Xartilning aptekalardagi narxlari
XARTIL tabletkalari 5mg
|
|
1 ta dorixonada bor
|
58 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
XARTIL tabletkalari 5mg N28
|
|
110 ta dorixonada bor
|
51 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
52 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
49 000 so'mdan
Bron qilish
|
XARTIL tabletkalari 10mg N28
|
|
137 ta dorixonada bor
|
54 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
30 000 so'mdan
Bron qilish
|
XARTIL AMLO kapsulalar 10mg N30
|
|
5 ta dorixonada bor
|
90 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Xartil ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
(pasientlar uchun ma‘lumot)
XARTIL®
2,5 mg, 5 mg, 10 mg li tabletkalar
(ramipril)
Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.
- Bu varaqani saqlang. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qish talab qilinishi mumkin.
- Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.
- Ushbu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. U xatto, agar ularda kasallikni xuddi shunday simptomlari bo‘lsa ham ularga zarar keltirishi mumkin.
- Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar qiling (4-bo‘limga qarang).
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:
- Xartil® tabletkalari preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
- Xartil® tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
- Xartil® tabletkalarini qanday qabul qilish kerak
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
- Xartil® tabletkalari preparatini qanday saqlash kekrak
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
- O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot
- Xartil® tabletkalari preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
Xartil® tabletkalarining ta‘sir etuvchi moddasi ramipril – AAF (angiotenzinga-aylantiruvchi ferment) ingibitorlari deb nomlanuvchi guruhga kiradi.
Xartil® preparati:
- Sizning organizmingizda arterial bosimni oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan moddalarning ishlab chiqarilishini pasaytiradi.
- qon tomirlarni kengaytiradi va bo‘shashtiradi
- qonni xaydash bo‘yicha yurakning ishini yengillashtiradi
Preparat quyidagilar uchun mo‘ljallangan:
- oshgan arterial bosimni (gipertoniyani) davolash uchun
- buyrak kasalliklari xavfini kamaytirish yoki kechiktirish uchun (Sizda qandli diabet bormi yoki yo‘qmi, bundan qatiy nazar)
- miokard infarkti yoki insultning rivojlanishi xavfini oldini olish uchun
- yurak yetishmovchiligini oldini olish uchun (Sizning yuragingiz organizmning qon tomirlariga qonni yetarli miqdorda xaydash qobiliyatiga ega bo‘lmaganda)
- miokard infarktidan keyingi xolatlardagi yurak yetishmovchiligi rivojlanishini davolash uchun qo‘llanadi.
- Xartil® tabletkalarini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
Xartil® preparatini qabul qilmang:
- agar Sizda ramiprilga, angiotenzinga-aylantiruvchi fermentning (AAF) boshqa ingibitorlariga yoki 8-bo‘limda keltirilgan preparatning yordamchi moddalardan birontasiga allergiya bo‘lsa (allergiya uchun teri toshmasi, yutish va nafas olishni qiyinlashishi, lab, yuz, tomoq yoki tilni shishi kabi simptomlar xarakterli);
- agar Sizda ilgari “angionevrotik shish” deb nomlanuvchi og‘ir allergik reaksiya kuzatilgan bo‘lsa. Unga jadal qichishish, eshakemi, qo‘llar, oyoqlar va tomoqda qizil dog‘larni paydo bo‘lishi, tomoq va tilni shishi, ko‘zlar atrofini shishi va lablarni shishi, yutish yoki nafasni qiyinlashishi kabi simptomlar xarakterli;
- agar Siz gemodializ yoki qonni filtrasiyasini boshqa usullari bilan davolanayotgan bo‘lsangiz. Ishlatilayotgan jixozlarga qarab, Xartil® preparati Siz uchun to‘g‘ri kelmaydigan dori vositasi bo‘lishi mumkin;
- agar Sizda buyrakni qon bilan ta‘minlanishi pasayadigan buyrak kasalligi bo‘lsa (buyrak arteriyasini torayishi);
- agar Siz homilador bo‘lsangiz (homiladorlikning oxirgi 6 oylari) (Fertillik, xomiladorlik va emizish bo‘limiga qarang);
- agar Sizda arterial bosim past yoki beqaror bo‘lsa; Davolovchi shifokoringiz muvofiq qaror qabul qiladi;
Agar Sizda yuqorida keltirilgan xolatlardan xar qandayi bo‘lsa, Xartil® tabletkalarini qabul qilmang. Agar Sizda ishonch bo‘lmasa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Tibbiy qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Xartil® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing:
- agar Sizda yurak, jigar yoki buyrak kasalliklari bo‘lsa;
- agar Sizda suyuqlik yoki tuzni sezilarli yo‘qotilishi bo‘lsa (qusishda, ich ketishida, xaddan ziyod terlash, tuzni iste‘mol qilish cheklangan parhezda, siydik haydovchi vositalar davomli qo‘llanganida, gemodializ bilan davolashda);
- agar Siz bir vaqtda asalari va ari chaqishiga allergiyani davolash uchun preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz (desensibilizasiya);
- agar Sizga anesteziya bilan jarrohlik yoki stomatologik operasiya o‘tkazilishi kerak bo‘lsa. Bunda operasiyadan bir kun oldin Xartil® preparatini bekor qilish zarurati paydo bo‘lishi mumkin; davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing;
- agar Sizda qonda kaliyning darajasi yuqori bo‘lsa (qonning laboratoriya taxlillarining natijalari bo‘yicha);
- agar Sizda tizimli qizil yugurik yoki sklerodermiya kabi kollagenoz tomirli kasalliklar bo‘lsa;
- agar Siz homilador bo‘lsangiz, homiladorlikni tahmin qilsangiz yoki rejalashtirsangiz, davolovchi shifokoringizga xabar bering. Homiladorlikni birinchi uch oyligida Xartil® preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar homiladorlik muddati 3 oydan ortiq bo‘lsa, Xartil®ni qo‘llash mumkin emas, chunki uni qo‘llash Sizning bolangizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin (Fertillik, homiladorlik va emizish bo‘limiga qarang).
Agar Sizda yuqorida keltirilgan holatlardan birontasi bo‘lsa, Xartil® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Bu guruh pasientlarida qo‘llashni yetarli klinik tajriba bo‘lmaganligi tufayli, Xartil® preparati bolalar va o‘smirlarga tavsiya etilmaydi.
Boshqa dori vositalari va Xartil® tabletkalari preparati
O‘zingizni shifokoringizga yoki farmasevtga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari, shu jumladan reseptsiz beriladigan preparatlar, haqida xabar bering, chunki dori preparatlari bir-birlarining samaralarini o‘zgartirishlari mumkin.
Agar Siz quyida sanab o‘tilgan faol moddalarni saqlovchi biron-bir preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokor bilan maslahatlashing, chunki ular Xartil® preparatining samaradorligini yomonlashtirishlari mumkin:
- ibuprofen, indometasin yoki aspirin kabi nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi vositalar)
- yuqori arterial bosim, shok, yurak yetishmovchiligi, astma yoki allergiyani davolash uchun dori vositalari, masalan, efedrin, noradrenalin, adrenalin kabi
Agar Siz quyida sanab o‘tilgan preparatlardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringizga xabar bering. Bu preparatlarni Xartil® tabletkalari bilan bir vaqtda qo‘llash, nojo‘ya samaralar xavfini oshirishi mumkin
- ibuprofen, indometasin yoki aspirin kabi nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi vositalar);
- rakni davolash uchun preparatlar (ximioterapiya);
- ko‘chirib o‘tkazilgan a‘zolarni ko‘chib ketishiga qarshi preparatlar, masalan, siklosporin;
- siydik haydovchi vositalar, masalan, furosemid;
- qonda kaliyning darajasini oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan preparatlar, masalan, spironolakton, triamteren, amilorid, kaliy tuzlari va geparin (qonni suyultirish uchun vosita);
- yallig‘lanishlarni davolash uchun steroidlar, masalan, prednizolon;
- allopurinol (qonda siydik kislotasining darajasini pasaytiruvchi vosita);
- prokainamid (yurak ritmini buzilishlarini davolash uchun vosita).
Agar Siz quyida sanab o‘tilgan preparatlardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokoringizga xabar bering. Xartil® ularning samaradorligiga ta‘sir qilishi mumkin.
- diabetga qarshi preparatlar (insulin yoki qonda qandning darajasini pasaytiruvchi ichga qabul qilish uchun vositalar). Xartil® preparati bilan davolanish vaqtida Sizning qoningizdagi qandning darajasini muntazam nazorat qiling;
- litiy (ruhiy buzilishlarni davolash uchun vosita). Xartil® Sizning qoningizda litiy darajasini oshirishi mumkin. Xartil® preparati bilan davolanish vaqtida davolovchi shifokoringiz qondagi litiyning darajasini sinchiklab nazorat qiladi.
Agar Siz yuqorida sanab o‘tilgan xar qanday dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz (yoki Sizda ishonch bo‘lmasa), Xartil® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Xartil® tabletkalarini ovqat va ichimliklar bilan bir vaqtda qo‘llanishi
- Xartil® preparati bilan davolanish vaqtida alkogol istemol qilish, bosh aylanishini chaqirishi mumkin. Agar Xartil® tabletkalari qo‘llanganida Siz qancha ichishingiz mumkinligiga Sizda ishonch bo‘lmasa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing, chunki arterial bosimni pasaytirish uchun preparatlar va alkogol bir-birining samaralarini kuchaytiradilar.
- Xartil® tabletkalarini ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.
Fertillik, homiladorlik va emizish davri
Agar Siz xomilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz, yoki farzand ko‘rishni rejalashtirsangiz, bu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu
haqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.
Homiladorlik
Xartil® tabletkalarini homiladorlikni birinchi 12 haftasi davomida qabul qilmaslik kerak. Xartil®ni homiladorlikni 13 haftasidan keyin qo‘llash mumkin emas, chunki u Sizning bolangizga zarar yetkazishi mumkin. Agar Siz Xartil® preparatini qabul qilish vaqtida homilador bo‘lib qolgan bo‘lsangiz, darhol bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar bering. Rejalashtirilgan homiladorlikdan oldin Siz boshqa antigipertenziv preparatga o‘tishingiz kerak.
Emizish
Preparatni emizish vaqtida qabul qilish mumkin emas.
Har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Xartil® preparatini qabul qilishda Sizda bosh aylanishi va lohaslik paydo bo‘lishi mumkin. Bu ayniqsa davolashni boshida yoki doza oshirilganida namoyon bo‘ladi. Agar bu yuz bersa, transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.
Xartil® tabletkalari laktoza saqlaydi
Laktozani o‘zlashtiraolmaslik holida, tabletkalar laktoza saqlashini hisobga olish kerak.
Xartil® tabletkalari 2,5 mg dan: xar bir tabletka 158,8 mg laktoza monogidrati saqlaydi.
Xartil® tabletkalari 5 mg dan: xar bir tabletka 97,47 mg laktoza monogidrati saqlaydi.
Xartil® tabletkalari 10 mg dan: xar bir tabletka 193,2 mg laktoza monogidrati saqlaydi.
Agar davolovchi shifokoringiz Sizda qandlarni ayrim turlarini o‘zlashtiraolmaslik borligi haqida Sizni ogohlantirgan bo‘lsa, bu tibbiy vositani ishlatishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
- Xartil® tabletkalarini qanday qabul qilish kerak
Xartil® tabletkalarini doimo qat‘iy shifokorning buyurishi bo‘yicha qabul qiling. Har qanday gumon bo‘lganida shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.
Dozalash tartibi
Gipertenziya (yuqori arterial bosim):
Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza – kuniga bir marta 1,25 mg yoki 2,5 mg ni tashkil etadi.
Arterial bosimni kerakli nazoratiga erishish uchun, Siz qabul qilayotgan dozani shifokoringiz o‘zgartirishi mumkin.
Maksimal sutkalik doza 10 mg dan oshmasligi kerak.
Agar Siz siydik haydovchi vositalarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Xartil® tabletkalari bilan davolashni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz siydik haydovchi preparatni bekor qilishi yoki dozasini pasaytirishi mumkin.
Miokard infarkti yoki insult rivojlanishi xavfini pasaytirish
Odatdagi tavsiya etilgan doza – kuniga bir marta 2,5 mg ni tashkil etadi.
Siz qabul qilayotgan dozani, shifokoringiz pasaytirishi mumkin.
Odatdagi tavsiya etiladigan sutkalik doza – 10 mg ni tashkil etadi.
Buyrak kasalliklarini yomonlashishini oldini olish yoki kechiktirish
Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza – kuniga bir marta 1,25 mg yoki 2,5 mg ni tashkil etadi.
Siz qabul qilayotgan dozani, shifokoringiz o‘zgartirishi mumkin.
Odatdagi tavsiya etiladigan sutkalik doza kuniga 5 mg yoki 10 mg ni tashkil qiladi.
Yurak yetishmovchiligi:
Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza – kuniga bir marta 1,25 mg ni tashkil etadi.
Siz qabul qilayotgan dozani, shifokoringiz o‘zgartirishi mumkin.
Maksimal sutkalik doza 10 mg dan oshmasligi kerak. Bu dozani ikki qabulga bo‘lish afzalroq.
Miokard infarktidan keyingi yurak yetishmovchiligi:
Odatdagi tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza – kuniga bir marta 1,25 mg yoki 2,5 mg ni tashkil etadi.
Siz qabul qilayotgan dozani, shifokoringiz o‘zgartirishi mumkin.
Maksimal sutkalik doza 10 mg dan oshmasligi kerak. Bu dozani ikki qabulga bo‘lish afzalroq.
Keksa pasientlar
Davolovchi shifokoringiz boshlang‘ich dozani pasaytiradi va Sizga kerak bo‘lgan dozani sekinroq tanlaydi.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Bolalarda bu preparatni qo‘llashning klinik tajribasi yetarli bo‘lmaganligi tufayli, Xartil®ni bolalarga buyurish mumkin emas.
Qo‘llash usuli
Ichga qabul qilish uchun tabletkalar.
Tabletkalarni sutkaning bir vaqtida qabul qilish kerak. Tabletkalarni butunligicha, chaynamasdan ko‘p miqdordagi suyuqlik bilan yutish kerak.
Tabletkalarni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.
Tabletkalarni riska bo‘ylab sindirib, teng ikkiga bo‘lish mumkin.
Agar Siz buyurilganidan ko‘proq Xartil® tabletkalarini qabul qilgan bo‘lsangiz:
Doza oshirib yuborilganida darhol shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaning shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qiling. Shifoxonaga ketishda avtomobilni boshqarmang! Uni boshqarishni boshqalardan so‘rang yoki tez yordam chaqiring. Shifokorga ko‘rsatish uchun bu yo‘riqnomani va qolgan tabletkalarni o‘zingiz bilan olib boring.
Agar Siz Xartil® tabletkalarini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
O‘z vaqtida qabul qilinmagan tabletkani o‘tkazib yuboring va preparatni qabul qilishni odatdagi tartibda davom ettiring.
Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun o‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun ikkilangan dozani qabul qilmang.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, lekin ular hammada ham paydo bo‘lavermaydi.
Quyida sanab o‘tilgan ko‘rinishlardan birontasi paydo bo‘lganida Xartil® preparatini qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokorga yoki yaqindagi kasalxonaning shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qiling, chunki Sizga tibbiy yordam talab qilinishi mumkin:
- Yutish yoki nafasni qiyinlashishi bilan yuz, lablar, og‘iz va tomoqni shishi, shuningdek qichishish va toshma. Bu Xartil®ga og‘ir allergik reaksiyalarning belgilari bo‘lishi mumkin.
- Teri tomonidan og‘ir reaksiyalar, teri toshmasi, og‘iz bo‘shlig‘ida yaralar, mavjud bo‘lgan teri kasalliklarini yomonlashishi, terini qizarishi, po‘rsildoqlar va terini ko‘chishi (Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz yoki ko‘p shaklli eritema).
Quyidagi xolatlar rivojlanganida darhol davolovchi shifokoringizga xabar bering:
- Yurak qisqarishlarini tezlashishi, muntazam bo‘lmagan yoki kuchli yurak qisqarishlari (yurak urishi), ko‘krakda og‘riq, ko‘krak qafasida bosilish hissi yoki jiddiyroq xolatlar, shu jumladan miokard infarkti va insult;
- Hansirash yoki yo‘tal. Bu simptomlar o‘pka tomonidan buzilishlarga ishora qilishi mumkin;
- To‘satdan ko‘karishlarni paydo bo‘lishi, normaga nisbatan davomliroq qon ketishi, qon ketishini xar qanday belgilari (masalan, milklardan qon ketishi), terida to‘q-qizil nuqtalarni paydo bo‘lishi, odatdagiga nisbatan ko‘proq infeksion kasalliklarni rivojlanishi, tomoq og‘rig‘i, xarorat, charchoqlik hissi, bosh aylanishi, hushdan ketishlar, teri qoplamalarini oqarishi. Bu simptomlar qon yoki suyak ko‘migining kasalliklariga ishora qilishi mumkin;
- Belda aks etuvchi qorinda keskin og‘riq, Bu simptomlar me‘da osti bezining yallig‘lanishiga (pankreatit) ishora qilishi mumkin.
- Isitma, etni uvishishi, charchoqlik hissi, ishtaxani yo‘qolishi, me‘dada og‘riq, ko‘ngil aynishi, teri yoki ko‘zlarni sarg‘ayishi (sariqlik). Bu simptomlar jigar kasalliga ishora qilishi mumkin, masalan gepatit (jigarni yallig‘lanishi) yoki jigarni shikastlanishi.
Boshqa nojo‘ya samralari
Agar quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralarida birontasi jiddiylashsa yoki bir necha kun davomida o‘tib ketmasa, shifokoringizga xabar bering.
Quyida ishlatilgan nojo‘ya samaralar tez-tezligini ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan:
juda tez-tez: 10 pasientdan 1 tasidan ko‘prog‘ida uchraydi
tez-tez: 100 pasientdan 1-10 tasida uchraydi
tez-tez emas: 1000 pasientdan 1-10 tasida uchraydi
kam hollarda: 10000 pasientdan 1-10 tasida uchraydi
juda kam hollarda: 100000 pasientdan 1 dan kamida uchraydi
tez-tezligi noma‘lum: mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas.
Tez-tez:
- bosh og‘rig‘i yoki charchoqlik
- bosh aylanishi (uning rivojlanishini ehtimoli Xartil® preparati bilan davolashni boshida yoki uning dozasi oshirilganida ko‘proq)
- hushdan ketish holati, arterial bosimni normal bo‘lmagan pasayishi (gipotoniya), ayniqsa o‘tirgan xolatdan turgan xolatga birdan o‘tishda
- quruq yo‘tal, burunning yondosh bo‘shliqlarini yallig‘lanishi (sinusitlar), bronxit, havo yetishmasligi
- me‘da yoki qorinda og‘riq, ich ketishi, ovqatni hazm bo‘lmasligi, ko‘ngil aynishi, qusish
- terini yuzasidan ko‘tarilmaydigan toshma
- ko‘krakda og‘riq
- qonda kaliyni yuqori miqdori (qonni tahlili asosida).
Tez-tez emas:
- muvozanatni buzilishi (vertigo)
- isitma
- erkaklarda impotensiya, erkaklar va ayollarda libidoni pasayishi
- oq qon xujayralarining ma‘lum turi miqdorini oshishi (eozinofiliya) – qon tahlilini natijalari asosida
- jigar, me‘da osti bezi yoki buyrak faoliyatini o‘zgarishlari – laboratoriya tekshirishlarning natijalari asosida
Kam hollarda:
- qaltirash yoki ongni chalkashishi
- tilni qizarishi, shishi
- terini og‘ir ko‘chishi yoki kepaklanishi, qichishish bilan kepaksimon toshma
- tirnoqlarni o‘zgarishi (tirnoq plastinkalarini yumshashi yoki tirnoq joyidan ko‘chishi)
- teri toshmasi yoki ko‘karishlar
- terida dog‘lar va oyoq-qo‘llarni sovuqligi
- qizargan,qichishuvchi, shishgan yoki ko‘p yoshlanuvchi ko‘zlar
- eshitishni yomonlashishi va quloqlarda shovqin
- holsizlikni his qilish
- qizil va oq qon tanachalarini, qon plastinkalari yoki gemoglobinning miqdorini pasayishi, qon tahlilini natijalari asosida.
Juda kam hollarda:
- quyosh nuriga yuqori sezuvchanlik
Keyingi nojo‘ya samaralari
Agar quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar yomonlashsa yoki bir necha kun davomida o‘tib ketmasa, davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.
- diqqatni jamlashda qiyinchilik.
- og‘izni shishi
- qon tahlili Sizda qon xujayralarini juda pastligini ko‘rsatadi
- qon tahlili Sizda, odatdagi bilan solishtirganda, qonda natriyning darajasini juda pastligini ko‘rsatadi
- sovuqda qo‘llar va oyoqlar barmoqlarini keyingi sanchilish va issiqlikni og‘riqli his qilish bilan rangini o‘zgarishi (Reyno fenomeni)
- erkaklarda sut bezlarini kattalashishi
- reaksiyalarni sekinlashishi yoki buzilishi
- achishish xissi
- hid bilish hissini o‘zgarishi
- sochlarni to‘kilishi
Ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya samaralar aniqlanganida, iltimos shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.
Nojo‘ya samaralari haqida xabar berib Siz, bu preparatning xavfsizligi haqida qo‘shimcha ma‘lumot olishga yordam berasiz.
- Xartil® tabletkalari preparatini qanday saqlash kerak
25oS dan past haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldin olishga yordam beradi.
- Yaroqlilik muddati
Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.
Yaroqlilik muddatining o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Agar Siz preparatning sifati yomonlashganining aniq belgilarini (rangini o‘zgarishi) sezsangiz, preparatni ishlatmang.
- Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.
8.O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot
Xartil® tabletkalari nima saqlaydi
Ta‘sir qiluvchi modda:
Xartil® 2,5 mg: xar bir tabletka 2,5 mg ramipril saqlaydi.
Xartil® 5 mg: xar bir tabletka 5 mg ramipril saqlaydi.
Xartil® 10 mg: xar bir tabletka 10 mg ramipril saqlaydi
Yordamchi moddalar:
Xartil® tabletkalari 2,5 mg: natriy gidrokarbonati, laktoza monogidrati, natriy kroskarmelloza, o‘ta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali 1500, natriy stearil fumarati, temir II oksidi (Ye172).
Xartil® tabletkalari 5 mg: natriy gidrokarbonati, laktoza monogidrati, natriy kroskarmelloza, o‘ta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali 1500, natriy stearil fumarati, temir III oksidi (Ye172
Xartil® tabletkalari 10 mg: natriy gidrokarbonati, laktoza monogidrati, natriy kroskarmelloza, o‘ta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali 1500, natriy stearil fumarati.
Xartil® tabletkalarining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Tashqi ko‘rinishi
Xartil® tabletkalari 2,5 mg
Sariq yoki och-sariq, yuzasi marmar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin, yassi oval faskali, riskali bir tomonida R2 gravirovkali va yon yuzalarida riskalari bo‘lgan tabletkalar.
Xartil® tabletkalari 5 mg
Och-pushti yoki to‘q-sariq-pushti, yuzasi marmar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin, yassi oval faskali, riskali bir tomonida R3 gravirovkali va yon yuzalarida riskalari bo‘lgan tabletkalar.
Xartil® tabletkalari 10 mg
Oq yoki deyarli oq yassi oval faskali, riskali bir tomonida R4 gravirovkali va yon yuzalarida riskalari bo‘lgan tabletkalar.
Riska yordamida tabletkalarni ikki bir xil dozalarga bo‘lish mumkin.
O‘rami
7 tabletkadan bir blisterda; 2 blisterdan (14 tabletka) yoki 4 blisterdan (28 tabletka) tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Chiqarish shakllari