×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DORITRISIN tabletkalari N10

Kategoriya:
- Tomoq kasalliklari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
бензакоин, Бензалкония хлорид, Тиротрицин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Медице Арцнаймиттель Пюттер ГмбХ &Ко.КГ
Vakil:
- Medice
ATX kodi:
- R02AA20
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 161 ta dorixonasida topildi

ico 60 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 86 800 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 60 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: 

benzokain                    1,50 mg

benzalkoniy xloridi    1,00 mg

tirotritsin                 0,50 mg

Yordamchi moddalar: sorbitol 871,00 mg, tal'k 80,00 mg, povidon-25 ming 10,00 mg, karmelloza natriy 10,00 mg, saxaroza stearati 20,00 mg, qalampir yalpiz barglari moyi 5,00 mg, natriy saxarinati 1,00 mg.

Сhiqarilish shakli

Shimish uchun tabletkalar.

10 tabletkadan uch qavat plyonkali (PVX/PTFXE/PVX) va alyumin fol'gali blisterda. 1 yoki 2 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Shimish uchun tabletkalar
Majmuaviy preparat, antiseptik va mahalliy og'riqsizlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Tomoqda ta'sirlanish va og'riqni, shuningdek og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini shishini kamaytiradi.

Benzokain ko'pincha og'iz bo'shlig'i va tomoqdagi infektsion-yallig'lanish jarayonlarida kuzatiladigan yutinganda og'riqni kamaytiruvchi mahalliy og'riqsizlantiruvchi vosita bo'lib hisoblanadi.

Benzalkoniy xloridi – antiseptik, mikroorganizmlarning xujayra membranasi o'tkazuvchanligini izdan chiqaradi va fermentativ jarayonlarini tormozlaydi, ko'pgina bakteriyalar, viruslar, zamburug'lar va sodda hayvonlarning ayrim turlariga nisbatan faol.

Tirotritsin – mahalliy ta'sirga ega antibiotik. Og'iz bo'shlig'idagi grammusbat mikroorganizmlarning va spiroxetalarning keng doirasiga nisbatan faol. Tizimli ta'sirga ega antibiotiklarda kuzatilmaydigan tirotritsinning maxsus ta'sir mexanizmi tufayli, preparatga kesishgan chidamlilik yuzaga kelmaydi.

Benzokain suvda kam eriydi, bu uni ichakda yomon erishini tushuntiradi. Qon plazmasida fermentlar tomonidan parchalanadi va oz miqdorda jigarda metabolizmga uchraydi. Buyraklar orqali chiqariladi.

Benzalkoniy xloridi ichakda deyarli so'rilmaydi va rezorbtiv ta'sir ko'rsatmaydi. Buyraklar orqali chiqariladi.

Tirotritsin – tizimli so'rilishi pastligi tufayli, farmakokinetikasi haqidagi ma'lumotlar mavjud emas. Ichak mikroflorasiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Allergik reaktsiyalar, me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar (ko'ngil aynishi, diareya) kuzatilishi mumkin.

Allergik reaktsiyalar: teri qichishishi, teri toshmasi, og'iz bo'shlig'i va tomoq shilliq qavatini shishi, anafilaktik reaktsiyalar; og'iz bo'shlig'i va tomoqda achishish, sanchish hissi; tirishishlar, taxikardiya, dermatit. Og'iz bo'shlig'i va tomoq shilliq qavatining sezuvchanligi pasayishi mumkin. Mahalliy qo'llagandan keyin, xususan og'iz bo'shlig'i va tomoqda katta yaralar bo'lganida, ayniqsa bolalarda metgemoglobinemiya rivojlanishi mumkin, u hansirash, lab va barmoqlarni ko'kish rangga bo'yalishi bilan namoyon bo'lishi mumkin. Tirotritsin yangi yaralar mavjud bo'lganida qon ketishini chaqirishi mumkin. Sensilibilizatsiyalangan patsientlarda qalampir yalpiz moyi chaqirgan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (shu jumladan hansirash) rivojlanishi mumkin. Moyil patsientlarda penitsillinlar, sul'fanilamidlar, quyoshdan himoya qiluvchi kosmetik krem kabi benzokain bilan kimyoviy jihatdan bog'liq bo'lgan moddalar chaqirgan allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.

Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan nojo'ya samaralar chuqurlashsa yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan har qanday boshqa nojo'ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.


Qandli diabeti bo'lgan bemorlar uchun ma'lumot: preparatning 1 tabletkasidagi uglevodlar miqdori ≈ 0,07 non birligini (NB) tashkil qiladi.

6 yoshdan oshgan bolalarda preparatni faqat tibbiy ko'rsatmalar bo'yicha qo'llash tavsiya etiladi. Og'ir darajadagi anginada (tomoqda og'riq yuqori tana harorati, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi yoki qusish bilan kechadi) maslahat uchun shifokorga murojaat etish kerak. Terining ma'lum o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarida (allergik kontakt dermatit) yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi mumkinligi tufayli preparatni qo'llashdan saqlanish kerak. Preparatni qo'llash va tish pastasini qo'llash orasida 1 soat intervalga rioya qilish kerak, chunki preparatning antibakterial ta'siri pasayishi mumkin. Sorbitol kuchsiz surgi ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri

Ta'sir qilmaydi.


Og'riq sindromi bilan kechuvchi og'iz bo'shlig'i va tomoqda infektsion-yallig'lanish kasalliklarini simptomatik davolash:

– faringit, laringit, tonzillit;

– milklar va og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini yallig'lanishi (gingivit, stomatit)ni davolashda qo'llanadi.

Benzalkoniy xloridi, benzokain, tirotritsin, paraaminobenzoy kislotasi, ammoniyning to'rtlamchi birikmalari, preparatning har qanday boshqa komponentiga individual yuqori sezuvchanlik;

Fruktozani nasliy o'zlashtiraolmaslik va glyukoza / galaktozani so'rilishini buzilishi sindromi yoki saxaraza / izomal'taza tanqisligi (preparatning tarkibida saxaroza mavjudligi tufayli);

Og'iz bo'shlig'i va tomoqda yangi yaralar, shu jumladan yuz-jag' operatsiyasi, stomatologik muolajalardan keyin darhol;

6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.


Doritritsin® preparatining boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'sirini ta'riflanmagan.


25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

Dumaloq shaklli, yassi tsilindrik, faskali, bir tomonida DORITHRICIN markirovkali, oq rangli, yalpiz hidli tabletkalar.

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarda har 3 soatda 1 tabletkadan og'iz bo'shlig'ida sekin shimiladi. Maksimal sutkalik doza 6 tabletkani tashkil qiladi. Davolash kursi 7 kunni tashkil qiladi. Zarurati bo'yicha davolash kursini uzaytirish – shifokor tavsiyasi bo'yicha.
Preparatni qo'llagandan keyin 1 soat davomida yoki og'iz bo'shlig'i va tomoqda uvishish hissi saqlanib qolguncha ovqat qabul qilish va saqich chaynash tavsiya etilmaydi, chunki aspiratsiya va og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini shikastlanishi xavfi mavjud.
Agar preparatni 2-3 kun qo'llagandan keyin patsientning holati yaxshilanmasa, shifokorga murojaat etish kerak.


Tavsiya etilgan dozalarda dozani oshirib yuborilishi holatlari ta'riflanmagan. Doritritsin® preparatining yuqori dozalarini to'satdan qabul qilish ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar (ko'ngil aynishi, qusish, diareya), metgemoglobinemiya (nafas olishni qiyinlashishi va terining moviy rangi)ni chaqirishi mumkin. Bunday hollarda me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish va shifokorga murojaat etish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida Doritritsin® preparatini faqat ona uchun kutilgan foydani homila va bola uchun potentsial xavfidan yuqori xavfidan yuqori ekanligini aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qo'llash mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DORITRISIN tabletkalari N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DORITRISIN tabletkalari N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DORITRISIN tabletkalari N10 dori vositasi Медице Арцнаймиттель Пюттер ГмбХ &Ко.КГ tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DORITRISIN tabletkalari N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DORITRISIN tabletkalari N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9