×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ILON maz 25g

Kategoriya:
- Antiseptiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
терпентин
Ishlab chiqaruvchi:
- Cesra Arzneimittel GmbH & Co.KG
ATX kodi:
- D08
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 2% Galenika Invest, OOO O'zbekiston
vodorod perikisi eritma 50ml 3% Elite Pharma Med Group, ООО O'zbekiston
1 200 s`om dan
KAMISTAD gel 10g Stada Arzneimittel AG Germaniya
49 000 s`om dan
BRILLIANTOVIY ZELENIY SPIRTOVIY eritma 20ml 1% Kamol Med Farm, ООО O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ILON maz 25g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ILON

ILON

Preparatning savdo nomi: Ilon

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): terpentin listvennisa (Terebinthina laricina), terpentin moyi (Terebinthinae aether oleum epinopinastro), evkalipt moyi (Eucalypti aether oleum)

Dori shakli: surtma

Tarkibi:

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 54 mg terpentin listvennisa (Terebinthina laricina), 72 mg terpentin moyi (Terebinthinae aether oleum epinopinastro) va 12 mg evkalipt moyi (Eucalypti aether oleum);

yordamchi moddalar: oq vazelin, sariq asalari mumi, stearin kislotasi; olein kislotasi; polisorbat 20; rozmarin moyi; timyan moyi, timol, xlorofill mis kompleksi (Ye141), butillangan gidroksitoluol (Ye321).

Ta‘rifi: och-yashil rangli, tiniq, o‘ziga xos efir moylari va terpentin moyi hidili bir xil surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy qo‘llanadigan yallig‘lanishga qarshi vosita.

Kod ATX: D08.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

An‘anaviy o‘simliklardan olinadigan vosita.

Aniq ta‘sir mexanizmi noma‘lum. Klinika oldi va klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki surtma terini shikastlangan soxasida qon bilan ta‘minlanishini yaxshilaydi va antiseptik ta‘sirga ega.

Farmakokinetikasi

Farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

 

Qo‘llanilishi

Yengil, lokal, terini yiringli yallig‘lanishi, yiringli yarachalar kabi, soch follikulalarini va ter bezlarini yallig‘lanishida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ilon surtmasini surtishdan oldin yallig‘langan sohani spirt yoki dezinfeksiyalovchi vosita bilan sinchiklab tozalash kerak. Shikastlangan teri soxasini tashqi omillar ta‘siridan saqlash kerak.

Teri to‘qimasining yallig‘langan maydoniga bog‘liq holda Ilon surtmasini tekis qilib 2-3 sm  uzunlikda surting va jarohatni muvofiq bog‘lam bilan yopib qo‘ying. Bog‘lamni har kuni almashtirib turish kerak.

Bolalar

Ilon surtmasini 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda Ilon surtmasini qo‘llashni bekor qilgandan keyin qaytuvchan allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin.

Agar pasient qandaydir nojo‘ya ta‘sir sezgan bo‘lsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat qilish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ta‘sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Homiladorlik, laktasiya davri.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Hozirgi vaqtgacha noma‘lum.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ilon surtmasi qo‘llanganda surtma ko‘zga yoki ko‘zga yaqin teri sohasiga tushmasligini kuzatish kerak. Ilon surtmasini qo‘llagandan keyin qo‘llarni yaxshilab yuvib tashlash kerak.

Ilon surtmasini qo‘llanilishi yuqoridagi ko‘rsatmalarga muvofiq bo‘lishi kerak.

Ilon surtmasini yangi jarohatlarga va teri toshmalariga surtish mumkin emas.

Terini yallig‘lanish simptomlari yomonlashgan xollarda yoki agar 3 kundan keyin yaxshilanish yuz bermagan bo‘lsa pasient shifokorga murojaat qilishi kerak.

Homiladorlik va laktasiya

Ilon surtmasini homiladorlikka ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Hayvonlarda reproduktiv faoliyatiga ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun Ilonni homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Ilon surtmasini faol moddalari ona suti bilan chiqarilishi noma‘lum, shuning uchun Surtmani emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Fertillikka ta‘siri xaqida tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Pediatriyada qo‘llanishi

Ilon preparatini 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanishi haqida ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun ushbu surtmani bu yoshdagi bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish va xarakat mexanizm moslamalariga xizmat qilish qobiliyatiga ta‘siri

Ilon surtmasi avtotransportni boshqarish va xarakat mexanizm moslamalariga xizmat qilish qobiliyatiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganda o‘tkir toksik ta‘siri simptomlar paydo bo‘lishi kutilmaydi.

 

Chiqarilish shakli

O‘ram ko‘rinishi va ichidagisi: Ilon o‘zida och yashil surtmani namoyon etadi.

Ichki himoya lakli qobiq va buraladigan polietilen qopqoqli alyumin tuba. Tuba 25 g surtma saqlaydi.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori haroratda saqlanmasin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Birinchi ochilishidan keyingi yaroqlilik muddati: 6 oy.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ILON maz 25g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ILON maz 25g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ILON maz 25g dori vositasi Cesra Arzneimittel GmbH & Co.KG tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ILON maz 25g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ILON maz 25g dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
FEMINON A kapsulalar 4mg N60
AESKUVEN tabletkalari N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Cesra Arzneimittel GmbH & Co.KG
FEMINON S kapsulalar 6,5mg N60
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9