Dronitning aptekalardagi narxlari
DRONIT eritma 500mg/5ml N5
|
|
3 ta dorixonada bor
|
64 100 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
DRONIT eritma 500mg N5
|
|
1 ta dorixonada bor
|
73 100 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
DRONIT eritma 500mg/5ml 5ml N5
|
|
13 ta dorixonada bor
|
56 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
55 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Dronit ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DRONIT
DRONIT
Preparatning savdo nomi: Dronit
Dori shakli: In‘eksiya uchun eritma.
Tarkibi:
5 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: Trimetilgidraziniy propionat degidrati (meldoniy) – 500 mg.
Yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv – 5 ml gacha.
Ta‘rifi: Rangsiz, tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.
ATX kodi: S01YeV
Farmakologik xususiyatlari
Preparat – gamma-butirobetain moddasining struktur analogi bo‘lib, inson organizmining har bir hujayrasida mavjuddir.
Yuqori yuklama sharoitida preparat hujayralarni kislorodga bo‘lgan ehtiyoji va uni yetkazib berilishi orasidagi muvozanatni tiklaydi, hujayralarni shikastlanishdan himoya qilib, ularda modda almashinuvining toksik mahsulotlarini to‘planishini oldini oladi; shuningdek tonusni oshiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Uni qo‘llash natijasida organizm yuklamaga bardosh berish va energiya zahiralarini tez tiklash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Shu xususiyatlari tufayli, meldoniy yurak-qon tomir tizimi faoliyatining, miyada qon aylanishining turli buzilishlarini davolash uchun, shuningdek jismoniy va aqliy ish qobiliyatini oshirish uchun ishlatiladi. Miokardni o‘tkir ishemik shikastlanishida meldoniy nekrotik sohani hosil bo‘lishini sekinlashtiradi, tiklanish davrini qisqartiradi. Yurak yetishmovchiligida miokardning qisqaruvchanligini, jismoniy yuklamaga chidamliligini oshiradi, stenokardiya xurujlar sonini kamaytiradi. Miyada qon aylanishining o‘tkir va surunkali ishemik buzilishlarida ishemiya o‘chog‘ida qon aylanishini yaxshilaydi, qonni ishemiyaga uchragan sohalar foydasiga qayta taqsimlanishiga yordam beradi. Ko‘z tubining vaskulyar va distrofik patologiyasida samaralidir. Preparat surunkali alkogolizmga duchor bo‘lgan bemorlarda abstinensiya sindromida nerv tizimining funksional buzilishlarini yo‘qotadi.
Farmakokinetikasi
Preparatni vena ichiga (v/i) yuborilganidan keyin biokiraolishligi 100% ga teng. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga (Cmax), uni yuborilgan zaxoti erishiladi. Organizmda metabolizmga uchrab, ikkita asosiy metabolitlarini hosil qiladi va ular buyrak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 3-6 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Yurak ishemik kasalligini (stenokardiya, miokard infarkti), surunkali yurak yetishmovchiligi va kardiomiopatiyani majmuaviy davolash tarkibida, shuningdek miyani qon bilan ta‘minlanishini o‘tkir va surunkali buzilishlarini (insult va serebrovaskulyar yetishmovchilik) majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Gemoftalm va ko‘zning to‘r pardasiga turli etiologiyali qon quyilishlar, to‘r pardaning markaziy venasi va uning shoxlarini trombozi, turli etiologiyali retinopatiyalar (diabetik, gipertonik).
Ish qobiliyatini pasayishi; jismoniy zo‘riqish, shu jumladan sportchilardagi zo‘riqish.
Surunkali alkogolizmdagi abstinensiya sindromida (alkogolizmni spesifik davolash bilan birgalikda) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘zg‘atuvchi xususiyatini kuchayishi mumkinligi tufayli, kunning birinchi yarmida qo‘llash tavsiya qilinadi.
Yurak-qon tomir kasalliklari. Majmuaviy davolash tarkibida kuniga 0,5-1,0 g dan vena ichiga (in‘eksiya uchun eritma 5-10 ml 500 mg/5 ml), dozani hammasini bir yo‘la yoki ikkiga bo‘lib qabul qilinadi. Davolash kursi – 4-6 haftani tashkil qiladi.
Miyada qon aylanishini buzilishi. O‘tkir bosqichi – 0,5 g dan kuniga 1 marta vena ichiga 10 kun davomida, so‘ngra peroral dori shaklini qabul qilishga o‘tiladi. Umumiy davolash kursi – 4-6 hafta. Surunkali buzilishlar – peroral dori shakli qo‘llanadi. Takroriy kurslar (odatda yiliga 2-3 marta) shifokor maslahatidan keyin o‘tkazilishi mumkin.
To‘r pardasining qon-tomir patologiyasi va distrofik kasalliklari:
Ko‘zning in‘eksiya uchun 500 mg/5 ml eritmasining 0,5 ml 10 kun davomida parabulbar qo‘llanadi.
Aqliy va jismoniy zo‘riqishlar, shu jumladan sportchilardagi zo‘riqishlar:
Kattalarga 0,5 g dan vena ichiga (5-10 ml in‘eksiya uchun eritma 500 mg/5 ml) kuniga 1 marta buyuriladi.
Davolash kursi – 10-14 kun. Zarurati bo‘lganida davolash yana 2-3 hafta o‘tgach takrorlanadi.
Surunkali alkogolizm. V/i – 0,5 g dan kuniga 2 marta buyuriladi. Davolash kursi – 7-10 kun.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – taxikardiya, arterial bosimni o‘zgarishi;
Markaziy nerv tizimi tomonidan (MNT): kam hollarda – psixomotor qo‘zg‘alish;
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – dispeptik holatlar;
Allergik reaksiyalar: kam hollarda – terini qichishishi, qizarish, toshma, shish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– bosh miya ichki bosimini oshishi (shu jumladan venoz oqimini buzilishi, bosh miya ichki o‘smalari);
– MNT ning organik shikastlanishlari;
– homiladorlik, laktasiya davri;
– preparatga yuqori sezuvchanlik;
– 18 yoshgacha bo‘lganlada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Koronar qon tomirlarini kengaytiruvchi, ayrim gipotenziv preparatlar, yurak glikozidlarining ta‘sirini kuchaytiradi. Antianginal vositalar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar, diuretiklar, bronxolitiklar bilan birga qo‘llash mumkin. O‘rtacha taxikardiya va arterial gipotenziyani rivojlanishi mumkinligi tufayli, nitrogliserin, nifedipin, alfa-adrenoblokatorlar, gipotenziv vositalar va periferik vazodilatatorlar bilan majmuada qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar va buyrakning surunkali kasalliklari bo‘lgan pasientlarga preparatni uzoq muddat qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Meldoniyni bolalarda qo‘llanishi to‘g‘risida yetarli ma‘lumotlar yo‘q.
Kardiologiya bo‘limlarida o‘tkir miokard infarkti va nostabil stenokardiyani ko‘p yillik davolash tajribasiga ko‘ra, o‘tkir koronar sindromida meldoniy birinchi qator preparatlari emasligini ko‘rsatadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.
Homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llash xavfsizligi isbotlanmagan.
Homilaga noxush ta‘sirlaridan saqlanish uchun, uni homiladorlik davrida buyurilmaydi.
Preparatni ona suti bilan chiqarilishi aniqlanmagan. Agar meldoniy bilan davolash ona uchun zarur bo‘lsa, unda emizish to‘xtatiladi.
Avtotransport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri
Psixomotor reaksiyalar tezligiga meldoniyning noxush ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun eritma 500 mg/5 ml dan ampulalarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari