×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KETONAL inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N10

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya
Farmakoterapevtik guruh:
- Steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi va antirevmatik preparatlar, propion kislotasining hosilalari.
Faol modda:
Кетопрофен
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
Vakil:
- Sandoz Pharmaceuticals d.d.
ATX kodi:
- M01AE03
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 275 ta dorixonasida topildi

ico 102 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 18 500 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

BRAVEKS suspenziya 100ml 100mg/5ml N1 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
27 400 s`om dan
INDOVAZIN gel 45g Balkanpharma-Troyan AD Bolgariya
36 500 s`om dan
NIMELID granuli 100mg 100 mg/2 g N30 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
KYUPEN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5 Ankur Drugs and Pharma Limited, Unit-II Hindiston
28 800 s`om dan
Saqlash shartlari Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang. 25 C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlang.
Yaroqlilik muddati (oy) 3 yil. Paketda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanmang
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
In'ektsiya.

Har bir 2 ml in'ektsiya uchun eritma (1 ampula) 100 mg ketoprofenni o'z ichiga oladi.

Yordamchi moddalar: propilen glikol, etanol (12,3 hajm), benzil spirt, natriy gidroksidi (pH tuzatish uchun), in'ektsiya uchun suv

2 ml dan to‘q rangli shishali uzunchoq ampulalarda.

O‘ram o‘lchami: 10 ampula.

Ketoprofen – preparatning ta’sir etuvchi moddasi – araxidon kislotasining metabolizmida prostaglandinlar sintezini kataliz qiluvchi siklooksigenaza (siklooksigenaza-1 (SOG-1) va siklooksigenaza-2 (SOG-2)) fermentini bloklab, prostaglandinlar va leykotriyenlar sintezini susaytiradi.
Ketoprofen in vitro va in vivo sharoitlarda lizosomal membranalarni barqarorlashtiradi, yuqori konsentratsiyalarda in vitro sharoitda leykotriyenlar sinteziga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va in vivo sharoitlarda antibradikinin faollikka ega.
Ketoprofenning isitmani tushiruvchi ta’sir mexanizmi noma’lum. Ehtimol, ketoprofen markaziy nerv tizimida (aniqrog‘i - gipotalamusda) prostaglandinlar sintezini susaytirsa kerak.
Ayrim ayollarda birlamchi dismenoreya simptomlarini, ketoprofen, ehtimol prostaglandinlarning sintezini va (yoki) samaradorligini susaytirishi hisobiga kamaytirsa kerak.
100 mg ketoprofenni vena ichiga infuziyasi boshlangandan 5 minutdan keyin va yuborish to‘xtatilganidan 4 minutdan keyin o‘lchangan plazmadagi o‘rtacha darajasi 26,4±5,4 mkg/ml ni tashkil etadi. Biokiraolishligi – 90% ni tashkil etadi. 

Mushak ichiga yuborilganda ko‘pchilik patsiyentlarda qonda ketoprofen 15 minutdan keyin aniqlangan, plazmadagi cho‘qqi konsentratsiyasiga esa yuborilgandan keyin 2 soat o‘tgach erishilgan. In’eksion yuborilganda ketoprofenning biokiraolishligi preparatning dozasini oshirish bilan proporsional ravishda oshib boradi.

Ketoprofenning 99% plazma oqsillari, asosan albumin bilan bog‘lanadi. To‘qimalardagi taqsimlanish xajmi 0,1-0,2 l/kg ni tashkil etadi. Ketoprofen plazmadagi konsentratsiyasini pasayishini davom etishi fonida sinovial suyuqlikka sekin o‘tadi va shuningdek undan sekin chiqariladi. Ketoprofenning muvozanat konsentratsiyasiga buyurilgandan keyin 24 soat o‘tgach erishiladi. Keksa patsiyentlarda muvozanat konsentratsiyasiga 8,7 soatdan keyin erishilgan va 6,3 mkg/ml ni tashkil etgan. 

Ketoprofen jigar mikrosomal fermentlari tomonidan jadal metabolizmga uchraydi. U glyukuron kislotasi bilan bog‘lanadi va shu ko‘rinishda organizmdan chiqariladi. Ichga qabul qilinganidan keyin uning plazmadagi klirensi minutiga 1,16 ml/kg ni tashkil etadi. Biologik yarim chiqarilish davri – bor yo‘g‘i 2 soatni tashkil etadi. Jigar yetishmovchiligi yarim chiqarilish davrini uzaytirishi mumkin, bunday holatlarda u to‘planishi mumkin.

Ketoprofenning 80% gacha qismi siydik bilan va taxminan 10% axlat bilan chiqariladi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ketoprofen sekinroq chiqariladi, biologik yarim chiqarilish davri bir soatga uzayishi mumkin.

Keksa odamlarda ketoprofenning metabolizmi va chiqarilishi sekinlashadi. Bu faqat buyrak funksiyasi pasaygan patsiyentlarga klinik jihatdan ahamiyatga ega.

Taxmin qilingan noxush reaksiyalarning tez-tezligi tasnifi (tez-tezlik ko‘rsatkichi faqat peroral qo‘llash usuliga taalluqli): juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda ( <1/10000), shu jumladan alohida xabarlar; Tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida tez-tezligini aniqlab bo‘lmaydi).


Ketoprofenni qo‘llaganda kattalarda quyidagi noxush reaksiyalar haqida xabar berilgan.

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

- Kam hollarda: postgemorragik anemiya;

- Tez-tezligi noma’lum: agranulotsitoz, trombotsitopeniya, suyak ko‘migi yetishmovchiligi, gemolitik anemiya, leykopeniya.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

- Tez-tezligi noma’lum: anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan, shok).

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar

- Tez-tezligi noma’lum: gipernatriyemiya, giperkaliyemiya (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” va “Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta’siri va o‘zaro ta’sirning boshqa turlari”ga qarang).

Ruhiyatni buzilishi

- Tez-tezligi noma’lum: ongni chalkashishi, kayfiyatni o‘zgaruvchanligi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

- Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik;

- Kam hollarda: paresteziya;

- Tez-tezligi noma’lum: aseptik meningit, tirishishlar, disgevziya, vestibulyar bosh aylanishi.

Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar

- Kam hollarda: ko‘rishni noaniqligi (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” ga qarang).

Eshitish a’zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari

- Kam hollarda: quloqlarni jaranglashi (tinnitus).

Yurak tomonidan buzilishlar

- Tez-tezligi noma’lum: yurak yetishmovchiligi.

Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar

- Tez-tezligi noma’lum: arterial gipertenziya, vazodilatatsiya, vaskulit (shu jumladan leykotsitoklastik vaskulit).

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar

- Kam hollarda: bronxial astma;

- Tez-tezligi noma’lum: bronxospazm (ayniqsa atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYAQP larga o‘ta yuqori sezuvchanligi ma’lum patsiyentlarda), rinit.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

- Tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish;

- Tez-tez emas: qabziyat, diareya, gastrit;

- Kam hollarda: stomatit, peptik yara;

- Tez-tezligi noma’lum: me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi va perforatsiya, pankreatit, me’da-ichak yo‘llarida diskomfort, me’dada og‘riq va kam holatda kolit.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

- Kam hollarda: gepatit, transaminazalar darajasini oshishi, gepatit oqibatida zardobda bilirubin darajasini oshishi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

- Tez-tez emas: toshma, qichishish

- Tez-tezligi noma’lum: fotosensibilizatsiya reaksiyalari, alopetsiya, eshakemi, angionevrotik shish, bullyoz reaksiyalar, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz va o‘tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

- Tez-tezligi noma’lum: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, tubulointerstitsial nefrit, nefritik sindrom, shish rivojlanishi bilan kechuvchi suv/natriyni tutilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin bo‘lgan buyrakni organik shikastlanishi (o‘tkir kanalchalar nekrozi va so‘rg‘ichsimon nekroz haqida yakka xabarlar kelib tushgan).

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar

- Tez-tez emas: shish;

- Tez-tezligi noma’lum: in’eksiya joyida og‘riq va achishish hissi, yuborish joyida reaksiyalar, shu jumladan Nikolau sindromi sifatida ma’lum bo‘lgan livedoid dermatit.


Ayrim NYAQP larni qo‘llash (ayniqsa yuqori dozada va uzoq vaqt davomida) arterial tromboz (masalan, miokard infarkti yoki insult) ning yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” ga qarang).

Retsept bo‘yicha beriladi.


Ketonal yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta’sirga ega nosteroid revmatizmga qarshi preparat bo‘lib hisoblanadi. 


Qo‘llanilishi


Og‘riq:


- operatsiyadan keyingi;


- og‘riqli hayz ko‘rishlar;


- o‘smalari bo‘lgan patsiyentlarda suyak metastazlari oqibatidagi og‘ri;


- posttravmatik.


Revmatik kasalliklar:


- revmatoid artrit;


- spondiloartrit (ankilozlovchi spondilit, psoriatik artrit, reaktiv artrit);


- podagra, soxta podagra;


- osteoartrit;


- bo‘g‘imdan tashqari revmatizm (tendinit, bursit, yelka bo‘g‘imi kapsuliti) da qo‘llanadi.

Preparat quyidagi hollarda kontrendikedir:

- bronxospazm, astma xurujlari, rinit, ürtiker yoki ketoprofen, atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi dorilarni (NSAID) qabul qilgandan keyin boshqa allergik reaktsiyalar kabi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari tarixi;

- ketoprofenga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik;

- homiladorlikning uchinchi trimestri;

- og'ir yurak etishmovchiligi;

- faol fazadagi oshqozon yarasi, shuningdek, oshqozon-ichakdan qon ketish, oshqozon yarasi yoki tarixda teshilish;

- gemorragik diatez;

- og'ir jigar etishmovchiligi;

- og'ir buyrak etishmovchiligi;

- serebrovaskulyar yoki boshqa faol qon ketish.


(faqat mushak ichiga yuborish uchun)

Preparat gemostaz buzilgan yoki antikoagulyantlar bilan davolanayotgan bemorlarda mumkin emas.


 


Preparatlarning tavsiya etilmaydigan majmualari


Yuqori dozalarda boshqa NYAQP lar (shu jumladan siklooksigenaza-2 selektiv ingibitorlari) va salitsilatlar: me’da-ichak yo‘llarida yara rivojlanishi va qon ketishlari xavfi oshadi.


Antikoagulyantlar 


Qon ketishi xavfi oshadi:


- Geparin;


- K vitamini antagonistlari (masalan varfarin);


- trombotsitlar agregatsiyasi ingibitorlari (masalan, tiklopidin, klopidogrel);


- trombin ingibitorlari (masalan dabigatran);


- Xa faktorining bevosita ingibitorlari (masalan apiksaban, rivaroksaban, edoksaban).


Agar yondosh qo‘llash zarur bo‘lsa sinchkov tibbiy kuzatuv talab etiladi.


Litiy: litiyni buyrak tomonidan chiqarilishini kamayishi tufayli, ba’zida toksik darajaga yetishi mumkin bo‘lgan plazmada litiy darajasini oshishi xavfi. Zarurati bo‘lganida, NYAQP lar bilan davolash vaqtida va undan keyin plazmada litiy konsentratsiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish va litiyning dozasini muvofiqlashtirish lozim.


Xaftasiga 15 mg dan yuqori dozalarda metotreksat: metotreksatning gematotoksikligi xavfi oshadi, ayniqsa agar u yuqori dozalarda (>15 mg/xafta) qo‘llanilgan bo‘lsa, bu ehtimol metotreksatni oqsillar bilan bog‘idan siqib chiqarilishi va uning buyrak klirensini pasayishi bilan bog‘liqdir.



Ehtiyotkorlikni talab etuvchi majmualar


Diuretiklar: diuretiklarni qabul qilayotgan patsiyentlarda, ayniqsa degidratatsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda prostaglandinlarning sintezini susayishi oqibatida buyrakda qon aylanishini kamayini tufayli, buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi mavjud. Bunday patsiyentlarda bunday preparatlarni birga qo‘llashni boshlashdan oldin suyuqlik tanqisligini adekvat o‘rnini to‘ldirish, davolashni boshida esa buyrak funksiyasini esa nazorat qilish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” ga qarang).


Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlari antagonistlari: buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, degidratatsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda yoki keksa odamlarda) AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II retseptorlari antagonistlari va siklooksigenazani susaytiruvchi preparatlarni birga qo‘llash buyrak funksiyasini qo‘shimcha yomonlashishini, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin.


Xaftasiga 15 mg dan past dozalarda metotreksat: majmuaviy davolashning birinchi xaftasida qon manzarasini bir xaftada bir marta nazorat qilish lozim. Buyrak funksiyasini biron-bir buzilishida va keksa patsiyentlarda nazorat ko‘proq amalga oshirilishi lozim.


Tenofovir: tenofovir dizoproksil fumaratini va NYAQP ni birga qo‘llash og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi xavfi oshirishi mumkin.


Nikorandil: nikorandil va NYAQP ni birga qo‘llash me’da-ichak yo‘llaridan yara, perforatsiya va qon ketishi kabi jiddiy asoratlar xavfi oshishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” ga qarang).


Yurak glikozidlari: ketoprofen va digoksin bilan farmakokinetik o‘zaro ta’sirlar aniqlanmagan. Ammo ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, chunki NYAQP buyrak funksiyasini pasaytirishi va yurak glikozidlarining buyrak klirensini kamaytirishi mumkin.



E’tiborga olish lozim bo‘lgan majmualar


Antigipertenziv preparatlar (beta-blokatorlar, AAF ingibitorlari, diuretiklar): antigipertenziv preparatlarning ta’sirini pasayishi xavfi (NYAQP vazodilatator prostaglandinlar sintezini susaytiradi).


Trombolitiklar: qon ketishi xavfi oshadi.


Serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari: me’da-ichakdan qon ketishi xavfi oshadi (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” ga qarang).



Giperkaliyemiya bilan bog‘liq xavf


Bir qator preparatlar va butun terapevtik sinf preparatlari, masalan kaliy tuzlari, kaliy tejovchi diuretiklar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlari blokatorlari, NYAQP, geparinlar (quyimolekular yoki fraksiyalanmagan), siklosporin, takrolimus va terimetoprim giperkaliyemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Giperkaliyemiya rivojlanishi qo‘shimcha omillarni mavjudligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan preparatlar bir vaqtda qo‘llanilsa, xavf oshadi.



Antiagregant ta’sir bilan bog‘liq xavf


Trombotsitlar agregatsiyasini oldini oluvchi ayrim preparatlar: tirofiban, eptifibarid, absiksimab va iloprost bir vaqtda qo‘llanilganda o‘zaro ta’sir kuzatilishi mumkin. Bir necha antiagregantlarni bir vaqtda qo‘llash qon ketishi xavfini oshiradi.



Ma’lumot uchun qabul qilish lozim bo‘lgan majmualar


Siklosporin, takrolimus: nefrotoksiklikning additiv samarasi rivojlanish xavfi mavjud, ayniqsa keksa patsiyentlarda.


Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang.

25 C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlang.

 

Rangsizdan to yengil sarg‘ish rangli, deyarli ko‘rinarli kiritmalarsiz, tiniq eritma.

Parenteral qo‘llash uchun buyuriladi.

Simptomlarni bartaraf etish uchun zarur eng past samarali dozada maksimal qisqa vaqt davomida qabul qilib, noxush samaralarni minimumga yetkazish mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).


Ketoprofenning maksimal sutkalik dozasi 200 mg ni tashkil etadi. Kuniga 200 mg dozada ketoprofen bilan davolashni boshida foyda va xavfni sinchkovlik bilan baholash kerak. Yuqoriroq dozalarni qo‘llash tavsiya etilmaydi (shuningdek “Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari” ga qarang).


Tavsiya etiladigan doza

Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar: maksimal sutkada 200 mg. In’eksiyalarni 3 kundan ortiq buyurish tavsiya etilmaydi. Qoniqarli javobga erishilganida Ketonalni ichga qabul qilish uchun shaklida buyuriladi.


Mushak ichiga yuborish

Mushak ichiga 100 mg dan sutkada bir yoki ikki marta yuboriladi.

Zarurati bo‘lganida peroral, rektal yoki transdermal qo‘llash uchun ketoprofen bilan birga qo‘llash mumkin.


Vena ichiga yuborish

Ketonal infuziyasi faqat statsionar sharoitda o‘tkazilishi kerak. Infuziya 0,5-1 soat davom etadi, davolash kursi – ko‘pi bilan ikki kunni tashkil etadi.

Qisqa muddatli vena ichiga infuziya

0,9% li natriy xloridining 100 ml da suyultirilgan 100 mg dan 200 mg gacha ketoprofen 0,5-1 soat davomida yuboriladi.

Uzoq muddatli vena ichiga infuziya

Infuziya uchun eritma (0,9% li natriy xloridi, Ringer laktat, glyukoza eritmalari) ning 500 ml da suyultirilgan 100 mg dan 200 mg gacha ketoprofen 8 soat davomida yuboriladi.


Ketonalni markaziy ta’sirga ega analgetiklar bilan birga qo‘llash mumkin. Uni morfin bilan bir flakonda aralashtirish mumkin: 10-20 mg morfin va 100 mg dan 200 mg gacha ketoprofen in’eksiya uchun natriy xloridi (0,9%) yoki Ringer laktat eritmasida suyultiriladi.


Keksa patsiyentlar

Keksa odamlarda noxush samaralar ko‘pincha og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Keksa odamlarni davolashni mavjud bo‘lgan eng kichik samarali dozalardan boshlash tavsiya etiladi.


Buyrak va (yoki) jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar

Buyrak funksiyasini o‘rtacha buzilishi (kreatinin klirensi sekundiga 0,33 ml (minutiga 20 ml) kam) va (yoki) surunkali albumin darajasini pasayishi bilan kechuvchi surunkali jigar kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda doza kamaytiriladi.

Buyrak va (yoki) jigar funksiyasini og‘ir buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda Ketonalni qo‘llash mumkin emas.


Bolalar va o‘smirlar. Preparatni 15 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.


Ehtiyotkorliklar

Cho‘kma hosil bo‘lishi mumkinligi sababli, tramadol va Ketonalni bir infuzion suyuqlikda (bir flakonda) aralashtirilmasin. Infuzion flakonlar qora qog‘oz yoki alyumin folgaga o‘ralishi kerak, chunki ketoprofen yorug‘likka sezgir. 

Bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Har qanday ishlatilmagan dori preparati yoki chiqindilar mahalliy talablar asosida utilizatsiya qilinishi kerak.

Bolalar va o'smirlar. Preparat 15 yoshgacha bo'lgan bolalarda kontrendikedir.

Kattalarda dozani oshirib yuborilishining asosiy belgilari bo‘lib bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya va qorinda og‘riq hisoblanadi. Og‘ir intoksikatsiyada arterial gipotenziya, nafasni susayishi va me’da-ichakdan qon ketishi kuzatiladi. Patsiyent darhol gospitalizatsiya qilinadi va simptomatik davolash o‘tkaziladi. Spetsifik antidoti noma’lum.

Homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyligida juda zarur holatlardan tashqari, buyurish mumkin emas. Agar Ketonalni homilador bo‘lmoqchi bo‘lgan yoki homiladorlikning birinchi yoki ikkinchi uch oyligi bo‘lgan ayol qo‘llayotgan bo‘lsa, doza iloji boricha pastroq, davolash davomiyligi esa – iloji boricha qisqa bo‘lishi kerak, chunki prostaglandinlar sintezining susayishi homiladorlik va (yoki) embrion/homilani rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin..
Homiladorlikning uchinchi uch oyligida Ketonalni qo‘llash mumkin emas (homilada kardiopulmonal toksiklik va nefrotoksiklik, homila va onada qon ketishi vaqtini uzayishi, bachadanni qisqarishini susayishi xavfi).
Preparatni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Emizikli onalarga Ketonalni buyurish tavsiya etilmaydi.
Buyrak va (yoki) jigar funktsiyasi buzilgan bemorlar

O'rtacha buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (kreatinin klirensi 0,33 ml / s (20 ml / min) dan past) va (yoki) albumin darajasining pasayishi bilan surunkali jigar kasalligi bo'lgan bemorlarda doz kamayadi.

Buyrak va (yoki) jigar funktsiyasining jiddiy buzilishi bo'lgan bemorlarda Ketonal kontrendikedir.

Me’da-ichak yarasi paydo bo‘lishi yoki qon ketishi xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan preparatlar, masalan peroral kortikosteroidlar, antikoagulyantlar (masalan, varfarin), serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari yoki atsetilsalitsil kislotasi kabi antiagregantlar yoki nikorandil bilan bir vaqtda buyurilganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri va o‘zaro ta’sirning boshqa turlari”ga qarang).

Preparatni NYAQP, shu jumladan siklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.


O‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan me’da-ichak yo‘llari (MIY) dan qon ketishi, yara paydo bo‘lishi yoki perforatsiya barcha NYAQP uchun ta’riflangan va davolashning istalgan vaqtida darakchi simptomlar yoki anamnezida me’da-ichak yo‘llarining og‘ir kasalliklarini mavjudligida yoki yo‘qligida rivojlanishi mumkin.

Ketoprofenni, ayniqsa yuqori dozalarda qo‘llash og‘ir me’da-ichak toksikligi xavfini oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin (shuningdek “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga ham qarang).

Anamnezida me’da-ichak yarasi bo‘lgan, ayniqsa qon ketishi yoki perforatsiya bilan asoratlangan patsiyentlarda (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga qarang), shuningdek keksa yoshdagi shaxslarda NYAQP dozasi oshirilganda me’da-ichak qon ketishi, yara paydo bo‘lishi yoki perforatsiya xavfi oshadi. Bu patsiyentlarni davolashni, iloji boricha mumkin bo‘lgan eng past dozadan boshlash kerak. Bu patsiyentlar uchun, shuningdek atsetilsalitsil kislotasining past dozalarini yoki me’da-ichakdan qon ketishi xavfini oshiruvchi boshqa preparatlarni (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri va o‘zaro ta’sirning boshqa turlari”ga qarang) qabul qilayotgan patsiyentlarga himoya dori vositalari (masalan, mizoprostol yoki proton pompasi blokatorlari) bilan majmuaviy davolashni buyurishni ko‘rib chiqish kerak.

Anamnezida me’da-ichak toksikligining ko‘rinishlari bo‘lgan patsiyentlar, ayniqsa keksa odamlar me’da-ichak yo‘llari tomonidan har qanday o‘zgacha simptomlar (ayniqsa me’da-ichakdan qon ketishi) haqida, ayniqsa davolashni boshida xabar berishlari kerak.

Keksa odamlarda NYAQP larga noxush reaksiyalar, ayniqsa o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan me’da-ichakdan qon ketishi va perforatsiya ko‘proq kuzatiladi (“Qo‘llash usuli va dozalari” ga qarang).

Tana vazni past bo‘lgan patsiyentlarda me’da-ichakdan qon ketishi rivojlanishi nisbiy xavfi oshadi.

Agar Ketonal bilan davolash fonida patsiyentlarda me’da-ichakdan qon ketishi yoki yara paydo bo‘lishi kuzatilsa, preparatni qabul qilish to‘xtatilishi kerak.


NYAQP larni qo‘llash bilan bog‘liq eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi og‘ir teri reaksiyalari (ularning ba’zilari o‘lim bilan yakunlangan) juda kam ta’riflangan (“Nojo‘ya ta’sirlari”ga qarang). Bu reaksiyalarning eng yuqori xavfi davolashning boshida o‘rin tutadi; ko‘pchilik xollarda reaksiyalarni yuz berishi davolashning birinchi oyida aniqlanadi. Teri toshmasi, shilliq qavatlarda shikastlanish yoki o‘ta yuqori sezuvchanlikning birinchi belgilari paydo bo‘lganida Ketonal bekor qilinishi kerak.


Ba’zi NYAQP larni qo‘llash (ayniqsa yuqori dozalarda va uzoq muddat davomida davolanishda) arterial trombozni (masalan, miokard infarkti yoki insult) yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ketoprofen uchun bunday xavfni inkor etish uchun yetarli ma’lumotlar yo‘q.

Aortokoronar shuntlashda perioperatsion og‘riqni davolash uchun noaspirin NYAQP qabul qilgan patsiyentlarda arterial trombozlarni rivojlanishi xavfini oshishi haqida xabar berilgan.

NYAQP larni anamnezida me’da-ichak yo‘llari kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki ushbu kasalliklarni zo‘rayishi kuzatilishi mumkin (“Nojo‘ya ta’sirlari”ga qarang).

Yurak yetishmovchiligi, sirrozi va nefrotoksik sindromi bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek diuretiklarni qabul qilayotgan patsiyentlarda va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa keksa patsiyentlarda davolashni boshida buyrak funksiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Bunday patsiyentlarga ketoprofenni buyurish prostaglandinlar sintezini susayishi natijasida buyrakda qon aylanishini pasayishini chaqirishi va buyrak funksiyasini dekompensatsiyasiga olib kelishi mumkin.


Anamnezida arterial gipertenziya va (yoki) kuchsiz yoki o‘rtacha og‘irlik darajasidagi dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda tegishli kuzatuv va maslahat berish talab etiladi, chunki NYAQP qo‘llanganda suyuqlikni tutilishi yoki shishlar to‘g‘risida xabar berilgan.


Ketonal tana haroratini oshishi kabi infeksion kasalliklarning belgilari va simptomlarini niqoblashi mumkin.


Jigar funksional holatining testlari ko‘rsatkichlarini normadan farq qilgan yoki anamnezida jigar kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa uzoq muddatli davolash davomida qondagi transaminazalar darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.


Ketonalni qo‘llash fertillikni pasaytirishi mumkin. Shuning uchun uni homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga tavsiya etilmaydi. Homilador bo‘la olmayotgan yoki bepushtlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tayotgan ayollarda Ketonalni bekor qilishni ko‘rib chiqish kerak.


Boshqa patsiyentlarga nisbatan surunkali rinit, surunkali sinusit va (yoki) burun polipozi bilan kechuvchi bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda atsetilsalitsil kislotasi va (yoki) nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilgandan keyin allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi ehtimoli yuqori. Ushbu preparatni buyurish, ayniqsa atsetilsalitsil kislotasi yoki NYAQP larga allergiyasi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganida bronxial astma yoki bronxospazm xurujini chaqirishi mumkin (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga qarang). 


Uzoq vaqt davolaganda qonning shaklli elementlari sonini, shuningdek jigar va buyrak funksiyasini nazorat qilish kerak.


Qandli diabt yoki kaliy tejovchi preparatlarni birga qo‘llash giperkaliyemiya rivojlanishi mumkin (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri va o‘zaro ta’sirning boshqa turlari” ga qarang). Bunday holatlarda kaliyning darajasini nazorat qilish kerak.


(faqat vena ichiga yuborish usuli uchun)

Kuchli og‘riqlarda ketoprofen morfin hosilalari bilan majmuada qo‘llanishi mumkin.


Preparatning yordamchi moddalari haqida ma’lumot

Preparat 12,3% x.% etanol saqlaydi. Har 2 ml eritma 200 mg etanol saqlaydi. Alkogolga qaramligi bo‘lgan shaxslar uchun zararli. Homiladorlar va emizikli ayollar, bolalar va xavf guruhidagi patsiyentlar, masalan jigar kasalliklari yoki tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanilganida preparat etanol (spirt) saqlanishini e’tiborga olish kerak.

Preparat 1 ampulada 1 mmol (23 mg) dan kam miqdorda natriy saqlaydi va shuning uchun natriy saqlamaydigan deb hisoblanadi.

Preparatning har 2 ml 40 mg benzil spirti (Ye1519) va 800 mg propilenglikol saqlaydi. Benzil spirti allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin. Etanol kabi alkogoldegidrogenaza uchun substrat bo‘lib hisoblangan har qanday modda bilan birga yuborish 5 yoshdan kichik bolalarda noxush reaksiyalar chaqirishi mumkin.

KETONAL inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KETONAL®DUO

KETONAL DUO

 

Preparatning savdo nomi: Ketonal® Duo

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ketoprofen/ketoprofenum

Dori shakli: ajralib chiqishi modifikasiyalangan kapsulalar

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 150 mg ajralib chiqishi modifikasiyalangan granulalar shaklidagi ketoprofen.

Yordamchi moddalar:

Kapsula ichidagisi: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, povidon, natriy kroskarmelloza, polisorbat 80, Eudragit RS 30D (aminometakrilat (B tip) sopolimerining dispersiyasi), Eudragit RS 30D (aminometakrilat (A tip) sopolimerining dispersiyasi), tietilsitrat, talk, temir II oksidi Ye172, suvsiz kolloid kremniy dioksidi; kapsula qobig‘i: jelatin, indigotin Ye132, titan dioksidi Ye171.

Ta‘rifi: qopqog‘i moviy rangli, tanasi tiniq, oq va sariq granulalar bilan to‘ldirilgan kapsulalar.

Kapsulalar ajralib chiqishi modifikasiyalangan granulalar shaklidagi ketoprofen saqlaydi.

Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi preparatlar.

ATX kodi: M01AE03

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ketoprofen – preparatning ta‘sir etuvchi moddasi – araxidon kislotasining metabolizmida prostaglandinlar sintezini kataliz qiluvchi siklooksigenaza (siklooksigenaza-1 (SOG-1) va siklooksigenaza-2 (SOG-2)) fermentini bloklab, prostaglandinlar va leykotrienlar sintezini susaytiradi.

Ketoprofen in vitro va in vivo sharoitlarda liposomal membranalarni barqarorlashtiradi, yuqori konsentrasiyalarda in vitro sharoitda leykotrienlar sinteziga susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi va in vivo sharoitlarda antibradikinin faollikka ega.

Ketoprofenning isitmani tushiruvchi ta‘sir mexanizmi noma‘lum. Ehtimol, ketoprofen markaziy nerv tizimida (aniqrog‘i – gipotalamusda) prostaglandinlar sintezini susaytirsa kerak.

Ayrim ayollarda birlamchi dismenoreya simptomlarini, ketoprofen, ehtimol prostaglandinlarning sintezini va/yoki samaradorligini susaytirishi hisobiga kamaytirsa kerak.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin Ketonal DUO 150 mg kapsulalaridagi ketoprofen yaxshi so‘riladi.

Ketonal DUO 150 mg kapsulalari oddiy kapsulalardan faol moddani o‘ziga xos ajralib chiqishi bilan farq qiluvchi yangi farmasevtik shaklda taqdim etilgan. Kapsula ikki turdagi granulalar saqlaydi: standart (oq) va qobiq bilan qoplangan (sariq). Ketoprofen oq granulalardan (kapsula ichidagisining 60%) tez ajralib chiqadi va qobiq bilan qoplangan sariq granulalardan (kapsula ichidagisining 40%) sekin ajralib chiqadi, shuning uchun kapsula sekin ham, tez ham ta‘sir ko‘rsatadi.

Ajralib chiqishi oddiy bo‘lgan kapsulalardagi ketoprofenning biokiraolishligi 90% ni tashkil etadi; bu ajralib chiqishi modifikasiyalangan kapsulalarga ham taalluqlidir.

Ketoprofenni ovqat bilan qabul qilinganida uning umumiy biokiraolishligi (AUC) o‘zgarmaydi, lekin so‘rilish tezligi sekinlashadi. Yog‘li ovqat biokiraolishlikka (AUC) yoki plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi, biroq plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga kechroq erishiladi.

Antasidlar yoki me‘da rN ni oshishini chaqiruvchi boshqa preparatlar bilan vaqtda qo‘llash ketoprofenning so‘rilish tezligi va darajasiga ta‘sir qilmaydi.

Ajralib chiqishi modifikasiyalangan kapsula shaklidagi 150 mg ketroprofen ichga buyurilganidan keyin 9036,64 ng/ml ga teng plazmadagi cho‘qqi darajasi Smax 1,76 soatdan keyin aniqlanadi.

Ketoprofenning 99% plazma oqsillari, asosan albumin bilan bog‘lanadi. To‘qimalardagi taqsimlanish xajmi 0,1 l/kg ni tashkil etadi. Ketoprofen sinovial suyuqlikka o‘tadi, u yerda plazmadagi konsentrasiyasining 30% ni tashkil etadi.

Ketoprofen jigarda metabolizmga uchraydi. U glyukuron kislotasi bilan bog‘lanib, birlamchi faol moddaning zahirasi bo‘lib xizmat qiluvchi ketoprofen glyukuronidi – turg‘un bo‘lmagan metabolitini hosil qiladi. Bu jigar yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda muhim bo‘lishi mumkin, chunki kon‘yugat zardobda to‘planishi va qayta dekon‘yugasiyaga uchrab, dastlabki faol modda hosil bo‘lishi mumkin. Sog‘lom odamlar plazmasida kon‘yugat faqat kam miqdordagina paydo bo‘lishi, lekin uning konsentrasiyasi keksa yoshdagi shaxslarda yuqori bo‘lishi aniqlangan (ehtimol buyrak klirensini pasayishi sababli).

Ketoprofenning taxminan 60-75% siydik bilan, asosan ketoprofen glyukuronidi ko‘rinishida chiqariladi. Buyurilgan dozaning 10% dan kamrog‘i o‘zgarmagan ko‘rinishda axlat bilan chiqariladi. Ketoprofenning plazmadagi klirensi taxminan soatiga
0,08 l/kg ni tashkil etadi.

Pasientlarning alohida guruhlari

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, ehtimol, gipoalbuminemiya oqibatida (erkin biologik faol ketoprofen) ketoprofenning konsentrasiyasi deyarli ikki marta oshadi, bu yetarli darajadagi terapevtik samarani ta‘minlovchi minimal sutkalik dozani buyurishni talab etadi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ketoprofenning klirensi pasayadi. Shuning uchun og‘ir buyrak yetishmovchiligida dozani kamaytirish talab etiladi.

Qo‘llanilishi

Ketonal DUO yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sirga ega nosteroid revmatizmga qarshi preparat hisoblanadi. U bir qator og‘riq sindromlarida og‘riqni yengillashtirish uchun va yallig‘lanish, degenerativ va metabolik revmatik kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi.

Og‘riq:

  • posttravmatik;
  • operasiyadan keyingi;
  • og‘riqli hayz ko‘rishlar;
  • o‘smalari bo‘lgan pasientlarda suyak metastazlari oqibatidagi og‘riq.

Revmatik kasalliklar:

  • revmatoid artrit;
  • spondiloartrit (ankilozlovchi spondilit, psoriatik artrit, reaktiv artrit);
  • podagra, soxta podagra;
  • osteoartrit;
  • bo‘g‘imdan tashqari revmatizm (tendinit, bursit, yelka bo‘g‘imi kapsuliti).

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Kamida 100 ml suv yoki sut bilan ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kapsulani tishlab ezish yoki chaynash mumkin emas.

Simptomlarni bartaraf etish uchun zarur eng past samarali dozada maksimal qisqa vaqt davomida qabul qilib, noxush samaralarni minimumga yetkazish mumkin.

Tavsiya etiladigan doza

Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar

Odatdagi doza kuniga bir marta Ketonal DUO 1 kapsulasi (150 mg ketoprofen) hisoblanadi.

Ketoprofenning maksimal sutkalik dozasi – 200 mg ni tashkil etadi. Kuniga 150 mg dozada (Ketonal DUO bir kapsulasi) ketoprofen bilan davolashni boshida foyda va xavfni sinchkovlik bilan baholash kerak. Maksimal sutkalik dozadan yuqori dozalar tavsiya etilmaydi.

Ketoprofenning ovqat hazm qilish tizimiga noxush samaralari ehtimolini pasaytiruvchi antasidlarni bir vaqtda qabul qilish mumkin.

Keksa pasientlar

Keksa odamlarda noxush samaralar ko‘pincha og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar NYAQP larni qabul qilish zarur bo‘lsa, eng past doza buyuriladi va NYAQP lar bilan davolash boshlangandan keyin 4 hafta davomida pasientni me‘da-ichakdan qon ketishiga nisbatan kuzatiladi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga ketoprofenning eng past sutkalik dozasini buyurish lozim, chunki hattoki o‘sha ham kutilayotgan terapevtik samarani beradi.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lgan pasientlarga ketoprofenning dozasini tegishli ravishda kamaytirish lozim.

Bolalar

Ketonal DUO ni 15 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga qarang).

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Noselektiv NYAQP lar bilan davolash oqibatidagi shish, yuqori arterial bosim va yurak yetishmovchiligi haqida xabar berilgan.

Og‘ir nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida davolash to‘xtatilishi kerak.

Noxush samaralar a‘zolar tizimlari sinflari, uchrash tez-tezligi va og‘irligini kamayishi bo‘yicha taqsimlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda ( <1/10000), shu jumladan alohida xabarlar; tez-tezligi aniqlanmagan (mavjud ma‘lumotlar asosida tez-tezligini aniqlab bo‘lmaydi).

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

  • Kam hollarda: postgemorragik anemiya;
  • Tez-tezligi aniqlanmagan: agranulositoz, trombositopeniya, suyak ko‘migi yetishmovchiligi.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

  • Tez-tezligi noma‘lum: anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan, shok).

Ruhiyatni buzilishi

  • Tez-tezligi aniqlanmagan: kayfiyatni o‘zgaruvchanligi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

  • Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik;
  • Kam hollarda: paresteziya;
  • Tez-tezligi aniqlanmagan: tirishishlar, disgevziya.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar

  • Kam hollarda: ko‘rishni noaniqligi (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).

Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari

  • Kam hollarda: quloqlarni jaranglashi.

Yurak tomonidan buzilishlar

  • Tez-tezligi aniqlanmagan: yurak yetishmovchiligi.

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar

  • Tez-tezligi aniqlanmagan: arterial gipertenziya, vazodilatasiya (qon tomirlarni kengayishi).

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

  • Kam hollarda: bronxial astma;
  • Tez-tezligi aniqlanmagan: bronxospazm (ayniqsa asetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQP larga o‘ta yuqori sezuvchanligi ma‘lum pasientlarda), rinit.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

  • Tez-tez: dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, qusish;
  • Tez-tez emas: qabziyat, diareya, meteorizm, gastrit;
  • Kam hollarda: stomatit, peptik yara;
  • Tez-tezligi aniqlanmagan: yarali kolit va Kron kasalligini zo‘rayishi, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi va perforasiya, melena, qon aralash qusish.

Ko‘p uchraydigan noxush samaralarga me‘da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan reaksiyalar kiradi. Me‘da-ichak yo‘llarida peptik yaralar, perforasiya va qon ketishlari rivojlanishi mumkin, ular ba‘zida, ayniqsa keksa pasientlarda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

  • Kam hollarda: gepatit, transaminazalar darajasini oshishi, jigar tomonidan buzilishlar tufayli zardobda bilirubin darajasini oshishi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

  • Tez-tez emas: toshma, qichishish
  • Tez-tezligi aniqlanmagan: fotosensibilizasiya reaksiyalari, alopesiya, eshakemi, angionevrotik shish, bullyoz reaksiyalar, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

  • Tez-tezligi aniqlanmagan: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, tubulointerstisial nefrit, nefritik sindrom, buyrak funksional holatini buzilishi.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar

  • Tez-tez emas: shish;
  • Tez-tezligi noma‘lum: toliqish.

Laborator va instrumental ma‘lumotlar

  • Kam hollarda: tana vaznini oshishi.

Ma‘lumotlar bir qator NYAQP larni qo‘llaganda (ayniqsa yuqori dozada va uzoq vaqt davomida) arterial tromboz (masalan, miokard infarkti yoki insult) ning yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Ketoprofenga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
  • anamnezida ketoprofen yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) yoki salisilatlar (masalan, asetilsalisil kislotasi) kabi shunga o‘xshash ta‘sir etuvchi moddalar qo‘llanilganidan keyin bronxial astma, eshakemi, bronxospazm, rinit yoki allergik turdagi reaksiyalar; bunday pasientlarda og‘ir (kam hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi) anafilaktik reaksiyalar ta‘riflangan (“Nojo‘ya ta‘sirlari” ga qarang);
  • og‘ir yurak yetishmovchiligi;
  • aortokoronar shuntlash (AKSH) operasiyasi bajarilgandan keyin operasiyadan keyingi davrda og‘riqni davolash;
  • anamnezida surunkali dispepsiya;
  • o‘tkir peptik yara, shuningdek anamnezida me‘da-ichakdan qon ketishi, yara paydo bo‘lishi yoki perforasiya;
  • qon ketishiga moyillik;
  • buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi;
  • jigar faoliyatini og‘ir buzilishi;
  • homiladorlikning so‘ngi uch oyligi (“Homiladorlik va emizish”ga qarang);
  • 15 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatlarning tavsiya etilmaydigan majmualari

Yuqori dozalarda boshqa NYAQP lar (shu jumladan siklooksigenaza-2 selektiv ingibitorlari) va salisilatlar: me‘da-ichak yo‘llarida yara rivojlanishi va qon ketishlari xavfi oshadi.

Antikoagulyantlar (geparin va varfarin) va trombositlar agregasiyasi ingibitorlari (masalan, tiklopidin, klopidogrel): qon ketishini yuqori xavfi oshadi (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang). Birga qo‘llash zarurati bo‘lganida diqqat bilan tibbiy kuzatuv talab etiladi.

Litiy: litiyni buyrak tomonidan chiqarilishini kamayishi tufayli, ba‘zida toksik darajaga yetishi mumkin bo‘lgan plazmada litiy darajasini oshishi xavfi. Zarurati bo‘lganida, NYAQP lar bilan davolash vaqtida va undan keyin plazmada litiy konsentrasiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish va litiyning dozasini muvofiqlashtirish lozim.

Haftasiga 15 mg dan yuqori dozalarda metotreksat: metotreksatning gematotoksikligi xavfi oshadi, ayniqsa agar u yuqori dozalarda (>15 mg/hafta) qo‘llanilgan bo‘lsa, bu ehtimol metotreksatni oqsillar bilan bog‘idan siqib chiqarilishi va uning buyrak klirensini pasayishi bilan bog‘liqdir.

Ehtiyotkorlikni talab etuvchi majmualar

Diuretiklar: diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlarda, ayniqsa degidratasiyasi bo‘lgan pasientlarda prostaglandinlarning sintezini susayishi oqibatida buyrakda qon aylanishini kamayini tufayli buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi mavjud. Bunday pasientlarda bunday preparatlarni birga qo‘llashni boshlashdan oldin suyuqlik tanqisligini adekvat o‘rnini to‘ldirish, davolashni boshida esa buyrak faoliyatini esa nazorat qilish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar» qarang).

Ketonal diuretiklarning samaradorligini pasaytiradi. Diuretiklar NYAQP larning nefrotoksiklik xavfini oshiradi. Nosteroid revmatizmga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda diuretiklar va antigipertenziv preparatlar yoki angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarda buyrakni shikastlanish xavfi yuqori bo‘ladi.

Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari va angiotenzin II reseptorlari antagonistlari. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda (masalan, degidratasiyasi bo‘lgan pasientlarda yoki keksa odamlarda) AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II reseptorlari antagonistlari va siklooksigenazani susaytiruvchi preparatlarni birga qo‘llash buyrak faoliyatini qo‘shimcha yomonlashishini, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin.

Haftasiga 15 mg dan past dozalarda metotreksat: majmuaviy davolashning birinchi haftasida qon manzarasini bir haftada bir marta nazorat qilish lozim. Buyrak faoliyatini biron-bir buzilishida va keksa pasientlarda nazorat ko‘proq amalga oshirilishi lozim.

Kortikosteroidlar: me‘da-ichak yo‘llarida yara paydo bo‘lishi yoki qon ketishini yuqori xavfi mavjud (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).

Pentoksifillin: qon ketishini yuqori xavfi mavjud. Tez-tez klinik tekshirish va qon ivish vaqtini nazorat qilish talab etiladi.

E‘tiborga olish lozim bo‘lgan majmualar

Antigipertenziv preparatlar (beta-blokatorlar, AAF ingibitorlari, diuretiklar)

Ketoprofen antigipertenziv vositalarning ta‘sirini pasaytiradi (qon tomirlarni kengaytiruvchi prostaglandinlar sintezini susayishi).

Probenesid: probenesid bilan birga buyurilganda ketoprofenning plazmadagi klirensi sezilarli darajada pasayishi mumkin.

Ma‘lumot uchun qabul qilish lozim bo‘lgan majmualar

Siklosporin, takrolimus: nefrotoksiklikning additiv samarasi rivojlanish xavfi mavjud, ayniqsa keksa pasientlarda.

Trombolitiklar: qon ketishi xavfi oshadi.

Serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari: me‘da-ichakdan qon ketishini yuqori xavfi mavjud (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni NYAQP, shu jumladan siklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.

Keksa odamlarda NYAQP larga noxush reaksiyalar, ayniqsa o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan me‘da-ichakdan qon ketishi va perforasiya ko‘proq yuz beradi (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang).

Me‘da-ichakdan qon ketishi, yara paydo bo‘lishi va perforasiya.

O‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan me‘da-ichakdan qon ketishi, yara paydo bo‘lishi yoki perforasiya barcha NYAQP uchun ta‘riflangan va davolashning istalgan vaqtida darakchi simptomlar yoki anamnezida me‘da-ichak yo‘llarining og‘ir kasalliklarini mavjudligida yoki yo‘qligida rivojlanishi mumkin.

Ketonal DUO ba‘zi boshqa NYAQP ga nisbatan, ayniqsa yuqori dozalarda qabul qilinganda, og‘ir me‘da-ichak toksikligi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin (“Qo‘llash usuli va dozalari” va “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga ham qarang).

Anamnezida me‘da-ichak yarasi bo‘lgan, ayniqsa qon ketishi yoki perforasiya bilan asoratlangan pasientlarda (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga qarang), shuningdek keksa yoshdagi shaxslarda NYAQP dozasi oshirilganda me‘da-ichak qon ketishi, yara paydo bo‘lishi yoki perforasiya xavfi oshadi. Bu pasientlarni davolashni, iloji boricha mumkin bo‘lgan eng past dozadan boshlash kerak.

Bu pasientlar uchun, shuningdek asetilsalisil kislotasining past dozalarini yoki me‘da-ichakdan qon ketishi xavfini oshiruvchi boshqa preparatlarni (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri”ga qarang) qabul qilayotgan pasientlarga himoya dori vositalari (masalan, mizoprostol yoki proton pompasi blokatorlari) bilan majmuaviy davolashni buyurishni ko‘rib chiqish kerak.

Anamnezida me‘da-ichak toksikligining ko‘rinishlari bo‘lgan pasientlar, ayniqsa keksa odamlar me‘da-ichak yo‘llari tomonidan har qanday o‘zgacha ko‘rinishlar (ayniqsa me‘da-ichakdan qon ketishi) haqida, ayniqsa davolashni boshida xabar berishlari kerak.

Me‘da-ichak yarasi paydo bo‘lishi yoki qon ketishi xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan preparatlar, masalan ichga qabul qilinadigan kortikosteroidlar, antikoagulyantlar (masalan, varfarin), serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQOSI) yoki asetilsalisil kislotasi kabi antiagregantlar bilan bir vaqtda buyurilganda o‘ziga xos ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri”ga qarang).

Agar Ketonal DUO bilan davolash fonida pasientlarda me‘da-ichakdan qon ketishi yoki yara paydo bo‘lishi kuzatilsa, preparatni qabul qilish to‘xtatilishi kerak.

NYAQP larni anamnezida me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki ushbu kasalliklarni zo‘rayishi kuzatilishi mumkin (“Nojo‘ya ta‘sirlari”ga qarang).

Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar samaralar. Anamnezida arterial gipertenziya va/yoki kuchsiz yoki o‘rtacha og‘irlik darajasidagi dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda tegishli kuzatuv va maslahat berish talab etiladi, chunki NYAQP qo‘llanganda suyuqlikni tutilishi yoki shishlar to‘g‘risida xabar berilgan.

Ba‘zi NYAQP larni qo‘llash (ayniqsa yuqori dozalarda va uzoq muddat davomida davolanishda) arterial trombozni (masalan, miokard infarkti yoki insult) yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang). Ketoprofen uchun bunday xavfni inkor etish uchun yetarli ma‘lumotlar yo‘q.

Nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziyasi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, aniqlangan yurak ishemik kasalligi tashhisi bilan, periferik arteriyalarning kasalliklari va/yoki serebrovaskulyar kasalligi bo‘lgan pasientlarda Ketonal DUO bilan davolash faqat foyda va xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholagandan keyingina o‘tkazilishi lozim. Yurak-qon tomir kasalliklarining xavf omillari (masalan, arterial gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish) bo‘lgan pasientlarni uzoq muddat davolashdan oldin ham xuddi shunday yo‘l tutish kerak.

Boshqa pasientlarga nisbatan surunkali rinit, surunkali sinusit va/yoki burun polipozi bilan kechuvchi bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda asetilsalisil kislotasi va/yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilgandan keyin allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Yurak yetishmovchiligi, sirrozi va nefrotoksik sindromi bo‘lgan pasientlarda, shuningdek diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlarda va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa keksa pasientlarda davolashni boshida buyrakning funksional holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Bunday pasientlarga Ketonal DUO ni buyurish prostaglandinlar sintezini susayishi natijasida buyrakda qon aylanishini pasayishini chaqirishi va buyrak faoliyatini dekompensasiyasiga olib kelishi mumkin.

Jigar funksional holatining testlari ko‘rsatkichlarini normadan farq qilgan yoki anamnezida jigar kasalligi bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa uzoq muddatli davolash davomida qondagi transaminazalar darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.

Ketoprofen bilan bog‘liq sariqlik va gepatitning kam hollari ta‘riflangan.

Ko‘rishni noaniqligi kabi, ko‘rishni buzilishi namoyon bo‘lganida davolashni bekor qilish kerak.

Preparatni alkogolga qaramligi bo‘lgan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

NYAQP larni qo‘llash bilan bog‘liq eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi og‘ir teri reaksiyalari (ularning ba‘zilari o‘lim bilan yakunlangan) juda kam ta‘riflangan (“Nojo‘ya ta‘sirlari”ga qarang). Bu reaksiyalarning eng yuqori xavfi davolashning boshida o‘rin tutadi; ko‘pchilik xollarda reaksiyalarni yuz berishi davolashning birinchi oyida aniqlanadi. Teri toshmasi, shilliq qavatlarda o‘zgarish yoki o‘ta yuqori sezuvchanlikning birinchi belgilari paydo bo‘lganida Ketonal DUO bekor qilinishi kerak.

Ketonal DUO tana haroratini oshishi kabi infeksion kasalliklarning belgilari va simptomlarini niqoblashi mumkin.

Katta jarrohlik aralashuvlaridan oldin preparat bekor qilinishi kerak.

Ketonal DUO ni qo‘llash fertillikni pasaytirishi mumkin, shuning uchun uni homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga tavsiya etilmaydi. Homilador bo‘la olmayotgan yoki bepushtlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tayotgan ayollarda Ketonal DUO ni bekor qilishni ko‘rib chiqish kerak.

Ketonal DUO kapsulalari laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza yoki galaktozani so‘rilishini buzilishi bo‘lgan pasientlar qabul qilmasliklari kerak.

Homiladorlik va emizish

Prostaglandinlar sintezini susayishi homiladorlik va/yoki embrion/homilani rivojlanishiga salbiy ta‘sir qilishi mumkin. Homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyligida juda zarur holatlardan tashqari, buyurish mumkin emas. Agar Ketonal DUO ni homilador bo‘lmoqchi bo‘lgan yoki homiladorlikning birinchi yoki ikkinchi uch oyligi bo‘lgan ayol qo‘llayotgan bo‘lsa, doza iloji boricha pastroq, davolash davomiyligi esa – iloji boricha qisqa bo‘lishi kerak.

Homiladorlikning uchinchi uch oyligida Ketonal DUO ni qo‘llash mumkin emas.

Preparatni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Emizikli onalarga Ketonal DUO ni buyurish tavsiya etilmaydi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Preparat markaziy nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, uyquchanlik yoki tirishishlar kabi nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin; bunday hollarda transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

2,5 g gacha dozada ketoprofenning dozasini oshirib yuborilishi holatlari ta‘riflangan. Ko‘pchilik hollarda kuzatilgan simptomlar xavfsiz xarakterga ega bo‘lgan va tormozlanish, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish va epigastriyda og‘riq bilan cheklangan.

Ketoprofenning dozasini oshirib yuborilganda maxsus antidoti mavjud emas. Dozani sezilarli oshirib yuborilishiga shubha tug‘ilganda me‘dani yuvish va simptomatik va degidratasiyani bartaraf etish maqsadida bir maromda ushlab turuvchi davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Shuningdek diurezni nazorat qilish va asidozni muvofiqlashtirish (u rivojlangan hollarda) lozim.

Buyrak yetishmovchiligida qonda aylanib yurgan preparatni chiqarish uchun gemodializ samarali bo‘lishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Preparat 10 kapsuladan blisterda. 2 yoki 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KETONAL inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KETONAL inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KETONAL inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N10 dori vositasi Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d. tomonidan Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KETONAL inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KETONAL inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KETOMED 50 kapsulalar 50mg N25
KETONAL FORTE tabletkalari 100mg N20
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
KETONAL kapsulalar 50mg N25
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
KETANEYM FORTE tabletkalari 100mg N20
KETANEYM suppozitorii 100mg N12
KETANEYM RETARD tabletkalari 150mg N20
KETANEYM krem 30g 5%
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
ABENOL NEO inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
ABENOL NEO inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 51 100 so'mdan Batafsil
ABENOL NEO inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
ANOFEN inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
FEBROFID gel 50g 2,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medana Pharma S.A.
Febrofid gel 30g 2,5%
Narh: 14 000 so'mdan Batafsil
KETONAL gel 50g 2,5%
Narh: 38 500 so'mdan Batafsil
VALUSAL gel 50g 25mg/g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
ARTROKOL suppozitorii 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: S.C. Magistra C & S.R.L.
  • Vakil:
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
ARTROKOL inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Pharma Vision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil:
Narh: 49 700 so'mdan Batafsil
ARTROKOL gel 45g 2,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: S.C. Slavia Pharm SRL
  • Vakil:
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
ABENOL inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N3
KETOPROFEN gel 30g 2,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
BISTRUM gel 100g 2,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акрихин, АО
BISTRUM gel 50g 2,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акрихин, АО
BISTRUM gel 30g 2,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акрихин, АО
KETOKAPS NGP kapsulalar 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Neogalenpharm, ООО
KETOPROFEN gel 50g 2,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
Narh: 18 400 so'mdan Batafsil
KETOPROFEN gel 30g 2,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
KETOKAPS NGP kapsulalar 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Neogalenpharm, ООО
FASTUM gel 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: A. Menarini Industrie Farmaceutiche Riunite s.r.l. (Menarini Group) Италия Производитель: A.Menarini manufacturing Logistics and Services S.r.L
Narh: 48 500 so'mdan Batafsil
FASTUM gel 30g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: A. Menarini Industrie Farmaceutiche Riunite s.r.l. (Menarini Group) Италия Производитель: A.Menarini manufacturing Logistics and Services S.r.L
Narh: 38 600 so'mdan Batafsil
FELARAN kapsulalar 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Кетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО Узбекско-Британское для Citco Chemicals Ltd.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KETONAL FORTE tabletkalari 100mg N20
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
KETONAL kapsulalar 50mg N25
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
FLEKSID infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Levofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
FLEKSID infuziya uchun eritma 50ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Levofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
FLEKSID infuziya uchun eritma 50ml 5mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Levofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
Другие формы препарата
KETONAL suppozitorii 100mg N12
Ketonal Aktiv Plus granulalar 50mg N12
KETONAL kapsulalar 50mg N25
KETONAL DUO kapsulalar 150mg N30
KETONAL gel 50g 2,5%
KETONAL krem 30g 5%
KETONAL FORTE tabletkalari 100mg N20
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9