Gioksizonning aptekalardagi narxlari
GIOKSIZON MR maz 10g N1
|
|
17 ta dorixonada bor
|
4 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
7 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
|
GIOKSIZON MR maz 15g N1
|
|
1 ta dorixonada bor
|
6 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
GIOKSIZON maz 10mg+30mg/g 10g N1
|
|
205 ta dorixonada bor
|
4 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
8 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
4 500 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Gioksizon ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
GIOKSIZON
dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Preparatning savdo nomi
Gioksizon
XPN yoki guruhlash nomi
Gidrokortizon + Oksitetrasiklin
Dori shakli
sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma
Ta‘rifi
Sariq rangli surtma.
Tarkibi
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:
ta‘sir etuvchi moddalar: gidrokortizon asetati – 10,0 mg, oksitetrasiklin gidroxloridi – 30,0 mg;
yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat- 0,2 mg, vazelin – 1 g gacha.
Farmakoterapevtik guruhi
Mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteriod + antibiotik-tetrasiklin.
ATX kodi: D07SA01.
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat, komponentlarining yig‘indi ta‘siri natijasida, ayniqsa allergik kelib chiqishga ega bo‘lgan, bakterial infeksiyalar bilan asoratlangan terini yallig‘lanish reaksiyalarini rivojlanishini susaytiradi. Oksitetrasiklin – tetrasiklinlar guruhi antibiotigidir, bakteriostatik ta‘sir ko‘rsatadi. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, Richettsia spp., Treponema spp., Chlamidia spp., Mycolplasma spp. larga nisbatan faol. Gidrokortizon – glyukokortikosteroid, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishga qarshi samara ko‘rsatadi. Fagositozni tormozlaydi; fosfolipaza A2 faolligini susaytirishi va xujayra qobig‘i fosfolipidlaridan araxidon kislotasini ajralib chiqishini kamaytirish yo‘li bilan, leykotrienlar va prostaglandinlar sintezini kamaytiradi. Yallig‘lanish jarayonini chaqiruvchi interleykinlar va boshqa sitokinlarning ozod bo‘lishini susaytiradi; gistaminni ozod bo‘lishini va mahalliy allergik reaksiyalar paydo bo‘lishini tormozlaydi. Oqsillar sintezini va terida kollagen yig‘ilishini pasaytiradi, biriktiruvchi to‘qimani rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, proliferativ jarayonlarni susaytiradi.
Qo‘llanilishi
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni dermatiti (pufakchali va eksfoliativ), infeksiyalangan qazg‘oqlanish, follikulitlar, furunkulyoz, karbunkul, impetigo, saramasli yallig‘lanish, infeksiyalangan ekzemalar va jarohatlar, eroziyalar; yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi eshakemi; oddiy va allergik dermatit, seboreya; «quyoshli» eritematoz toshmasi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema; hashoratlarni chaqishi; tashqi eshituv yo‘lini allergik va yiringli kasalliklari; boldirni varikoz yaralari, kuyishlar, sovuq urishida qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, teri tuberkulyozi, teri o‘smasi, rak oldi holatlar, mikoz, terini virusli kasalliklari (gerpes, suvchechak); homiladorlik, laktasiya davri (shikastlanishning katta o‘choqlarida qo‘llanganida) qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy, sirtga buyuriladi.
0,5-1 g miqdordagi surtma terini shikastlangan joylariga yupqa qavat qilib kuniga 1-3 marta qo‘yiladi yoki steril doka bog‘lov ostiga qo‘yiladi.
Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.
Nojo‘ya ta‘siri
Kam hollarda – allergik reaksiyalar, terini qo‘zg‘alishi, qichishish, toshma kuzatilishi mumkin. Uzoq muddat qo‘llanganida va/yoki katta yuzalarga qo‘yilganida – glyukokortikoidlarning tizimli nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin. Yuz terisida qo‘llanganida – teleangioektaziyalar, og‘iz sohasida teri osti kletchatkasini atrofiyasi kuzatilishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Gioksizon surtma preparatining dozasini oshirib yuborilishi hollari haqida xabar berilmagan.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri yoki nomutanosibligi ta‘riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Glyukokortikosteroidlar (GKS) bilan davolanish vaqtida chechakka qarshi vaksinasiyani o‘tkazish va immunizasiyani boshqa turlarini rejalashtirish mumkin emas (GKS ni immunodepressiv samarasi tufayli). Bolalarda preparatni katta yuzalarga va okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘yishdan saqlanish kerak. Preparatni yuz terisiga qo‘llashni zarurati bo‘lganida, yuqori so‘rilishi va nojo‘ya ta‘sirlarini paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, davolash qisqa bo‘lishi kerak.
Chiqarilish shakli
Mahalliy va sirtga qo‘llash uchun surtma.
10 g dan alyuminiy tubalarda. Har bir tuba preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari