ELEKTROning aptekalardagi narxlari
ELEKTRO eritma 500ml
|
|
16 ta dorixonada bor
|
46 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
48 000 so'mdan
Bron qilish
|
ELEKTRO ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ELEKTRO
ELECTRO
Preparatning savdo nomi: Elektro
Dori shakli: infuziya uchun eritma.
Tarkibi:
Har bir ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: natriy xloridi – 5,26 mg, natriy glyukonati – 5,02 mg, natriy asetati –
3,68 mg, kaliy xloridi – 0,37 mg, magniy xloridi – 0,30 mg;
yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: rangsiz yoki deyarli rangsiz, tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: regidratasiya qiluvchi eritma.
ATX kodi: V05SV
Farmakologik hususiyatlari
Regidratasiya va dezintoksikasiya qilish uchun qo‘llanadigan vosita. Kislota-ishqor muvozanatini muvofiqlashtiradi, suyaqlik va elektrolitlar tanqisligini to‘ldiradi, diurezni kuchaytiradi, antiagregant hususiyatlarga ega, metabolik asidozni kamaytiradi, mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, dezintoksikasion, shokka qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Farmakokinetikasi bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilmagan.
Qo‘llanilishi
Shok, termik jarohatlar, o‘tkir qon ketishi; gipogidratasiya (izotonik va gipotonik shakllari); metabolik asidoz; o‘tkir tarqoq peritonit, ichak tutilishi (suv va tuz munosabatini korreksiya qilish uchun); ichak oqmalari bo‘lgan bemorlarda elektrolitlar muvozanatini buzilishlarini dekompensasiya qilish uchun; davolovchi plazmaferez (dializ-filtrasion usul) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga infuziya holida yuboriladi. Dozasi pasientning yoshi, tana vazni va klinik holatiga bog‘liq. Asosan quyidagi dozalari qo‘llanadi:
Kattalar uchun sutkalik dozasi 5-20 ml/kg ni tashkil etadi, zarurat bo‘lganida 30-40 ml/kg gacha oshirish mumkin. Minutiga 60-80 tomchi tezlik bilan yuboriladi, oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yiladi.
Bolalar uchun sutkalik dozasi 5-10 ml/kg ni, yuborish tezligi – minutiga 30-60 tomchini tashkil etadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Anafilaktoid reaksiyalar (taxikardiya, AB ni pasayishi, qichishish, teri giperemiyasi, hansirash, gipertermiya), giperkaliemiya bo‘lishi mumkin. Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, alkaloz, hujayradan tashqari gipergidratasiya, gipertonik degidratasiya, gipernatriemiya; katta hajmdagi suyuqliklarni yuborish mumkin bo‘lmagan holatlar: og‘ir darajadagi surunkali yurak yetishmovchiligi, miya shishi, o‘pka shishi, anuriyada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
NYAQP, androgenlar, estrogenlar, anabolik gormonlar, kortikotropin, mineralokortikoidlar, vazodilatatorlar yoki ganglioblokatorlar bir vaqtda qo‘llanganida organizmda Na+ ionlarini ushlanib qolishi kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yaqqol ifodalangan gipovolemiyani davolashda kolloid eritmalar, qon va uning komponentlari bilan bir vaqtda davolash (preparat qisqa vaqt ta‘sir qilish oqibatida) tavsiya etiladi. Eritmaning katta dozalari uzoq muddat yuborilganida plazma va siydikda elektrolitlarning darajasini nazorat qilish afzal.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘z nervi so‘rg‘ichlarini shishi, bosh miya shishi, tirishishlar, gipertermiya bo‘lishi mumkin. Natriy xloridining toksik dozasi – 100-150 g ni tashkil etadi.
Chiqarilish shakli
Eritma 500 ml dan polipropilen flakonda; bir polipropilen flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha.
Chiqarish shakllari