Kalsiy Glyukonatning aptekalardagi narxlari
KALSIYA GLYUKONAT tabletkalari 500mg N10
|
|
234 ta dorixonada bor
|
1 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
2 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
1 700 so'mdan
Bron qilish
|
KALSIYA GLYUKONAT tabletkalari 500mg N50
|
|
103 ta dorixonada bor
|
2 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
8 000 so'mdan
Bron qilish
|
KALSIYA GLYUKONAT eritma 100mg/ml 5ml N10
|
|
142 ta dorixonada bor
|
2 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
5 000 so'mdan
Bron qilish
|
KALSIYA GLYUKONAT eritma 100mg/ml 10ml N10
|
|
247 ta dorixonada bor
|
3 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
42 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
5 000 so'mdan
Bron qilish
|
KALSIYA GLYUKONAT SOLOFARM eritma 100mg/ml 10ml N10
|
|
17 ta dorixonada bor
|
33 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
33 600 so'mdan
Bron qilish
|
KALSIYA GLYUKONAT MR eritma 10% 5ml N10
|
|
5 ta dorixonada bor
|
4 150 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
KALSIYA GLYUKONAT MR eritma 10% 10ml N10
|
|
12 ta dorixonada bor
|
5 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
5 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Kalsiy Glyukonat ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
KALSIYA GLYUKONAT
CALCII GLUCONAS
Preparatning savdo nomi: Kalsiya glyukonat
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): Kalsiya glyukonati
Tarkibi:
Bir litr eritmada saqlanadi:
Faol modda: kalsiy glyukonati – 94,0 g.
Yordamchi moddalar: kalsiy D-saxarati, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: Tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Mineral preparatlar.
ATX kodi: A12AA03
Farmakologik xususiyatlari
Kalsiy preparati, nerv impulslarini o‘tkazilishi jarayonlarini, skelet va silliq mushaklarni qisqarishini, miokard faolyatini, suyak to‘qimasini shakllanishini, qon ivishini amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan kalsiy ionlarning tanqisligini to‘ldiradi.
Farmakokinetikasi
Parenteral yuborilganidan keyin preparat qon oqimi bilan barcha to‘qimalar va a‘zolarda birtekis taqsimlanadi. Qon plazmasida preparatning taxminan 45% oqsillar bilan kompleksda bo‘ladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga tushadi. Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Gipokalsiemiya, hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligini oshishi, mushak to‘qimasida nerv impulslarining o‘tkazilishini buzilishi bilan kechuvchi kasalliklar.
Gipoparatireoz (latent tetaniya, osteoporoz), D vitaminining almushinuvini buzilishi (spazmofiliya, osteomalyasiya), surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlardagi giperfosfatemiya.
Magniy tuzlari, shovul va ftor kislotalari bilan zaharlanish (kalsiy glyukonati bilan o‘zaro ta‘sirida dissosiasiyalanmaydigan va zaharli bo‘lmagan kalsiy oksalati va ftoridi hosil bo‘ladi.
Parenximatoz gepatit, jigarni toksik shikastlanishlari, nefritlar, proksimal mioplegiyaning giperkaliemik shakli.
Turli etiologiyali qon ketishlarni, allergik kasalliklarni (zardob kasalligi, eshakemi, isitma sindromi, qichishish, qichuvchi dermatozlar, dorilarni yuborish va ozuqa mahsulotlarni qabul qilishga reaksiya, Kvinke shishi); bronxial astma, o‘pka tuberkulezi, eklampsiyani majmuaviy davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mushak ichiga, vena ichiga asta-sekin (2-3 minut davomida) yoki tomchilab, kattalarga – 5- 10 ml 100 mg/ml eritma har kuni, kunora yoki har 2 kunda (kasallikning xarakteri va bemorning holatiga qarab).
Bolalarga – vena ichiga asta-sekin (2-3 minut davomida) yoki tomchilab, 1-5 ml dan 100 mg/ml eritma (yoshiga qarab), har 2-3 kunda. Eritma yuborish oldidan tana haroratigacha isitiladi.
Kalsiy glyukonatini yuborish uchun igna etanolning qoldiqlarini saqlamasligi kerak, chunki oxirgisi bo‘lganida kalsiy glyukonati cho‘kmaga tushadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Mushak ichiga va vena ichiga yuborilganida ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, bradikardiya bo‘lishi mumkin. Vena ichiga yuborilganida og‘iz bo‘shlig‘ida achishish, qizish tuyg‘usi, tez vena ichiga yuborilganida – arterial bosimni pasayishi, aritmiya, xushdan ketish, yurakni to‘xtashi kuzatilishi mumkin.
Mushak ichiga yuborilgan joylarda nekroz hosil bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, giperkalsiemiya (kalsiyning konsentrasiyasi 12 mg%=6 mEkv/l), kalsiyli nevrourolitiz, og‘ir buyrak yetishmovchiligi, sarkoidoz, yurak glikozidlarini bir vaqtda qabul qilish.
Ehtiyotkorlik bilan: degidratasiya, elektrolit buzilishlar (giperkalsiemiyani rivojlanish xavfi), diareya, kam so‘rilish sindromi, kalsiyli nefrourolitiaz (anamnezdagi), ahamiyatsiz giperkalsiuriya, tarqalgan ateroskleroz, giperkoagulyasiya, mushak ichiga yuborish uchun – bolalik yoshi (nekrozlarni paydo bo‘lish xavfi).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Karbonatlar, salisilatlar, sulfatlar bilan nomutanosib, chunki ular bilan erimaydigan yoki qiyin eriydigan kalsiy tuzlarini hosil qiladi. Tetrasiklinlar qatori antibiotiklari bilan, ularning antibakterial samarasini pasaytirib, erimaydigan komplekslar hosil qiladi.
“Sekin” kalsiy kanallari blokatorlarining ta‘sirini kamaytiradi (verapamildan oldin yoki keyin kalsiy glyukonatini vena ichiga yuborish, uning gipotenziv ta‘sirini kamaytiradi, lekin uning antiaritmik samarasiga kam ta‘sir qiladi).
Xinidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida qorincha ichki o‘tkazuchanligini sekinlashishi va xinidinning zaharligini oshishi mumkin. Glikozidlarning kardiotoksik ta‘sirini kuchayishi tufayli, kalsiy glyukonatini yurak glikozidlari bilan davolanish vaqtida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Tiazid diuretiklari bilan qo‘shilganda giperkalsiemiyani kuchaytirishi, giperkalsiemiyada kalsitoninning samarasini pasaytirish mumkin, fenitoinning biokirishaolishligini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ahamiyatsiz giperkalsiemiyali, kalava filtrasiyasi pasaygan yoki anamnezida nefrourolitiazi bo‘lgan bemorlarga buyurish ehtiyotkorlik bilan va siydikdagi kalsiyning miqdorini nazorati ostida o‘tkazilishi kerak. Nefrourolitiazni rivojlanish xavfini pasaytirish uchun ko‘p suyuqlik ichish tavsiya qilinadi.
Bolalarga mushak ichiga yuborish tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: giperkalsiemiya.
Davolash: kalsitonin vena ichiga tomchilab, 5-10 XB/kg/sut (uni 500 ml 0,9% natriy xloridi eritmasida eritib). Yuborishning davomiyligi – 6 soat.
Chiqarilish shakli
5 ml va 10 ml dan 5 yoki 10 ampuladan PVX plenkali kontur-uyali o‘ramlarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda,25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari