Ilon ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ILON
ILON
Preparatning savdo nomi: Ilon
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): terpentin listvennisa (Terebinthina laricina), terpentin moyi (Terebinthinae aether oleum epinopinastro), evkalipt moyi (Eucalypti aether oleum)
Dori shakli: surtma
Tarkibi:
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 54 mg terpentin listvennisa (Terebinthina laricina), 72 mg terpentin moyi (Terebinthinae aether oleum epinopinastro) va 12 mg evkalipt moyi (Eucalypti aether oleum);
yordamchi moddalar: oq vazelin, sariq asalari mumi, stearin kislotasi; olein kislotasi; polisorbat 20; rozmarin moyi; timyan moyi, timol, xlorofill mis kompleksi (Ye141), butillangan gidroksitoluol (Ye321).
Ta‘rifi: och-yashil rangli, tiniq, o‘ziga xos efir moylari va terpentin moyi hidili bir xil surtma.
Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy qo‘llanadigan yallig‘lanishga qarshi vosita.
Kod ATX: D08.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
An‘anaviy o‘simliklardan olinadigan vosita.
Aniq ta‘sir mexanizmi noma‘lum. Klinika oldi va klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki surtma terini shikastlangan soxasida qon bilan ta‘minlanishini yaxshilaydi va antiseptik ta‘sirga ega.
Farmakokinetikasi
Farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Qo‘llanilishi
Yengil, lokal, terini yiringli yallig‘lanishi, yiringli yarachalar kabi, soch follikulalarini va ter bezlarini yallig‘lanishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ilon surtmasini surtishdan oldin yallig‘langan sohani spirt yoki dezinfeksiyalovchi vosita bilan sinchiklab tozalash kerak. Shikastlangan teri soxasini tashqi omillar ta‘siridan saqlash kerak.
Teri to‘qimasining yallig‘langan maydoniga bog‘liq holda Ilon surtmasini tekis qilib 2-3 sm uzunlikda surting va jarohatni muvofiq bog‘lam bilan yopib qo‘ying. Bog‘lamni har kuni almashtirib turish kerak.
Bolalar
Ilon surtmasini 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kam hollarda Ilon surtmasini qo‘llashni bekor qilgandan keyin qaytuvchan allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Agar pasient qandaydir nojo‘ya ta‘sir sezgan bo‘lsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ta‘sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Homiladorlik, laktasiya davri.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Hozirgi vaqtgacha noma‘lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ilon surtmasi qo‘llanganda surtma ko‘zga yoki ko‘zga yaqin teri sohasiga tushmasligini kuzatish kerak. Ilon surtmasini qo‘llagandan keyin qo‘llarni yaxshilab yuvib tashlash kerak.
Ilon surtmasini qo‘llanilishi yuqoridagi ko‘rsatmalarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ilon surtmasini yangi jarohatlarga va teri toshmalariga surtish mumkin emas.
Terini yallig‘lanish simptomlari yomonlashgan xollarda yoki agar 3 kundan keyin yaxshilanish yuz bermagan bo‘lsa pasient shifokorga murojaat qilishi kerak.
Homiladorlik va laktasiya
Ilon surtmasini homiladorlikka ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Hayvonlarda reproduktiv faoliyatiga ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun Ilonni homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ilon surtmasini faol moddalari ona suti bilan chiqarilishi noma‘lum, shuning uchun Surtmani emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Fertillikka ta‘siri xaqida tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Pediatriyada qo‘llanishi
Ilon preparatini 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanishi haqida ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun ushbu surtmani bu yoshdagi bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish va xarakat mexanizm moslamalariga xizmat qilish qobiliyatiga ta‘siri
Ilon surtmasi avtotransportni boshqarish va xarakat mexanizm moslamalariga xizmat qilish qobiliyatiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganda o‘tkir toksik ta‘siri simptomlar paydo bo‘lishi kutilmaydi.
Chiqarilish shakli
O‘ram ko‘rinishi va ichidagisi: Ilon o‘zida och yashil surtmani namoyon etadi.
Ichki himoya lakli qobiq va buraladigan polietilen qopqoqli alyumin tuba. Tuba 25 g surtma saqlaydi.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori haroratda saqlanmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Birinchi ochilishidan keyingi yaroqlilik muddati: 6 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari