Ketonalning aptekalardagi narxlari
KETONAL FORTE tabletkalari 100mg N20
|
|
270 ta dorixonada bor
|
32 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
38 700 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
33 000 so'mdan
Bron qilish
|
KETONAL eritma 100mg/2ml 2ml N50
|
|
2 ta dorixonada bor
|
308 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
KETONAL eritma 50mg/ml 2ml N50
|
|
1 ta dorixonada bor
|
305 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
KETONAL MR eritma 100mg/2ml 2ml N10
|
|
1 ta dorixonada bor
|
33 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
KETONAL eritma 50mg/ml 2ml N10
|
|
5 ta dorixonada bor
|
85 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
KETONAL eritma 50mg/ml 2ml N5
|
|
4 ta dorixonada bor
|
30 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
85 000 so'mdan
Bron qilish
|
KETONAL eritma 100mg/2ml 2ml N10
|
|
275 ta dorixonada bor
|
24 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
102 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
28 000 so'mdan
Bron qilish
|
KETONAL eritma 100mg/2ml 2ml N5
|
|
1 ta dorixonada bor
|
40 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
KETONAL granulalari 50mg N25
|
|
207 ta dorixonada bor
|
25 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
32 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
30 000 so'mdan
Bron qilish
|
KETONAL DUO granulalari 150mg N30
|
|
230 ta dorixonada bor
|
60 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
73 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
65 000 so'mdan
Bron qilish
|
KETONAL AKTIV PLYUS granulalari 50mg N12
|
|
179 ta dorixonada bor
|
30 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
45 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
33 000 so'mdan
Bron qilish
|
KETONAL suppozitorii 100mg N12
|
|
219 ta dorixonada bor
|
40 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
54 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
40 000 so'mdan
Bron qilish
|
KETONAL krem 5% 30g N1
|
|
257 ta dorixonada bor
|
33 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
58 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
48 000 so'mdan
Bron qilish
|
KETONAL gel 2,5% 50g N1
|
|
255 ta dorixonada bor
|
38 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
52 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
45 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Ketonal ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
KETONAL®DUO
KETONAL DUO
Preparatning savdo nomi: Ketonal® Duo
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ketoprofen/ketoprofenum
Dori shakli: ajralib chiqishi modifikasiyalangan kapsulalar
Tarkibi:
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: 150 mg ajralib chiqishi modifikasiyalangan granulalar shaklidagi ketoprofen.
Yordamchi moddalar:
Kapsula ichidagisi: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, povidon, natriy kroskarmelloza, polisorbat 80, Eudragit RS 30D (aminometakrilat (B tip) sopolimerining dispersiyasi), Eudragit RS 30D (aminometakrilat (A tip) sopolimerining dispersiyasi), tietilsitrat, talk, temir II oksidi Ye172, suvsiz kolloid kremniy dioksidi; kapsula qobig‘i: jelatin, indigotin Ye132, titan dioksidi Ye171.
Ta‘rifi: qopqog‘i moviy rangli, tanasi tiniq, oq va sariq granulalar bilan to‘ldirilgan kapsulalar.
Kapsulalar ajralib chiqishi modifikasiyalangan granulalar shaklidagi ketoprofen saqlaydi.
Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi preparatlar.
ATX kodi: M01AE03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ketoprofen – preparatning ta‘sir etuvchi moddasi – araxidon kislotasining metabolizmida prostaglandinlar sintezini kataliz qiluvchi siklooksigenaza (siklooksigenaza-1 (SOG-1) va siklooksigenaza-2 (SOG-2)) fermentini bloklab, prostaglandinlar va leykotrienlar sintezini susaytiradi.
Ketoprofen in vitro va in vivo sharoitlarda liposomal membranalarni barqarorlashtiradi, yuqori konsentrasiyalarda in vitro sharoitda leykotrienlar sinteziga susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi va in vivo sharoitlarda antibradikinin faollikka ega.
Ketoprofenning isitmani tushiruvchi ta‘sir mexanizmi noma‘lum. Ehtimol, ketoprofen markaziy nerv tizimida (aniqrog‘i – gipotalamusda) prostaglandinlar sintezini susaytirsa kerak.
Ayrim ayollarda birlamchi dismenoreya simptomlarini, ketoprofen, ehtimol prostaglandinlarning sintezini va/yoki samaradorligini susaytirishi hisobiga kamaytirsa kerak.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin Ketonal DUO 150 mg kapsulalaridagi ketoprofen yaxshi so‘riladi.
Ketonal DUO 150 mg kapsulalari oddiy kapsulalardan faol moddani o‘ziga xos ajralib chiqishi bilan farq qiluvchi yangi farmasevtik shaklda taqdim etilgan. Kapsula ikki turdagi granulalar saqlaydi: standart (oq) va qobiq bilan qoplangan (sariq). Ketoprofen oq granulalardan (kapsula ichidagisining 60%) tez ajralib chiqadi va qobiq bilan qoplangan sariq granulalardan (kapsula ichidagisining 40%) sekin ajralib chiqadi, shuning uchun kapsula sekin ham, tez ham ta‘sir ko‘rsatadi.
Ajralib chiqishi oddiy bo‘lgan kapsulalardagi ketoprofenning biokiraolishligi 90% ni tashkil etadi; bu ajralib chiqishi modifikasiyalangan kapsulalarga ham taalluqlidir.
Ketoprofenni ovqat bilan qabul qilinganida uning umumiy biokiraolishligi (AUC) o‘zgarmaydi, lekin so‘rilish tezligi sekinlashadi. Yog‘li ovqat biokiraolishlikka (AUC) yoki plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi, biroq plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga kechroq erishiladi.
Antasidlar yoki me‘da rN ni oshishini chaqiruvchi boshqa preparatlar bilan vaqtda qo‘llash ketoprofenning so‘rilish tezligi va darajasiga ta‘sir qilmaydi.
Ajralib chiqishi modifikasiyalangan kapsula shaklidagi 150 mg ketroprofen ichga buyurilganidan keyin 9036,64 ng/ml ga teng plazmadagi cho‘qqi darajasi Smax 1,76 soatdan keyin aniqlanadi.
Ketoprofenning 99% plazma oqsillari, asosan albumin bilan bog‘lanadi. To‘qimalardagi taqsimlanish xajmi 0,1 l/kg ni tashkil etadi. Ketoprofen sinovial suyuqlikka o‘tadi, u yerda plazmadagi konsentrasiyasining 30% ni tashkil etadi.
Ketoprofen jigarda metabolizmga uchraydi. U glyukuron kislotasi bilan bog‘lanib, birlamchi faol moddaning zahirasi bo‘lib xizmat qiluvchi ketoprofen glyukuronidi – turg‘un bo‘lmagan metabolitini hosil qiladi. Bu jigar yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda muhim bo‘lishi mumkin, chunki kon‘yugat zardobda to‘planishi va qayta dekon‘yugasiyaga uchrab, dastlabki faol modda hosil bo‘lishi mumkin. Sog‘lom odamlar plazmasida kon‘yugat faqat kam miqdordagina paydo bo‘lishi, lekin uning konsentrasiyasi keksa yoshdagi shaxslarda yuqori bo‘lishi aniqlangan (ehtimol buyrak klirensini pasayishi sababli).
Ketoprofenning taxminan 60-75% siydik bilan, asosan ketoprofen glyukuronidi ko‘rinishida chiqariladi. Buyurilgan dozaning 10% dan kamrog‘i o‘zgarmagan ko‘rinishda axlat bilan chiqariladi. Ketoprofenning plazmadagi klirensi taxminan soatiga
0,08 l/kg ni tashkil etadi.
Pasientlarning alohida guruhlari
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, ehtimol, gipoalbuminemiya oqibatida (erkin biologik faol ketoprofen) ketoprofenning konsentrasiyasi deyarli ikki marta oshadi, bu yetarli darajadagi terapevtik samarani ta‘minlovchi minimal sutkalik dozani buyurishni talab etadi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ketoprofenning klirensi pasayadi. Shuning uchun og‘ir buyrak yetishmovchiligida dozani kamaytirish talab etiladi.
Qo‘llanilishi
Ketonal DUO yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sirga ega nosteroid revmatizmga qarshi preparat hisoblanadi. U bir qator og‘riq sindromlarida og‘riqni yengillashtirish uchun va yallig‘lanish, degenerativ va metabolik revmatik kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi.
Og‘riq:
- posttravmatik;
- operasiyadan keyingi;
- og‘riqli hayz ko‘rishlar;
- o‘smalari bo‘lgan pasientlarda suyak metastazlari oqibatidagi og‘riq.
Revmatik kasalliklar:
- revmatoid artrit;
- spondiloartrit (ankilozlovchi spondilit, psoriatik artrit, reaktiv artrit);
- podagra, soxta podagra;
- osteoartrit;
- bo‘g‘imdan tashqari revmatizm (tendinit, bursit, yelka bo‘g‘imi kapsuliti).
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Kamida 100 ml suv yoki sut bilan ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kapsulani tishlab ezish yoki chaynash mumkin emas.
Simptomlarni bartaraf etish uchun zarur eng past samarali dozada maksimal qisqa vaqt davomida qabul qilib, noxush samaralarni minimumga yetkazish mumkin.
Tavsiya etiladigan doza
Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar
Odatdagi doza kuniga bir marta Ketonal DUO 1 kapsulasi (150 mg ketoprofen) hisoblanadi.
Ketoprofenning maksimal sutkalik dozasi – 200 mg ni tashkil etadi. Kuniga 150 mg dozada (Ketonal DUO bir kapsulasi) ketoprofen bilan davolashni boshida foyda va xavfni sinchkovlik bilan baholash kerak. Maksimal sutkalik dozadan yuqori dozalar tavsiya etilmaydi.
Ketoprofenning ovqat hazm qilish tizimiga noxush samaralari ehtimolini pasaytiruvchi antasidlarni bir vaqtda qabul qilish mumkin.
Keksa pasientlar
Keksa odamlarda noxush samaralar ko‘pincha og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar NYAQP larni qabul qilish zarur bo‘lsa, eng past doza buyuriladi va NYAQP lar bilan davolash boshlangandan keyin 4 hafta davomida pasientni me‘da-ichakdan qon ketishiga nisbatan kuzatiladi.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga ketoprofenning eng past sutkalik dozasini buyurish lozim, chunki hattoki o‘sha ham kutilayotgan terapevtik samarani beradi.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lgan pasientlarga ketoprofenning dozasini tegishli ravishda kamaytirish lozim.
Bolalar
Ketonal DUO ni 15 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga qarang).
Nojo‘ya ta‘sirlari
Noselektiv NYAQP lar bilan davolash oqibatidagi shish, yuqori arterial bosim va yurak yetishmovchiligi haqida xabar berilgan.
Og‘ir nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida davolash to‘xtatilishi kerak.
Noxush samaralar a‘zolar tizimlari sinflari, uchrash tez-tezligi va og‘irligini kamayishi bo‘yicha taqsimlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda ( <1/10000), shu jumladan alohida xabarlar; tez-tezligi aniqlanmagan (mavjud ma‘lumotlar asosida tez-tezligini aniqlab bo‘lmaydi).
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
- Kam hollarda: postgemorragik anemiya;
- Tez-tezligi aniqlanmagan: agranulositoz, trombositopeniya, suyak ko‘migi yetishmovchiligi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
- Tez-tezligi noma‘lum: anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan, shok).
Ruhiyatni buzilishi
- Tez-tezligi aniqlanmagan: kayfiyatni o‘zgaruvchanligi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
- Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik;
- Kam hollarda: paresteziya;
- Tez-tezligi aniqlanmagan: tirishishlar, disgevziya.
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar
- Kam hollarda: ko‘rishni noaniqligi (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).
Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari
- Kam hollarda: quloqlarni jaranglashi.
Yurak tomonidan buzilishlar
- Tez-tezligi aniqlanmagan: yurak yetishmovchiligi.
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar
- Tez-tezligi aniqlanmagan: arterial gipertenziya, vazodilatasiya (qon tomirlarni kengayishi).
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar
- Kam hollarda: bronxial astma;
- Tez-tezligi aniqlanmagan: bronxospazm (ayniqsa asetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQP larga o‘ta yuqori sezuvchanligi ma‘lum pasientlarda), rinit.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
- Tez-tez: dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, qusish;
- Tez-tez emas: qabziyat, diareya, meteorizm, gastrit;
- Kam hollarda: stomatit, peptik yara;
- Tez-tezligi aniqlanmagan: yarali kolit va Kron kasalligini zo‘rayishi, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi va perforasiya, melena, qon aralash qusish.
Ko‘p uchraydigan noxush samaralarga me‘da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan reaksiyalar kiradi. Me‘da-ichak yo‘llarida peptik yaralar, perforasiya va qon ketishlari rivojlanishi mumkin, ular ba‘zida, ayniqsa keksa pasientlarda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
- Kam hollarda: gepatit, transaminazalar darajasini oshishi, jigar tomonidan buzilishlar tufayli zardobda bilirubin darajasini oshishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
- Tez-tez emas: toshma, qichishish
- Tez-tezligi aniqlanmagan: fotosensibilizasiya reaksiyalari, alopesiya, eshakemi, angionevrotik shish, bullyoz reaksiyalar, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
- Tez-tezligi aniqlanmagan: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, tubulointerstisial nefrit, nefritik sindrom, buyrak funksional holatini buzilishi.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
- Tez-tez emas: shish;
- Tez-tezligi noma‘lum: toliqish.
Laborator va instrumental ma‘lumotlar
- Kam hollarda: tana vaznini oshishi.
Ma‘lumotlar bir qator NYAQP larni qo‘llaganda (ayniqsa yuqori dozada va uzoq vaqt davomida) arterial tromboz (masalan, miokard infarkti yoki insult) ning yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Ketoprofenga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
- anamnezida ketoprofen yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) yoki salisilatlar (masalan, asetilsalisil kislotasi) kabi shunga o‘xshash ta‘sir etuvchi moddalar qo‘llanilganidan keyin bronxial astma, eshakemi, bronxospazm, rinit yoki allergik turdagi reaksiyalar; bunday pasientlarda og‘ir (kam hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi) anafilaktik reaksiyalar ta‘riflangan (“Nojo‘ya ta‘sirlari” ga qarang);
- og‘ir yurak yetishmovchiligi;
- aortokoronar shuntlash (AKSH) operasiyasi bajarilgandan keyin operasiyadan keyingi davrda og‘riqni davolash;
- anamnezida surunkali dispepsiya;
- o‘tkir peptik yara, shuningdek anamnezida me‘da-ichakdan qon ketishi, yara paydo bo‘lishi yoki perforasiya;
- qon ketishiga moyillik;
- buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi;
- jigar faoliyatini og‘ir buzilishi;
- homiladorlikning so‘ngi uch oyligi (“Homiladorlik va emizish”ga qarang);
- 15 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparatlarning tavsiya etilmaydigan majmualari
Yuqori dozalarda boshqa NYAQP lar (shu jumladan siklooksigenaza-2 selektiv ingibitorlari) va salisilatlar: me‘da-ichak yo‘llarida yara rivojlanishi va qon ketishlari xavfi oshadi.
Antikoagulyantlar (geparin va varfarin) va trombositlar agregasiyasi ingibitorlari (masalan, tiklopidin, klopidogrel): qon ketishini yuqori xavfi oshadi (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang). Birga qo‘llash zarurati bo‘lganida diqqat bilan tibbiy kuzatuv talab etiladi.
Litiy: litiyni buyrak tomonidan chiqarilishini kamayishi tufayli, ba‘zida toksik darajaga yetishi mumkin bo‘lgan plazmada litiy darajasini oshishi xavfi. Zarurati bo‘lganida, NYAQP lar bilan davolash vaqtida va undan keyin plazmada litiy konsentrasiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish va litiyning dozasini muvofiqlashtirish lozim.
Haftasiga 15 mg dan yuqori dozalarda metotreksat: metotreksatning gematotoksikligi xavfi oshadi, ayniqsa agar u yuqori dozalarda (>15 mg/hafta) qo‘llanilgan bo‘lsa, bu ehtimol metotreksatni oqsillar bilan bog‘idan siqib chiqarilishi va uning buyrak klirensini pasayishi bilan bog‘liqdir.
Ehtiyotkorlikni talab etuvchi majmualar
Diuretiklar: diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlarda, ayniqsa degidratasiyasi bo‘lgan pasientlarda prostaglandinlarning sintezini susayishi oqibatida buyrakda qon aylanishini kamayini tufayli buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi mavjud. Bunday pasientlarda bunday preparatlarni birga qo‘llashni boshlashdan oldin suyuqlik tanqisligini adekvat o‘rnini to‘ldirish, davolashni boshida esa buyrak faoliyatini esa nazorat qilish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar» qarang).
Ketonal diuretiklarning samaradorligini pasaytiradi. Diuretiklar NYAQP larning nefrotoksiklik xavfini oshiradi. Nosteroid revmatizmga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda diuretiklar va antigipertenziv preparatlar yoki angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarda buyrakni shikastlanish xavfi yuqori bo‘ladi.
Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari va angiotenzin II reseptorlari antagonistlari. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda (masalan, degidratasiyasi bo‘lgan pasientlarda yoki keksa odamlarda) AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II reseptorlari antagonistlari va siklooksigenazani susaytiruvchi preparatlarni birga qo‘llash buyrak faoliyatini qo‘shimcha yomonlashishini, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin.
Haftasiga 15 mg dan past dozalarda metotreksat: majmuaviy davolashning birinchi haftasida qon manzarasini bir haftada bir marta nazorat qilish lozim. Buyrak faoliyatini biron-bir buzilishida va keksa pasientlarda nazorat ko‘proq amalga oshirilishi lozim.
Kortikosteroidlar: me‘da-ichak yo‘llarida yara paydo bo‘lishi yoki qon ketishini yuqori xavfi mavjud (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).
Pentoksifillin: qon ketishini yuqori xavfi mavjud. Tez-tez klinik tekshirish va qon ivish vaqtini nazorat qilish talab etiladi.
E‘tiborga olish lozim bo‘lgan majmualar
Antigipertenziv preparatlar (beta-blokatorlar, AAF ingibitorlari, diuretiklar)
Ketoprofen antigipertenziv vositalarning ta‘sirini pasaytiradi (qon tomirlarni kengaytiruvchi prostaglandinlar sintezini susayishi).
Probenesid: probenesid bilan birga buyurilganda ketoprofenning plazmadagi klirensi sezilarli darajada pasayishi mumkin.
Ma‘lumot uchun qabul qilish lozim bo‘lgan majmualar
Siklosporin, takrolimus: nefrotoksiklikning additiv samarasi rivojlanish xavfi mavjud, ayniqsa keksa pasientlarda.
Trombolitiklar: qon ketishi xavfi oshadi.
Serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari: me‘da-ichakdan qon ketishini yuqori xavfi mavjud (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni NYAQP, shu jumladan siklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Keksa odamlarda NYAQP larga noxush reaksiyalar, ayniqsa o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan me‘da-ichakdan qon ketishi va perforasiya ko‘proq yuz beradi (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang).
Me‘da-ichakdan qon ketishi, yara paydo bo‘lishi va perforasiya.
O‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan me‘da-ichakdan qon ketishi, yara paydo bo‘lishi yoki perforasiya barcha NYAQP uchun ta‘riflangan va davolashning istalgan vaqtida darakchi simptomlar yoki anamnezida me‘da-ichak yo‘llarining og‘ir kasalliklarini mavjudligida yoki yo‘qligida rivojlanishi mumkin.
Ketonal DUO ba‘zi boshqa NYAQP ga nisbatan, ayniqsa yuqori dozalarda qabul qilinganda, og‘ir me‘da-ichak toksikligi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin (“Qo‘llash usuli va dozalari” va “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga ham qarang).
Anamnezida me‘da-ichak yarasi bo‘lgan, ayniqsa qon ketishi yoki perforasiya bilan asoratlangan pasientlarda (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga qarang), shuningdek keksa yoshdagi shaxslarda NYAQP dozasi oshirilganda me‘da-ichak qon ketishi, yara paydo bo‘lishi yoki perforasiya xavfi oshadi. Bu pasientlarni davolashni, iloji boricha mumkin bo‘lgan eng past dozadan boshlash kerak.
Bu pasientlar uchun, shuningdek asetilsalisil kislotasining past dozalarini yoki me‘da-ichakdan qon ketishi xavfini oshiruvchi boshqa preparatlarni (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri”ga qarang) qabul qilayotgan pasientlarga himoya dori vositalari (masalan, mizoprostol yoki proton pompasi blokatorlari) bilan majmuaviy davolashni buyurishni ko‘rib chiqish kerak.
Anamnezida me‘da-ichak toksikligining ko‘rinishlari bo‘lgan pasientlar, ayniqsa keksa odamlar me‘da-ichak yo‘llari tomonidan har qanday o‘zgacha ko‘rinishlar (ayniqsa me‘da-ichakdan qon ketishi) haqida, ayniqsa davolashni boshida xabar berishlari kerak.
Me‘da-ichak yarasi paydo bo‘lishi yoki qon ketishi xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan preparatlar, masalan ichga qabul qilinadigan kortikosteroidlar, antikoagulyantlar (masalan, varfarin), serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQOSI) yoki asetilsalisil kislotasi kabi antiagregantlar bilan bir vaqtda buyurilganda o‘ziga xos ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri”ga qarang).
Agar Ketonal DUO bilan davolash fonida pasientlarda me‘da-ichakdan qon ketishi yoki yara paydo bo‘lishi kuzatilsa, preparatni qabul qilish to‘xtatilishi kerak.
NYAQP larni anamnezida me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki ushbu kasalliklarni zo‘rayishi kuzatilishi mumkin (“Nojo‘ya ta‘sirlari”ga qarang).
Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar samaralar. Anamnezida arterial gipertenziya va/yoki kuchsiz yoki o‘rtacha og‘irlik darajasidagi dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda tegishli kuzatuv va maslahat berish talab etiladi, chunki NYAQP qo‘llanganda suyuqlikni tutilishi yoki shishlar to‘g‘risida xabar berilgan.
Ba‘zi NYAQP larni qo‘llash (ayniqsa yuqori dozalarda va uzoq muddat davomida davolanishda) arterial trombozni (masalan, miokard infarkti yoki insult) yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang). Ketoprofen uchun bunday xavfni inkor etish uchun yetarli ma‘lumotlar yo‘q.
Nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziyasi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, aniqlangan yurak ishemik kasalligi tashhisi bilan, periferik arteriyalarning kasalliklari va/yoki serebrovaskulyar kasalligi bo‘lgan pasientlarda Ketonal DUO bilan davolash faqat foyda va xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholagandan keyingina o‘tkazilishi lozim. Yurak-qon tomir kasalliklarining xavf omillari (masalan, arterial gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish) bo‘lgan pasientlarni uzoq muddat davolashdan oldin ham xuddi shunday yo‘l tutish kerak.
Boshqa pasientlarga nisbatan surunkali rinit, surunkali sinusit va/yoki burun polipozi bilan kechuvchi bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda asetilsalisil kislotasi va/yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilgandan keyin allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi ehtimoli yuqori.
Yurak yetishmovchiligi, sirrozi va nefrotoksik sindromi bo‘lgan pasientlarda, shuningdek diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlarda va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa keksa pasientlarda davolashni boshida buyrakning funksional holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Bunday pasientlarga Ketonal DUO ni buyurish prostaglandinlar sintezini susayishi natijasida buyrakda qon aylanishini pasayishini chaqirishi va buyrak faoliyatini dekompensasiyasiga olib kelishi mumkin.
Jigar funksional holatining testlari ko‘rsatkichlarini normadan farq qilgan yoki anamnezida jigar kasalligi bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa uzoq muddatli davolash davomida qondagi transaminazalar darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.
Ketoprofen bilan bog‘liq sariqlik va gepatitning kam hollari ta‘riflangan.
Ko‘rishni noaniqligi kabi, ko‘rishni buzilishi namoyon bo‘lganida davolashni bekor qilish kerak.
Preparatni alkogolga qaramligi bo‘lgan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
NYAQP larni qo‘llash bilan bog‘liq eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi og‘ir teri reaksiyalari (ularning ba‘zilari o‘lim bilan yakunlangan) juda kam ta‘riflangan (“Nojo‘ya ta‘sirlari”ga qarang). Bu reaksiyalarning eng yuqori xavfi davolashning boshida o‘rin tutadi; ko‘pchilik xollarda reaksiyalarni yuz berishi davolashning birinchi oyida aniqlanadi. Teri toshmasi, shilliq qavatlarda o‘zgarish yoki o‘ta yuqori sezuvchanlikning birinchi belgilari paydo bo‘lganida Ketonal DUO bekor qilinishi kerak.
Ketonal DUO tana haroratini oshishi kabi infeksion kasalliklarning belgilari va simptomlarini niqoblashi mumkin.
Katta jarrohlik aralashuvlaridan oldin preparat bekor qilinishi kerak.
Ketonal DUO ni qo‘llash fertillikni pasaytirishi mumkin, shuning uchun uni homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga tavsiya etilmaydi. Homilador bo‘la olmayotgan yoki bepushtlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tayotgan ayollarda Ketonal DUO ni bekor qilishni ko‘rib chiqish kerak.
Ketonal DUO kapsulalari laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza yoki galaktozani so‘rilishini buzilishi bo‘lgan pasientlar qabul qilmasliklari kerak.
Homiladorlik va emizish
Prostaglandinlar sintezini susayishi homiladorlik va/yoki embrion/homilani rivojlanishiga salbiy ta‘sir qilishi mumkin. Homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyligida juda zarur holatlardan tashqari, buyurish mumkin emas. Agar Ketonal DUO ni homilador bo‘lmoqchi bo‘lgan yoki homiladorlikning birinchi yoki ikkinchi uch oyligi bo‘lgan ayol qo‘llayotgan bo‘lsa, doza iloji boricha pastroq, davolash davomiyligi esa – iloji boricha qisqa bo‘lishi kerak.
Homiladorlikning uchinchi uch oyligida Ketonal DUO ni qo‘llash mumkin emas.
Preparatni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Emizikli onalarga Ketonal DUO ni buyurish tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Preparat markaziy nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, uyquchanlik yoki tirishishlar kabi nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin; bunday hollarda transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash mumkin emas.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
2,5 g gacha dozada ketoprofenning dozasini oshirib yuborilishi holatlari ta‘riflangan. Ko‘pchilik hollarda kuzatilgan simptomlar xavfsiz xarakterga ega bo‘lgan va tormozlanish, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish va epigastriyda og‘riq bilan cheklangan.
Ketoprofenning dozasini oshirib yuborilganda maxsus antidoti mavjud emas. Dozani sezilarli oshirib yuborilishiga shubha tug‘ilganda me‘dani yuvish va simptomatik va degidratasiyani bartaraf etish maqsadida bir maromda ushlab turuvchi davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Shuningdek diurezni nazorat qilish va asidozni muvofiqlashtirish (u rivojlangan hollarda) lozim.
Buyrak yetishmovchiligida qonda aylanib yurgan preparatni chiqarish uchun gemodializ samarali bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Preparat 10 kapsuladan blisterda. 2 yoki 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha beriladi.
Bitta tubadan qo‘llashga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Chiqarilish shakli
Krem.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Yurak, jigar yoki buyrak funksiyasini susayishida Ketonal kremni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki buyrak funksiyasini buzilishiga mansub tizimli nojo‘ya samaralarning alohida holatlari ta’riflangan.
Surunkali rinit, surunkali sinusit va (yoki) burunda poliplar bilan kechuvchi astma mavjud bo‘lganida, atsetilsalitsil kislotasi va (yoki) NYAQP ga allergiya rivojlanishining katta ehtimoli mavjud.
Ketonal kremni shilliq qavatlar, anal teshik sohasi, genitaliylar va ko‘z atrofidagi teriga surtish mumkin emas. Ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak.
Fotosezuvchanlikni rivojlanishidan saqlanish uchun, gelni qo‘llashning butun davrida davomida yoki uni qo‘llash to‘xtatilgandan keyin yana ikki xafta davomida Ketonal krem bilan ishlov berilgan teri sohalarini kiyim bilan himoyalash tavsiya etiladi.
Agar teri reaksiyalari, shu jumladan oktokrilen saqlovchi mahsulotlar bilan birga surtilgandan keyin teri reaksiyalari kuzatilsa, preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish kerak. Oktokrilen kosmetik va gigiyenik mahsulotlarda yorug‘lik ta’sirida mahsulotlarni parchalanishini oldini oluvchi yordamchi modda sifatida ishlatiladi.
Okklyuzion boylam bilan qo‘llanilmasin.
Preparatni har bir surtgandan keyin qo‘llarni sinchkovlik yuvish kerak.
Preparatni qo‘llashning tavsiya etilgan davomiyligi oshirilmasin, chunki preparatni uzoq vaqt qo‘llaganda kontakt dermatit va fotosezuvchanlik reaksiyasi rivojlanishi xavfi oshadi.
Bolalarda Ketonal kremning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.