Kalsiy D3 Nikomedning aptekalardagi narxlari
KALSIY D3 NIKOMED chaynash tabletkalari so vkusom apelsina 500mg+200me N50
|
|
1 ta dorixonada bor
|
64 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
KALSIY-D3 NIKOMED FORTE chaynash tabletkalari 500mg/400mg N120
|
|
6 ta dorixonada bor
|
140 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
KALSIY D3 NIKOMED chaynash tabletkalari so vkusom apelsina 500mg+200me N120
|
|
2 ta dorixonada bor
|
120 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
KALSIY D3 NIKOMED chaynash tabletkalari so vkusom apelsina 500mg+200me N100
|
|
41 ta dorixonada bor
|
105 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
106 400 so'mdan
Bron qilish
|
KALSIY D3 NIKOMED FORTE chaynash tabletkalari so vkusom limona 500mg+400me N120
|
|
164 ta dorixonada bor
|
127 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
155 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
129 800 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Kalsiy D3 Nikomed ko'rsatmalar
og‘ir buyrak yetishmovchiligi (koptokchali filьtratsiya tezligi <30 ml/min /1.73m2)
giperkalьtsiyemiya va/yoki giperkalьtsiuriya rivojlanishiga olib keladigan kasalliklar va/yoki holatlar.
buyrakdagi tosh kasalligi (nefrolitiaz)
D vitaminining gipervitaminozi
Kaltsiy-D3 Nikomed tarkibida izomalьt (E953) va saxaroza mavjud.
Shuning uchun fruktozani ko‘tara olmaslik, glyukoza-galaktoza so‘rilishini buzilishi va qand-izomalьtaza yetishmovchiligi kabi noyob nasliy muammolari bo‘lgan bemorlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak
So‘rilishi: Me'da-ichak yo‘llari orqali so‘riladigan kaltsiyning miqdori, qabul qilingan dozaning taxminan 30% ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi va metabolizmi: Tanadagi 99% kaltsiy suyaklar va tishlarning qattiq strukturasida to‘plangan. Qolgan 1% xujayra ichidagi va tashqarisidagi suyuqlikda bo‘ladi. Qondagi kalьtsiyning umumiy miqdorini taxminan 50% fiziologik faol ionlangan shaklda bo‘ladi, ulardan taxminan 10% sitrat, fosfat yoki boshqa anionlar bilan majmuada, qolgan 40% esa, oqsillar bilan, asosan alьbuminlar bilan bog‘langan bo‘ladi.
Chiqarilishi: Kaltsiy ahlat, siydik va ter bilan chiqariladi. Siydik bilan chiqarilishi kalьtsiyning buyrak kalavalari filьtratsiyasi va naychalardan qayta so‘rilishiga bog‘liq.
Kolekaltsiferol
So‘rilishi: D3 vitamini ingichka ichakda oson so‘riladi.
Taqsimlanishi va metabolizmi: kolekaltsiferol va uning metabolitlari spetsifik globulin bilan bog‘langan holda qonda aylanib yuradi.
Kolekalьtsiferol jigarda
gidroksil guruhini ajralib chiqishi yo‘li bilan 25 gidroksikolekaltsiferolga aylanadi. So‘ngra buyrakda faol shakli — 1,25-gidroksikolekalьtsiferolga aylanadi, 1,25- gidroksikolikalьtsiferol kalьtsiyni so‘rilishini oshishiga mas'ul bo‘lgan metabolit hisoblanadi. Metabolizmga uchramagan D3 vitamini yog‘ va mushak to‘qimasida to‘planadi.
Chiqarilishi: D3 vitamini axlat va siydik orqali chiqariladi.
faol moddalar: 500 mg elementar kalьtsiyga ekvivalent bo‘lgan 1250 mg kalьtsiy karbonati; 5,0 mkg kolekalьtsiferol 2,0 mg kolekalьtsiferol kontsentrati ko‘rinishida (quyidagilardan tashkil topgan: kolekalьtsiferol — 0,00550 mg; DL-α-tokoferol — 0,0220 mg; o‘rtacha zanjirli triglitseridlar — 0,0660 mg; modifikatsiya qilingan makkajo‘xori kraxmali — 1,61 mg; saxaroza — 0,385 mg; natriy askorbati — 0,0880 mg; kremniy dioksidi — 0,0264 mg);
yordamchi moddalari: ksilitol — 224 mg; 55,9 mg apelьsin granulyati aromatizatori (quyidagilardan tashkil topgan: izomalьt — 55,2 mg; apelьsin aromatizatori — 0,723 mg; yog‘ kislotalarini mono va diglitseridlari — 0,000575 mg); povidon — 15,75 mg; magniy stearati — 6,0 mg; sukraloza — 0,25 mg.
Bitta tabletka quyidagini saqlaydi (yalpiz):
faol moddalar: kalьtsiy karbonati 1250mg (500mg oddiy kalьtsiyga teng), xolekalьtsiferol 5.5mkg (200ME D3 vitamini) 2.20mg xolekalьtsiferol kontsentrati ko‘rinishida.*
yordamchi moddalar: ksilitol 225mg, yalpizli xushbo‘ylagichning granulyati 21.0mg (tarkibida izomalьt 20.5mg, yalpiz ta'mli modda 0.525mg, yog‘li kislotalarning mono- va diglitseridlari 0.000273mg), povidon 15.75mg, magniy stearati 6.00mg, sukraloza 0.25mg.
*xolikalьtsiferol kontsentratining tarkibida quyidagilar mavjud, jumladan 10% qoldiq:xolekalьtsiferol 0.00550mg, DL-α-tokoferol 0.0220mg, zanjirning o‘rtacha uzunligi bilan triglitseridlar 0.066 mg, modifikatsiyalangan makkajo‘xori kraxmali 1.61mg, saxaroza 0.385mg, natriy askorbati 0.0880mg, kremniy dioksidi 0.0264mg.
Katta va keksa patsiyentlar
Osteoporozda yordamchi davolash vositasi sifatida
Bir tabletka kuniga 2-3 marta buyuriladi.
Kalsiy va D vitamini tanqisligida
Bir tabletka kuniga 1-3 marta buyuriladi.
Bolalar
Faqat kaltsiy va D vitaminini tanqisligida
Bir tabletka kuniga 1-2 marta buyuriladi.
Buyrak faoliyatini buzilishlari:
Kaltsiy-D3 Nikomed tabletkalarini og‘ir buyrak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qarang).
Jigar faoliyatini buzilishlari:
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Qo‘llash usuli Tabletkalar ichga qabul qilinadi. Tabletkalarni chaynash yoki shimish kerak.
Immun tizimini buzilishlari
Noma'lum: angionevrotik shish va xiqildoq shishi kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Metabolizmni va ozuqa moddalarini o‘zlashtirilishini buzilishi
Tez-tez emas: giperkalьtsiyemiya va giperkalьtsiuriya. Juda kam hollarda: sut-ishqoriy sindrom (siyishga bo‘lgan tez-tez qistovlar; uzoq davom etuvchi bosh og‘rig‘i; ishtahani uzoq yo‘qolishi; ko‘ngil aynishi va qusish; xos bo‘lmagan charchoq va holsizlik; giperkalьtsiyemiya, alkaloz va buyrak faoliyatini buzilishi). Odatda faqat dozani oshirib yuborilganda kuzatiladi («Dozani oshirib yuborilishi» bo‘limiga qarang).
Me'da-ichak yo‘llari tomondan buzilishlar
Kam hollarda: qabziyat, dispepsiya, meteorizm, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq va diareya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: qichishish, achishish va eshakemi.
Maxsus guruh patsiyentlari
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar: giperfosfatemiyani, nefrolitiazni va nefrokalьtsinozni rivojlanishini potentsial xavfi bor. «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang.
D3 vitamini ichakda kalьtsiyni so‘rilishini oshiradi. Kalьtsiy va D vitaminini qabul qilish suyaklarda kalьtsiyning tanqisligi oqibatida yuz bergan va suyaklarning rezorbtsiyasini oshishiga olib keluvchi paratireoid gormon (PTG) darajasini ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.
D vitaminining tanqisligi qayd etilgan patsiyentlarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar natijalari 500 mg kalьtsiyning ikki tabletkasi / 400 XB D vitaminini olti oy davomida har kuni qabul qilish D3 vitaminining 25-gidroksil guruhi metaboliti ko‘rsatkichlarini normallashtirishini va ikkilamchi giperparatireozni va ishqoriy fosfatazani pasayishini ko‘rsatdi.
Kaltsiy
Odatda me'da-ichak traktida (MIT) so‘riladigan kaltsiyning miqdori qabul qilingan dozaning taxminan 30% ini tashkil qiladi.
Organizmdagi kalьtsiyning 99% suyaklar va tishlarning dag‘al tuzilmasida to‘plangan. Qolgan 1% hujayra ichi va tashqi suyuqliklarda joylashgan.
Qondagi kalьtsiyning umumiy tarkibidan 50% fiziologik faolionlashtirilgan shaklda bo‘ladi, taxminan 10% sitrat, fosfat yoki boshqa anionlar bilan birgalikda, qolgan 40% esa oqsillar bilan, birinchi navbatda alьbumin bilan bog‘liq.
Kalьtsiy axlat, siydik va ter bilan chiqariladi. Buyrak orqali chiqarilishi koptokchali filьtratsiyaga va kalьtsiyning kanalchali rearbsorbtsiyasiga bog‘liq.
Xolekalьtsiferol
D3 vitamini ingichka ichakda yengil o‘zlashtiriladi.
Qonda aylanadigan xolikalьtsiferol va uning metabolitlari o‘ziga xos globulin bilan bog‘lanadi. Xolikalьtsiferol jigarda gidroksirlanish yo‘li bilan 25-gidroksixolikalьtsiferolgacha aylanadi. Keyin buyraklarda 1,25- digidroksixolekalьtsiferol faol shakliga aylanadi.
1,25- digidroksixolekalьtsiferol metabolit hisoblanadi, u kalьtsiy so‘rilishini oshiradi. Metabollanmagan D3 vitamini yog‘ va mushak to‘qimalarida saqlanadi.
D3 vitamini axlat va siydik bilan chiqariladi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Chiqarish shakllari