Moychechak gullari ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQnoma
ROMASHKI SVETKI
FLORES CHAMOMILLAE
Savdo nomi: Romashki svetki.
Astradoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub, madaniylashtirilgan va yovvoyi holda o‘suvchi bir yillik dorixona moychechagi o‘tsimon o‘simligi, (Chamomilla recutita (L.) Rauscheri, Matricaria recutita (L.), M. Chamomilla (L.), gullashi boshlanganida yig‘ilgan va quritilgan gullari (gul savatchalari).
Tarkibida: efir moyi (uning asosiy komponenti xamazulen), flavonoidlar (apigenin, kversetin, lyuteolin, kversimeritrin, rutin va boshqalar), kumarinlar (gerniarin, umbelliferon), matrikarin, matrisin, antemis kislotasi, karotin, vitamin S, shilliq, taxir va boshqa moddalar saqlaydi.
Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy yallig‘lanishga qarshi vosita.
Yallig‘lanishga qarshi, spazmolitik, allergiyaga qarshi, terlatuvchi, antiseptik va burishtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, regenerasiya jarayonlarini rag‘batlantiradi.
Qo‘llanilishi
Ichga. Me‘da-ichak yo‘llarining infeksion bo‘lmagan yallig‘lanish va spastik kasalliklari (surunkali spastik kolit, o‘tkir va surunkali gastrit, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi va ular bilan birga kechuvchi meteorizmda) qo‘llanadi.
Sirtga. Gingivitlar, stomatitlar, otitlar, tonzillitlar, vaginitlar, dermatozlar, trofik yaralar va boshqalarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat damlama ko‘rinishida ishlatiladi. Damlamani tayyorlash uchun 1 osh qoshiq moychechak gullari emallangan idishga solinadi, ustidan 1 stakan (200 ml) qaynatilgan xona haroratidagi suv quyiladi, idishni qopqog‘i yopilib, qaynab turgan suv hammomida tez-tez aralashtirib turib 15 min davomida ushlanadi, keyin xona haroratida kamida 45 min davomida sovutiladi, dokadan o‘tkaziladi (hom-ashyosini siqib) va hajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml (bir stakan) gacha yetkaziladi. Tayyorlangan damlamani salqin joyda ikki sutkagacha saqlash mumkin.
Ichga 1-5 osh qoshiqdan kuniga 2-3 marta ovqatdan oldin qabul qilinadi. Bolalarga 1 choy qoshiqdan kuniga 2-3 marta buyuriladi.
Damlamani sirtga chayishlar, primochkalar, vannalar ko‘rinishida qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Yuqori sezuvchanlikda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Chiqarilish shakli
30 g, 50 g, 100 g dan karton qutilarda; 10 kg, 15 kg, 20 kg dan qoplarda.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 300S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
1 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari