FAVIPIRAVIRning aptekalardagi narxlari
FAVIPIRAVIR tabletkalari 200mg N40
|
|
2 ta dorixonada bor
|
45 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
FAVIPIRAVIR ko'rsatmalar
-xomiladorlik va laktasiya davri.
-18 yoshgacha bo'lgan pasientlar;
-og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi va buyrak etishmovchiligining terminal bosqichi (kft <30 ml/min);
-ogir jigar etishmovchiligida (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha S sinfi) qo'llash mumkin emas.
Extiyotkorlik bilan
Anamnezida podagra va giperurikemiya bo'lgan pasientlarda (qondagi siydik kislotasini oshishi va simptomlarning zurayishi mumkin), keksa yoshdagi pasientlarda, engil va o'rtacha darajadagi jigar etishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha A va V sinfi) bo'lgan pasientlarda, o'rta darajadagi buyrak etishmovchiligi (kft <60 ml/min va >30 ml/minut) bo'lgan pasientlarda extiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Favipiravir Avantika preparatini qabul qilishdan oldin pasientga preparatning samaradorligi va uni qo'llash bilan bog'liq xavflar xakida (shu jumladan embrion va xomilaga ta'sirining xavfi) yozma ma'lumotni taqdim etish kerak va preparatni qo'llashga yozma roziligini olish kerak. Preparat mavsumiy virusli infektsion kasalliklarda qo'llanilmaslik kerak.
Garchi sabab-oqibat bog'likligi noma'lum bo'lsa-da, viruslarga qarshi vositalar, shu jumladan Favipiravir Avantika yuborilgandan keyin normaga to'g'ri kelmaydigan xulq kabi psixonevrotik simptomlar paydo bulishi xaqida ma'lumotlar berilgan.
Favipiravir Avantika bakterial infektsiyalarga qarshi samarasiz.
Keksa yoshdagi pasientlarda qo'llanishi. Keksa odamlarda ko'pincha fiziologik funktsiyalar pasayganligi sababli, Favipiravir Avantika extiyotkorlik bilan, ularning umumiy holatini nazorat qilgan holda qo'llanilishi lozim.
Bolalarda qo'llanishi. 18 yoshgacha bo'lgan usmirlar va bolalarda qo'llash mumkin emas.
Xayvonlarda utkazilgan tadkikotlar dori vositasining homilaga salbiy ta'sirini, ya'ni erta embrional ulim va teratogenlikni, shuningdek Favipiravir Avantikaning asosiy metaboliti - gidroksillangan shakli ko'krak suti da taqsimlanishini aniqlagan. Xayvonlarda o'tkazilgan tadkikotlar xomiladorlik vaqtida preparatning yuborilishi homilada nuksonlar rivojlanishi mumkinligini tushuntiradi. Preparat emizikli ayollarga tayinlanganda ularga xavflarni to'liq xajmda tushuntirish va preparatni qabul qilish davrida va tugagandan keyin 7 kun mobaynida emizishni to'xtatish kerakligi xakida batafsil ko'rsatma berish kerak. Xomilador ayollarda tegishli tarzdagi tadqiqotlar o'tkazilmagan, ammo tadqiqotlardan olingan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, xomiladorlikda va laktasiya davrida preparatni qo'llash mumkin emas.
Xayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda kalamush (12 xafta) va yosh itlarda (7-8 oy) moyaklarida gistopatologik uzgarishlar va sichqonlarda (11 xafta) sperma anomaliyasi qayd etilgan. Tiklanish yoki tiklanishga moyillik bu tadqiqotlarda preparatni qabul qilish to'xtatilganda kuzatilgan. Ya'ni preparatni qabul qilish vaqtida erkak pasientlar barcha xavf omillarini nazarda tutishlari va jinsiy yaqinlik paytida kontratsepsiyaning eng samarali uslublarini qo'llashlari kerak. Preparatni qabul qilish vaqtida va qabul qilish tugaganidan keyin erkaklar prezervativ qo'llashlari, ayollar esa kontratseptiv choralarni qo'llashlari kerak: ayollar 1 oy davomida va erkaklar 3 oy davomida qo'llashlari kerak.
Tug'ishga layoqatli bo'lgan ayollarga (shu jumladan 2 yildan kam bo'lgan postmenopauzadagilarga) Favipiravir Avantika preparatini tayinlashda davolashdan oldin xomiladorlikni aniklovchi testni salbiy natijasi tasdiklanilishi zarur. Xomiladorlikni aniklovchi testning fakat salbiy natijasida davolash buyuriladi. Preparatni qabul qilish tugagandan keyin xomiladorlikni aniqlovchi testni qayta utkazish zarur.
yordamchi moddalar: kremniy kolloid dioksidi (aerosil), krospovidon, povidon K-30,
kroskarmelloza natriy, mikrokristal tsellyuloza, magniy stearat
Tayyor qobiq: gidroksipropilmetilsellyuloza, titan dioksidi, temir oksidi sariq.
Gripp virusi tomonidan chakirilgan infektsion-yalliglanish kasalliklarida Favipiravir Avantika preparatining dozasi:
Суткалар |
Препаратнинг дозаси |
Қабул қилишлар сони |
Суткалик доза |
1-чи сутка |
1600 мг дан (8 та таблетка) |
Суткада 2 марта |
3 200 мг |
2-чидан 5-чи суткагача бўлган вақт |
600 мг дан (3 та таблетка) |
Суткада 2 марта |
1 200 мг
|
Favipiravir Avantika shifokor kuzatuvi ostida qo'llanilishi lozim.
Yangi koronavirus infektsiyasi (COVID-19) bo'lgan pasientlarni davolash uchun Favipiravir Avantika preparatining dozasi:
Tana vazni 75 kg dan kam bo'lgan bemorlar uchun:
Суткалар |
Препаратнинг дозаси |
Қабул қилишлар сони |
Суткалик доза |
1-чи сутка |
1600 мг дан (8 та таблетка) |
Суткада 2 марта |
3 200 мг |
2-чидан 10-чи суткагача бўлган вақт |
600 мг дан (3 та таблетка) |
Суткада 2 марта |
1 200 мг
|
Суткалар |
Препаратнинг дозаси |
Қабул қилишлар сони |
Суткалик доза |
1-чи сутка |
1600 мг дан (8 та таблетка) |
Суткада 2 марта |
3 200 мг |
2-чидан 10-чи суткагача бўлган вақт |
600 мг дан (3 та таблетка) |
Суткада 2 марта |
1 200 мг |
Davolash kursining umumiy davomiyligi 10 kunni tashkil qiladi yoki virus eliminasiyasi tasdiqlanguncha, oldinrok sodir bulsa (kamida 24 soat bo'lgan intervalda olingan PZR-tadqiqotining ketma-ket ikkita salbiy natijasi).
Qon yaratish va limfa tizimi tomonidan: tez-tez - neytrofillar va leykositlar sonini kamayishi; tez-tez emas - leykositoz, retikulositopeniya, monositoz.
Ko'rish a'zosi tomonidan: tez-tez emas - ko'rishni xiralashishi, ko'zlardagi og'riq.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas - bosh aylanishi, ta'm sezish buzilishi (disgevziya).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas - yurak bulmachalari ekstrasistoliyasi.
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oraligi a'zolari tomonidan: tez-tez emas - astma, og'iz-xalqumda ogrik, rinit, rinofaringit.
Me'da-ichak yo'li tomonidan: tez-tez - diareya (ich ketishi), tez-tez emas - ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq, qorinda diskomfort, o'n ikki barmoqli ichak yarasi, gemateziya, gastrit.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: tez-tez - toshma; tez-tez emas - ekzema, qichishish, pigmentasiya;
Laboratoriya va uskunali ma'lumotlar: tez-tez - "jigar" transaminazalari, Y-GTP faolligining oshishi, qonda siydik kislotasi va trigliseridlar darajasini oshishi, tez-tez emas - ishqoriy fosfataza va bilirubin darajasini oshishi va qonda kaliyni kamayishi, siydikda glyukozani paydo bulishi.
Favipiravir Avantikani quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda buyurilganda extiyotkorlik bilan qo'llash zarur:
Лекарственное средство |
Признаки, симптомы, лечения |
Механизм и факторы риска |
Пиразинамид |
Уровень мочевой кислоты в крови повышается. Когда вводили пиразинамид 1,5 г один раз в день и фавипиравир 1200 мг/400 мг два раза в день, уровень мочевой кислоты в крови составлял 11,6 мг/дл, когда пиразинамид вводили отдельно, и 13,9 мг/дл в комбинации с фавипиравиром. |
Реабсорбция мочевой кислоты в почечных канальцах усиливается аддитивно |
Репаглинид |
Уровень репаглинида в крови может увеличиться, и могут возникнуть побочные реакции на репаглинид |
Ингибирование CYP2C8 повышает уровень репаглинида в крови. |
Теофиллин |
Уровень Фавипиравир Авантикаа в крови может увеличиться, и могут возникнуть побочные реакции на препарат. |
Взаимодействие с ХО может повысить уровень в крови Фавипиравир Авантикаа. |
Фамцикловир Сулиндак |
Эффективность этих препаратов может быть снижена. |
Ингибирование АО Фавипиравир Авантикаом может снизить уровень активных форм этих препаратов в крови. |
7 tadan blister tibbiyotda qo'llanish yo'riqnomasi bilan birgalikda karton qutiga joylangan.
Farmakokinetikasi
Favipiravir me'da-ichak yullari (miy) dan oson so'riladi. Maksimal kontsentrasiyaga erishish vaqti – Tmax 1,5 soat. Plazma oqsillari bilan boglanishi taxminan 54% ni tashkil qiladi. Favipiravir asosan aldegidoksidaza tomonidan metabolizmga uchraydi va ksantinoksidaza tomonidan qisman metabolizmga uchrab, gidroksillangan shakllari xosil buladi. Xujayralarda favipiravir RTF gacha metabolizmga uchraydi. Odam qon plazmasi va siydikda boshka metabolitlardan, gidroksilatdan tashkari, glyukuronat kon'yugata xam kayd etilgan. Buyraklar orqali asosan gidroksilatning faol metabolita shaklida, oz miqdorda – uzgarmagan holda chikariladi. T1/2 – taxminan 5 soatni tashkil etadi. Siydik bilan ekskresiyasining kumulyativ koeffisienta (o'zgarmagan dori vositasi va gidroksillangan shakli) so'nggi marta qabul qilingandan keyingi 48 soat davomida mos ravishda 0,8% va 53,1% ni tashkil etgan.
Engil va o'rtacha darajadagi jigar etishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha A va V sinfi) bo'lgan pasientlarda Smax va AUC ko'rsatkichlarini, sog'lom ko'ngillilardagi ko'rsatkichlarga nisbatan mos ravishda 1,5 va 1,8 marta oshishi kuzatilgan. Og'ir darajadagi jigar etishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha S sinf) bo'lgan pasientlarda Smax va AUC ko'rsatkichlari mos ravishda 2,1 va 6,3 marta oshgan.
Favipiravirning qoldiq kontsentrasiyasi (Ctrough) urta darajadagi buyrak etishmovchiligi (kft < 60 ml/minut va >30 ml/minut) bo'lgan pasientlarda, buyrak funktsiyasi buzilmagan pasientlarga nisbatan 1,5 marta oshgan. Og'ir va terminal og'irlik darajasidagi buyrak etishmovchiligi (kft<30 ml/minut) bo'lgan pasientlarda favipiravir o'rganilmagan.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati-2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Chiqarish shakllari