×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GIOKSIZON maz 10g

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Гидрокортизон, Окситетрациклин
Ishlab chiqaruvchi:
- Нижфарм, АО
ATX kodi:
- D07CA01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 185 ta dorixonasida topildi

ico 6 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

O'xshash dorilar

KLATERBIN gel 15g Yuocare Pharmaceutical Group Co., Ltd XXR
SINTOMISINA liniment 25g 10% Алтайвитамины, ЗАО Rossiya
5 600 s`om dan
MOMAT RINO sprey 60ta doza N1 Glenmark Pharmaceuticals Ltd Hindiston
43 900 s`om dan
KLOMED G krem 15g Mediwin Pharmaceuticals Hindiston
20 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GIOKSIZON maz 10g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

GIOKSIZON

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

Preparatning savdo nomi

Gioksizon

XPN yoki guruhlash nomi

Gidrokortizon + Oksitetrasiklin

Dori shakli

sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma

Ta‘rifi

Sariq rangli surtma.

Tarkibi

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

ta‘sir etuvchi moddalar: gidrokortizon asetati – 10,0 mg, oksitetrasiklin gidroxloridi – 30,0 mg;

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat- 0,2 mg, vazelin – 1 g gacha.

Farmakoterapevtik guruhi

Mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteriod + antibiotik-tetrasiklin.

ATX kodi: D07SA01.

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat, komponentlarining yig‘indi ta‘siri natijasida, ayniqsa allergik kelib chiqishga ega bo‘lgan, bakterial infeksiyalar bilan asoratlangan terini yallig‘lanish reaksiyalarini rivojlanishini susaytiradi. Oksitetrasiklin –  tetrasiklinlar guruhi antibiotigidir, bakteriostatik ta‘sir ko‘rsatadi. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, Richettsia spp., Treponema spp., Chlamidia spp., Mycolplasma spp. larga nisbatan faol. Gidrokortizon – glyukokortikosteroid, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishga qarshi samara ko‘rsatadi. Fagositozni tormozlaydi; fosfolipaza A2 faolligini susaytirishi va xujayra qobig‘i fosfolipidlaridan araxidon kislotasini ajralib chiqishini kamaytirish yo‘li bilan, leykotrienlar va prostaglandinlar sintezini kamaytiradi. Yallig‘lanish jarayonini chaqiruvchi interleykinlar va boshqa sitokinlarning ozod bo‘lishini susaytiradi; gistaminni ozod bo‘lishini va mahalliy allergik reaksiyalar paydo bo‘lishini tormozlaydi. Oqsillar sintezini va terida kollagen yig‘ilishini pasaytiradi, biriktiruvchi to‘qimani rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, proliferativ jarayonlarni susaytiradi.

Qo‘llanilishi

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni dermatiti (pufakchali va eksfoliativ), infeksiyalangan qazg‘oqlanish, follikulitlar, furunkulyoz, karbunkul, impetigo, saramasli yallig‘lanish, infeksiyalangan ekzemalar va jarohatlar, eroziyalar; yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi eshakemi; oddiy va allergik dermatit, seboreya; «quyoshli» eritematoz toshmasi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema; hashoratlarni chaqishi; tashqi eshituv yo‘lini allergik va yiringli kasalliklari; boldirni varikoz yaralari, kuyishlar, sovuq urishida qo‘llanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, teri tuberkulyozi, teri o‘smasi, rak oldi holatlar, mikoz, terini virusli kasalliklari (gerpes, suvchechak); homiladorlik, laktasiya davri (shikastlanishning katta o‘choqlarida qo‘llanganida) qo‘llash mumkin emas.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Mahalliy, sirtga buyuriladi.

0,5-1 g miqdordagi surtma terini shikastlangan joylariga yupqa qavat qilib kuniga 1-3 marta qo‘yiladi yoki steril doka bog‘lov ostiga qo‘yiladi.

Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.

Nojo‘ya ta‘siri

Kam hollarda – allergik reaksiyalar, terini qo‘zg‘alishi, qichishish, toshma kuzatilishi mumkin. Uzoq muddat qo‘llanganida va/yoki katta yuzalarga qo‘yilganida – glyukokortikoidlarning tizimli nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin. Yuz terisida qo‘llanganida – teleangioektaziyalar, og‘iz sohasida teri osti kletchatkasini atrofiyasi kuzatilishi mumkin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Gioksizon surtma preparatining dozasini oshirib yuborilishi hollari haqida xabar berilmagan.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri yoki nomutanosibligi ta‘riflanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Glyukokortikosteroidlar (GKS) bilan davolanish vaqtida chechakka qarshi vaksinasiyani o‘tkazish va immunizasiyani boshqa turlarini rejalashtirish mumkin emas (GKS ni immunodepressiv samarasi tufayli). Bolalarda preparatni katta yuzalarga va okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘yishdan saqlanish kerak. Preparatni yuz terisiga qo‘llashni zarurati bo‘lganida, yuqori so‘rilishi va nojo‘ya ta‘sirlarini paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, davolash qisqa bo‘lishi kerak.

 

Chiqarilish shakli

Mahalliy va sirtga qo‘llash uchun surtma.

10 g dan alyuminiy tubalarda. Har bir tuba preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GIOKSIZON maz 10g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GIOKSIZON maz 10g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GIOKSIZON maz 10g dori vositasi Нижфарм, АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GIOKSIZON maz 10g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GIOKSIZON maz 10g dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
OKSIKORT maz 10g
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
GIOKSIZON AKRIXIN maz 10g 1%+3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гидрокортизон, Окситетрациклин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акрихин, АО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
VITAPROST PLYUS suppozitorii 400mg N10
SINTOMISIN suppozitorii 250mg N10
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
METILURASIL maz 25g 10%
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
GLISERIN suppozitorii 2,11g N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZON maz 10g 1%
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
BENZILBENZOAT maz 25g 20%
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
XONDROKSID gel 30g 5%
Narh: 71 000 so'mdan Batafsil
XONDROKSID maz 30g 5%
Narh: 63 000 so'mdan Batafsil
LEVOMEKOL maz 40g
Narh: 11 900 so'mdan Batafsil
STREPTOSID RASTVORIMIY liniment 30g 5%
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
VITAPROST tabletkalari 20mg N20
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
Narh: 184 900 so'mdan Batafsil
VITAPROST FORTE suppozitorii N10
Narh: 209 400 so'mdan Batafsil
GEKSIKON suppozitorii 16mg N10
Narh: 71 500 so'mdan Batafsil
DEPANTOL suppozitorii N10
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
OKSOLIN maz 10g 0,25%
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
PROKTOZAN maz 20g
DIKLOVIT suppozitorii 50mg №10
Narh: 22 800 so'mdan Batafsil
FUNGOTERBINNEO gel 15g
TERAFLEKS XONDRO krem 100,0g 1%+5%
TERAFLEKS XONDRO FORTE krem 30g N1
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
Bisakodil nijfarm 0,01 suppozitorii N10
FEMILEKS suppozitorii 0,1g N5
LAVOMAKS 0,125 tabletkalari N6
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9