×
×
  • ELEKTRO PLYUS infuziya uchun eritma 500ml N1

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ELEKTRO PLYUS infuziya uchun eritma 500ml N1

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Caritas Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Sichuan Kelun Pharmaceutical Co., Ltd
ATX kodi:
- B05CB
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 26 ta dorixonasida topildi

ico 50 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 62 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

ETAMZILAT inyeksiya uchun eritma 2ml 12,5mg/ml N10 ГНЦЛС ОЗ, ООО Ukraina
8 200 s`om dan
VIKASOL tabletkalari 15mg N20 Фармстандарт-Лексредства, ОАО Rossiya
2 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ELEKTRO PLYUS infuziya uchun eritma 500ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ELEKTRO

ELECTRO

 

Preparatning savdo nomi: Elektro

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

Har bir ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: natriy xloridi – 5,26 mg, natriy glyukonati – 5,02 mg, natriy asetati –
3,68 mg, kaliy xloridi – 0,37 mg, magniy xloridi – 0,30 mg;

yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: rangsiz yoki deyarli rangsiz, tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: regidratasiya qiluvchi eritma.

ATX kodi: V05SV

 

Farmakologik hususiyatlari

Regidratasiya va dezintoksikasiya qilish uchun qo‘llanadigan vosita. Kislota-ishqor muvozanatini muvofiqlashtiradi, suyaqlik va elektrolitlar tanqisligini to‘ldiradi, diurezni kuchaytiradi, antiagregant hususiyatlarga ega, metabolik asidozni kamaytiradi, mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, dezintoksikasion, shokka qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Farmakokinetikasi bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilmagan.

 

Qo‘llanilishi

Shok, termik jarohatlar, o‘tkir qon ketishi; gipogidratasiya (izotonik va gipotonik shakllari); metabolik asidoz; o‘tkir tarqoq peritonit, ichak tutilishi (suv va tuz munosabatini korreksiya qilish uchun); ichak oqmalari bo‘lgan bemorlarda elektrolitlar muvozanatini buzilishlarini dekompensasiya qilish uchun; davolovchi plazmaferez (dializ-filtrasion usul) da qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga infuziya holida yuboriladi. Dozasi pasientning yoshi, tana vazni va klinik holatiga bog‘liq. Asosan quyidagi dozalari qo‘llanadi:

Kattalar uchun sutkalik dozasi 5-20 ml/kg ni tashkil etadi, zarurat bo‘lganida 30-40 ml/kg gacha oshirish mumkin. Minutiga 60-80 tomchi tezlik bilan yuboriladi, oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yiladi.

Bolalar uchun sutkalik dozasi 5-10 ml/kg ni, yuborish tezligi – minutiga 30-60 tomchini tashkil etadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Anafilaktoid reaksiyalar (taxikardiya, AB ni pasayishi, qichishish, teri giperemiyasi, hansirash, gipertermiya), giperkaliemiya bo‘lishi mumkin. Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, alkaloz, hujayradan tashqari gipergidratasiya, gipertonik degidratasiya, gipernatriemiya; katta hajmdagi suyuqliklarni yuborish mumkin bo‘lmagan holatlar: og‘ir darajadagi surunkali yurak yetishmovchiligi, miya shishi, o‘pka shishi, anuriyada qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

NYAQP, androgenlar, estrogenlar, anabolik gormonlar, kortikotropin, mineralokortikoidlar, vazodilatatorlar yoki ganglioblokatorlar bir vaqtda qo‘llanganida organizmda Na+ ionlarini ushlanib qolishi kuchayishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Yaqqol ifodalangan gipovolemiyani davolashda kolloid eritmalar, qon va uning komponentlari bilan bir vaqtda davolash (preparat qisqa vaqt ta‘sir qilish oqibatida) tavsiya etiladi. Eritmaning katta dozalari uzoq muddat yuborilganida plazma va siydikda elektrolitlarning darajasini nazorat qilish afzal.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘z nervi so‘rg‘ichlarini shishi, bosh miya shishi, tirishishlar, gipertermiya bo‘lishi mumkin. Natriy xloridining toksik dozasi – 100-150 g ni tashkil etadi.

 

Chiqarilish shakli

Eritma 500 ml dan polipropilen flakonda; bir polipropilen flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ELEKTRO PLYUS infuziya uchun eritma 500ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ELEKTRO PLYUS infuziya uchun eritma 500ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ELEKTRO PLYUS infuziya uchun eritma 500ml N1 dori vositasi Caritas Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Sichuan Kelun Pharmaceutical Co., Ltd tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ELEKTRO PLYUS infuziya uchun eritma 500ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ELEKTRO PLYUS infuziya uchun eritma 500ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
DEKS 40 PLYUS infuziya uchun eritma 500ml N1
DEKS 40 PLYUS infuziya uchun eritma 250ml N1
DEKS 40 PLYUS infuziya uchun eritma 100ml N1
ELEKTRO infuziya uchun eritma 500ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Caritas Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Sichuan Kelun Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
PEDIAELEKTRO infuziya uchun eritma 100ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Caritas Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Sichuan Kelun Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 40 300 so'mdan Batafsil
PEDIAELEKTRO infuziya uchun eritma 500ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Caritas Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Sichuan Kelun Pharmaceutical Co., Ltd
PEDIAELEKTRO infuziya uchun eritma 250ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Caritas Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Sichuan Kelun Pharmaceutical Co., Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9