Ketosanning aptekalardagi narxlari
KETOSAN tabletkalari N100
|
|
75 ta dorixonada bor
|
410 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
410 000 so'mdan
Bron qilish
|
Ketosan ko'rsatmalar
Almashinmaydigan aminokislotalarning azot analoglarini saqlamaydigan aminokislotalar
Dietoterapiyada, surunkali buyrak etishmovchiligida ko'llaniladi
Uremik xolatni yaxshilaydi, ovqatlanish xolatini yaxshilaydi, kasallikni rivojlanishini sekinlashtiradi va buyrak funktsiyasini himoya qiladi.
Oqsil miqdorining kam saqlaydigan dietada metobolik asoratni osonlashtirish orqali dializni oldini olish yoki to'xtatishi mumkin.
Giperkaltsiemiya.
Aminokislotalar almashinuvining buzilishida qo'llash mumkin emas.
Alfa ketoanalog va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi preparatlar xomilador ayollar tomonidan qabul qilish to'g'risida ma'lumotlar etarli emas. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar xomiladorlarga, embrional rivojlanishga, tug'ruq yoki tug'iqdan keyingi rivojlanishga to'g'ridan-to'g'ri yoki qo'shimcha zarar etkazishi ko'rsatilmagan. Xomiladorlarga dorini extiyotkorlik bilan buyurish tavsiya etiladi. Bugungi kungacha emizish davridagi qabul to'g'risida tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Shifokor tavsiyasi bo'yicha buyuriladi.
Tabletkalarni chaynash mumkin emas. Ovqat vaqtida qabul qilish dorini to'g'ri o'zlashtirilishini va aminokislotalarning metabolizmini ta'minlaydi.
Bolalarda qabul qilish o'rganilmagan.
Alfa ketoanalog va almashmaydigan aminokislotalar saqlaydigan tabletkalarni buyrakning kalavalar filtrasiyasi tezligi 25 ml/min dan kam bo'lgungacha va bir vaqtning o'zida organizmga oqsil tushishi kattalar uchun 40 g/kuniga kam bo'lgungacha qabul qilinadi.
Giperkaltsiemiya kuzatilganda vitamin D ni qabul qilishni kamaytirish kerak. Agar doimiy giperkaltsiemiya bo'lsa, alfa Ketonalog dozasini va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi tablekalarni, shuningdek boshqa har qanday kaltsiy manbalarini iste'mol qilishni kamaytirish kerak.
Extiyotkorlik choralari
Qon zardobidagi kaltsiy miqdorini doimiy ravishda nazorat qilish kerak.
Etarlicha kaloriya iste'molini ta'minlash kerak.
Hozirgacha Pediatrik bemorlarda qo'llanilganligi to'g'risida ma'lumotlar olinmagan.
Irsiy fenilketonuriya bo'lganda alfa ketoanalog va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi tabletkalar fenilalanin saqlashiga etibor berish kerak.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Chiqarish shakllari