Kalgelning aptekalardagi narxlari
KALGEL tish uchun gel 20g N1
|
|
5 ta dorixonada bor
|
31 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
KALGEL tish uchun gel 10g N1
|
|
236 ta dorixonada bor
|
25 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
34 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
28 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Kalgel ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
KALGEL TISH GELI
GALGEL TEETHING GEL
Preparatning savdo nomi: Kalgel
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): lidokain gidroxloridi/setilpiridin xloridi.
Dori shakli: tish geli
Tarkibi:
1 g tish geli quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 3,3 mg lidokain gidroxloridi, 1,0 mg setilpiridin xloridi;
yordamchi moddalar: 210,0 mg kristallanmaydigan 70% li sorbitol eritmasi, 140 mg ksilitol, 93,6 mg 96% li etanol, 70 mg gliserin, 25,0 mg gidroksietil sellyuloza
5000 sr, 10,0 mg kanakunjut moyining gidrogenizasiya qilingan konsentrati PEG 40,
3,3 mg gidroksipolietoksidodikan (lauret-9), 3,3 mg makrogol–300, 1,0 mg saxarinat natriy, 0,6 mg levomentol, 4,8 mg o‘tli aromatizator 17.42.5490, 1,0 mg karamel Ye150,
8,3 mg natriy sitrata, 1,0 mg limon kislotasi monogidrati, tozalangan suv 1000,0 mg gacha.
Ta‘rifi: suvda eruvchan, sarg‘ish-jigarrang rangli, o‘ziga xos hidli, qand saqlamaydigan, yorma va qumoqlardan, yot zarrachalardan xoli bo‘lgan gel.
Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy og‘riqsizlantuvchi ta‘sirga ega vosita/yuza anesteziya uchun preparat.
Kod ATX: A01AD11
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Kalgel tish geli – oromukoz (og‘iz shilliq qavatiga) yuborish uchun og‘riq qoldiruvchi preparat, bunda lidokain shilliq qavatlar yuzasiga surtilganda mahalliy og‘riqsizlantiruvchi hisoblanadi. Setilpiridin xloridi antiseptik xususiyatlarga ega.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Lidokain shilliq qavatlari orqali tezda so‘riladi.
Taqsimlanishi
Lidokain plazma oqsillari, shu jumladan alfa-1-asid glikoprotein (AAG) bilan bog‘lanadi. Bog‘lanish darajasi o‘zgaruvchan va taxminan 66% ni tashkil etadi. Lidokainning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi qisman plazmadagi preparat va alfa-1-asid glikoprotein (AAG) ning konsentrasiyasiga bog‘liq. Alfa-1-asid glikoprotein (AAG) ning konsentrasiyasini har qanday o‘zgarishi lidokainning plazmadagi konsentrasiyasiga ahamiyatli darajada ta‘sir etishi mumkin.
Metabolizm
Lidokain asosan jigarda metabolizmga uchraydi. Jigarda metabolizmi tez kechadi va yuborilgan dozaning 90% alkil guruhini yo‘qotadi va metabolitlari – monoetilglisineksilidid va glisineksilidid hosil bo‘ladi.
Chiqarilishi
Metabolitlar ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi va lidokainning 10% dan kamrog‘i o‘zgarmagan ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kalgel tish geli bolalarda tish chiqayotganida qo‘llaniladi. Kalgel tish geli tez ta‘sir etib, bolalarda tish chiqayotgandagi og‘riqni yengillashtiradi va milkdagi og‘riqni tinchlantiradi, yengil antiseptik xususiyatlarga ega.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kalgel tish geli oromukoz yuborish uchun mo‘ljallangan.
Kattalar
Tegishli ma‘lumotlar yo‘q.
Bolalar
Kalgel tish gelini bolalarda 3 oylikdan boshlab qo‘llash tavsiya etiladi.
Taxminan 7,5 mm bo‘lgan tish gelining oz miqdorini toza barmoq uchiga olinib, bolaning milkini yallig‘langan sohasiga ehtiyotkorlik bilan surtiladi.
Zarurat bo‘lganida tish gelini 20 minutlik interval bilan kuniga 6 martagacha surtish mumkin.
Keksa yoshdagi pasientlar
Tegishli ma‘lumotlar yo‘q.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar
Tegishli ma‘lumotlar yo‘q.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar
Tegishli ma‘lumotlar yo‘q.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparatni yo‘riqnomaga muvofiq qo‘llanganda nojo‘ya ta‘sirlar kelib chiqish ehtimoli kam. Lekin, mahalliy in‘eksiyadan keyin kattalarda va 12 yoshdan oshgan bolalarda lidokain gidroxloridiga o‘ta yuqori sezuvchanlikning yakka holatlari ta‘riflangan. Bunday hollarda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari nafas olishni biroz qiyinlashishi bilan kechuvchi mahalliy shish ko‘rinishida yoki tarqalgan toshmalar ko‘rinishida namoyon bo‘lgan.
O‘tdan olinadigan aromatizatorning asosiy komponenti bo‘lgan moychechak allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkinligi to‘g‘risida ma‘lumotlar mavjud. Moychechakka o‘ta yuqori sezuvchanlik odatda allergiyaga moyil bo‘lgan shaxslarda nafas olishini qiynlashishi bilan namoyon bo‘ladi. Moychechak saqlaydigan o‘t yig‘malari va nastoykalarini qabul qilgan shaxslarda anafilaktik reaksiyalar to‘g‘risida xabar berilgan. Sensibilizasiyalangan pasientlar moychechak saqlaydigan preparatlarga ijobiy teri reaksiyalarini namoyon qilishlari mumkin.
Har qanday nojo‘ya ta‘sir yuz berganida, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Kalgel tish geli preparatini anamnezida preparatga yoki uning tarkibiga kiruvchi har qanday moddalarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Kalgel tish geli preparati bilan qandaydir dorilarning o‘zaro ta‘siri noma‘lum.
Vena ichiga yuboriladigan lidokainni peroral prokainamid, monoterapiya ko‘rinishidagi yoki fenobarbital bilan majmuadagi, pirimidon yoki karbamazepin bilan, peroral propanolol va kaliyni tejamaydigan diuretiklar, shu jumladan bumetonid, furosemid va tiazidni birga buyurilganida dorilarning o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida xabarlar bor.
Dorilarning bunday o‘zaro ta‘sirining Kalgel tish gelini qo‘llanilishi bilan bog‘liqlikning extimoli kam.
Nomutanosiblik
Tegishli ma‘lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bolalarda qo‘llanishi
Tavsiya etilgan dozalar oshirilmasin.
Yordamchi moddalar
Juda kam uchraydigan nasliy fruktozani o‘zlashtira olmasligi bo‘lgan pasientlar ushbu dori preparatini qo‘llamasliklari kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Fertillik
Tegishli ma‘lumotlar yo‘q.
Homiladorlik
Qo‘llanilmaydi.
Laktasiya
Qo‘llanilmaydi.
Diqqatni yuqori darajada jamlash, psixomotor reaksiyalar tezligi yoki kognitiv ko‘nikmalarni talab qiluvchi faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta‘siri.
Qo‘llanmaydi.
Preparatni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llash mumkin emas va bolalar ololmaydigan joyda salash kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari va belgilari
Yondosh yutishni qiyinlashishi bilan kechuvchi faringeal sezuvchanlikni susayishi Kalgel tish gelining yuqori dozalarda oromukoz qo‘llanilishi oqibatida yuz berishi mumkin.
Davolash
Dozani oshirib yuborilganda preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Chiqarilish shakli
10 grammdan ich tomonidan laminasiya qilingan, uchida himoya membranasi bo‘lgan, buraladigan polipropilen qalpoqchali bukiladigan alyumin tyubikda.
1 tyubik qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan past haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
36 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari