ESTERETTAning aptekalardagi narxlari
ESTERETTA tabletkalari 3mg/14,2mg N28
|
|
97 ta dorixonada bor
|
159 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
210 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
168 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
ESTERETTA ko'rsatmalar
Esteretta® preparatini buyurish oldidan ayolda shaxsiy xavf omillari mavjudligini, ayniqsa venoz tromboemboliyaga (VTE) taalluqli, sinchiklab baxolash, shuningdek Esteretta® preparatini qabul qilgandagigi VTE xavfini, boshqa majmuaviy gormonal kontratseptivlar (MGK) qo'llangandagi VTE xavfi bilan qiyoslash kerak.
• Venoz tromboemboliya (VTE) mavjudligi yoki paydo bo'lishining xavfi:
VTE – xozirgi vaqtda (antikoagulyantlarni qabul qilish fonida) yoki anamnezda (masalan, chuqur venalar trombozi [СhVT] VTE mavjudligi yoki o'pka arteriyasining tromboemboliyasi [O'ATE];
aniqlangan nasliy yoki orttirilgan venoz tromboemboliyaga moyillik, masalan, faollangan S proteinga (Leydenning v omilini xam qo'shib) rezistentlik, antitrombin III ning yetishmovchiligi, S proteini yoki S proteinining yetishmovchiligi;
davomli immobilizatsiya bilan katta operativ aralashuvlar (“Maxsus ko'rsatmalar” bo'limiga qarang);
ko'psonli omillar tufayli venoz tromboemboliyaning yuqori xavfi (“Maxsus ko'rsatmalar” bo'limiga qarang);
• Arterial tromboemboliya (ATE) rivojlanishi xavfining mavjudligi:
ATE – xozirgi vaqtda yoki anamnezda (masalan, miokard infarkti) ATE mavjudligi yoki undan oldingi xolatlar (masalan, stenokardiya);
miya qon aylanishining buzilishlari – xozirgi vaqtda anamnezda insul'tning mavjudligi yoki undan oldingi xolatlar (masalan, tranzitor ishemik xujum [TIX];
arterial tromboemboliyaga aniqlangan nasliy yoki orttirilgan moyillik, masalan, gipergomotsisteinemiya va fosfolipidlarga antitelalar (antikardiolipid antitelalar, yugurikli antikoagulyant);
anamnezda o'choqli nevrologik simptomatika bilan migrenning mavjudligi;
ko'psonli xavf omillari tufayli arterial tromboemboliya rivojlanishining yuqori xavfi (“Maxsus ko'rsatmalar” bo'limiga qarang) yoki quyida sanab o'tilgan jiddiy xavf omilidan birining mavjudligi:
- tomirli asoratlar bilan qandli diabet;
- og'ir arterial gipertenziya;
- og'ir dislipoproteinemiya.
• Jigarning og'ir kasalliklari, shuningdek anamnezda shundaylarning mavjudligi, jigar faoliyati ko'rsatgichlarining normallashuvi bo'lmaganda.
• Buyraklar funktsiyasining og'ir darajali buzilishi yoki o'tkir buyrak yetishmovchiligi.
• Anamnezda yoki xozirgi vaqtda jigar o'smalarini (yaxshi sifatli yoki yomon sifatli) mavjudligi.
• Ma'lum bo'lgan gormonlarga bog'liq xavfli o'smalar (masalan, jinsiy a'zolarning yoki sut bezlarining xavfli o'smalari) yoki ularga gumon bo'lishi.
• Qindan noma'lum etiologiyali qon ketishi.
• Ta'sir qiluvchi moddalarga yoki “Tarkibi” bo'limida sanab o'tilgan yordamchi moddalardan xar qandayiga o'ta yuqori sezuvchanlik.
So'rilishi
Ichga qabul qilingandan keyin estetrol tez so'riladi. Esteretta® preparati qabul qilinganidan keyin qon plazmasidagi o'rtacha maksimal kontsentratsiyasi 17,9 ng/ml ni tashkil qiladi va 0,5-2 soat o'tgach erishiladi. Esteretta® preparatini bir vaqtda ovqat bilan qabul qilish, estetrolning umumiy ekspozitsiyasiga ta'sir qilmaydi. Ovqat qabul qilgandan keyin Estetrolning Smax ko'rsatgichi taxminan 50% ga pasayadi.
Taqsimlanishi
Estetrol jinsiy gormonlarni bog'lovchi globulinlar (JGBG) bilan bog'lanmaydi. Estetrol odam qoni plazmasi oqsillari bilan (45,5 dan 50,4% gacha) va odam qoni zardobi al'bumini bilan o'rtacha (58,6%) va al'fa-glikoprotein bilan kuchsiz (11,2%) bog'lanadi. Estetrol eritrotsitlar va qon plazmasida teng taqsimlanishga ega.
Estetrol P-gp va BCRP tashuvchilarning substrati xisoblanadi. Lekin P-gp va BCRP faolligiga ta'sir qiluvchi preparatlar bilan birga qo'llashni, estetrol bilan klinik axamiyatli dorilarning o'zaro ta'siriga olib kelishining extimoli kam.
Metabolizmi
Ichga qabul qilingandan keyin estetrol glyukuronidlar va sul'fatli kon'yugatlar xosil bo'lishi bilan axamiyatli darajada ikki fazali metabolizmga duchor bo'ladi. Estetrolning ikki asosiy metabolitlari – estetrol-3-glyukuronid va estetrol-16-glyukuronida – axamiyatsiz estrogen faollikka ega. Estetrolning eruvchi glyukuronidi xosil bo'lishi bilan metabolizmida ishtirok etuvchi asosiy izofermenti UGT, UGT2B7 xisoblanadi. Bundan tashqari, estetrol, asosan, sul'fotransferaza 1E1(SULT1E1) ishtirokida sul'fatatsiyaga duchor bo'ladi.
Сhiqarilishi
Muvozanat xolatiga erishilganda estetrolning yarim chiqarilishining yakuniy davri (t1/2) 24 soatni tashkil qiladi.
15 mg [14C]-estetrol saqlovchi eritma bir marta peroral qabul qilinganidan keyin, xamma radiofaollikning taxminan 69% siydikda va 21,9% axlatda aniqlangan.
Proportsionallik/noproportsionallik
Esteretta® preparati 1 dan 5 dozalar doirasida qabul qilinganda qon plazmasida estetrolning kontsentratsiyasi, bir marta yuborilganidan keyin xam va muvozanat xolatiga erishilganda xam proportsional doza qiymatlaridan axamiyatli og'magan.
Muvozanat xolati
Preparatni qabul qilish boshlanganidan keyin 5 kun o'tgach muvozanat xolatiga erishiladi. Estetrolning Smax taxminan 17,9 ng/ml ni tashkil qiladi va qabul qilgandan keyin 0,5-2 soat o'tgach erishiladi. Qon zardobidagi o'rtacha kontsentratsiyasi 2,46 ng/ml ni tashkil qiladi. Preparatning to'planishi cheklangan, muvozanat xolatidagi farmakologik egri chiziq osti maydonining (AUC) sutkalik qiymati, bir marta qabul qilgandan keyingi shundaydan 60% ga oshiq bo'ladi.
Drospirenon
So'rilishi
Ichga qabul qilingandan keyin drospirenon tez va deyarli to'liq so'riladi. Smax 48,7 ng/ml ni tashkil qiladi va Esteretta® preparati ko'p marta qabul qilinganidan keyin 1-3 soat o'tgach erishiladi. Biokiraolishi 76% - 85% ni tashkil qiladi. Esteretta® preparatini bir vaqtda ovqat bilan qabul qilish, drosperinonning umumiy ekspozitsiyasiga ta'sir qilmaydi.
Taqsimlanishi
Drosperinon qon zardobi al'bumini bilan bog'lanadi va JGBG bilan yoki kortikosteroid-bog'lovchi globulin (GBG) bilan bog'lanmaydi. Ta'sir qiluvchi moddaning qon zardobidagi umumiy kontsentratsiyasidan faqat 3%-5% erkin shaklda bo'ladi. Taqsimlanishining o'rtacha taxmin qilingan xajmi 3,7±1,2 l/kg ni tashkil qiladi.
Metabolizmi
Ichga qabul qilinganidan keyin drospirenon jadal metabolizmga duchor bo'ladi. Qon plazmasida mavjud bo'lgan asosiy metabolitlari, lakton xalqasining ochilishi natijasida xosil bo'luvchi drospirenonning kislota shakli va 4,5-digidro-drospirenon-3-sul'fati xisoblanadi, u tiklanish va keyingi sul'fatlanish natijasida xosil bo'ladi. Bundan tashqari drospirenon tsitoxrom CYP3A4 izofermenti ishtirokida oksidlanuvchi metabolizmga duchor bo'ladi.
Сhiqarilishi
Esteretta® preparati ichga qabul qilinganidan keyin drospirenonning yarim chiqarilishini yakuniy davri taxminan 34 soatni tashkil qiladi. Qon zardobidagi drospirenonning metabolik klirensining tezligi 1,5±0,2 ml/min/kg ni tashkil qiladi. Drospirenon o'zgarmagan ko'rinishda faqat izlari miqdorida chiqariladi. Drospirenonning metabolitlari buyraklar va ichak orqali taxminan 1,4 ga 1,2 nisbatlarda chiqariladi. Metabolitning siydik va axlat bilan yarim chiqarilish davri (t1/2) taxminan 40 soatni tashkil qiladi.
Proportsionallik/noproportsionallik
Bir marta ichga qabul qilinganidan keyin yoki muvozanat xolatida qon plazmasidagi drospirenonning kontsentratsiyasi, 3-15 mg dozalar doirasida, axamiyatli og'ishlarsiz preparatning dozasiga proportsional bo'lgan.
Muvozanat xolati
Muvozanat xolatiga 10 kun o'tgach erishiladi. Drospirenonning Smax taxminan 48,7 ng/ml ni tashkil qiladi va qabul qilgandan keyin 1-3 soat o'tgach erishiladi. Sutkada 1 marta qabul qilganda muvozanat xolatidagi o'rtacha kontsentratsiyasi taxminan 22 ng/ml ni tashkil qiladi. Preparatning to'planishi cheklangan, muvozanat xolatidagi AUC ning sutkalik qiymati, bir marta qabul qilgandagi shundaydan 80% ortiq bo'ladi.
Patsientlarning aloxida guruxlari
Buyraklar funktsiyasining buzilishlari bo'lgan patsientkalar
Estetrolning farmakokinetikasiga buyrak kasalliklarining ta'sirini baxolash o'rganilmagan. Og'irligi yengil darajali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) = 50-80 ml/min) ayollarda 3 mg dozada 14 kun davomida qabul qilinganda qon zardobidagi drospirenonning muvozanat kontsentratsiyasi, buyraklarning funktsiyasi normal bo'lgan ayollardagi shundaylar bilan solishtirarli bo'lgan. Qon zardobidagi drospirenon kontsentratsiyasi buyrak funktsiyasi normal bo'lgan ayollarga nisbatan o'rtacha buyrak yetishmovchiligi (KK=30-50 ml/daq.) bo'lgan ayollarda o'rtacha 37% ga yuqori edi.
Jigar funktsiyasining buzilishlari bo'lgan patsientkalar
Estetrolning farmakokinetikasida jigar kasalliklarining ta'sirini baxolash o'rganilmagan. Og'irligi o'rtacha darajali jigar yetishmovchiligi bo'lgan ko'ngilliklarda preparatning bir martalik dozasi ichga qabul qilinganda drospirenonning klirensi (CL/F) jigar funktsiyasi normal bo'lgan ko'ngilliklardagi shundaylar bilan solishtirganda taxminan 50% ga past bo'lgan.
Bolalar
Qiz bolalar-o'smirlarda menarxe yuz berganidan keyin (16 yoshdan kichik) Esteretta® preparati qo'llanganda estetrol va drospirenonning farmakokinetik parametrlari o'rganilmagan.
Etnik guruxlar
Yapon kelib chiqishga ega bo'lgan ayollarda va yevropoid irqi ayollarida Esteretta® preparati bir marta qo'llanganda, estetrol va drospirenonning farmakokinetik parametrlari klinik axamiyatli farq qilmagan.
Quyida sanab o'tilgan xolatlar yoki xavf omillaridan xar qandayi mavjud bo'lganda, Esteretta® preparatini qabul qilishni boshlash oldidan ayol bilan uni qo'llashni asoslanganligini muxokama qilish kerak.
Bu kasalliklar/xolatlar yoki xavf omillaridan xar qandayi yomonlashgan, zo'raygan yoki birinchi marta paydo bo'lgan xolda, ayol Esteretta® preparatini qabul qilishni to'xtatish yoki davom ettirish xaqidagi masalani xal qilishi uchun o'zining davolovchi shifokori bilan maslaxatlashishi kerak.
Quyida taqdim etilgan xamma ma'lumotlar, etinilestradiol saqlovchi MGK qo'llashning epidemiologik ko'rsatgichlariga asoslangan. Xozirgi vaqtda estetrol saqlovchi MGK ni qo'llash bo'yicha epidemiologik ma'lumotlarning mavjud emasligi tufayli, Esteretta® preparati qo'llanganda ushbu maxsus ko'rsatmalarga amal qilish lozim.
VTE yoki ATE gumon qilinganda yoki aniqlanganda, MGK ni qabul qilishni to'xtatish kerak. Antikoagulyant davolash boshlangan xolda, antikoagulyant preparatlarning teratogen ta'siri (kumarinlar guruxidan) tufayli, muvofiq muqobil nogormonal xomiladorlikka qarshi vositalarni qo'llashni boshlash kerak.
Qon aylanishi tomonidan buzilishlar
VTE rivojlanishining xavfi
Xar qanday MGK ni qo'llash, bu preparatlarni qabul qilmayotganlar bilan solishtirganda, ularni qabul qilayotgan patsientkalarda VTE xavfini oshiradi. Etinilestradiolning past dozalarini (≤50 mkg etinilestradiol), levonorgestrel, norgestimat yoki noretisteron bilan majmuada preparatlar qo'llanganda, VTE ning eng kam xavfi kuzatiladi. Esteretta® preparati bilan bog'liq bo'lgan xavfning, xavfi pastroq bo'lgan preparatlar mosligi xozircha noma'lum.
Minimaldan yuqori bo'lgan VTE rivojlanishining xavfi ma'lum bo'lgan xar qanday preparatni buyurish xaqidagi qaror, faqat bu xavf patsientka bilan shifokor muxokama qilgandan keyin va faqat uni MGK preparatlar fonida VTE rivojlanishi xavfini, shuningdek unda mavjud bo'lgan omillar bu xavfga ta'sir qilishini anglaganiga ishonch xosil qilingandan keyin qabul qilinadi. VTE rivojlanishining xavfi preparatni qabul qilishni birinchi yili davomida eng yuqori bo'ladi.
Bundan tashqari, 4 xafta va undan ko'proq vaqt davomida tanaffusdan keyin MGK qabul qilish qayta tiklanganda xam xavfning oshishi xaqida ma'lumotlar bor.
Xomilador bo'lmagan va MGK qabul qilmayotgan ayollarda VTE rivojlanishining xavfi 10 000 ayolga yiliga 2 xolni tashkl qiladi. Lekin xar bir konkret ayolda, unda bo'lgan xavf omillarini xisobga olganda, shaxsiy xavf ancha yuqori bo'lishi mumkin (pastga qarang).
Past dozali MGK ni qabul qilayotgan 10 000 ayollardan taxminan 6 – 12 ayolda yil davomida VTE rivojlanadi.
Mavjud bo'lgan baxolar bo'yicha1, Etinilestradiol va drospirenon saqlovchi MGK qabul qilayotgan 10 000 ayoldan, 9-12 ayolda yil davomida VTE rivojlanadi; levonorgestrel saqlovchi MGK qabul qilayotgan 10 000 ayollardagi taxminan 62 xollar bilan solishtirganda.
Xozircha estetrol va drospirenon saqlovchi MGK fonida VTE rivojlanishining xavfi, levonorgestrel saqlovchi past dozali MGK qo'llashdagi xavf bilan o'zaro munosabat noma'lum. Bir yil past dozali MGK qabul qilish fonida, xamma xollarda VTE miqdori, xomiladorlik vaqtida yoki tug'uruqdan keyingi davrda kutilayotgan miqdorga qaraganda past.
VTE 1-2;% xollarda o'lim bilan yakunlanishga olib kelishi mumkin.
Juda kam xollarda MGK ni qabul qilayotgan patsientkalarda boshqa tomirlarning trombozi (masalan, jigar, brijeyka, buyraklar yoki to'r pardaning arteriya va venalari) rivojlanishi xaqida xabar berilgan.
VTE xavfi omillari
MGK qo'llanganda venoz tromboemboliya rivojlanishining xavfi, qo'shimcha xavf omillari bo'lgan, ayniqsa ko'psonli xavf omillari bo'lgan ayollarda axamiyatli oshishi mumkin (jadval 2 ga qarang).
Esteretta® preparatini ko'psonli xavf omillari bo'lgan ayollarda qo'llash mumkin emas, ular patsientkani venoz tromboz rivojlanishining yuqori xavf guruxiga kirishini belgilaydi (“Qo'llash mumkin bo'lmagan xolatlar” bo'limiga qarang). Ayolda birdan ortiq xavf omili bo'lganda, shaxsiy omillarning oddiy qo'shilishiga qaraganda, yuqoriroq darajada xavfni oshish vaziyati paydo bo'lishi mumkin: bunday xolda VTE rivojlanishining umumiy xavfini xisobga olish kerak. Agar baxolashda “foyda-xavf” nisbati noxush bo'lsa, unda MGK ni buyurishdan voz kechish kerak (“Qo'llash mumkin bo'lmagan xolatlar” bo'limiga qarang).
1 Bu xollar levonorgestrel saqlovchi MGK bilan solishtirganda turli preparatlar uchun nisbiy farqlar ko'rsatgichlarini qo'llash bilan epidemiologik tekshirishlarning yig'indi ma'lumotlari bo'yicha baxolangan.
2 Diapazonning o'rtacha nuqtasi – 10 000 ayolga yiligi 5-7 xol, MGK qo'llanmagandagi taxminan 2,3 dan 3,6 gacha xollardagi tez-tezlik bilan solishtirganda, levonorgestrel saqlovchi MGK ni qo'llash uchun nisbiy xavf ko'rsatgichiga asoslangan.
Jadval 2: VTE xavf omillari
Xavf omillari |
Sharh |
Semizlik (tana vazni indeksi [TVI] 30 kg/m2 dan ortiq) |
TVI oshganda xavf axamiyatli oshadi Boshqa xavf omillari mavjudligini xam xisobga olish juda muxim |
Davomli immobilizatsiya, katta operativ aralashuv, oyoqlardagi yoki chanoq soxasidagi operativ aralashuvlar, neyroxirurgik operatsiyalar yoki katta travmalar Izox: vaqtinchalik immobilizatsiya, 4 soatdan ortiq davomiylikdagi aviauchishlarni xam qo'shib, shuningdek VTE rivojlanishining xavfi bo'lishi xam mumkin, ayniqsa qo'shimcha xavf omillari bo'lgan ayollarda. |
Bunday vaziyatlarda tabletkalarni qabul qilishni to'xtatish tavsiya etiladi (rejali operativ aralashuv xolida – to'rt xaftadan kam bo'lmagan vaqtda) va mobillik to'liq tiklanganidan keyin ikki xafta o'tmagunicha uni tiklamaslik tavsiya etiladi. Xoxlanmagan xomiladorlikdan saqlanish uchun kontratseptsiyaning boshqa usulini qo'llash kerak. Agar Esteretta® preparatini qabul qilish oldindan to'xtatilmagan xolda, antitrombotik davolashni buyurish imkoniyatini ko'rish kerak. |
Og'irlashtiradigan oilaviy anamnez (yaqin qarindoshlarda – akasida, singlisida, ota-onasida, ayniqsa nisbatan yosh bo'lganda, ya'ni 50 yoshgacha, VTE xollari). |
Agar nasliy moyillikka gumon paydo bo'lsa, xar qanday MGK ni qo'llash xaqida qaror qabul qilishdan oldin ayol mutaxassisga maslaxatga jo'natilishi kerak. |
VTE rivojlanishi xavfi bilan birga kechuvchi boshqa xolatlar. |
Xavfli o'smalar, tizimli qizil yugirik, gemolitiko-uremik sindrom, ichakning surunkali yallig'lanishli kasalliklari (Kron kasalligi yoki yarali kolit) va o'roqsimon-xujayrali anemiya |
Yosh |
Ayniqsa 35 yoshdan keyin |
Venalarning trombozi rivojlanishi yoki kuchayishida venalarning varikoz kengayishi va yuzaki venalarning tromboflebitining mumkin bo'lgan roli xaqida yagona fikr yo'q.
Xomiladorlik vaqtida va ayniqsa tug'uruqdan keyingi davrning birinchi 6 xaftasida tromboemboliya rivojlanishining yuqori xavfini xisobga olish kerak (homiladorlik va laktatsiya haqida ma'lumotni quyida qarang).
VTE (TGV va O'ATE)
Quyida sanab o'tilgan simptomlar paydo bo'lgan xolda darxol shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilish va tibbiyot xodimiga MGK ni qo'llash xaqida xabar berish kerak.
TGV simptomlari quydagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
oyoqlar va/yoki to'piqlarning bir tomonlama shishi, yoki oyoq venasi bo'ylab shish;
oyoqda og'riq yoki og'riqlilik, ular faqat turgan xolatda yoki yurgan vaqtda xis qilinishi mumkin;
shikastlangan oyoqda xaroratni oshishi; oyoq terisini qizarishi yoki rangini o'zgarishi.
O'ATE simptomlari quydagilar bo'lishi mumkin:
birdan paydo bo'luvchi sababsiz xansirash yoki nafasning tezlashishi;
birdan paydo bo'lgan yo'tal, u qon tupurish bilan birga kechishi mumkin;
ko'krakda o'tkir og'riq;
yaqqol bexudlik yoki bosh aylanishi;
tezlashgan yoki noritmik yurak urishi.
Keltirilgan simptomlardan ayrimlari (masalan, xansirash, yo'tal) nospetsifik va adashib ko'proq tarqalagan va og'irligi kamroq kasalliklar (masalan, nafas yo'llarining infektsion kasalliklar) deb qabul qilinishi mumkin.
Tomirlar okklyuziyasining boshqa belgilari birdan og'riq, shish va oyoqning kuchsiz ifodalangan tsianozini o'z ichiga olishi mumkin.
Ko'z tomirlarining okklyuziyasi rivojlangan xolda, simptomlar ko'rishning yoyilganligidan (og'riq tuyg'ularisiz) uni to'liq yo'qolishigacha (kuchayib ketganda) o'zgarishi mumkin. Aloxida xollarda ko'rishni butunlay yo'qolishi amalda darrov rivojlanishi mumkin.
VTE rivojlanishining xavfi
MGK ni qo'llash arterial tromboemboliya (miokard infarkti [MI]) yoki miya qon aylanishining buzilishi (masalan,TIX, insul't) rivojlanishining yuqori xavfi bilan bog'liq. Arteril tromboemboliya xollari o'lim bilan yakunlanishga olib kelishi mumkin.
ATE rivojlanishining xavf omillari
MGK qo'llanganda arterial tromboemboliya yoki miya qon aylanishining buzilishlari rivojlanishining xavfi, ayollarda xavf omillari mavjudligida oshadi (jadval 3 ga qarang). Esteretta® preparatini ATE rivojlanishining bir jiddiy xavf omili yoki ko'psonli xavf omillari bo'lgan ayollarda qo'llash mumkin emas, ular patsientkani arterial tromboemboliya rivojlanishining yuqori xavfi guruxiga kirishini belgilaydi (“Qo'llash mumkin bo'lmagan xolatlar” bo'limiga qarang). Ayolda birdan ortiq xavf omili bo'lsa, shaxsiy omillarning oddiy yig'indisidagiga qaraganda xavf yuqori darajada oshadigan vaziyat paydo bo'lishi mumkin: bunday xolda umumiy xavfni xisobga olish kerak. Agar baxolashda “foyda-xavf” nisbati noxush bo'lib chiqsa, MGK ni buyurishdan voz kechish kerak (“Qo'llash mumkin bo'lmagan xolatlar” bo'limiga qarang).
Jadval 3: ATE rivojlanishining xavf omillari
Xavf omillari |
Sharh |
Yosh |
Ayniqsa 35 yoshdan keyin |
Сhekish |
MGK ni qo'llashni xoxlovchi ayollarga chekishdan voz kechish tavsiya etiladi. Сhekishdan voz kechmagan 35 yoshdan katta ayollarga qat'iy suratda kontratseptsiyaning boshqa usullarini tanlash tavsiya etiladi. |
Arterial gipertenziya |
|
Semizlik (tana vazni indeksi [TVI] 30 kg/m2 dan ortiq) |
TVI oshganda xavf axamiyatli oshadi Bu, ayniqsa, qo'shimcha xavf omillari bo'lgan ayollar uchun juda muximdir. |
Og'irlashgan oilaviy anamnez (yaqin qarindoshlarda – aka, singil, ota-onalar, ayniqsa erta yoshda, ya'ni 50 yoshgacha arterial tromboemboliya xollari) |
Agar nasliy moyillikka gumon paydo bo'lsa, xarqanday MGK ni qo'llash xaqida qaror qabul qilishdan oldin ayol mutaxassisga maslaxatga jo'natilishi kerak. |
Migren' |
MGK ni qo'llash vaqtida migren' xurujlarining tez-tezligini oshishi yoki og'irligini kuchayishi (bu miya qon aylanishining buzilishlarini darakchisi bo'lishi mumkin), preparatni darxol bekor qilish uchun asos bo'lishi mumkin. |
Noxush tomirli ko'rinishlar rivojlanishining yuqori xavfi bilan birga kechuvchi boshqa xolatlar. |
Qandli diabet, gipergomotsiseinemiya, yurak klapanlarining shikastlanishi va bo'lmachalarning fibrillyatsiyasi, dislipoproteinemiya va tizimli qizil yugirik. |
ATE simptomlari
Quyida sanab o'tilgan simptomlar paydo bo'lgan xolda, darxol shoshilinch yordamga murojaat qilish va tibbiyot xodimiga MGK ni qo'llash xaqida xabar berish kerak.
Miya qon aylanishining simptomlari quydagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
birdan yuz, qo'l yoki oyoqning kuchsizlanishi yoki uvishishi, ayniqsa tananing bir tomonida;
birdan yurishda murakkabliklar paydo bo'lishi, bosh aylanishi, muvozanat va koordinatsiyani yo'qolishi;
birdan paydo bo'lgan ongning chalkashishi, nutq yoki tushunishning buzilishi;
birdan bir yoki ikkala ko'zda ko'rishning buzilishi;
birdan ma'lum bo'lmgan sabablarsiz yaqqol yoki davomli bosh og'rig'i;
ongni yo'qotilishi yoki tirishishlar yoki usiz xushdan ketish;
Simptomlarning vaqtinchalik xarakteri tranzitor ishemik xujumni (TIX) gumon qilish imkoniyatini beradi.
Miokard infarktining (MI) simptomlari quydagilarni o'z ichiga oladi:
ko'krak, qo'lda og'riq, diskomfort, bosilish yoki og'irlik yoki to'sh ortida qisilish yoki to'lib ketish xissi;
orqaga, pastki jag'ga, tomoqqa, qo'lga, me'daga irradiatsiya bilan diskomfort xissi;
me'daning to'lib ketishi xissi, ovqat xazm bo'lishining buzilishi yoki bo'g'ilish;
terchanlik, ko'ngil aynishi, qusish yoki bosh aylanishi;
o'ta yuqori darajali kuchsizlik, xovotirlik yoki xansirash;
tezlashgan yoki noritmik yurak urishi.
O'smalar
Etinilestradiol saqlovchi MGK uzoq muddat (5 yildan ko'p) qabul qilganda bachadon bo'yni raki rivojlanishining yuqori xavfi xabarlar berilgan. Lekin bu ma'lumotlarni qanday darajada jinsiy xatti-xarakatning o'ziga xosligi va boshqa omillar, masalan, odam papillomasi virusi (OPV) bilan infektsiyalanish, nisbatan qarama-qarshiliklar saqlanmoqda.
Yuqori dozali MGK (50 mkg etinilestradiol) qo'llash fonida, endometriy raki va tuxumdonlarning raki rivojlanishining xavfi pasayadi. Estetrol saqlovchi MGK ga ushbu kuzatuvning ishlatilishi mumkinligi tasdiqlashni talab qiladi.
Ma'lumotlarga ko'ra, etinilestradiol saqlovchi MGKni qabul qilgan ayollarda, qabul qilish fonida ko'krak bezi saratoni rivojlanishining nisbiy xavfi (NX=1.24) biroz oshadi. MGK ni qabul qilish to'xtatilganidan keyin 10 yil davomida yuqori xavf asta-sekin yo'qoladi. Ayollarda 40 yoshgacha sut bezining raki kam uchrashi tufayli, MGK ni doimo qabul qilayotgan va yaqinda qilaboshlagan patsientkalarda tashxis qilingan sut bezi rakining yangi xollarining soni, sut bezi raki rivojlanishining umumiy xavfiga nisbatan katta emas. Qachon-bo'lmasin MGK qabul qilgan patsienkalarda sut bezining raki, odatda, ularni xech qachon qabul qilmagan ayollarga nisbatan ertaroq bosqichida tashxis qilinadi. Xavfning oshishini kuzatiladigan sur'ati, MGK qabul qilayotgan ayollarda sut bezi rakining ertaroq tashxis qilinishi, MGK ning biologik ta'siri yoki ikkala omillarning qo'shilishini oqibati bo'lishi mumkin.
Etiniestradiol saqlovchi MGK ni qabul qilayotgan ayollarda kam xollarda, yaxshi sifatli o'smalarning, o'ta kam xollarda esa – xavfli o'smalarning rivojlanishi kuzatilgan, ular aloxida xollarda xayot uchun xavf tug'diruvchi qorin ichki qon ketishiga olib kelgan. Shuning uchun MGK qabul qilayotgan ayollarda, qorinning qismida kuchli og'riq xolida, jigar kattalashganda yoki qorin ichki qon ketishining belgilari bo'lganda, differentsial diagnostika doirasida jigar o'smasini ko'rib chiqish kerak.
S gepatiti
SGV chaqirgan infektsiyani davolash uchun ombitasvir/paritaprivir/ritonavir va dasabuvir saqlovchi dori preparatlarini, ribovirin bilan yoki usiz majmuada olayotgan patsientkalarda, ALT faolligini normaning yuqori chegarasidan 5 martadan ko'proqqa oshishi, etinilestradiol saqlovchi, masalan, MGK dori preparatlarini qabul qilayotgan ayollarda axamiyatli ko'proq uchraydi. Bundan tashqari, glekaprivin/pibrentasivir bilan davolash olayotgan patsientkalar orasida, shuningdek etinilestradiol saqlovchi, masalan, MGK dori preparatlarini qabul qilayotgan ayollarda ALT faolligini oshishi kuzatilgan. Etinilestradioldan farq qiluvchi estrogenlarni saqlovchi dori preparatlarini qabul qilayotgan ayollarda, ALT ko'rsatgichlari estrogenlarni qabul qilmayotgan ayollardagi ko'rsatgichlar bilan solishtirarli bo'lgan; lekin bu boshqa estrogenlarni qabul qilayotgan ayollar sonining cheklanganligi tufayli, ular ombitasvir/paritaprivir/ritonavir va dasabuvir saqlovchi dori preparatlarini, ribovirin bilan yoki usiz, shuningdek glekaprivin/pibrentasivir davolash bilan majmuaviy davolash tartibi bilan bir vaqtda buyurilganda extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Shuningdek “Dorilarning o'zaro ta'siri” bo'limiga xam qarang.
Boshqa xolatlar
Esteretta® preparatining progestinli komponenti, drospirenon – kaliyning tutilishiga olib kelish qobilyatiga ega bo'lgan al'dosteronning antagonisti. Ko'pchilik xollarda, drospirenon qo'llanganda qon zardobida kaliyning kontsentratsiyasini oshishi kutilmaydi. Lekin yengil va o'rtacha darajali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan ayrim patsientkalarda, kaliyni tejovchi dori preparatlarini bir vaqtda qo'llash fonida, drospirenon 3 mg dozada 14 kun davomida qabul qilinganda, qon zardobida qaliyning miqdorini axamiyatsiz oshishi kuzatiladi. Shunday qilib, buyraklar faoliyatining buzilishlari va qon zardobida kaliyning kontsentratsiyasi normaning yuqori chegarasida bo'lgan patsientkalarda, ayniqsa kaliy tejovchi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganda, Esteretta® preparatini qabul qilishning birinchi tsiklida qon zardobida kaliyning miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi. Shuningdek “Dorilarning o'zaro ta'siri” bo'limiga xam qarang
Preparat ichga qo'llash uchun mo'ljallangan.
Esteretta® preparatini xar kuni 1 tabletkadan ketma-ket 28 kun davomida qabul qilish kerak. Tabletkalarni xar kuni taxminan bir vaqtda, zarurati bo'lganda katta bo'lmagan miqdordagi suyuqlik bilan blisterda ko'rsatilgan tartibda qabul qilish kerak. Preparatni xar bir o'ramdan qabul qilish gormonlar saqlovchi pushti rangli 24 tabletkani qabul qilishdan boshlanadi, so'ngra esa oq rangli 4 platsebo tabletka qabul qilinadi. Navbatdagi o'ramdan tabletkalarni qabul qilish, oldingi o'ramdagi oxirgi tabletka qabul qilingandan keyingi kunidan boshlanadi.
Preparat bilan birga xafta kunlarining nomlari bo'lgan o'zi yopishuvchi tasmalar beriladi; preparatni qabul qilish boshlanganda nakleykani blisterga yopishtirib qo'yish lozim, bu birinchi tabletka qabul qilingan kunni ko'rsatib turadi.
“Bekor qilish” qon ketishi odatda oq rangli platsebo tabletkalarni qabul qilish boshlangandan keyin 2-3 kuni boshlanadi, va navbatdagi o'ramdan tabletkalarni qabul qilish boshlanishiga to'xtashi mumkin (“Maxsus ko'rsatmalar” bo'limidagi “Tsikl nazorati” ga qarang).
Esteretta® preparatini qabul qilishni boshlanishi
Agar ilgari (oldingi oy davomida) gormonal kontratseptiv qo'llanmagan bo'lsa
Tabletkalarni xayz ko'rish tsiklining 1-chi kunidan boshlash kerak, ya'ni xayz ko'rish qon ketishining birinchi kuni, bunday xolda, kontratseptsiyaning qo'shimcha usullarini qo'llash talab etilmaydi.
Agar birinchi tabletkani qabul qilish xayz ko'rish tsiklining 2-5 kunlariga to'g'ri kelsa, unda preparatning kontratseptiv samarasiga faqat gormonlarni saqlovchi pushti rangli tabletkalar uzluksiz 7 kun davomida qabul qilinganidan keyin erishiladi. Birinchi 7 kun davomida qo'shimcha kontratseptsiyaning ishonchli to'siqli usulini (masalan prezervativ) qo'llash kerak. Esteretta® preparatini qabul qilishni boshlashgacha xomiladorlikni istisno qilish kerak.
Boshqa MGK (majmuaviy peroral kontratseptiv (MOK), qin xalqasi yoki transdermal plastir)
Esteretta® preparatining birinchi tabletkasini gormonlarni saqlovchi oldingi MOK ning oxirgi faol tabletkasi qabul qilingandan keyingi kundan boshlash afzalroq, lekin tabletkalarni qabul qilishdagi odatdagi tanaffusdan keyingi kundan yoki oldingi MOK platsebo tabletkalarni qabul qilishdan kech emas. Qin xalqasi yoki transdermal plastir qo'llangan xolda, Esteretta® preparatini qabul qilishni qin xalqasi yoki plastir olib tashlangan kundan boshlash afzalroq, lekin yangi xalqani qo'yish rejalashtirilgan yoki plastir almashtirilgan kundan kech emas.
Faqat progestagenlarni saqlovchi boshqa preparatlardan o'tish (“mini-pili”, in'ektsion shakllar, implantatlar yoki progestagenlarni ajratib chiqaruvchi bachadon ichki tizimlari (BIT)
Ayol “mini-pili” ni qabul qilishdan xar qanday kunda voz kechishi mumkin (implantant yoki BIT dan olib tashlangan kuni, navbatdagi in'ektsiya qilinishi kerak bo'lganda, in'ektsion shaklidan), lekin xamma xollarda tabletkalarni ketma-ket qabul qilishning birinchi 7 kuni davomida qo'shimcha kontratseptsiyaning to'siqli usulini qo'llash kerak.
Xomiladorlikni birinchi uch oylikda to'xtatishdan keyin
Esteretta® preparatini darxol qabul qilishni boshlash mumkin. Bunda kontratseptsiyaning qo'shimcha usullarini qo'llashning xojati yo'q.
Tug'ruqlardan yoki ikkinchi uch oylikda xomiladorlik to'xtatilgandan keyin
Tug'uruqlardan yoki ikkinchi uch oylikda xomiladorlik uzilganidan keyin 21-28 kunlari Esteretta® preparatini qabul qilishni boshlashni tavsiya qilish kerak. Agar qabul qilish kechroq boshlansa, birinchi 7 kun davomida ayolga kontratseptsiyaning to'siqli usulini qo'shimcha qo'llash tavsiya etiladi. Agar ungacha jinsiy aloqa bo'lgan bo'lsa, MGK ni qabul qilishni boshlashgacha xomiladorlikni istisno qilish yoki birinchi xayz ko'rishgacha kutish kerak.
Emizish davri (“Maxsus ko'rsatmalar” bo'limiga qarang).
Tabletkalarni qabul qilish o'tkazib yuborilgan xolda nima qilish kerak
Blisterning oxirgi qatoridagi platsebo oq tabletkalarni e'tiborga olmaslik mumkin.
Platsebo tabletkalarni qabul qilish fazasini tasodifan cho'zib yubormaslik uchun, o'tkazib yuborilgan platsebo tabletkalarni tashlab yuborish kerak, qolgan tabletkalarni odatdagi vaqtda qabul qilish kerak.
Quydagi tavsiyalar faqat ta'sir qiluvchi moddalarni saqlovchi pushti rangli tabletkalarni qabul qilishni o'tkazib yuborilishiga tegishlidir:
Agar gormonlarni saqlovchi navbatdagi pushti tabletkani qabul qilishdagi kechikish
24 soatdan kamini tashkil qilsa, kontratseptiv ximoya pasaymaydi. Ayol iloji boricha tezroq o'tkazib yuborilgan tabletkani qabul qilishi va navbatdagi tabletkalarni odatdagi vaqtda qabul qilishi kerak.
Agar gormonlarni saqlovchi navbatdagi pushti tabletkani qabul qilishdagi kechikish
24 soatdan ko'pni tashkil qilsa, kontratseptiv ximoya pasayishi mumkin. Tabletkalarni navbatdagi qabuli o'tkazib yuborilgan bo'lsa, ikki asosiy qoidalarga amal qilish kerak:
1.Platsebo tabletkalarni qabul qilishdagi tavsiya etiladigan interval 4 kunni tashkil qiladi, tabletkalarni qabul qilishni xech qachon 4 kundan ortiq to'xtatish mumkin emas.
2.Gipotalamo-gipofizar-tuxumdon tizimining faoliyatini adekvat bostirilishiga erishish uchun, gormonlarni saqlovchi pushti tabletkalarni uzuluksiz 7 kun qabul qilish talab etiladi.
Shunday qilib, kundalik amaliyotda quyidagi tavsiyalarni qo'llash mumkin:
1-7 kunlari
Oxirgi o'tkazib yuborilgan tabletkani, xatto bu 2 tabletkani bir vaqtda qabul qilishni bildirsa xam, iloji boricha tezroq qabul qilish kerak. Keyinchalik tabletkalarni qabul qilish odatdagi vaqtda davom ettiriladi. Gormonlarni saqlovchi pushti tabletkalarni keyingi 7 kun davomida qo'shimcha kontratseptsiyaning ishonchli to'siqli usullarini (masalan, prezervativ) qo'llash kerak. Agar oldingi 7 kunda ximoya qilinmagan jinsiy aloqa bo'lgan bo'lsa, xomiladorlik yuz berishi mumkinligini xisobga olish kerak. Qancha ko'p tabletka o'tkazib yuborilgan bo'lsa va bu o'tkazib yuborilish platsebo tabletkalarni qabul qilish fazasiga yaqin bo'lsa, xomiladorlik yuz berishining xavfi shuncha yuqori bo'ladi.
8-17 kunlari
Oxirgi o'tkazib yuborilgan tabletkani, xatto bu 2 tabletkani bir vaqtda qabul qilishni bildirsa xam, iloji boricha tezroq qabul qilish kerak. Keyinchalik tabletkalarni qabul qilish odatdagi vaqtda davom ettiriladi.
Birinchi o'tkazib yuborilgan tabletkadan oldingi 7 kun davomida ayol tabletkalarni to'g'ri qabul qilgan taqdirda, kontratseptsiyaning qo'shimcha usullarini qo'llashning zarurati yo'q. Lekin, 1 dan ko'proq tabletka o'tkazib yuborilgan bo'lsa, ta'sir qiluvchi moddalarni saqlovchi pushti rangli tabletkalarni keyingi 7 kun uzluksiz qabul qilish davomida kontratseptsiyaning qo'shimcha usullarini qo'llash kerak.
18-24 kunlari
Platsebo tabletkalarni qabul qilish fazasi yaqinlashayotgani tufayli, kontratseptiv samaraning pasayishini xavfi muqarrar. Shunga qaramasdan, tabletkalarni qabul qilish tartibini to'g'rilab, kontratseptsiyaning ishonchliligi pasayishini bartaraf qilish mumkin. Quyidagi ikki sxemalardan biriga amal qilib, ayol birinchi o'tkazib yuborilgan tabletkadan oldingi 7 kun davomida tabletkalarni to'g'ri qabul qilgan taqdirda, kontratseptsiyaning qo'shimcha usullarini qo'llashning zarurati yo'q. Aks xolda quyida taklif qilingan sxemalardan birinchisiga amal qilish, shuningdek gormonlarni saqlovchi pushti tabletkalarni 7 kun uzluksiz qabul qilish yakunlangunicha kontratseptsiyaning qo'shimcha usulini qo'llash tavsiya etiladi.
1. Oxirgi o'tkazib yuborilgan tabletkani, xatto bu 2 tabletkani bir vaqtda qabul qilishni bildirsa xam, iloji boricha tezroq qabul qilish kerak. So'ngra gormonlarni saqlovchi pushti tabletkalar tugagunicha, tabletkalarni odatdagi vaqtda qabul qilish kerak. Oxirgi qatordagi xamma 4 platsebo tabletkalarni tashlab yuborish kerak. Darxol yangi blisterdan tabletkalarni qabul qilishni boshlash kerak. Garchi gormonlarni saqlovchi pushti tabletkalarni qabul qilish vaqtida, ikkinchi o'ramdan gormonlarni saqlovchi pushti tabletkalarni qabul qilish tugagunicha “bekor qilish” qon ketishi paydo bo'lishining extimoli kam, “surtmali” qonli ajralmalar yoki “shiddatli” qon ketishi kuzatilishi mumkin.
2. Joriy blisterdan gormonlarni saqlovchi pushti tabletkalarni qabul qilishni to'xtatish xam tavsiya etish mumkin. Keyinchalik 4 kun davomida oxirgi qatordan oq rangli platsebo tabletkalarni, tabletkalarni o'tkazib yuborilgan kunlarni xam qo'shib, qabul qilish, shundan keyin navbatdagi blisterdan tabletkalarni qabul qilishni boshlash kerak.
Agar tabletkalarni qabul qilish o'tkazib yuborilgandan keyin, platsebo tabletkalarni qabul qilish davrida “bekor qilish” qon ketishi bo'lmasa, xomiladorlik yuz bergan bo'lishi mumkinligini xisobga olish kerak.
Agar gormonlarni saqlovchi pushti tabletkalarni qabul qilish orasida 24 soatdan ko'proq vaqt o'tgan bo'lsa, xarakatlar algoritmi
Me'da-ichak buzilgan xollarda tavsiyalar
Og'ir meda-ichak buzilishlari (masalan, qusish yoki diareya) xolida, so'rilish to'liq bo'lmasligi mumkin, va kontratseptsiyaning to'siqli usullarini qo'llash kerak. Agar gormonlarni saqlovchi pushti rangli tabletka qabul qilgandan keyin 3-4 soat davomida qusish yuz bergan bo'lsa, iloji boricha tezroq boshqa (o'rnini bosuvchi) tabletkani qabul qilish kerak. Agar iloji bo'lsa, gormonlarni saqlovchi pushti rangli boshqa tabletkani, preparatni qabul qilishning odatdagi vaqtidan 24 soatdan kech bo'lmagan vaqtda qabul qilish kerak. Agar oxirgi tabletkani qabul qilish vaqtidan 24 soatdan ko'proq o'tgan bo'lsa, “Tabletkalarni qabul qilish o'tkazib yuborilgan xolda nima qilish kerak” bo'limida keltirilgan tabletkalarni o'tkazib yuborilishiga tegishli yo'riqnomalarga amal qilish tavsiya etiladi. Agar ayol tabletkalarni qabul qilishning odatdagi sxemasini o'zgartirishni xoxlasa, u qo'shimcha boshqa blisterdan gormonlarni saqlovchi pushti rangli tabletka (-lar) ni qabul qilishi mumkin.
“Bekor qilish” qon ketish boshlanishini qanday kechiktirish yoki o'zgartirish kerak
“Bekor qilish” qon ketishi boshlanishini kechiktirish uchun, joriy o'ramdan platsebo tabletkalarni qabul qilmasdan Esteretta® preparatining yangi blisterdan qabul qilishni davom ettirish kerak. Kechiktirish, ayol qancha xoxlasa shuncha, ikkinchi blisterdan gormonlarni saqlovchi pushti tabletkalar tugagunicha davom etishi mumkin. Kechiktirish fonida ayolda “surtiluvchi” qonli ajralmalar yoki “shiddatli” qon ketishlari kuzatilishi mumkin. Platsebo tabletkalarini qabul qilish davridan keyin, Esteretta® preparatini odatdagi sxema bo'yicha qabul qilish kerak.
“Bekor qilish” qon ketishi boshlanishini xaftaning boshqa kuniga o'tkazish uchun, ayolga platsebo tabletkalarni qabul qilishning navbatdagi davomiyligini xoxlangan kunlar soniga qisqartirish tavsiya etiladi. Bu interval qanchalik qisqa bo'lsa, navbatdagi o'ramdan tabletkalarni qabul qilish vaqtida “bekor qilish” qon ketishi bo'lmasligining va “shiddatli” qon ketishlari va/yoki “surtiluvchi” qonli ajralmalar paydo bo'lishi xavfining extimioli shuncha yuqori bo'ladi (xayz ko'rishni kechiktirishdagi kabi).
Patsientkalarning aloxida guruxlari
Keksa yoshli patsientkalar
Esteretta® preparati postmenopauza davrida qo'llash uchun ko'rsatilmagan.
Buyraklar funktsiyasining buzilishi bo'lgan patsientkalar
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientkalarda Esteretta® preparatini qo'llash maxsus o'rganilmagan. Buyraklar funktsiyasining og'ir buzilishlari bo'lgan ayollar Esteretta® preparatini qabul qilishlari mumkin emas (“Qo'llash mumkin bo'lmagan xolatlar” bo'limiga qarang).
Jigar funktsiyasining buzilishi bo'lgan patsientkalar
Jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsientkalarda Esteretta® preparatini qo'llash o'rganilmagan. Jigar funktsiyasining og'ir buzilishi bo'lgan patsientkalar, jigarning funktsional sinamalari normallashmagunicha Esteretta® preparatini qabul qilishlari mumkin emas (“Qo'llash mumkin bo'lmagan xolatlar” bo'limiga xam qarang).
Bolalar
Esteretta® preparati faqat menarxe yuz berganidan keyin qo'llash uchun ko'rsatilgan.
16 yoshdan kichik qiz bolalar-o'smirlarda Esteretta® preparatini qo'llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Ma'lumotlar mavjud emas.
Esteretta® preparatini qo'llaganda eng ko'p uchraydigan noxush reaktsiyalar metrorragiya (4,3%), bosh og'rig'i (3,2%), akne (3,2%), qindan qon ketishi (2,7%) va dismenoreya (2,4%) xisoblanadi.
Jadval shaklidagi noxush reaktsiyalar ro'yxati
Qayd etilgan noxush reaktsiyalar quyida sanab o'tilgan (jadval 1ga qarang).
Noxush reaktsiyalar MedDRA ga muvofiq tizimli-a'zolar sinfi va paydo bo'lish tez-tezligi ko'rsatilishi bilan tasniflangan: tez-tez (≥ 1/100 dan ≤ 1/10 gacha); tez-tez emas
(≥ 1/1000 dan ≤ 1/100 gacha) va kam (≥ 1/10000 dan ≤ 1/1000 gacha)
Jadval 1. Noxush reaktsiyalarning ro'yxati
Tizmli-a'zolar sinfi |
Tez-tez |
Tez-tez emas |
Kam |
Infektsiyalar va invaziyalar |
|
Zamburug'li infektsiya, Qin infektsiyasi,
Siydik chiqarish yo'llarining infektsiyasi |
Mastit |
Yaxshi sifatli, yomon sifatli va aniqlanmagan (shu jumladan kistalar va poliplar) o'smalar |
|
|
Sut bezining fibroadenomasi |
Immun tizimi tomonidan buzilishlar |
|
|
O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi |
Moddalar almashi- nuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar |
|
Ishtaxaning buzilishi
|
Giperkaliemiya,
Suyuqlikning tutilishi
|
Ruxiyatning buzilishlari |
Kayfiyatning buzilishlari va izdan chiqib ketishlari(1),
Libidoning buzilishi) |
Depressiya(2), Xavotirli buzilish(3), Uyqusizlik, Emotsional buzilishlar(4), Stress |
Asabiylik |
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar |
Bosh og'rig'i
|
Migren, Bosh aylanishi, Paresteziya,
Uyquchanlik |
Amneziya |
Ko'ruv a'zosi tomonidan buzilishlar |
|
|
Ko'rishni buzilishi, Ko'rishni noaniqligi, Ko'zlar shilliq qavatining quruqligi |
Eshituv va muvozanat a'zosi tomonidan buzilishlar |
|
|
Vertigo |
Tomirlar tomonidan buzilishlar |
|
“qizib ketish xissi” |
Arterial gipertenziya, Venoz tromboz, Tromboflebit, Arterial gipotenziya, Venalarning varikoz kengayishi |
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar |
Qorin og'rig'i,
Ko'ngil aynishi |
Qorinning dam bo'lishi, Qusish,
Diareya |
Gastroezofagal reflyuks kasalligi, Kolit, Me'da-ichak yo'llari motorikasi-ning buzilishlari, Qabziyat, Dispepsiya, Meteorizm, Og'iz shilliq qavatining quruqligi,
Lablarning shishi |
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar |
Akne |
Alopetsiya, Gipergidroz (5), Teri tomonidan buzilishlar(6) |
Dermatit(7), Pigmentatsiyaning buzilishi(8), Girsu- tizm, Qichishish, Yuzning shishi, Eshakemi, Teri rangining o'zgarishi |
Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar |
|
Belda og'riq |
Mushak spazmlari, Oyoq-qo'llarda diskomfort, Bo'g'imlarning shishi,
Oyoq-qo'llarda og'riq |
Buyraklar va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar |
|
|
Qovuqning spazmi, Siydikning xidini o'zgarishi |
Xomiladorlik, tug'ruqdan keyingi va perinatal xolat |
|
|
Ektopik xomiladorlik |
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan buzilishlar |
Sut bezlarida og'riq, Metrorragiya, Qindan qon ketishi, Dismenoreya,
Menorragiya |
“Bekor qilish” patologik qon ketishi(9), Sut bezlarining shishi, Vul'vo-vaginal buzilish-lar(10), Qindan ajralmalar, Xayz ko'rish oldi sindromi, Sut bezlarini zichlashishi(11), Bachadon spazmi, Bachadondan qon ketishi, Mono metrorragiya, Dispareuniya |
Tuxumdon kistasi, Laktatsiyaning buzi-lishi, Endometriy tomonidan buzilish-lar, Disfunktsional bachadon qon ketishlari, Сhanoq soxasida og'riq, So'rg'ichlar tomonidan buzilishlar, Sut bezlari soxasida terining pigmentatsiyasini buzilishi,
Postkoital qon ketishi
|
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar |
|
Сharchoqlik, shishlar, Ko'krak qafasida og'riq, Noodatiy tuyg'ular |
Umumiy sirqovlanish(12), Og'riq,
Gipertermiya |
Laborator va instrumental ma'lumotlar |
Vaznning tebranishlari
|
Jigar fermentlari faolligini oshishi,
Lipid profilini o'zgarishi |
Arterial bosimning oshishi, Buyraklar faoliyatining ko'r-satgichlarini patolo-gik o'zgarishlari, Qon zardobida kaliyni qontsentratsiyasini oshishi, Qon zardobida glyukoza kontsentratsiya-sini oshishi, Qon zardobida gemoglobin miqdorini pasayishi, Qon zardobida ferritin miqdorini pasayishi,
Gematuriya |
(1)atama “emotsional labillik”, “g'azab”, “eyforik kayfiyat”, “ta'sirchanlik”, “kayfiyatning o'zgarishlari”, “kayfiyatning ko'tarilib-pasayib turishlari” atamalarini o'z ichiga oladi.
(2)atama “kayfiyatning bostirilishi”, “depressiya simptomlari”, “ko'zyoshlilik” va “depressiya”ni o'z ichiga oladi.
(3)atama “qo'zg'aluvchanlik”, “xovotirlik”, “yoyilgan xovotirli buzilishlar” va sarosimali xujumlar”ni o'z ichiga oladi.
(4)atama “emotsional buzilishlar”, “emotsional xayajonlanish” va “yig'loqilik”ni o'z ichiga oladi.
(5)atama “tungi terchanlik”, “gipergidroz”, “sovuq ter”ni o'z ichiga oladi.
(6)atama “terining quruqligi”, “toshma” va “terining shishini” o'z ichiga oladi.
(7)atama “dermatit” va “ekzema”ni o'z ichiga oladi.
(8)atama “xloazma” va “terining giperpigmentatsiyasi”ni o'z ichiga oladi.
(9)atama “bekor qilish” patologik qon ketishi”, “amenoreya”, “xayz ko'rish tsiklining buzilishi”, “muntazam bo'lmagan xayz ko'rishlar”, “oligodisminoreya” va “poiminoreya”ni o'z ichiga oladi.
(10)atama “qindan xidlar”, “qinda diskomfort xissi”, “qinning quruqligi”, “vul'vovaginal og'riqlar”, “tashqi jinsiy a'zolar soxasida qichishish”, va “jinsiy a'zolar soxasi va qinda achishi”ni o'z ichiga oladi.
(11)atama “sut bezida zichlashish” va “fibrozil-kistozli mastopatiya”ni o'z ichiga oladi.
(12)atama “umumiy sirqovlanish” va “ishlash qobilyatining pasayishi”ni o'z ichiga oladi.
Aloxida noxush reaktsiyalarning ta'rifi
MGK ni qabul qilayotgan ayollarda, arterial va venoz trombotik va tromboembolik asoratlar, miokard infarkti, insul't, tranzitor ishemik xujum, venoz tromboz va o'pka arteriyasining tromboemboliyasi rivojlanishi xavfining oshishi aniqlangan.
Mufassalroq ma'lumot “Maxsus ko'rsatmalar” bo'limida taqdim etilgan.
MGK ni qabul qilayotgan ayollarda kuzatilgan, mumkin bo'lgan jiddiy noxush reaktsiyalar quyida sanab o'tilgan, shuningdek “Maxsus ko'rsatmalar” bo'limida ta'riflangan.
- venoz tromboembolik buzilishlar;
- arterial tromboembolik buzilishlar;
- arterial gipertenziya;
- jigar o'smalari;
- MGK ni qo'llash bilan aloqasi uzil-kesil aniqlanmagan xolatlarning paydo bo'lishi yoki yomonlashishi: Kron kasalligi, yarali qolit, tutqanoq, bachadan miomasi, porfiriya, tizimli qizil yugirik, gestatsion gerpes, Sidengam xoreyasi, gemolitik-uremik sindrom, xolestatik sariqlik;
- xloazma;
- jigar funktsiyasining o'tkir va surunkali buzilishlari, jigar funktsiyasining funktsional ko'rsatgichlari normaga qaytmagunicha, MGK ni bekor qilishni talab qilishi mumkin;
- ekzogen estrogenlar nasliy yoki orttirilgan angionevrotik shishni qo'zg'atishi yoki simptomlarini yomonlashtirishlari mumkin.
MGK ni qabul qilayotgan ayollar orasida sut bezi rakining aniqlanish tez-tezligi biroz yuqori. 40 yoshdan kichik ayollarda sut bezining raki kam uchrashi tufayli, sut bezining raki rivojlanishining umumiy xavfiga nisbatan bu oshish axamiyatli emas. MGK ni qo'llash bilan sabab-oqibat aloqasi noma'lum. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun “Qo'llash mumkin bo'lmagan xolatlar” va “Maxsus ko'rsatmalar” bo'limlariga qarang.
O'zaro ta'sirlar
“Yorib o'tish” qon ketishlari va/yoki kontratseptsiyaning samarasizligi, peroral kontratseptivlarning boshqa dori preparatlari (fermentlarning induktorlari) bilan o'zaro ta'sirining oqibati bo'lishi mumkin (“Dorilarning o'zaro ta'siri” bo'limiga qarang).
Gumon qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori preparati qayd etilganidan keyin olinayotgan gumon qilinayotgan noxush reaktsiyalar xaqidagi xabarlar, juda muxim axamiyatga ega. Ular dori preparatni qo'llashdagi “foyda – xavf” nisbatini uzuluksiz nazorat qilish imkoniyatini beradi. Sog'liqni saqlash xodimlarini, xabarlarning milliy tizimidan foydalanib, xar qanday taxmin qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabar berish so'ralari.
Farmakokinetik o'zaro ta'sir
Esteretta® preparatiga boshqa dori preparatlarning ta'siri
Jigarning mikrosomal fermentlarini induktsiyalovchi dori vositalari bilan o'zaro ta'sirlashishi mumkin, buning natijasida jinsiy gormonlarning klirensi oshishi mumkin. Bu, o'z navbatida, “yori o'tish” bachadon qon ketishlariga va/yoki kontratseptiv samaraning pasayishiga olib kelishi mumkin.
- Xavfni pasaytirish bo'yicha choralar
Fermentlarning induktsiyasi bir necha kun qabul qilgandan keyinoq kuzatilishi mumkin. Fermentlarning maksimal induktsiyasi odatda bir necha xaftalar davomida kuzatiladi. Dori preparati bekor qilinganidan keyin fermentlarning induktsiyasi taxminan 4 xafta saqlanadi.
- Qisqa muddatli davolash
MGK ga qo'shimcha mikrosomal fermentlarning induktorlari bo'lgan dori preparatlari bilan davolash olayotgan ayollarga, vaqtincha kontratseptsiyaning to'siqli yoki boshqa usulini qo'llash tavsiya etiladi. Kontratseptsiyaning to'siqli usulini dori preparatlari bilan yondosh davolashning xamma davri davomida va preparat bekor qilinganidan keyin yana 28 kun davomida qo'llash kerak. Agar dori preparatini qo'llash, joriy o'ramdan ta'sir qiluvchi moddalarni saqlovchi MGK oxirgi pushti tabletkasi qabul qilinganidan keyin davom etsa, platsebo oq tabletkalarni qabul qilishni o'tkazib yuborib, darxol MGK yangi o'ramidan tabletkalarni qabul qilishni boshlash kerak.
- Uzoq muddatli davolash
Jigarning mikrosomal fermentlarini induktsiyalovchi ta'sir qiluvchi moddalari bo'lgan preparatlar bilan davomli davolash olayotgan ayollarga, kontratseptsiyaning boshqa ishonchli nogormonal usulini qo'llash tavsiya etiladi.
Adabiyotlarda quyidagi o'zaro ta'sirlar ta'riflangan.
MGK klirensini oshiruvchi dori preparatlari (fermentlarning induktorlari), masalan: barbituratlar, bozentan, karbamazepin, fenitoin, primidon, rifampitsin, OITV-infektsiyasini davolash uchun dori preparatlari (ritonavir, nevirapin va efavirenz), shuningdek extimol felbamat, grizeoful'vin, okskarbazepin, topiramat va teshik dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi o'simlik kelib chiqishga ega bo'lgan preparatlar.
MGK klirensga turlicha ta'sirga ega bo'lgan dori preparatlari: MGK bilan bir vaqtda qo'llanganda OITV proteazalari ingibitorlari va teskari transkriptazaning nonukleotid ingibitorlarining ko'pchilik majmualari, shu jumladan S gepatiti proteazalar ingibitorlari bilan majmuada, qon plazmasida estrogenlar yoki progestinlarning kontsentratsiyasini oshirishlari yoki kamaytirishlari mumkin. Ayrim xollarda bunday o'zgarishlarning samarasi klinik axamiyatli bo'lishi mumkin.
Mumkin bo'lgan dorilarning o'zaro ta'sirini aniqlash va bu bilan bog'liq bo'lgan tavsiyalar uchun, OITV-infektsiyasi va S gepatitini davolash uchun yo'ldosh dori preparatlarning tibbiyotda qo'llash bo'yicha yo'riqnomalarida taqdim etilgan ma'lumotlarni xisobga olish kerak. Proteazalarning ingibitorlari yoki teskari transkreptazaning nonukleotid ingibitorlarini olayotgan ayollar, xar qanday gumonlar xolida, qo'shimcha kontratseptsiyaning to'siqli usullarini qo'llashlari kerak.
MGK klirensini pasaytiruvchi dori preparatlari (fermentlarning ingibitorlari): Fermentlarning ingibitorlar bilan potentsial o'zaro ta'sirlarning klinik axamiyati noma'lum bo'lib qolmoqda. Izofermentining kuchli ingibitorlarini bir vaqtda qo'llash, qon plazmasida estrogenlar yoki progestinlarning yoki ikkala bu gormonlarning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
- Drospirenon bilan potentsial o'zaro ta'sirlar
Drospirenon (sutkada 3 mg) / etinilestradiol (sutkada 0,02 mg) majmuasini saqlovchi preparat ko'p marta qabul qilinganda, bir vaqtda CYP3A4 ning kuchli ingibitori ketokonazol bilan 10 kun davomida bir vaqtda qo'llanganda, farmakologik egri chiziq osti maydonining (AUC (0-24 c)) sutkali oshishi drospirenon (va etinilestradiol) uchun 2,7 martani (va muvofiq 1,4 martani) tashkil qiladi.
- Estetrol bilan potentsial o'zaro ta'sirlar
Estetrol asosan UDF-glyukuronoziltransferaza 2V7 (UGT2B7) fermenti tomonidan glyukuronlanishga duchor bo'ladi (“Farmakokinetik xususiyatlari” bo'limiga qarang). Estetrolning UDF ning kuchli ingibitori – val'proat kislotasi bilan klinik axamiyatli o'zaro ta'siri kuzatilmagan.
Esteretta® preparatini boshqa dori preparatlariga ta'siri
Peroral kontratseptivlar boshqa dori preparatlarining metabolizmiga ta'sir qilishlari mumkin. Muvofiq, qon plazmasi va to'qimalarda ularning kontsentratsiyasini o'zgarishlari – oshirishlari xam (masalan, tsiklosporin), va pasaytirishlari xam (masalan, lamotridjin) mumkin.
Mavjud bo'lgan ma'lumotlarga qaraganda, 3 mg dozada drospirenonning boshqa ta'sir qiluvchi moddalarning (substratli markerlar sifatida ayollar omeprazol, simvastatin va midazolam preparatlarini qabul qilganlar) metabolizmiga ta'sir qilishining extimoli kam.
Mavjud bo'lgan ma'lumotlarga asoslanib, Esteretta® preparati tarkibidagi estetrolning boshqa ta'sir qiluvchi moddalarning metabolizmiga ta'sirini extimoli kam.
Farmakodinamik o'zaro ta'sirlar
Ombitasvir/paritaprivir/ritonavir va dasabuvir saqlovchi, ribavirin bilan yoki usiz S gepatiti virusiga qarshi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo'llash, etinilestradiol saqlovchi dori preparatlarini, masalan, MGK ni qabul qilayotgan ayollarda, alaninaminotransferaza (ALT) oshishi xavfini oshirishi mumkin (“Maxsus ko'rsatmalar” bo'limiga qarang). Etinilestradioldan farq qiluvchi estrogenlarni saqlovchi dori preparatlarni qabul qilayotgan ayollarda, ALT darajasi estrogenlarni olmayotgan ayollardagi ko'rsatgichlar bilan solishtirarli bo'lgan; lekin bunday estrogenlarni qabul qilayotgan ayollarning soni cheklanganligi tufayli, ombitasvir/paritaprivir/ritonavir va dasabuvir saqlovchi, ribavirin bilan yoki usiz majmuaviy davolash tartibi bilan, shuningdek glekaprivir/pibrentasivir bilan davolash bilan ular bir vaqtda buyurilganda extiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lmagan patsientkalarda drospirenon va angiotenzinaylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari yoki nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni (NYaQP) bir vaqtda buyurish, qon zardobida kaliyning kontsentratsiyasiga axamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi. Lekin Esteretta® preparatini al'dosteron antagonistlari yoki kaliy tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda qo'llash o'rganilmagan. Bunday xolda preparatni qabul qilishning birinchi tsikli davomida qon zardobida kaliyning kontsentratsiyasini o'lchashni o'tkazish tavsiya etiladi. “Maxsus ko'rsatmalar” bo'limiga qarang.
Bolalar
O'zaro ta'sirlarning tekshirishlari faqat kattalarda o'tkazilgan.
Preparat tabletkalari:
faol moddalar: 3 mg drospirenon va 15,0 mg estetrol monogidrati (14,2 mg estetrolga ekvivalent).
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, natriy karboksimetilkraxmal, makkajo'xori kraxmali, povidon K-30, magniy stearati.
Plyonka qobiq: gipromelloza, gidroksipropiltsellyuloza, tal'k, gidrogenlangan paxta moyi, titan dioksidi, temir (III) oksidi.
Platsebo tabletkalari:
faol moddalar: ta'sir etuvchi moddalar saqlamaydi.
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo'xori kraxmali, magniy stearati.
Plyonka qobiq: gipromelloza, gidroksipropiltsellyuloza, tal'k, gidrogenlangan paxta moyi, titan dioksidi.
Сhiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan 28 tabletkalardan (preparatning 24 pushti tabletkalari va platsebo 4 oq tabletkalar), PVX tiniq plenka va alyumin fol'ga blisterda.
1, 3, 6 yoki 13 blisterlar 1, 3, 6 yoki 13 xaftaning kunlari ko'rsatilgan plastirlar bilan, blisterlarni saqlash uchun karton g'ilof va tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.
Esteretta® estrogen komponent sifatida estetrol va progestagen komponent sifatida drospirenon saqlaydi. Estetrol – bu faqat xomiladorlik vaqtida odam xomilasi jigari tomonidan ishlab chiqariladigan estrogen.
Estetrol qon zardobida follikulostimullovchi gormoni (FSG) va lyuteinlovchi gormonining (LG) miqdorini dozaga bog'liq pasayishi bilan xarakterlanuvchi antigonadotrop faollik namoyish qiladi.
Progestagen drospirenon progestagen, antigonadotrop, antiandrogen va o'rtacha antimineralokortikoid ta'sir ko'rsatadi. U antiandrogen, glyukokortikoid va antiglyukokortikoid faollikka ega emas. Bu xususiyatlari drospirenonning farmakologik profilini progesteron tabiiy gormonining profili bilan juda o'xshashdir.
Esteretta® preparatining kontratseptiv samarasi turli omillarning o'zaro ta'siriga asoslanadi, ulardan eng muximi ovulyatsiyaning susayishi xisoblanadi.
Qlinik samaradorligi va xavfsizligi
18 dan 35 yoshgacha bo'lgan ayollardagi (ularda zaxira kontratseptsiya bilan tsikllar va seksual faolliksiz tsikllar istisno qilingan) Perl' indeksining xisoblangan qiymati:
usulning samarasizligi :0,26,
usulning samarasizligi va patsientning xatosi: 0,44 (EI va Rossiya).
Mavjud bo'lgan ma'lumotlarga muvofiq, Esteretta® preparatini qabul qilgan 97% ayollarda, davolash davridan keyingi tsiklning oxirida ovulyatsiyaga qaytish aniqlangan.
Davolashning 13 tsiklidan keyingi endometriyning gistologik tekshirishlarida og'ishlar aniqlangan emas.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanmasin.
Platsebo tabletkalari: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida (tomchi) shaklidagi gravirovkasi bo'lgan tabletkalar.
Chiqarish shakllari