QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
(pasientlar uchun ma‘lumot)
XARTIL®
2,5 mg, 5 mg, 10 mg li tabletkalar
(ramipril)
Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:
Xartil® tabletkalarining ta‘sir etuvchi moddasi ramipril – AAF (angiotenzinga-aylantiruvchi ferment) ingibitorlari deb nomlanuvchi guruhga kiradi.
Xartil® preparati:
Preparat quyidagilar uchun mo‘ljallangan:
Xartil® preparatini qabul qilmang:
Agar Sizda yuqorida keltirilgan xolatlardan xar qandayi bo‘lsa, Xartil® tabletkalarini qabul qilmang. Agar Sizda ishonch bo‘lmasa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Tibbiy qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Xartil® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing:
Agar Sizda yuqorida keltirilgan holatlardan birontasi bo‘lsa, Xartil® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Bu guruh pasientlarida qo‘llashni yetarli klinik tajriba bo‘lmaganligi tufayli, Xartil® preparati bolalar va o‘smirlarga tavsiya etilmaydi.
Boshqa dori vositalari va Xartil® tabletkalari preparati
O‘zingizni shifokoringizga yoki farmasevtga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari, shu jumladan reseptsiz beriladigan preparatlar, haqida xabar bering, chunki dori preparatlari bir-birlarining samaralarini o‘zgartirishlari mumkin.
Agar Siz quyida sanab o‘tilgan faol moddalarni saqlovchi biron-bir preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokor bilan maslahatlashing, chunki ular Xartil® preparatining samaradorligini yomonlashtirishlari mumkin:
Agar Siz quyida sanab o‘tilgan preparatlardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringizga xabar bering. Bu preparatlarni Xartil® tabletkalari bilan bir vaqtda qo‘llash, nojo‘ya samaralar xavfini oshirishi mumkin
Agar Siz quyida sanab o‘tilgan preparatlardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokoringizga xabar bering. Xartil® ularning samaradorligiga ta‘sir qilishi mumkin.
Agar Siz yuqorida sanab o‘tilgan xar qanday dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz (yoki Sizda ishonch bo‘lmasa), Xartil® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Xartil® tabletkalarini ovqat va ichimliklar bilan bir vaqtda qo‘llanishi
Fertillik, homiladorlik va emizish davri
Agar Siz xomilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz, yoki farzand ko‘rishni rejalashtirsangiz, bu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu
haqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.
Homiladorlik
Xartil® tabletkalarini homiladorlikni birinchi 12 haftasi davomida qabul qilmaslik kerak. Xartil®ni homiladorlikni 13 haftasidan keyin qo‘llash mumkin emas, chunki u Sizning bolangizga zarar yetkazishi mumkin. Agar Siz Xartil® preparatini qabul qilish vaqtida homilador bo‘lib qolgan bo‘lsangiz, darhol bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar bering. Rejalashtirilgan homiladorlikdan oldin Siz boshqa antigipertenziv preparatga o‘tishingiz kerak.
Emizish
Preparatni emizish vaqtida qabul qilish mumkin emas.
Har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Xartil® preparatini qabul qilishda Sizda bosh aylanishi va lohaslik paydo bo‘lishi mumkin. Bu ayniqsa davolashni boshida yoki doza oshirilganida namoyon bo‘ladi. Agar bu yuz bersa, transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.
Xartil® tabletkalari laktoza saqlaydi
Laktozani o‘zlashtiraolmaslik holida, tabletkalar laktoza saqlashini hisobga olish kerak.
Xartil® tabletkalari 2,5 mg dan: xar bir tabletka 158,8 mg laktoza monogidrati saqlaydi.
Xartil® tabletkalari 5 mg dan: xar bir tabletka 97,47 mg laktoza monogidrati saqlaydi.
Xartil® tabletkalari 10 mg dan: xar bir tabletka 193,2 mg laktoza monogidrati saqlaydi.
Agar davolovchi shifokoringiz Sizda qandlarni ayrim turlarini o‘zlashtiraolmaslik borligi haqida Sizni ogohlantirgan bo‘lsa, bu tibbiy vositani ishlatishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Xartil® tabletkalarini doimo qat‘iy shifokorning buyurishi bo‘yicha qabul qiling. Har qanday gumon bo‘lganida shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.
Dozalash tartibi
Gipertenziya (yuqori arterial bosim):
Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza – kuniga bir marta 1,25 mg yoki 2,5 mg ni tashkil etadi.
Arterial bosimni kerakli nazoratiga erishish uchun, Siz qabul qilayotgan dozani shifokoringiz o‘zgartirishi mumkin.
Maksimal sutkalik doza 10 mg dan oshmasligi kerak.
Agar Siz siydik haydovchi vositalarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Xartil® tabletkalari bilan davolashni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz siydik haydovchi preparatni bekor qilishi yoki dozasini pasaytirishi mumkin.
Miokard infarkti yoki insult rivojlanishi xavfini pasaytirish
Odatdagi tavsiya etilgan doza – kuniga bir marta 2,5 mg ni tashkil etadi.
Siz qabul qilayotgan dozani, shifokoringiz pasaytirishi mumkin.
Odatdagi tavsiya etiladigan sutkalik doza – 10 mg ni tashkil etadi.
Buyrak kasalliklarini yomonlashishini oldini olish yoki kechiktirish
Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza – kuniga bir marta 1,25 mg yoki 2,5 mg ni tashkil etadi.
Siz qabul qilayotgan dozani, shifokoringiz o‘zgartirishi mumkin.
Odatdagi tavsiya etiladigan sutkalik doza kuniga 5 mg yoki 10 mg ni tashkil qiladi.
Yurak yetishmovchiligi:
Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza – kuniga bir marta 1,25 mg ni tashkil etadi.
Siz qabul qilayotgan dozani, shifokoringiz o‘zgartirishi mumkin.
Maksimal sutkalik doza 10 mg dan oshmasligi kerak. Bu dozani ikki qabulga bo‘lish afzalroq.
Miokard infarktidan keyingi yurak yetishmovchiligi:
Odatdagi tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza – kuniga bir marta 1,25 mg yoki 2,5 mg ni tashkil etadi.
Siz qabul qilayotgan dozani, shifokoringiz o‘zgartirishi mumkin.
Maksimal sutkalik doza 10 mg dan oshmasligi kerak. Bu dozani ikki qabulga bo‘lish afzalroq.
Keksa pasientlar
Davolovchi shifokoringiz boshlang‘ich dozani pasaytiradi va Sizga kerak bo‘lgan dozani sekinroq tanlaydi.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Bolalarda bu preparatni qo‘llashning klinik tajribasi yetarli bo‘lmaganligi tufayli, Xartil®ni bolalarga buyurish mumkin emas.
Qo‘llash usuli
Ichga qabul qilish uchun tabletkalar.
Tabletkalarni sutkaning bir vaqtida qabul qilish kerak. Tabletkalarni butunligicha, chaynamasdan ko‘p miqdordagi suyuqlik bilan yutish kerak.
Tabletkalarni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.
Tabletkalarni riska bo‘ylab sindirib, teng ikkiga bo‘lish mumkin.
Agar Siz buyurilganidan ko‘proq Xartil® tabletkalarini qabul qilgan bo‘lsangiz:
Doza oshirib yuborilganida darhol shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaning shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qiling. Shifoxonaga ketishda avtomobilni boshqarmang! Uni boshqarishni boshqalardan so‘rang yoki tez yordam chaqiring. Shifokorga ko‘rsatish uchun bu yo‘riqnomani va qolgan tabletkalarni o‘zingiz bilan olib boring.
Agar Siz Xartil® tabletkalarini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
O‘z vaqtida qabul qilinmagan tabletkani o‘tkazib yuboring va preparatni qabul qilishni odatdagi tartibda davom ettiring.
Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun o‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun ikkilangan dozani qabul qilmang.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.
Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, lekin ular hammada ham paydo bo‘lavermaydi.
Quyida sanab o‘tilgan ko‘rinishlardan birontasi paydo bo‘lganida Xartil® preparatini qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokorga yoki yaqindagi kasalxonaning shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qiling, chunki Sizga tibbiy yordam talab qilinishi mumkin:
Quyidagi xolatlar rivojlanganida darhol davolovchi shifokoringizga xabar bering:
Boshqa nojo‘ya samralari
Agar quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralarida birontasi jiddiylashsa yoki bir necha kun davomida o‘tib ketmasa, shifokoringizga xabar bering.
Quyida ishlatilgan nojo‘ya samaralar tez-tezligini ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan:
juda tez-tez: 10 pasientdan 1 tasidan ko‘prog‘ida uchraydi
tez-tez: 100 pasientdan 1-10 tasida uchraydi
tez-tez emas: 1000 pasientdan 1-10 tasida uchraydi
kam hollarda: 10000 pasientdan 1-10 tasida uchraydi
juda kam hollarda: 100000 pasientdan 1 dan kamida uchraydi
tez-tezligi noma‘lum: mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas.
Tez-tez:
Tez-tez emas:
Kam hollarda:
Juda kam hollarda:
Keyingi nojo‘ya samaralari
Agar quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar yomonlashsa yoki bir necha kun davomida o‘tib ketmasa, davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.
Ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya samaralar aniqlanganida, iltimos shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.
Nojo‘ya samaralari haqida xabar berib Siz, bu preparatning xavfsizligi haqida qo‘shimcha ma‘lumot olishga yordam berasiz.
25oS dan past haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldin olishga yordam beradi.
Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.
Yaroqlilik muddatining o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Agar Siz preparatning sifati yomonlashganining aniq belgilarini (rangini o‘zgarishi) sezsangiz, preparatni ishlatmang.
Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.
8.O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot
Xartil® tabletkalari nima saqlaydi
Ta‘sir qiluvchi modda:
Xartil® 2,5 mg: xar bir tabletka 2,5 mg ramipril saqlaydi.
Xartil® 5 mg: xar bir tabletka 5 mg ramipril saqlaydi.
Xartil® 10 mg: xar bir tabletka 10 mg ramipril saqlaydi
Yordamchi moddalar:
Xartil® tabletkalari 2,5 mg: natriy gidrokarbonati, laktoza monogidrati, natriy kroskarmelloza, o‘ta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali 1500, natriy stearil fumarati, temir II oksidi (Ye172).
Xartil® tabletkalari 5 mg: natriy gidrokarbonati, laktoza monogidrati, natriy kroskarmelloza, o‘ta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali 1500, natriy stearil fumarati, temir III oksidi (Ye172
Xartil® tabletkalari 10 mg: natriy gidrokarbonati, laktoza monogidrati, natriy kroskarmelloza, o‘ta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali 1500, natriy stearil fumarati.
Xartil® tabletkalarining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Tashqi ko‘rinishi
Xartil® tabletkalari 2,5 mg
Sariq yoki och-sariq, yuzasi marmar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin, yassi oval faskali, riskali bir tomonida R2 gravirovkali va yon yuzalarida riskalari bo‘lgan tabletkalar.
Xartil® tabletkalari 5 mg
Och-pushti yoki to‘q-sariq-pushti, yuzasi marmar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin, yassi oval faskali, riskali bir tomonida R3 gravirovkali va yon yuzalarida riskalari bo‘lgan tabletkalar.
Xartil® tabletkalari 10 mg
Oq yoki deyarli oq yassi oval faskali, riskali bir tomonida R4 gravirovkali va yon yuzalarida riskalari bo‘lgan tabletkalar.
Riska yordamida tabletkalarni ikki bir xil dozalarga bo‘lish mumkin.
O‘rami
7 tabletkadan bir blisterda; 2 blisterdan (14 tabletka) yoki 4 blisterdan (28 tabletka) tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.