166 700 s`om dan
Dorixonalardan izlash210 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish182 000 s`om dan
Bron qilishPreparat tabletkalari:
faol moddalar: 3 mg drospirenon va 15,0 mg estetrol monogidrati (14,2 mg estetrolga ekvivalent).
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, natriy karboksimetilkraxmal, makkajo'xori kraxmali, povidon K-30, magniy stearati.
Plyonka qobiq: gipromelloza, gidroksipropiltsellyuloza, tal'k, gidrogenlangan paxta moyi, titan dioksidi, temir (III) oksidi.
Platsebo tabletkalari:
faol moddalar: ta'sir etuvchi moddalar saqlamaydi.
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo'xori kraxmali, magniy stearati.
Plyonka qobiq: gipromelloza, gidroksipropiltsellyuloza, tal'k, gidrogenlangan paxta moyi, titan dioksidi.
Сhiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan 28 tabletkalardan (preparatning 24 pushti tabletkalari va platsebo 4 oq tabletkalar), PVX tiniq plenka va alyumin fol'ga blisterda.
1, 3, 6 yoki 13 blisterlar 1, 3, 6 yoki 13 xaftaning kunlari ko'rsatilgan plastirlar bilan, blisterlarni saqlash uchun karton g'ilof va tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.
Esteretta® estrogen komponent sifatida estetrol va progestagen komponent sifatida drospirenon saqlaydi. Estetrol – bu faqat xomiladorlik vaqtida odam xomilasi jigari tomonidan ishlab chiqariladigan estrogen.
Estetrol qon zardobida follikulostimullovchi gormoni (FSG) va lyuteinlovchi gormonining (LG) miqdorini dozaga bog'liq pasayishi bilan xarakterlanuvchi antigonadotrop faollik namoyish qiladi.
Progestagen drospirenon progestagen, antigonadotrop, antiandrogen va o'rtacha antimineralokortikoid ta'sir ko'rsatadi. U antiandrogen, glyukokortikoid va antiglyukokortikoid faollikka ega emas. Bu xususiyatlari drospirenonning farmakologik profilini progesteron tabiiy gormonining profili bilan juda o'xshashdir.
Esteretta® preparatining kontratseptiv samarasi turli omillarning o'zaro ta'siriga asoslanadi, ulardan eng muximi ovulyatsiyaning susayishi xisoblanadi.
Qlinik samaradorligi va xavfsizligi
18 dan 35 yoshgacha bo'lgan ayollardagi (ularda zaxira kontratseptsiya bilan tsikllar va seksual faolliksiz tsikllar istisno qilingan) Perl' indeksining xisoblangan qiymati:
usulning samarasizligi :0,26,
usulning samarasizligi va patsientning xatosi: 0,44 (EI va Rossiya).
Mavjud bo'lgan ma'lumotlarga muvofiq, Esteretta® preparatini qabul qilgan 97% ayollarda, davolash davridan keyingi tsiklning oxirida ovulyatsiyaga qaytish aniqlangan.
Davolashning 13 tsiklidan keyingi endometriyning gistologik tekshirishlarida og'ishlar aniqlangan emas.
Esteretta® preparatini qo'llaganda eng ko'p uchraydigan noxush reaktsiyalar metrorragiya (4,3%), bosh og'rig'i (3,2%), akne (3,2%), qindan qon ketishi (2,7%) va dismenoreya (2,4%) xisoblanadi.
Jadval shaklidagi noxush reaktsiyalar ro'yxati
Qayd etilgan noxush reaktsiyalar quyida sanab o'tilgan (jadval 1ga qarang).
Noxush reaktsiyalar MedDRA ga muvofiq tizimli-a'zolar sinfi va paydo bo'lish tez-tezligi ko'rsatilishi bilan tasniflangan: tez-tez (≥ 1/100 dan ≤ 1/10 gacha); tez-tez emas
(≥ 1/1000 dan ≤ 1/100 gacha) va kam (≥ 1/10000 dan ≤ 1/1000 gacha)
Jadval 1. Noxush reaktsiyalarning ro'yxati
Tizmli-a'zolar sinfi |
Tez-tez |
Tez-tez emas |
Kam |
Infektsiyalar va invaziyalar |
|
Zamburug'li infektsiya, Qin infektsiyasi,
Siydik chiqarish yo'llarining infektsiyasi |
Mastit |
Yaxshi sifatli, yomon sifatli va aniqlanmagan (shu jumladan kistalar va poliplar) o'smalar |
|
|
Sut bezining fibroadenomasi |
Immun tizimi tomonidan buzilishlar |
|
|
O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi |
Moddalar almashi- nuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar |
|
Ishtaxaning buzilishi
|
Giperkaliemiya,
Suyuqlikning tutilishi
|
Ruxiyatning buzilishlari |
Kayfiyatning buzilishlari va izdan chiqib ketishlari(1),
Libidoning buzilishi) |
Depressiya(2), Xavotirli buzilish(3), Uyqusizlik, Emotsional buzilishlar(4), Stress |
Asabiylik |
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar |
Bosh og'rig'i
|
Migren, Bosh aylanishi, Paresteziya,
Uyquchanlik |
Amneziya |
Ko'ruv a'zosi tomonidan buzilishlar |
|
|
Ko'rishni buzilishi, Ko'rishni noaniqligi, Ko'zlar shilliq qavatining quruqligi |
Eshituv va muvozanat a'zosi tomonidan buzilishlar |
|
|
Vertigo |
Tomirlar tomonidan buzilishlar |
|
“qizib ketish xissi” |
Arterial gipertenziya, Venoz tromboz, Tromboflebit, Arterial gipotenziya, Venalarning varikoz kengayishi |
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar |
Qorin og'rig'i,
Ko'ngil aynishi |
Qorinning dam bo'lishi, Qusish,
Diareya |
Gastroezofagal reflyuks kasalligi, Kolit, Me'da-ichak yo'llari motorikasi-ning buzilishlari, Qabziyat, Dispepsiya, Meteorizm, Og'iz shilliq qavatining quruqligi,
Lablarning shishi |
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar |
Akne |
Alopetsiya, Gipergidroz (5), Teri tomonidan buzilishlar(6) |
Dermatit(7), Pigmentatsiyaning buzilishi(8), Girsu- tizm, Qichishish, Yuzning shishi, Eshakemi, Teri rangining o'zgarishi |
Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar |
|
Belda og'riq |
Mushak spazmlari, Oyoq-qo'llarda diskomfort, Bo'g'imlarning shishi,
Oyoq-qo'llarda og'riq |
Buyraklar va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar |
|
|
Qovuqning spazmi, Siydikning xidini o'zgarishi |
Xomiladorlik, tug'ruqdan keyingi va perinatal xolat |
|
|
Ektopik xomiladorlik |
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan buzilishlar |
Sut bezlarida og'riq, Metrorragiya, Qindan qon ketishi, Dismenoreya,
Menorragiya |
“Bekor qilish” patologik qon ketishi(9), Sut bezlarining shishi, Vul'vo-vaginal buzilish-lar(10), Qindan ajralmalar, Xayz ko'rish oldi sindromi, Sut bezlarini zichlashishi(11), Bachadon spazmi, Bachadondan qon ketishi, Mono metrorragiya, Dispareuniya |
Tuxumdon kistasi, Laktatsiyaning buzi-lishi, Endometriy tomonidan buzilish-lar, Disfunktsional bachadon qon ketishlari, Сhanoq soxasida og'riq, So'rg'ichlar tomonidan buzilishlar, Sut bezlari soxasida terining pigmentatsiyasini buzilishi,
Postkoital qon ketishi
|
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar |
|
Сharchoqlik, shishlar, Ko'krak qafasida og'riq, Noodatiy tuyg'ular |
Umumiy sirqovlanish(12), Og'riq,
Gipertermiya |
Laborator va instrumental ma'lumotlar |
Vaznning tebranishlari
|
Jigar fermentlari faolligini oshishi,
Lipid profilini o'zgarishi |
Arterial bosimning oshishi, Buyraklar faoliyatining ko'r-satgichlarini patolo-gik o'zgarishlari, Qon zardobida kaliyni qontsentratsiyasini oshishi, Qon zardobida glyukoza kontsentratsiya-sini oshishi, Qon zardobida gemoglobin miqdorini pasayishi, Qon zardobida ferritin miqdorini pasayishi,
Gematuriya |
Quyida sanab o'tilgan xolatlar yoki xavf omillaridan xar qandayi mavjud bo'lganda, Esteretta® preparatini qabul qilishni boshlash oldidan ayol bilan uni qo'llashni asoslanganligini muxokama qilish kerak.
Bu kasalliklar/xolatlar yoki xavf omillaridan xar qandayi yomonlashgan, zo'raygan yoki birinchi marta paydo bo'lgan xolda, ayol Esteretta® preparatini qabul qilishni to'xtatish yoki davom ettirish xaqidagi masalani xal qilishi uchun o'zining davolovchi shifokori bilan maslaxatlashishi kerak.
Quyida taqdim etilgan xamma ma'lumotlar, etinilestradiol saqlovchi MGK qo'llashning epidemiologik ko'rsatgichlariga asoslangan. Xozirgi vaqtda estetrol saqlovchi MGK ni qo'llash bo'yicha epidemiologik ma'lumotlarning mavjud emasligi tufayli, Esteretta® preparati qo'llanganda ushbu maxsus ko'rsatmalarga amal qilish lozim.
VTE yoki ATE gumon qilinganda yoki aniqlanganda, MGK ni qabul qilishni to'xtatish kerak. Antikoagulyant davolash boshlangan xolda, antikoagulyant preparatlarning teratogen ta'siri (kumarinlar guruxidan) tufayli, muvofiq muqobil nogormonal xomiladorlikka qarshi vositalarni qo'llashni boshlash kerak.
Qon aylanishi tomonidan buzilishlar
VTE rivojlanishining xavfi
Xar qanday MGK ni qo'llash, bu preparatlarni qabul qilmayotganlar bilan solishtirganda, ularni qabul qilayotgan patsientkalarda VTE xavfini oshiradi. Etinilestradiolning past dozalarini (≤50 mkg etinilestradiol), levonorgestrel, norgestimat yoki noretisteron bilan majmuada preparatlar qo'llanganda, VTE ning eng kam xavfi kuzatiladi. Esteretta® preparati bilan bog'liq bo'lgan xavfning, xavfi pastroq bo'lgan preparatlar mosligi xozircha noma'lum.
Minimaldan yuqori bo'lgan VTE rivojlanishining xavfi ma'lum bo'lgan xar qanday preparatni buyurish xaqidagi qaror, faqat bu xavf patsientka bilan shifokor muxokama qilgandan keyin va faqat uni MGK preparatlar fonida VTE rivojlanishi xavfini, shuningdek unda mavjud bo'lgan omillar bu xavfga ta'sir qilishini anglaganiga ishonch xosil qilingandan keyin qabul qilinadi. VTE rivojlanishining xavfi preparatni qabul qilishni birinchi yili davomida eng yuqori bo'ladi.
Bundan tashqari, 4 xafta va undan ko'proq vaqt davomida tanaffusdan keyin MGK qabul qilish qayta tiklanganda xam xavfning oshishi xaqida ma'lumotlar bor.
Xomilador bo'lmagan va MGK qabul qilmayotgan ayollarda VTE rivojlanishining xavfi 10 000 ayolga yiliga 2 xolni tashkl qiladi. Lekin xar bir konkret ayolda, unda bo'lgan xavf omillarini xisobga olganda, shaxsiy xavf ancha yuqori bo'lishi mumkin (pastga qarang).
Past dozali MGK ni qabul qilayotgan 10 000 ayollardan taxminan 6 – 12 ayolda yil davomida VTE rivojlanadi.
Mavjud bo'lgan baxolar bo'yicha1, Etinilestradiol va drospirenon saqlovchi MGK qabul qilayotgan 10 000 ayoldan, 9-12 ayolda yil davomida VTE rivojlanadi; levonorgestrel saqlovchi MGK qabul qilayotgan 10 000 ayollardagi taxminan 62 xollar bilan solishtirganda.
Xozircha estetrol va drospirenon saqlovchi MGK fonida VTE rivojlanishining xavfi, levonorgestrel saqlovchi past dozali MGK qo'llashdagi xavf bilan o'zaro munosabat noma'lum. Bir yil past dozali MGK qabul qilish fonida, xamma xollarda VTE miqdori, xomiladorlik vaqtida yoki tug'uruqdan keyingi davrda kutilayotgan miqdorga qaraganda past.
VTE 1-2;% xollarda o'lim bilan yakunlanishga olib kelishi mumkin.
Juda kam xollarda MGK ni qabul qilayotgan patsientkalarda boshqa tomirlarning trombozi (masalan, jigar, brijeyka, buyraklar yoki to'r pardaning arteriya va venalari) rivojlanishi xaqida xabar berilgan.
VTE xavfi omillari
MGK qo'llanganda venoz tromboemboliya rivojlanishining xavfi, qo'shimcha xavf omillari bo'lgan, ayniqsa ko'psonli xavf omillari bo'lgan ayollarda axamiyatli oshishi mumkin (jadval 2 ga qarang).
Esteretta® preparatini ko'psonli xavf omillari bo'lgan ayollarda qo'llash mumkin emas, ular patsientkani venoz tromboz rivojlanishining yuqori xavf guruxiga kirishini belgilaydi (“Qo'llash mumkin bo'lmagan xolatlar” bo'limiga qarang). Ayolda birdan ortiq xavf omili bo'lganda, shaxsiy omillarning oddiy qo'shilishiga qaraganda, yuqoriroq darajada xavfni oshish vaziyati paydo bo'lishi mumkin: bunday xolda VTE rivojlanishining umumiy xavfini xisobga olish kerak. Agar baxolashda “foyda-xavf” nisbati noxush bo'lsa, unda MGK ni buyurishdan voz kechish kerak (“Qo'llash mumkin bo'lmagan xolatlar” bo'limiga qarang).
1 Bu xollar levonorgestrel saqlovchi MGK bilan solishtirganda turli preparatlar uchun nisbiy farqlar ko'rsatgichlarini qo'llash bilan epidemiologik tekshirishlarning yig'indi ma'lumotlari bo'yicha baxolangan.
2 Diapazonning o'rtacha nuqtasi – 10 000 ayolga yiligi 5-7 xol, MGK qo'llanmagandagi taxminan 2,3 dan 3,6 gacha xollardagi tez-tezlik bilan solishtirganda, levonorgestrel saqlovchi MGK ni qo'llash uchun nisbiy xavf ko'rsatgichiga asoslangan.
Jadval 2: VTE xavf omillari
Xavf omillari |
Sharh |
Semizlik (tana vazni indeksi [TVI] 30 kg/m2 dan ortiq) |
TVI oshganda xavf axamiyatli oshadi Boshqa xavf omillari mavjudligini xam xisobga olish juda muxim |
Davomli immobilizatsiya, katta operativ aralashuv, oyoqlardagi yoki chanoq soxasidagi operativ aralashuvlar, neyroxirurgik operatsiyalar yoki katta travmalar Izox: vaqtinchalik immobilizatsiya, 4 soatdan ortiq davomiylikdagi aviauchishlarni xam qo'shib, shuningdek VTE rivojlanishining xavfi bo'lishi xam mumkin, ayniqsa qo'shimcha xavf omillari bo'lgan ayollarda. |
Bunday vaziyatlarda tabletkalarni qabul qilishni to'xtatish tavsiya etiladi (rejali operativ aralashuv xolida – to'rt xaftadan kam bo'lmagan vaqtda) va mobillik to'liq tiklanganidan keyin ikki xafta o'tmagunicha uni tiklamaslik tavsiya etiladi. Xoxlanmagan xomiladorlikdan saqlanish uchun kontratseptsiyaning boshqa usulini qo'llash kerak. Agar Esteretta® preparatini qabul qilish oldindan to'xtatilmagan xolda, antitrombotik davolashni buyurish imkoniyatini ko'rish kerak. |
Og'irlashtiradigan oilaviy anamnez (yaqin qarindoshlarda – akasida, singlisida, ota-onasida, ayniqsa nisbatan yosh bo'lganda, ya'ni 50 yoshgacha, VTE xollari). |
Agar nasliy moyillikka gumon paydo bo'lsa, xar qanday MGK ni qo'llash xaqida qaror qabul qilishdan oldin ayol mutaxassisga maslaxatga jo'natilishi kerak. |
VTE rivojlanishi xavfi bilan birga kechuvchi boshqa xolatlar. |
Xavfli o'smalar, tizimli qizil yugirik, gemolitiko-uremik sindrom, ichakning surunkali yallig'lanishli kasalliklari (Kron kasalligi yoki yarali kolit) va o'roqsimon-xujayrali anemiya |
Yosh |
Ayniqsa 35 yoshdan keyin |
Xavf omillari |
Sharh |
Yosh |
Ayniqsa 35 yoshdan keyin |
Сhekish |
MGK ni qo'llashni xoxlovchi ayollarga chekishdan voz kechish tavsiya etiladi. Сhekishdan voz kechmagan 35 yoshdan katta ayollarga qat'iy suratda kontratseptsiyaning boshqa usullarini tanlash tavsiya etiladi. |
Arterial gipertenziya |
|
Semizlik (tana vazni indeksi [TVI] 30 kg/m2 dan ortiq) |
TVI oshganda xavf axamiyatli oshadi Bu, ayniqsa, qo'shimcha xavf omillari bo'lgan ayollar uchun juda muximdir. |
Og'irlashgan oilaviy anamnez (yaqin qarindoshlarda – aka, singil, ota-onalar, ayniqsa erta yoshda, ya'ni 50 yoshgacha arterial tromboemboliya xollari) |
Agar nasliy moyillikka gumon paydo bo'lsa, xarqanday MGK ni qo'llash xaqida qaror qabul qilishdan oldin ayol mutaxassisga maslaxatga jo'natilishi kerak. |
Migren' |
MGK ni qo'llash vaqtida migren' xurujlarining tez-tezligini oshishi yoki og'irligini kuchayishi (bu miya qon aylanishining buzilishlarini darakchisi bo'lishi mumkin), preparatni darxol bekor qilish uchun asos bo'lishi mumkin. |
Noxush tomirli ko'rinishlar rivojlanishining yuqori xavfi bilan birga kechuvchi boshqa xolatlar. |
Qandli diabet, gipergomotsiseinemiya, yurak klapanlarining shikastlanishi va bo'lmachalarning fibrillyatsiyasi, dislipoproteinemiya va tizimli qizil yugirik. |
Esteretta® preparatini buyurish oldidan ayolda shaxsiy xavf omillari mavjudligini, ayniqsa venoz tromboemboliyaga (VTE) taalluqli, sinchiklab baxolash, shuningdek Esteretta® preparatini qabul qilgandagigi VTE xavfini, boshqa majmuaviy gormonal kontratseptivlar (MGK) qo'llangandagi VTE xavfi bilan qiyoslash kerak.
Farmakokinetik o'zaro ta'sir
Esteretta® preparatiga boshqa dori preparatlarning ta'siri
Jigarning mikrosomal fermentlarini induktsiyalovchi dori vositalari bilan o'zaro ta'sirlashishi mumkin, buning natijasida jinsiy gormonlarning klirensi oshishi mumkin. Bu, o'z navbatida, “yori o'tish” bachadon qon ketishlariga va/yoki kontratseptiv samaraning pasayishiga olib kelishi mumkin.
- Xavfni pasaytirish bo'yicha choralar
Fermentlarning induktsiyasi bir necha kun qabul qilgandan keyinoq kuzatilishi mumkin. Fermentlarning maksimal induktsiyasi odatda bir necha xaftalar davomida kuzatiladi. Dori preparati bekor qilinganidan keyin fermentlarning induktsiyasi taxminan 4 xafta saqlanadi.
- Qisqa muddatli davolash
MGK ga qo'shimcha mikrosomal fermentlarning induktorlari bo'lgan dori preparatlari bilan davolash olayotgan ayollarga, vaqtincha kontratseptsiyaning to'siqli yoki boshqa usulini qo'llash tavsiya etiladi. Kontratseptsiyaning to'siqli usulini dori preparatlari bilan yondosh davolashning xamma davri davomida va preparat bekor qilinganidan keyin yana 28 kun davomida qo'llash kerak. Agar dori preparatini qo'llash, joriy o'ramdan ta'sir qiluvchi moddalarni saqlovchi MGK oxirgi pushti tabletkasi qabul qilinganidan keyin davom etsa, platsebo oq tabletkalarni qabul qilishni o'tkazib yuborib, darxol MGK yangi o'ramidan tabletkalarni qabul qilishni boshlash kerak.
- Uzoq muddatli davolash
Jigarning mikrosomal fermentlarini induktsiyalovchi ta'sir qiluvchi moddalari bo'lgan preparatlar bilan davomli davolash olayotgan ayollarga, kontratseptsiyaning boshqa ishonchli nogormonal usulini qo'llash tavsiya etiladi.
Adabiyotlarda quyidagi o'zaro ta'sirlar ta'riflangan.
MGK klirensini oshiruvchi dori preparatlari (fermentlarning induktorlari), masalan: barbituratlar, bozentan, karbamazepin, fenitoin, primidon, rifampitsin, OITV-infektsiyasini davolash uchun dori preparatlari (ritonavir, nevirapin va efavirenz), shuningdek extimol felbamat, grizeoful'vin, okskarbazepin, topiramat va teshik dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi o'simlik kelib chiqishga ega bo'lgan preparatlar.
MGK klirensga turlicha ta'sirga ega bo'lgan dori preparatlari: MGK bilan bir vaqtda qo'llanganda OITV proteazalari ingibitorlari va teskari transkriptazaning nonukleotid ingibitorlarining ko'pchilik majmualari, shu jumladan S gepatiti proteazalar ingibitorlari bilan majmuada, qon plazmasida estrogenlar yoki progestinlarning kontsentratsiyasini oshirishlari yoki kamaytirishlari mumkin. Ayrim xollarda bunday o'zgarishlarning samarasi klinik axamiyatli bo'lishi mumkin.
Mumkin bo'lgan dorilarning o'zaro ta'sirini aniqlash va bu bilan bog'liq bo'lgan tavsiyalar uchun, OITV-infektsiyasi va S gepatitini davolash uchun yo'ldosh dori preparatlarning tibbiyotda qo'llash bo'yicha yo'riqnomalarida taqdim etilgan ma'lumotlarni xisobga olish kerak. Proteazalarning ingibitorlari yoki teskari transkreptazaning nonukleotid ingibitorlarini olayotgan ayollar, xar qanday gumonlar xolida, qo'shimcha kontratseptsiyaning to'siqli usullarini qo'llashlari kerak.
MGK klirensini pasaytiruvchi dori preparatlari (fermentlarning ingibitorlari): Fermentlarning ingibitorlar bilan potentsial o'zaro ta'sirlarning klinik axamiyati noma'lum bo'lib qolmoqda. Izofermentining kuchli ingibitorlarini bir vaqtda qo'llash, qon plazmasida estrogenlar yoki progestinlarning yoki ikkala bu gormonlarning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
- Drospirenon bilan potentsial o'zaro ta'sirlar
Drospirenon (sutkada 3 mg) / etinilestradiol (sutkada 0,02 mg) majmuasini saqlovchi preparat ko'p marta qabul qilinganda, bir vaqtda CYP3A4 ning kuchli ingibitori ketokonazol bilan 10 kun davomida bir vaqtda qo'llanganda, farmakologik egri chiziq osti maydonining (AUC (0-24 c)) sutkali oshishi drospirenon (va etinilestradiol) uchun 2,7 martani (va muvofiq 1,4 martani) tashkil qiladi.
- Estetrol bilan potentsial o'zaro ta'sirlar
Estetrol asosan UDF-glyukuronoziltransferaza 2V7 (UGT2B7) fermenti tomonidan glyukuronlanishga duchor bo'ladi (“Farmakokinetik xususiyatlari” bo'limiga qarang). Estetrolning UDF ning kuchli ingibitori – val'proat kislotasi bilan klinik axamiyatli o'zaro ta'siri kuzatilmagan.
Esteretta® preparatini boshqa dori preparatlariga ta'siri
Peroral kontratseptivlar boshqa dori preparatlarining metabolizmiga ta'sir qilishlari mumkin. Muvofiq, qon plazmasi va to'qimalarda ularning kontsentratsiyasini o'zgarishlari – oshirishlari xam (masalan, tsiklosporin), va pasaytirishlari xam (masalan, lamotridjin) mumkin.
Mavjud bo'lgan ma'lumotlarga qaraganda, 3 mg dozada drospirenonning boshqa ta'sir qiluvchi moddalarning (substratli markerlar sifatida ayollar omeprazol, simvastatin va midazolam preparatlarini qabul qilganlar) metabolizmiga ta'sir qilishining extimoli kam.
Mavjud bo'lgan ma'lumotlarga asoslanib, Esteretta® preparati tarkibidagi estetrolning boshqa ta'sir qiluvchi moddalarning metabolizmiga ta'sirini extimoli kam.
Farmakodinamik o'zaro ta'sirlar
Ombitasvir/paritaprivir/ritonavir va dasabuvir saqlovchi, ribavirin bilan yoki usiz S gepatiti virusiga qarshi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo'llash, etinilestradiol saqlovchi dori preparatlarini, masalan, MGK ni qabul qilayotgan ayollarda, alaninaminotransferaza (ALT) oshishi xavfini oshirishi mumkin (“Maxsus ko'rsatmalar” bo'limiga qarang). Etinilestradioldan farq qiluvchi estrogenlarni saqlovchi dori preparatlarni qabul qilayotgan ayollarda, ALT darajasi estrogenlarni olmayotgan ayollardagi ko'rsatgichlar bilan solishtirarli bo'lgan; lekin bunday estrogenlarni qabul qilayotgan ayollarning soni cheklanganligi tufayli, ombitasvir/paritaprivir/ritonavir va dasabuvir saqlovchi, ribavirin bilan yoki usiz majmuaviy davolash tartibi bilan, shuningdek glekaprivir/pibrentasivir bilan davolash bilan ular bir vaqtda buyurilganda extiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lmagan patsientkalarda drospirenon va angiotenzinaylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari yoki nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni (NYaQP) bir vaqtda buyurish, qon zardobida kaliyning kontsentratsiyasiga axamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi. Lekin Esteretta® preparatini al'dosteron antagonistlari yoki kaliy tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda qo'llash o'rganilmagan. Bunday xolda preparatni qabul qilishning birinchi tsikli davomida qon zardobida kaliyning kontsentratsiyasini o'lchashni o'tkazish tavsiya etiladi. “Maxsus ko'rsatmalar” bo'limiga qarang.
Bolalar
O'zaro ta'sirlarning tekshirishlari faqat kattalarda o'tkazilgan.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanmasin.
Platsebo tabletkalari: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida (tomchi) shaklidagi gravirovkasi bo'lgan tabletkalar.