmetik krem kabi benzokain bilan kimyoviy jihatdan bog'liq bo'lgan moddalar chaqirgan allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan nojo'ya samaralar chuqurlashsa yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan har qanday boshqa nojo'ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar:
benzokain 1,50 mg
benzalkoniy xloridi 1,00 mg
tirotritsin 0,50 mg
Yordamchi moddalar: sorbitol 871,00 mg, tal'k 80,00 mg, povidon-25 ming 10,00 mg, karmelloza natriy 10,00 mg, saxaroza stearati 20,00 mg, qalampir yalpiz barglari moyi 5,00 mg, natriy saxarinati 1,00 mg.
Сhiqarilish shakli
Shimish uchun tabletkalar.
10 tabletkadan uch qavat plyonkali (PVX/PTFXE/PVX) va alyumin fol'gali blisterda. 1 yoki 2 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.
Benzokain ko'pincha og'iz bo'shlig'i va tomoqdagi infektsion-yallig'lanish jarayonlarida kuzatiladigan yutinganda og'riqni kamaytiruvchi mahalliy og'riqsizlantiruvchi vosita bo'lib hisoblanadi.
Benzalkoniy xloridi – antiseptik, mikroorganizmlarning xujayra membranasi o'tkazuvchanligini izdan chiqaradi va fermentativ jarayonlarini tormozlaydi, ko'pgina bakteriyalar, viruslar, zamburug'lar va sodda hayvonlarning ayrim turlariga nisbatan faol.
Tirotritsin – mahalliy ta'sirga ega antibiotik. Og'iz bo'shlig'idagi grammusbat mikroorganizmlarning va spiroxetalarning keng doirasiga nisbatan faol. Tizimli ta'sirga ega antibiotiklarda kuzatilmaydigan tirotritsinning maxsus ta'sir mexanizmi tufayli, preparatga kesishgan chidamlilik yuzaga kelmaydi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.
Chiqarish shakllari